Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/78
tarix20.03.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#102847
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   78
Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani

 
Pedagogik vazifalar:
Tabiat bilan tanishtirish ishiga raxbarlik qilish va uning asosiy 
yunalishlari, uslubiyot xonalarining, ish mazmuni va uni tashkil etish, mudira va 
tarbiyachilarning ilgor ish tajribalarini urganish va ommalashtirish to’g’risida ma’lumot beradi 
va yo’l yo’riq ko’rsatadi. 
O’qitish vositalari: 
tarqatma materiallar, plakatlar, slaydlar, ko’rgazmali qurollar. 
Oq’itish usuli va shakli:
ma’ruza, aqliy hujum, nazorat savollar, topshiriqlar, BBB 
jadvali 
O’qitish sharoiti:
texnik vositalar bilan ta’minlangan auditoriya 
Monitoring va baholash:
Og’zaki nazorat, savol javob,
 
reyting tizimi 


 
BOLALARNI TABIAT BILAN TANISHTIRISHNING ISH 
SHAKLLARI 
MA’RUZANING O’QITISH TEXNOLOGIYASI 
Talabalar soni: 59 ta 
O’quv vaqti: 2 soat 
Mashg’ulot shakli: 
Maslaxat ma’ruza
Mashg’ulot rejasi:
1. Amaliy mashg'ulotlar 
2. Ekskursiya 
Mashg’ulotning maqsadi: 
 
Talabalarga tabiat bilan tanishtirishning ish shakllari tog’risida ma’lumot berish.
Ma’ruza mazmuni:
1. Amaliy mashg'ulotlar 
Maktabgacha ta'lim muassasalarida tabiat bilan tanishtirish xilmaxil shakllarda: 
mashg'ulotlarda, ekskursiyalarda, kundalik hayotda, kuzatishlarda, suhbatlarda, hamda mehnatda 
amalga oshiriladi. Bolalarni tabiat bilan tanishtirish mashg'ulotlari bilimlarni bolalarning 
imkoniyati hamda tabiatning xususiyatlarini nazarda tutgan holda shakllantirish imkonini beradi. 
Tarbiyachi rahbarligida o'tadigan mashg'ulotlarda bolalarda dastur talablariga muvofiq elementar 
bilimlar shakllanadi, asosiy bilish jarayonlari va bolalarning qobiliyatlari ma'lum bir tartibda 
rivojlantiriladi. Kundalik hayotda kuzatish, o'yin, mehnat vaqtida bolalarning shaxsiy bilimlari 
yig'ilib boradi. Mashg'ulotlar ularga aniqiash va tizimlashtirish imkonini beradi. 
Bolalarni mashg'ulotlarda o'qitish turli metodlarda amalga oshiriladi. Metod mashg'ulot 
turi, uning asosiy maqsadiga ko'ra tanlanadi. 
Mashg'ulotlarning bir xillarida boshlang'ich bilimlar shakllantiriladi. Shu maqsadda 
tarbiyachi kuzatish, rasmlarni ko'rish, badiiy asarlarni o'qish, hikoya, diafilm va kinofilmlarni 
ko'rsatishdan foydalanadi. Boshqa mashg'ulotlarda esa bilimlar kengaytiriladi va chuqurlashtiriladi. 
Aytib o'tilgan metodlardan tashqari bu mashg'ulotlarda bolalarning tabiatdagi mehnatidan ham 
foydalaniladi. Uchinchi turdagi mashg'ulotlarning asosiy vazifasi — bilimlarni umumlashtirish hamda 
bir tizimga solishdir. Shuning uchun suhbatlar, didaktik o'yinlar, umumlashtiruvchi kuzatishlardan 
foydalaniladi. Bolalar egallagan oilimlarini mehnat va o'yinlarda amalda qo'llaydilar. 
Mashg'ulotlar k i c h i k va o'rta yosh guruhlarda bir oyda 2 martadan, katta guruhlarda 
esa haftada lmartadan o'tkazitedi. Ekskursiyalar o'rta guruhdan boshlab tashkil etiladi. Barcha 
Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə