Book · January 013 citation reads 419 1


Qattiq chiqindilarni chetlashtirish va oqova suvlarni tozalash



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə99/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Qattiq chiqindilarni chetlashtirish va oqova suvlarni tozalash.


«Rio–92» konferensiyasi atrof-muhit holati yomonlashuvining oldini olish uchun ekologik xavfsiz rivojlanishni barcha mamlakatlarda amalga oshirish, BMT tashkilotining rezolutsiyasiga muvofiq ekologik xavfsiz ravishda chiqindilarni chiqarishga alohida e’tibor qaratildi. Unda ushbu masalalarni rivojlanayotgan mamlakatlarda amalga oshirishga alohida e’tibor berildi. Mazkur sohalarda O‘zbekistonda ham amalga oshiriladigan ishlar ko‘lami yetarlidir. Maishiy chiqindilarning to‘planishi sanoat chiqindilarini to‘planishiga nisbatan 10 marotaba tezroq kechadi. Lekin sanoat chiqindilari tarkibida o‘ta zaharli moddalar, og‘ir metallar va konserogen birikmalarning bo‘lishi atrof-muhitga juda katta salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston sanoat sektorida hosil bo‘luvchi chiqindilarning asosiy qismi tog‘-kon va qayta ishlash korxonalari hisobiga to‘g‘ri keladi. Undan 90–95% chiqindi qayta ishlanuvchi moddani tashkil etadi. Sanoat chiqindilariga 30 mln m3 maishiy chiqindilar qo‘shilib, katta miqdordagi (55 mln m3) qayta ishlanuvchi va atrof-muhitga zarar keltiruvchi «chiqindi tog‘lari» vujudga kelgan. Har bir million tonna maishiy chiqindida o‘rta hisobda 360 ming tonna organik modda, 160 ming tonna qog‘oz, 55 ming tonna to‘qimachilik mahsulotlari, 45 ming tonna plastmassa va boshqa chiqindilar mavjud. Shuning uchun ham:

  • inson salomatligini mustahkamlash va uni muhofaza qilish;

  • chuchuk suv sifatini saqlash va u bilan aholini ta’minlash;

  • suv resurslarini o‘zlashtirish, suv xo‘jaligini yuritish va undan foydalanishga kompleks yondashish;

  • suvni iste’mol qilish tuzilmasini o‘zgartirish;

  • aholi punktlarini barqaror rivojlantirishga yordam ko‘rsatish va hokazo.

Qattiq chiqindilar maishiy chiqindilar va uncha xavfli bo‘lmagan sanoat korxonalari, jamoa muassasalari, ko‘cha va qurilish chiqindilaridan iborat. Ayrim mamlakatlarda qattiq chiqindilarni qayta ishlash va chetlatish fekalin, pechkalardan chiqadigan kul, oqova suvlarni tozalashdan olingan il(loyqa)lar hisobidan ham bo‘ladi. Nima bo‘lganda ham atrof-muhit xavfsizligini ta’minlash muayyan bir qattiq chiqindilarni qayta ishlash yoki ularni chetlatish bilan cheklanmasligi lozim. Mazkur ekologik faoliyat har bir ekotizimlarning o‘ziga xos jihatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilmog‘i darkor. Bu esa to‘liq siklli qattiq chiqindilarni qayta ishlash va ularni chetlatish konsepsiyasini qo‘llashni taqozo etadi. Qattiq chiqindilarni chetlatishda muayyan ketma-ketlikka rioya qilinishi maqsad qilib qo‘yiladi va quyidagi vazifalarni bajarishga chaqiradi:

  • chiqindilarni iloji boricha kamaytirish;

  • chiqindilarni ekologik xavfsiz tarzda qayta ishlatish va retsirkulatsiya qilish;

  • chiqindilarni ekologik xavfsiz holda chetlatish va tozalash;

  • chiqindilar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar ko‘lamini kengaytirish.

Mazkur to‘rt dasturiy vazifalar bir-birlarini to‘ldiradi. Ular ekotizimlarni muhofaza qilish nuqtayi nazaridan chiqindilarni chetlatishning har tomonlama uzviy bog‘langanligi uchun ham kompleks yondashuvni talab etadi. Ularning mazmun va mohiyati har bir joyning ijtimoiy-iqtisodiy va tabiiy sharoiti, chiqindilarni to‘planish darajasi va tarkibiy qismiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin. Aholining barcha qatlamlari mazkur dasturiy vazifalarni hal qilishda qatnashishi lozim.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə