Reja: kirish asosiy qism 1-bob. Ona tilining maktabgacha ta'limda tutgan o’rni, mohiyati



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/14
tarix19.12.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#153599
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Kurs ishi Mavzu. Bolalarni har tomonlama tarbiyalashda ona tilining ahamiyati.

I.
 
Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutqini o'stirish, lug'atini boyitish.
Lug'at ustida ishlash bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish orqali amalga 
oshiriladi. Bolalarni tevarak-atrofdagi buyumlar, hodisalar, o'simliklar, 
hayvonot dunyosi, kattalar mehnati va h. k. lar bilan tanishtirish jarayonida 
ularning nomlarini, sifatlarini, xususiyatlarini, xarakterlarini so'zlar bilan 
aytamiz. 
Masalan, buyumlaming nomini anglatadigan: 
ko'zgu, taroq, sovun, tish va 
kiyim cho'tkalari, palos, gilam, javon, karavot, xontaxta;
sabzavotlarning nomini 
anglatadigan: 
sabzi, karam, sholg'om, boclring, baqlajon;
o'simliklar: 
daraxt, 
gul, o‘t
va boshqalar; mevalar: 
olma, nok, olcha, gilos, olxo‘ri
va hokazolar; uy 
hayvonlari: 
xo'roz, tovuq, ot, sigir, it, mushuk, qo'y, eshak\ 
ularning bolalarining 
nomini bildiruvchi: 
joja, toychoq, buzoq, qo'zichoq, uloqcha, xo'tik;
harakatlarni 
ifodalovchi: 
yuvinmoq, artmoq, pishirmoq, layyorlamoq, kir yuvmoq
daznwllamoq, ekmoq
va boshqalar; sifatlarni bildiruvchi: 
katta, kichik, qizil, 
sariq, ko'k, zangori, oq, qora, issiq, sovuq, shirin, achchiq
va hokazo so'zlar 
bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish jarayonida bolalar lug'atiga 
kiritiladi, buning natijasida ularning lug'ati boyitiladi, nutqi rivojlanadi.
 
Maktabgacha ta’lim tashkilotida lug'at bilan ishlash dasturi mavjud bo'lib, 
tarbiyachi bolalarga atrofdagilar bilan tez nutqiy muloqotga kirishib keta 
olishiga yordam beradigan so'zlarni tanlab, maxsus usul va uslubiyot 
yordamida ular nutqiga kiritib boradi. Bolalarni so'zlarning ma’nosini 
tushunishga o'rgatibgina qolmay, balki bu so'zlarni o'z nutqlarid a faol 
ishlatishga ham odatlantirib boradi. Shuningdek, tarbiyachi bola lug'atining 
qo'pol so'zlardan xoli bo’lishiga, shevaga oid (mahalliy) so'zlarni adabiv 
tildagi so‘zlar bilan almashtirishga e'tibor berishi kerak. 
2.
Nutqning grammatik tomonini shakllantirish.
Lug'at tilning qurilish 
material hisoblanadi. Grammatika esa gapda so'zlarning o‘zgarishi va 
ularning o'zaro bog’lanish usullarini belgilaydi. Bundan tashqari, 


grammatika tilning qurilish modelini (so'z yasovchi, so‘z o'zgartiruvchi) 
belgilaydi. 
Bola atrofdagilardan grammatik tomondan shakllangan nutqni eshitadi. 
Eshitganining ma’nosiga tushunish bilan birga, tilning grammatik tomonini 
egallaydi, modelini bilib oladi. Bola ona tilining barcha grammatik 
shakllarini qancha erta o‘zlashtirsa, u aqliy jihatdan shunchalik tez 
rivojlanadi. Agarda bolalarda nutqning grammatik tomoni noto‘g‘ri 
shakllansa, aqliy rivojlanishi kechikadi. 
Shuning uchun tarbiyachi grammatikaning (morfologiya va sintaksis) 
turli shakllarini o'zlashtirishga yordam beruvchi didaktik o'yin va mashqlarni 
tashkil etadi. Masalan, kelishik qo'shimchasini o‘zlashtirish uchun „ Тор-chi, 
men qayerda bo'ldim?" (katta guruhda); ikkinchi darajali gap bolaklarini 
o‘zlashtirish uchun „Men boshlayman, sen esa oxiriga yetkaz!“, otning 
kelishiklar bilan turlanishini o'zlashtirishda „Тор-chi, nima yetishmaydi?“, 
fe'l zamonlarini o'zlashtirish uchun „Siz nima qilishni xohlaysiz?“ va 
hokazolar. 
3.
Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash.
Bola, eng avvalo, tilning 
tovush tomonini egallashi kerak, ya’ni tovushlarni to'g'ri talaffuz etishi 
lozim. Nutqning tovush tomoni ustida ishlash o'zbek tilining fonetikasi va 
orfoepiyasiga asoslanadi. Bola kattalarga taqlid qilib, so'zlarda urg'uni to'g' ri 
ishlatishga o'rganib oladi. Ona tilining intonatsion tomonini o'zlashtiradi 
hamda so'zlami to‘g‘ri talaffuz qilishga odatlanadi. Ayniqsa, bola 
atrofdagilar bilan nutqiy muloqotda bo'layotganda samimiy ohangda, burro 
va aniq gapirishga 
o
‘rgatiladi. Har bir bolada nutqning bunday sifatlarini 
tarbiyalash, kelgusi hayotida, ya’ni maktabda, o’quv yurtlarida ta’lim 
olishda, mustaqil mehnat faoliyatida jamoa, jamiyat o‘nasida o‘z fikrlarini 
to'liq va tushunarli qilib bayon etishda muhim ahamiyatga egadir.
Agarda tarbiyachi bola nutqidagi, tovush talafluzidagi nuqsonlar, ohang 
va tempga, diksiyasiga (aniq, burro gapirish), nutqining mazmundorligi va 
ifodaliligiga e’tibor bermasa, bunday nuqsonlar bilan maktabga borgan bola 


bilimni o'zlashtira olmaydi va bu uning kelajakdagi mustaqil hayotida ham 
o'zining salbiy ta’sirini ko'rsatadi, ya’ni nutqida nuqsoni bo‘lgan bolaning 
nutqi boshqalarga tushunarsiz bo'ladi, o'z fikrini ifodalashda qiynaladi, 
uyaladi, natijada gapirmaslikka harakat qilib, indamas, jizzaki bo'lib qoladi. 
Bularning hammasi uning ruhiy rivojlanishiga ham ta’sir etadi. 
4.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə