Book · January 013 citation reads 419 1


Biotexnologiyalarni ekologik xavfsiz darajada ishlatish



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə94/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Biotexnologiyalarni ekologik xavfsiz darajada ishlatish. Biotexnologiyalar zamonaviy va an’anaviy biotexnik usullarning qo‘shilishidan kelib chiqqan murakkab faoliyat sohasidir. Muayyan maqsadga yo‘naltirilgan biotexnologiyalar yordamida dezoksiribonuklein kislotaning (DNK) tuzilishi yoki o‘simlik, hayvon va mikroorganizmlarning genetik materialini o‘zgartirish orqali yangi foydali mahsulotlarni olish, tibbiy xizmat darajasini oshirish, qishloq xo‘jaligida yangi usullarni joriy qilish asosida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, ichimlik suvining sifatini oshirish, sanoat xomashyosining qayta ishlash imkoniyatini ko‘tarish, o‘rmonlarni saqlash va tiklashning samarali usullarini joriy qilish, xavfli chiqindilarni zararsizlantirish va shu kabi muhim masalalarni hal qilish mumkin bo‘ladi.
Biotexnologiyalar biologik resurslarga (jumladan, genetik resurslarga) boy, lekin ulardan foydalanishda maxsus bilimlar va investitsiyalarga ega bo‘lmagan davlatlar va jamoaning barqaror rivojlanishini ta’minlashda ushbu imkoniyatlarga ega bo‘lgan rivojlangan davlatlar va uyushmalar o‘rtasidagi global hamkorlikni o‘rnatishga yordam beradi. Biotexnologiyalar orqali biologik resurslarni «in situ» usuli yordamida saqlash mumkin.
Barqaror rivojlanish xalqaro dasturidagi faoliyat xalqaro muvofiqlashtirilgan tamoyillarni ishlab chiqishga, ekologik xavfsiz biotexnologiyalarni ishlatishga, jamiyatning kelajakka bo‘lgan ishonchini oshirishga va xavf-xatarni yumshatishga, biotexnologik usullarning samarali qo‘llanilishiga ko‘maklashadi. U, ayniqsa, rivojlanayotgan davlatlarda tegishli mexanizmlarni yaratishni ta’minlashga yo‘nalgan bo‘lishi ke- rakligini ko‘rsatadi. Barqaror rivojlanish tamoyillari biotexnologik nuqtayi nazardan quyidagilarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan:

  • inson salomatligini yaxshilash;

  • oziq-ovqat mahsulotlari, yem-xashak va tiklanadigan xomashyo materiallarini ishlab chiqishni

ko‘paytirish;

  • tabiatni muhofaza qilish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat samaradorligini ko‘tarish;

  • xavfsizlikni ta’minlash va xalqaro hamkorlik mexanizmlarini yaratish;

  • biotexnologiyalarni ishlab chiqish va ekologik xavfsizlikni ta’minlovchi mexanizmlarni yaratish va h.k.


Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə