Book · January 013 citation reads 419 1



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə95/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Suv ekotizimlari muhofazasi. Xalqimiz «Suv — hayot manbai, suv bor joyda hayot bor», deb bejiz aytmagan. Suvlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish nafaqat global, regional, balki o‘ta dolzarb milliy masaladir. Garchand sayyoramizda suv bilan egallangan maydon quruqlikka nisbatan ikki barobar ko‘p bo‘lsa-da, uning ekologik muammosining yechimini topish juda dolzarbdir. Bunga sabab:
Birinchidan, suv tirik organizmlar, jumladan, inson massasining 90% dan ortig‘ini tashkil qilgan holda u doimo aylanma (sirkulativ) harakatda. Aylanma harakatdagi suv chuchuk, toza va musaffo bo‘lishi talab etiladi. Aks holda tirik organizmlar nobud bo‘ladi.
Ikkinchidan, chuchuk suvlar zaxiralari sayyoramizda bir tekis tarqalmagan. Yer usti suvlari (daryo, ko‘l, suv omborlaridagi suvlar)ning 70% aholi yashashi noqulay bo‘lgan shimoliy sovuq yoki baland tog‘ mintaqalaridadir. Ayrim mamlakatlarda (Kanada, Norvegiya, Rossiya kabilarda) suv toshqinlari muammosi yuzaga kelayotgan bo‘lsa, ayrimlarida (O‘zbekiston, Arab mamlakatlari, Turkmaniston kabilarda) suv tanqisligi juda katta muammodir.
Uchinchidan, toza suv doimo harakatdadir. U ko‘pincha daryolar orqali bir davlatdan ikkinchi bir davlatga o‘tib boradi. Bu degan so‘z daryo suvining muhofazasi xalqaro muammolar toifasiga kiradi va davlatlardan juda katta diplomatik mahorat talab qiladi.
To‘rtinchidan, okean suvlarining keskin ravishda ifloslanishi atmosfera havosida kislorodning kamayishiga sabab bo‘lmoqda. Chunki kislorod «ishlab chiqaruvchi» okean yuzasidagi planktonlar ifloslanayotgan okean suvlarida kamayib boryapti.
Beshinchidan, deyarli barcha xalq xo‘jaligi sohalarida suv ishlatiladi. Gidroresurslarning imkoniyati kamayib, unga talab esa ko‘payib bormoqda. Xo‘jalikda ishlatilayotgan suv ham, afsuski, toza — chuchuk bo‘lishi kerak ekan. Agrar respublika bo‘lgan O‘zbekistonda xalq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i — qishloq xo‘jaligi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotining 93% sug‘oriladigan yerlardan olinadi.
Oltinchidan, Markaziy Osiyoda chuchuk suv zaxirasi — 183 km3 (undan Amudaryoda – 78 km3 va Sirdaryoda — 36 km3). Uning aksariyati sug‘orish uchun ishlatiladi va turli sun’iy suv havzalari (kollektor, drenaj, suv omborlari, tashlandiq ko‘llar)da va yer ostida yig‘ilib, Orol ko‘li muammosini yuzaga keltirdi.
Dengiz muhiti o‘z ichiga okean, dengiz va ularning qirg‘og‘idagi hududlarni qamrab olib, yagona hayotiy zarur ekotizimning muhim komponenti bo‘lib xizmat qiladi hamda barqaror rivojlanish uchun keng imkoniyatlarni ochib beradi. Dengiz huquqi konvensiyasidagi xalqaro huquq normalari davlatlarning mazkur sohadagi huquqiy majburiyatlarini belgilaydi. Ularga dengiz va dengiz oldi mamlakatlarida barqaror ravishda tabiiy resurslarni muhofaza qilishning yuridik asoslarini beradi. Mazkur qoidalarga rioya qilinishi milliy, subregional, regional va global miqyosda dengiz va dengiz oldi zonalaridan samarali foydalanish va ularni o‘zlashtirishda mazmun jihatdan yangi, yo‘nalish jihatdan tezkor usullarni qo‘llashni tavsiya etadi:

  • dengiz ekotizimlarini tasniflash va unga asosan muhit muhofazasini ta’minlash;

  • dengiz qirg‘oqlarini, shu jumladan, 12 milli iqtisodiy dengiz zonalarini samarali ishlatish;

  • hech bir davlat yurisdiksiyasiga kirmaydigan «ochiq» dengizlarning jonli resurslaridan samarali foydalanish va ularni saqlash;

  • milliy yurisdiksiyadagi jonli dengiz resurslaridan samarali foydalanish va saqlash;

  • dengiz muhitidan samarali foydalanish va iqlim o‘zgarishlarini baholashdagi noaniqliklarni yo‘qotish;

  • xalqaro, jumladan, regional hamkorlik va muvofiqlashtirishni mustahkamlash;

  • dengizdagi kichik orollarni rivojlantirish va h.k.

Suv ekotizimlari muhofazasiga oid rivojlanayotgan davlatlar faoliyati ularning texnik va moliyaviy imkoniyatlariga, tabiiy resurslardan qay darajada foydalanishlariga, mazkur davlatlarga zamonaviy texnologiyalarning kiritilishiga va ajratilayotgan mablag‘lar hajmiga bog‘liqdir.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə