Reja: kirish asosiy qism 1-bob. Ona tilining maktabgacha ta'limda tutgan o’rni, mohiyati



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/14
tarix19.12.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#153599
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Kurs ishi Mavzu. Bolalarni har tomonlama tarbiyalashda ona tilining ahamiyati.



Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashda ona 
tilining ahamiyati
Reja: 
KIRISH 
ASOSIY QISM 
1-BOB. Ona tilining maktabgacha ta'limda tutgan o’rni, mohiyati
 
1. 1. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashda ona
tilining ahamiyati va roli 
1. 2. Maktabgacha tarbiya tashkilotlarida bolalar nutqini rivojlantirish 
 
2-BOB. Maktabgacha tarbiya tashkilotlarida nutqni rivojlantirish dasturi 
va dastur yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar. 
2.1. Maktabgacha tarbiya tashkilotlarida

nutqni rivojlantirish dasturi, uning


ilmiy asosi, tuzilishi va mazmuni. 
2.2. Tevarak-atrofni tanishtirish bo’yicha katta guruhlarda ona tilini rivojlantirishga 
qaratilgan “Havo. Suv va yer usti transporti” mavzusida amaliy faoliyat ishlanmasi
XULOSA 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 
ILOVALAR 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


KIRISH 
Mavzuning dolzarbligi.
Mustaqil taraqqiyot yo'lidan dadil borayotgan, 
huquqiy demokratik jamiyat qurishga intilayotgan Respublikamizda har bir 
insonning ozod va erkin, farovon yashashini ta'minlovchi jamiyat barpo etilmoqda, 
yoshlarning ilm - ma'rifatli bo’lishiga barcha imkoniyatlar yaratilmoqda. Ayniqsa, 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq etish ta'lim tizimining barcha 
bosqichida ona tilining asosiy o’quv predmeti ekanligini, fanlarni egallash uchun 
avvalo, ona tilida to’g’ri, ifodali, tartibli va ijodiy fikrlash zarurligini aniq namoyon 
etmoqda. Chunki bizning ertangi kunimiz Ozbekiston Respublikasining Birinchi 
Prezidenti A.Karimov aytganlaridek: “Yangicha fikrlaydigan, zamonaviy 
mutaxassislarni talab etadi”.
Maktabgacha ta'limning asosiy vazifasi bolalarni maktabda ta'lim olishga 
tayyorlashdan iboratdir. Ya'ni bolalar maktabgacha ta'limda aniq bilimlarnigina 
emas, fikrlash ko’nikmasini egallashi, tengdoshlari va kattalarning nutqlarini 
tushunishlari, ular bilan erkin fikr almashish, hamkorlik asosida faoliyat ko'rsatishi 
talab etiladi. Bolalarning ona tilida obrazli va mantiqiy fikrlashi, tasavvurlarini nutq 
orqali to’g’ri ifodalashi o’zini nazorat qilishi, boshqarishi, kuzatish, eshitish, eslab 
qolish, umumlashtirish, solishtirish kabi aqliy tayyorgarlikka ega bo’lishi zarur. Bu 
vazifani bajarishda, albatta, ona tilida nutq o’stirish fanining o’rni, ahamiyati 
kattadir. Chunki til kishilarning o’zaro aloqa vositasi bo'lib, u barcha kishilar uchun 
baravar, teng xizmat qiladi, shu bois til ijtimoiy hodisa bo'lib, jamiyat 
taraqqiyotidagi o’zgarishlar, yangilanishlar tilda o’z aksini topadi.
Til birliklari nutqni hosil qiladi, ya'ni har bir inson o’z fikrini boshqalarga til 
orqali, til birliklari orqali bayon qiladi, boshqalari fikrini til orqali egallaydi
tushunadi. Ya'ni nutq tevarak-atrofdagi voqea-hodisalar haqidagi fikr muloqazalarni 
boshqalarga yetkazishdir. Shuning uchun til va nutq inson hayotida muhim ahamiyat 
kasb etadi. Maktabgacha ta'limda nutq o’stirish metodikasi fanining o'qitilishi, nutq 
o’stirish usullarini bilish, har bir yosh guruhda bolalar nutqini o’stirish vazifalarini 
to’g’ri hal etish imkonini beradi, bolalarni maktabga tayyorlash vazifasining 
bajarilishini ta'minlaydi. Yuqorida bayon qilingan fikrlardan shunday xulosa qilish 


mumkinki, o’zbek tili qadimiy til sifatida taraqqiy etgan, jamiyat taraqqiyotining 
barcha bosqichlarida jamiyat a'zolari uchun xizmat qilmoqda. 
Respublikamiz mustaqilligi o’zbek tili taraqqiyotiga ijobiy ta'sir etdi, tilimiz 
mustaqillikning mohiyatini ifodalash, ta'lim tizimining barcha bosqichida ona tili 
ta'limini takomillashtirishga xizmat qilmoqda. Maktabgacha ta'limda bolalar nutqini 
o’stirish ularga ona tilini amaliy o'rganish demakdir.
Nutq o’stirish metodikasi pedagogik fan sifatida 1920 yillargacha pedagogika 
fani tarkibida taraqqiy etdi, so’ng mustaqil fan sifatida shakllandi. 
Nutq o’stirish metodikasi pedagogik fan sifatida maktabgacha ta'limda bolalar 
nutqini o’stirishni puxta egallagan mutaxassis tayyorlashda buyurtmachi sifatida, 
ilmiy izlanishlar asosida yaratilgan “Ilk qadam” tayanch dasturini o’quv jarayoniga 
joriy etish, nutq o’stirish metodikasi bo'yicha bilim va malakalarni 
shakllantirishning nazariy va amaliy jihatdan mutanosibligini ta'minlaydi, nutq 
o’stirish usullarini ishlab beradi. Uni takomillashtirish, eng qulay usulni qo'llash 
orqali bolalarga ona tilini amaliy o’rgatish, nutqda til birliklaridan foydalanish
o’zaro nutqiy muloqot munosabatida ona tilida fikrni to’g’ri, ifodalay olish, 
tengdoshlari nutqini tinglab tushunish nutqda til birliklarini ajrata bilish (tovush, 
so’z) nutq meyyorlarini ishiga mos holda o'rganib borish, unga amal qilish kabi 
faoliyatini shakllantiradi.
Demak, nutq o’stirish metodikasi fani maktabgacha ta'limda nutq o’stirish 
vazifasini amalga oshiradi, bolalarda ifodali, aniq, lo nda va obrazli so’zlashishni 
shakllantirish orqali ona tilini amaliy o’rgatadi, bolalarga ta'lim beradi. 
Nutq o’stirish metodikasi fani maktabgacha ta'limda bolalarni og’zaki nutqini 
o’stirish, tengdoshlari va kattalar bilan nutqiy muomala malakalarini shakllantirish 
orqali nutqda so’zdan to’g’ri va o'rinli foydalanish, ya'ni nutq va xulq egasi bo’lish 
kabi ma'naviy axloqiy sifatlarni, so’zlash odobini egallashni shakllantiradi.
Nutq o’stirish metodikasi pedagogik fan sifatida rivojlantiruvchi vazifani 
bajaradi. Ya'ni usulika bolalar nutqini o’stirish orqali ularning nutq a'zolarini 
anatomik-gimnastik mashq qildirish orqali nutqning ravon tushunarli bo’lishini 
ta'minlaydi: bolalar tafakkuri, aqliy faoliyatini rivojlantiradi, ularda nutq odobi, 


ma'naviy barkamollikni shakllantiradi. Chunki yaxshi rivojlangan nutq tushunarli 
ta'sirchan bo'ladi, bola o’z nutqini to’zatib boradi. 
Nutq o’stirish metodikasi pedagogik fan sifatida bolalar nutqini o’stirishning 
pedagogik qonuniyatlari, pedagogik faoliyatning shakllanishi va talablarini 
o'rganadi, nutq o’stirishning eng samarali omillari, vositalarini, usul va usullarini 
hozirgi zamon pedagogikasining yutuqlari, ilmiy pedagogik talablari asosida ishlab 
chiqadi, ta'limga, fanga tavsiya etadi.
K

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə