Reja: kirish asosiy qism 1-bob. Ona tilining maktabgacha ta'limda tutgan o’rni, mohiyati



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/14
tarix19.12.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#153599
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Kurs ishi Mavzu. Bolalarni har tomonlama tarbiyalashda ona tilining ahamiyati.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


2-BOB. Maktabgacha tarbiya tashkilotlarida nutqni rivojlantirish dasturi 
va ona tilini rivojlantirishga qaratilgan amaliy ishlar 
2.1. Bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotida nutqni rivojlantirish dasturi, 
uning ilmiy asosi, tuzilishi va mazmuni 
„Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya dasturi" kabi „Nutq 
o'stirish dasturi“ ham ilmiy asoslarga tayanib tuzilgan. Eng avvalo, „Nutq 
o'stirish dasturi" o'zining butun mazmuni bilan bola shaxsini har tomonlama 
rivojlantirishga qaratilgan. Bundan tashqari, „Nutq o'stirish dasturi" bolala r 
tomonidan og'zaki nutqni o'zlashtirish to'g'risidagi psixologiya fani 
ma’lumotlari, bola bilish faoliyatining xususiyatlari to'g'risidagi nazariyaga 
asoslangan. Shuningdek, dastur bolaning rivojlanishida nutq faoliyatining 
roli to'g'risidagi nazariy asoslarga, didaktik prinsiplarga ham tayanib 
tuzilgan: „Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta'lim-tarbiya dasturi"da „Nutq 
o'stirish dasturi" har bir guruhda quyidagi bo'limlardan iborat qilib tuzilgan.
Birinchi va ikkinchi kichik guruhlarda: 
1.
Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutq o'stirish, lug'at ustida 
ishlash. 
2.
Nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish. 
3.
Nutqning tovush madaniyalini tarbiyalash. 
4.
So'zlashuv nutqini (dialog nutqni) shakllantirish. 
5.
Bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirish. 
O‘rta va katta guruhlarda: 
1.
Tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutq o'stirish, lug'at ustida ishlash.
2.
Nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish. 
3.
Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash. 
4.
So'zlashuv nutqini (dialog nutqni) shakllantirish. 
5.
Hikoya qilish (monolog nutq)ga o'rgatish. 
6.
Bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirish. 
Maktabga tayyorlov guruhi: 


1.
Tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutq o'stirish, lug'at ustida ishlash.
2.
Nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish. 
3.
Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash. 
4.
So'zlashuv nutqi (dialog nutq)ni shakllantirish. 
5.
Hikoya qilish (monolog nutq)ga o'rgatish. 
6.
Badiiy adabiyot bilan tanishtirish. 
7.
Savod o'rgatishga tayyorlash. 
Tarbiyachi dastur bo’limlarini va har bir bo’lim talablarini yaxshi bilishi 
va uning mazmunini aniq belgilab olish malakasini egallagan bo'lishi kerak. 
Masalan, tarbiyachi katta guruhdagi bolalarni „Tevarak-atrof bilan 
tanishtirish va nutqini o'stirish

bo'limida ko'rsatilgan obyekt yoki hodisa 
bilan tanishtirishda lug'at ishiga qo'yilgan aniq talablarni yaxshi bilishi, 
bolalarni turli savollarga javob berishga o‘rgatishi kerak. Chunonchi: 
„Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim va tarbiya dasturi“ning nutq o'stirish 
bo'limida katta guruhdagi bolalarni oshpazning mehnati bilan tanishtirish 
tavsiya etilgan. Bolalar oshpazning mehnati bilan tanishish jarayonida 
oshpazga ovqat pishirish uchun kerak bo'ladigan maishiy-xo'jalik 
asboblarining (go'sht maydalagich, tova, qozon, kapgir, cho'mich, taxtakach 
va h. k.), oziq-ovqat mahsulotlarining (karam, lavlagi, loviya, no'xat, qovoq, 
sholg'om va h. k.), ovqatlarning (sho'rva, mastava, shavla, palov, moshxo'rda, 
manti, lag'mon, do'lma, chuchvara, kotlet va h. k.), ovqatlarni pishirish bilan 
bog'liq bo'lgan ish- harakatlarning nomlarini ( qovuradi, qaynatadi, suzadi va 
h. k.) bilib oladilar va buning natijasida ularning lug'ati boyib boradi va 
faollashadi. 
Dasturda nutqning grammatik tuzilishini shakllantirishga katta ahamiyat 
berilgan. Bolalar nutqning grammatik tuzilishini kattalar bilan muomalada 
bo'lish va taqlid qilish asosida asta-sekin o'zlashtirib boradilar. Nutqning 
grammatik tuzilishini egallash murakkab va uzoq davom etadigan jarayondir.
Shuning 
uchun 
ham 
dasturda 
nutqning 
grammatik 
tuzilishini 
shakllantirish bo'yicha ish mazmuni har bir yosh guruhi da bolalarning yoshi 


va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda belgilangan. Masalan, 
birinchi va ikkinchi kichik guruhda bolalarga otlarni ko'plikda to'g'ri 
ishlatish, sifatlarning ot bilan shaxs va sonda moslashuvini, fe’lning o'tgan 
va kelasi zamonda ishlatishni mashq qildirish, ularni so'roq so'zlarning 
intonatsiyasini 
egallashga 
tayyorlash 
kabi 
vazifalarni 
hal 
etish 
rejalashtirilgan bo'lsa, o'rta guruhda esa bu vazifa ancha murakkablashadi. 
Endi ushbu guruh bolalari nutqini morfologik va sintaktik tomondan 
takomillashtirishga, otni kelishiklar bo'yicha to'g'ri turlashga, fe’llarni shaxs 
va zamonda to'g'ri tuslashga o'rgatiladi. 
Katta va tayyorlov guruhlarda nutqning grammatik tuzilishini 
shakllantirish bo'yicha dastur vazifalari va ularning mazmuni ancha 
murakkablashishi bilan ajralib turadi. Ushbu guruhdagi bolalarni o'z 
nutqlarida uyushiq bo'lakli, yoyiq va qo'shma gaplarning t urli xillaridan 
(bog'langan qo'shma gap, ergashgan qo'shma gap), ko'makchi, bog'lovchi va 
ravishlardan foydalanishga o'rgatish, otlarni ko'plikda (qo'ylar, jo'jalar, 
uloqchalar) to'g'ri ishlatish kabi malakalar takomillashtiriladi.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə