Ekologik tadqiqotlar tizimini biologik va geografik tadqiqotlardan farqi
Ekologik tadqiqotlarda
|
Biologik tadqiqotlarda
|
Geografik tadqiqotlarda
|
Birinchi galda
organizmlarning yashash makoni – ekotizim aniqlanadi
|
Avvalambor organizmlar tur va son jihatdan aniqlanadi
|
Tadqiqotda tabiiy va ijtimoiy muhit geotizimlari aniqlanadi
|
Ekotizimlar nomlanadi
|
Organizmlar nomlanadi
|
Geotizimlar nomlanadi
|
Ekotizimlar guruhlarga
ajratiladi, ya’ni tasniflanadi
|
Organizmlar sinflarga ajratiladi, tasniflanadi va tizimlashtiriladi
|
Geotizimlar taksonomik birliklarga ajratiladi va tasniflanadi
|
Ekotizimlar va uning komponentlari son va sifat jihatidan baholanadi
|
Organizmlar turi, popula- tsiyasi, jamoasining tarqalish darajasi va yashash muhiti o‘rganiladi
|
Geotizimlarning o‘ziga xos hududiylik jihatlari o‘rganiladi
|
Ekotizimlar doirasida organizmlar o‘zaro va ularning atrof tabiiy muhiti bilan bo‘ladigan aloqadorlik qonuniyatlari ochib beriladi
|
Organizmlarning turli biologik jihatlari tadqiq etiladi
|
Geotizimlarning majmualilik xususiyatlari ochib beriladi
|
Ekologik mummolar aniqlanadi
|
Organizmlar biotsenoz va bio- geotsenozlar darajasida tadqiq qilinadi
|
Geotizimlar tizimlashtiriladi
|
Ekotizimlarni muhofaza qilish masalalari tadqiq qilinadi
|
Biologik resurslardan oqilona
foydalanish o‘rganiladi
|
Geotizimlarning davriy
o‘zgaruvchanligi aniqlanadi
|
Ekotizim resurslaridan oqilona foydalanish masalasi o‘rganiladi
|
Organizmlarning biotexno- logik, biokimyoviy, biofizik xususiyatlari ochib beriladi
|
Geotizimlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish ilmiy asoslanadi
|
Buzilgan ekotizimlarni tiklash masalalari ilmiy asoslanadi
|
Biologik xilma-xillikni ta’minlashning ilmiy asoslari yaratiladi
|
Geotizimlarni tabiiy va ijtimoiy kategoriya nuqtayi nazaridan optimallashtirish yo‘llari ilmiy asoslanadi
|
Ekologik xavfsizlikni ta’minlashning ilmiy- nazariy asoslari yaratiladi va h.k.
|
Organizmlarni muhofaza qilish tadqiq qilinadi va h.k.
|
Geotizimlar baholanadi, monitoringlashtiriladi, nazoratlanadi, prognozlashtiriladi, kartalashtiriladi, ra- yonlashtiriladi va h.k.
|
Ekologiyani amaliyot bilan uzviy bog‘lash maqsadida 1989-yili O‘zbekistonda Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning viloyat bo‘linmalari tashkil etildi. 2008-yilda esa ekologik qonunchilikni takomillashtirish, jamoat birlashmalari va fuqarolarning ekologiya-salomatlik borasidagi faoliyatlarini jadallashtirish uchun
«O‘zbekiston ekologik harakati» tashkil etildi va unga bir qator muhim boshqaruv funksiyalari yuklatildi. 2012-yili BMTning GEF fondi tomonidan Urganch davlat universiteti qoshidagi Barqaror rivojlanish uchun ta’lim kafedrasi va Xorazm agro-konsultativ markazi – «KRASS»ga «Amaliy ekologiya»dan maxsus o‘quv standartlari va majmualarini yaratish loyihasini qo‘llab-quvvatlandi.
Gipoteza yaratishga keladigan bo‘lsak, u grekchada asos yoki taxmin qilish degan ma’nolarni anglatadi. Ekologiya fanida esa gipoteza aholining ommaviy tarzda ekologik ongi va madaniyatini ko‘tarish uchun kishilik jamiyatining barcha faoliyatida, inson qanday kasb egasi yoki qay yoshda bo‘lmasin baribir ekologik tarbiya va ta’limning majburiylik prinsipi kiritildi. Abdullo Avloniyning «Tarbiya biz uchun ham hayot, ham najot» degan so‘zlarini ekologik tarbiyada qo‘llash juda o‘rinlidir. Ushbu tarbiyaviy jarayon beshikdan to qabrgacha davom etsagina biz nafaqat insonlar, balki butun organizmlar uchun ekologik xavfsizlikni ta’minlab bera olamiz, degan gipotezani olg‘a surishi mumkin.
Yuqoridagi gipotezaning hayotiyligini quyidagi misollarda ko‘rish mumkin. 1990-yilgacha O‘zbekistonda yovvoyi o‘sadigan dorivor va iste’mol qilinadigan o‘simliklar dunyosidan foydalanish me’yorlari o‘rnatilmagan edi. 1991-yildan boshlab ushbu jarayon mustaqil respublikamizda me’yorlandi, 1995-yildan buyon O‘zR FA «Botanika» IIChM tomonidan maxsus ilmiy tadqiqotlar rejasiga kiritildi va aholi o‘rtasida tarbiyaviy ishlarni olib borish natijasida dorivor va ozuqabop yovvoyi o‘simliklar dunyosidan foydalanish nazoratga olindi.
Ilmiy bashoratlash fanda prognozlashtirish deb yuritiladi80. Orol dengizining jadal ravishda qurib ketishini XX asrning 60-yillarida sobiq SSSR suv muammolari instituti olimlari tomonidan prognoz qilingan edi. Shuning uchun ham sobiq Ittifoq davrida eng Oliy boshqaruv organi hisoblangan KPSSning XXV–XXVII-syezdlarida «Sibir daryolarini janubga – O‘rta Osiyoga oqizish» loyihasi kun tartibiga qo‘yilgan va qarorlarida aks etgan edi. Lekin XX asrning ushbu ulkan irrigatsiya-melioratsiya sohasidagi loyiha ekologik ekspertizadan o‘tmaganligi va xalqaro hamjamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaganligi uchun ham amalga oshmay qoldi. Natijada olimlarning Orol taqdiriga oid prognozlari to‘g‘ri chiqdi. Hammamizga ma’lumki, keyingi 30–40 yil ichida 5 mln gektardan ortiq maydon suvsizlanishi natijasida Orol dengizi Yer kurrasidagi eng yirik ko‘ldan eng tez qurib borayotgan mayda ko‘lchalarga aylanib qoldi.
O‘zbekistonda ekologiya yo‘nalishidagi tadqiqotlarni nafaqat geografiya, balki ekologiya sohasida ham olib borgan zabardast
80 Прогноз. ¤збек тилининг изоµли луІати. 3-жилд. – Т.: «¤зМЭДИН». 310-б.
olim, professor R.U. Rahimbekov81 O‘rta Osiyolik ekolo-geografik ilmiy maktablarning yaratilishi bilan
bog‘laydi. Umumiy tarzda olim tabiatshunoslikga oid tadqiqotlarni quyidagicha guruhlashtirgan:
fizoekolo-geografik maktab – N.L. Korjenevskiy, V.M. Chetirkin, L.N. Babushkin – N.A. Kogay, V.L. Shuls
O.P. Poslavskaya, R.U. Rahimbekov;
pedoekologo-geografik maktab – N.A. Dimo, I.N. Stepanov;
fitoekologo-geografik maktab – K.Z. Zokirov, Y.P. Korovin, M.G. Popov;
zooekologo-geografik maktab – A.I. Izrail, A.S. Shatalina, A.L. Brodskiy, T.Z. Zoxidov, B.O. Toshmuhamedov, G.K. Komilov;
agroekologo-geografik maktab – S.N. Rijov – D.S. Sattarov, A.A. Ergashev va h.k.
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hisobotiga ko‘ra82 keyingi 19 yil ichida ekologik fan ko‘proq amaliy-innovatsion yo‘nalish kasb etib, ular asosan quyidagi masalalarni hal etishga qaratilgan edi:
sog‘liqni saqlash va atrof-muhit muammolarini samarali yechishda ustuvor metodlarni yaratish;
qurilishning barcha turlari uchun yer tanlashda zarur bo‘lgan hujjatlar tarkibi bo‘yicha ko‘rsatmalarni
ishlab chiqish;
atmosfera havosiga zararli chiqindilarni tashlashni inventarizatsiya qilish;
atrof-muhitni inson salomatligiga ta’sirini baholash;
tabiiy resurslar sifati, holati ustidan monitoring olib borish va
ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha kompleks sxemalar va tadbirlar ishlab chiqish;
Orol muammosi oqibatlarini yengillashtirish bo‘yicha kompleks tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini
ishlab chiqish va amalga oshrish;
atrof-muhit ta’sirini baholash loyihalarini ishlab chiqish;
ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar bo‘yicha ishlarni olib borish va h.k.
Xulosa qilib aytganda, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarda fundamental yo‘nalishdagi ilmiy ishlanmalar ko‘lamini O‘zbekistonda kengaytirish o‘ta dolzarb masala hisoblanadi. Chunki amaliy va innovatsion tadqiqotlarni ekologik masalalarga yo‘naltirish aynan fundamental ishlanmalarni yetarli darajada yo‘lga qo‘yilganligi bilan baholanadi.
Dostları ilə paylaş: |