Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi


Talabaning fan bo’yicha o’zlashtirish ko’rsatkichini nazorat qilishda



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə25/31
tarix22.12.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#154402
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31
Majmua bolalarni makt tay 23- 24

Talabaning fan bo’yicha o’zlashtirish ko’rsatkichini nazorat qilishda
quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

  1. 5 baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

-fanning mohiyati va mazmunini to’liq yorita olsa;
-fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yo’l qo’ymasa;
-fan bo’yicha mavzu materiallarining nazariy va amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega bo’lsa;
-fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
-berilgan savollarga aniq va lo’nda javob bera olsa;
-konspektga puxta tayyorlangan bo’lsa;
-mustaqil topshiriqlarni to’liq va aniq bajargan bo’lsa;
-fanga tegishli qonunlar va boshqa me’yoriy-huquqiy xujjatlarni to’liq o’zlashtirgan bo’lsa;
-fanga tegishli mavzulardan biri bo’yicha ilmiy maqola chop ettirgan bo’lsa;
-tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

  1. 4 baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

-fanning mohiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik chalkashliklarga yo’l qo’ymasa;
-fanning mazmuni va amaliy ahamiyatini tushungan bo’lsa;
-fan bo’yicha berilgan vazifa va topshiriqlarni o’quv dasturi doirasida bajarsa;
-fan bo’yicha berilgan savollarga to’g’ri javob bera olsa;
-fan bo’yicha konspektni puxta shakllantirgan bo’lsa;
-fan bo’yicha mustaqil topshiriqlarni to’liq bajargan bo’lsa;
-fanga tegishli qonunlar va boshqa me’yoriy xujjatlarni to’liq o’zlashtirgan bo’lsa;
v) 3 baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
-fan haqida umumiy tushunchaga ega bo’lsa;
-fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yo’l qo’yilsa;
-bayon qilish ravon bo’lmasa;
-fan bo’yicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
-fan bo’yicha matn puxta shakllantirilmagan bo’lsa.
g) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz 2 baho bilan baho lanishi mumkin:
-fan boyicha mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rilmagan bo’lsa;
-fan bo’yicha mashg’ulotlarga doir hech qanday tasavvurga ega bo’lmasa;
-fan bo’yicha matnlarni boshqalardan ko’chirib olganligi sezilib tursa;
-fan bo’yicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yo’l qo’yilgan bo’lsa;
-fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
-fanni bilmasa.



Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə