Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə2/31
tarix22.12.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#154402
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Majmua bolalarni makt tay 23- 24

Maruza-2


Mavzu: Maktabgacha talim talablari asоsida maktabgacha talim tashkilotlarida bоlani maktabga tayyorlash

Reja
1.Bolalarni maktabga tayorlash meodikasi fanining maqsad vazifalari


2.Maktabgacha ta'lim talablari
3. Maktabgacha ta’lim talablari asosida bolalarni maktabga tayorlash
Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarning bajarilishi «Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan Davlat talablari» orqali nazorat qilinadi. Davlat talablaridan maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan ta’limtarbiya mazmunining asosiy yo‘nalishlari hamda ularning maktabga tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan minimal talablar belgilab berilgan bo‘lib u davlat hujjati sifatida e’tirof etiladi. Bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarning bajarilishiga erishish «Ilk qadam» dalat o‘quv dasturi asosida amalga oshiriladi. «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’limning asosiy omili bo‘lgan kadrlarni tayyorlash borasidagi eng zarur tadbirlar tizimi belgilab berilgan. Sog`lom avlodni tarbiyalash davlat va jamiyatning ustuvor yo‘nalishidir. Davlat talablari asosida tuzilgan «Ilk qadam» dalat o‘quv dasturiga asosan maktabgacha yoshdagi bolalarning ota-onalari, tarbiyachilari hamda o‘zlari uchun turli sohalar bo‘yicha dasturlar, qo‘llanmalar, tavsiyalar, qiziqarli kitoblar, aqlan va jismonan rivojlantirishga yordam beradigan turli-tuman o‘yinchoqlar va ta’lim tarbiya qurollari yaratiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan Davlat talablarida belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish 6-7 yoshdagi bolalarni maktabga to‘la-to‘kis tayyorlashga, maktabda beriladigan ta’limni mukammal o‘zlashtirishga, mustaqil O‘zbekistonning ravnaqi uchun xizmat qiladigan barkamol inson bo‘lib yetishishlariga zamin hozirlaydi. Maktabgacha ta’limning maqsad va vazifalariga tayangan holda «Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash metodikasi» fanining maqsadi talabalarni maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashning metod va usullari bilan tanishtirishdan iborat. «Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash metodikasi» fani quyidagi vazifalarni o‘z ichiga oladi: - talabalar maktabgacha ta’limning maqsad va vazifalarini yaxshi bilishlari; - bolalarning maktab ta’limiga umumiy va maxsus tayyorgarligi tushunchalarini bilishlari; - bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashni aniqlash yo‘llari va metod, usullari to‘g‘risida bilimga ega bo‘lishlari lozim. 10 Yosh avlodni tarbiyalash va o‘qitish Maktabgacha ta’lim tizimining boshlang‘ich bo‘limi bo‘lgan maktabgacha ta`lim tashkilotlaridan boshlanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya ishini davr talabi darajasida olib borish maqsadida «Ilk qadam»davlat o‘quv dasturi tuzilgan. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’limi vazirligi bu dasto‘rni respublikamizning o‘ziga xos tomonlarini: iqlimi, jugrofiy, iqtisodiy, madaniy, milliy sharoitlarini hisobga olib, uni qayta ishlab chiqdi. Dastur tug`ilgandan to yetti yoshgacha bo‘lgan bolalar egallashi lozim bo‘lgan bilim va malakalar hajmini o‘z ichiga oladi. U maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarning psixologik-fiziologik va o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda ularni har tomonlama kamol toptirishni nazarda tutadi. Maktabgacha ta’lim tashklotlarida ta’lim-tarbiyani pedagog-tarbiyachi amalga oshiradi. U pedagogik jarayonda markaziy o‘rinni egallaydi. Shuning uchun tarbiyachi uz sohasini chuqur bilishi, har xil metodik vositalarni yaxshi egallagan, puxta pedagogik psixologik tayyorgarlikka ega bo‘lishi kerak. Shu bilan bir qatorda mutaxassislik bo‘yicha fanlarni jumladan «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy Dasturini, maktabgacha tarbiya pedagogikasi, «Ilk qadam» dalat o‘quv dasturini Davlat ta’lim standartlarini, “Bolalarni maktabga tayyorlash” fani va boshqalarni puxta egallagan bo‘lishi lozimdir. Ayniqsa, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlangan tarzda tarbiyalash “Bolalarni maktabga tayyorlash” fanining o‘rni juda kattadir.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə