Ekologiya yo‘nalishidagi o‘quv reja
Indeks
|
Fan nomi va uning asosiy bo‘limlari
|
Soat
|
ГС
|
Umumiy gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar
|
1 800
|
ГСЕ.Ф.00
|
|
1 608
|
ГСЕ.Ф.01
|
Xorijiy til
|
340
|
ГСЕ.Ф.02
|
Jismoniy tarbiya
|
408
|
ГСЕ.Ф.03
|
Vatan tarixi
|
100
|
ГСЕ.Ф.10
|
Falsafa
|
150
|
ГСЕ.Ф.11
|
Iqtisodiyot
|
100
|
ГСЕ.Ф.07
|
Psixologiya va pedagogika
|
100
|
ГСЕ.Ф.06
|
Huquqshunoslik
|
100
|
ГСЕ.Ф.05
|
Siyosatshunoslik
|
100
|
ГСЕ.Ф.04
|
Madaniyatshunoslik
|
100
|
ГСЕ.Ф.08
|
Rus tili va nutq madaniyati
|
100
|
ГСЕ.Ф.09
|
Sotsiologiya
|
100
|
ГСЕ.Р.00
|
Milliy regional komponent (talabaning tanlovi asosida
OTM tomonidan o‘rnatiladi)
|
192
|
ЭН
|
Umumiy matematik va tabiiy-ilmiy fanlar
|
1 800
|
ЭН.Ф.00
|
Federal komponent
|
1 600
|
ЭН.Ф.01
|
Matematika
|
350
|
ЭН.Ф.02
|
Informatika
|
200
|
ЭН.Ф.03
|
Fizika
|
200
|
ЭН.Ф.04
|
Kimyo
|
250
|
ЭН.Ф.05
|
Biologiya
|
250
|
ЭН.Ф.06
|
Geologiya
|
100
|
ЭН.Ф.07
|
Geografiya
|
150
|
ЭН.Ф.08
|
Tuproqshunoslik
|
100
|
ЭН.Р.00
|
Milliy regional komponent (talabaning tanlovi asosida OTM tomonidan o‘rnatiladi)
|
200
|
ОПД
|
Yo‘nalishning umumkasbiy fanlari
|
3 300
|
ОПД.Ф.00
|
Federal komponent
|
2 450
|
ОПД.Ф.01
|
Umumiy ekologiya
|
200
|
ОПД.Ф.02
|
Atmosfera haqidagi ta’limot
|
150
|
ОПД.Ф.03
|
Gidrosfera haqidagi ta’limot
|
150
|
ОПД.Ф.04
|
Biosfera haqidagi ta’limot
|
200
|
ОПД.Ф.05
|
Landshaftshunoslik
|
100
|
ОПД.Ф.06
|
Amaliy ekologiya
|
100
|
ОПД.Ф.07
|
O‘simliklar ekologiyasi
|
100
|
ОПД.Ф.08
|
Hayvonlar ekologiyasi
|
100
|
ОПД.Ф.09
|
Mikroorganizmlar ekologiyasi
|
100
|
ОПД.Ф.10
|
Biogeografiya
|
100
|
ОПД.Ф.11
|
Inson ekologiyasi
|
100
|
ОПД.Ф.12
|
Tabiatdan foydalanish asoslari
|
150
|
ОПД.Ф.13
|
Ekologik toksikologiya
|
100
|
ОПД.Ф.14
|
Tabiatdan foydalanish va atrof-muhitini muhofaza qi- lishning huquqiy asoslari
|
100
|
ОПД.Ф.15
|
Ekologik risk va texnogen tizimlar
|
150
|
ОПД.Ф.16
|
Ekologik monitoring
|
100
|
ОПД.Ф.17
|
Ekologik ekspertiza
|
100
|
ОПД.Ф.18
|
Radiatsiya ekologiyasi
|
100
|
ОПД.Ф.19
|
Ekologik epidemiologiya
|
100
|
ОПД.Ф.20
|
Geoaxborot tizimlari
|
150
|
Milliy regional komponent (talabaning tanlovi asosida OTM tomonidan
o‘rnatiladi)
|
850
|
СД.00
|
Maxsus fanlar
|
912
|
ФТД.00
|
Fakultativ fanlar
|
450
|
ФТД.01
|
Harbiy tayyorgarlik
|
450
|
ФТД.02
|
Psixologik-pedagogik fanlar sikli
|
450
|
Nazariy ta’lim soatlari
|
8 262
|
Amaliyot
|
1 620
|
Jami
|
9 882
|
9.2.2-jadval
Ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish muddatlari
Kunduzgi bo‘limda ekologlarni tayyorlashning asosiy ta’lim dasturini o‘zlashtirish muddatlari
|
260 hafta
|
jumladan:
Nazariy ta’lim (bunga talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari, amaliyot, shu jumladan laboratoriya ishlari hamda imtihon sessiyalari kiradi)
Amaliyot (o‘quv, ishlab chiqarish, kvalifikatsiya oldi)
Yakuniy davlat attestatsiyasi, (malakaviy bitiruv ishini tayyorlash va himoya qilish)
|
180 hafta
30, 12, 8, 10
hafta 16 hafta
|
Ta’til
|
34 hafta
|
Ekologlarning kasbiy kompotensiyalarining shakllanish modeli – kasbiy ekologik ta’lim tarkibiy qismlari maqsadlari, vazifalari, obyektlari va shartlari tizimi. Bu ekolog mutuxassisligining kasbiy faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari va ijtimoiy talabi bilan bog‘liqdir (9.2.1-rasm).
9.2.1-rasm. Ekolog kasbiy faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari va
ijtimoiy talablari.
Bu birinchidan, ekologik ta’lim jamiyat rivojining asosiy omillaridan biri. Ekologik ta’lim insonlarni tabiatga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirishga qaratilgan fikrlash, xulq va atvor stereotiplarini shakllantirish, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish, har bir davlat va inson tomonidan kasbiy etikaning yangi tamoyillarini qabul qilish, madaniyat va adolatga, ba’zi bir cheklovlar va taqiqlarni shakllanishiga qaratilgandir. Ikkinchidan, ushbu model ekologning kasbiy kompotensiyasi uchun pedagogik sharoitni shakllantirishni aniqlashtiradi. Uchinchidan, ekologik ta’lim modelining tuzilishi texnologik algoritmni rivojlantirish, kelajakda ekologik ta’limni joriy etishni tashkil etadi. To‘rtinchidan, ekologlarni tayyorlashda kasbiy ekologik ta’limning jahon standartlariga javob beradigan va ekologlarda shu jarayonni ishlab chiqarish, tashkiliy-boshqaruv va axborot- analitik faoliyatlarini sinflashtiradi. Beshinchidan, yangi axborot texnologiyalarni joriy etish ta’lim jarayonida tez moslashuvchan ta’lim tizimini rivojlanishini ko‘rsatadi. Oltinchidan, ekologik madaniyatni ham rivojlantiradi. Bularning barchachi hayotiy tajribalardan kelib chiqadi va axloqiy tamoyillarga yondashadi.
Umuman shuni aytish kerakki, rivojlangan davlatlarda ta’limning barcha pog‘onalari ekologiyalashtirilgan
tarzda olib borilmoqda.
Milliy uzluksiz ta’limda ekologiyani o‘qitish muammolari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2010-yil 12-noyabrda Oliy Majlisning Senati va Qonunchilik palatasining qo‘shma majlisidagi «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» nomli ma’ruzasida «Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasiga oid qonunchilikni yanada rivojlantirish, insonni va mamlakat aholisini ekologiyaning xavfli va tajovuzkor o‘zgarishlaridan himoya qilish» bugungi kunda respublikamiz uchun eng dolzarb masalalardan biri ekanligi, shuning uchun ham ekologik harakat vakillariga Qonunchilik palatasidan 15 ta joy ajratilganligi haqida ta’kidlagan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 18-sentabr 212-sonli qarori bilan tasdiqlangan «2008–2012-yillarda O‘zbekiston Respublikasining atrof- muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi»ning I bandida uzluksiz ekologik va barqaror rivojlanish uchun ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, ekologik ilm-fanni rivojlantirish, ekologik bilimlarni keng targ‘ib qilish vazifalari belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi hamda Xalq ta’limi vazirliklari tomonidan BMTning
«Barqaror rivojlanish uchun» ta’lim bo‘yicha Dekadasi hamda BMT Yevropa iqtisodiyot komissiyasining Strategiyasini O‘zbekistonda bajarilishiga ko‘maklashish va amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 2010-yil dekabrida qabul qilindi. Ushbu dastur va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2011-yil 31-yanvarda tasdiqlangan Ish rejasiga 2011–2012-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarida ekologiya va atrof-muhit muhofazasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ekologiya va tabiatdan foydalanish sohasiga oid o‘quv, o‘quv-uslubiy majmualarni takomillashtirish va ularni amalga joriy etish vazifalari kiritilgan.
Yuqorida qayd etilgan milliy davlat tizimini modernizatsiya qilish talablari hamma fan yo‘nalishlari, jumladan ekologik ta’lim va tarbiya tizimini qaytadan ko‘rib chiqishni taqozo etadi. Chunki milliy ekologik ta’lim va tarbiya tizimi shu kunning talablariga to‘liq javob beradi, deya olmaymiz. Buning asosiy sabablaridan biri 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunining 4-moddasida ekologik ta’limning majburiylik prinsipini 1997-yil qabul qilingan Ta’lim to‘g‘risidagi qonunda o‘z aksini topmaganligidadir. Natijada milliy ta’lim tizimida ekologik ta’lim va tarbiya stixiyali ravishda amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining «Ekoharakat» deputatlar guruhi hamda Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining «O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi rahbarlarining respublikada uzluksiz ekologik ta’lim tizimini joriy etish haqidagi axborotlariga ko‘ra parlament eshituvlari to‘g‘risida»gi 2010-yil 2- noyabrdagi qarorida, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi qoshida faoliyat yuritayotgan «O‘zbekiston Respublikasida barqaror rivojlanish ta’limi» idoralararo Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 2011-yil yanvar oyida bergan hisobotiga ko‘ra mamlakatimizda ekologik ta’lim yo‘nalishida 2005- yildan buyon uch bosqichda amalga oshirilgan bir qator ijobiy ishlar qilingan bo‘lsada, lekin ular yagona bir uzluksiz ta’lim tizimiga mos kelmaydi, deyilgan.
Ekologik ta’limni zamon talablaridan chetda qolib ketmasligi, O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risidagi» qonuni hamda «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi»da ko‘rsatilgan uzluksizlik tamoyillariga moslashishi qanday bo‘lmog‘i kerak, degan savolga javob topishdadir.
Ekologik ta’limga oid yagona, tizimlashgan va uzviylashgan kompleks ravishdagi ilmiy tadqiqot ishlari dunyo miqyosida hanuzgacha olib borilmagan. Jumladan O‘zbekistonda83 «Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o‘quv adabiyotlari yangi avlodini
83 Н.И. Тайлаков. Јори-Ниёзий номли ПФИТИ. – Т.: 2006. 362-б. Н.Ш. Бозорова.- Јарши, 2006. 98-б; А.Р. Мелибоев. Јори-Ниёзий номли ПФИТИ. – Т.: 2007. 167-б. М.М. Алиіулова. Јори-Ниёзий номли ПФИТИ. – Т.: 2007. 187-б; А.Т. Ґайитов. Јори-Ниёзий номли ПФИТИ. – Т.: 1998. 196-б.
yaratishning ilmiy pedagogik asoslari», «Talabalarda ekologik madaniyatni shakllantirishning ilmiy-pedagogik asoslari», «Malaka oshirish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ekologik ta’lim berishga tayyorlashning pedagogik shart-sharoitlari», «Tabiatshunoslik darslarida O‘rta Osiyo allomalarining ekologiyaga oid qarashlaridan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari», «Maktab tabiiy geografik kurslarida geoekologik bilimlar tizimi va ta’limning metodik asoslari» mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. Lekin ular o‘z tadqiqotlarida barcha ta’lim tizimini qamrab olmaganlar va ekologik ta’limni ierarxik pog‘onada kompleks ravishda ko‘rib chiqmaganlar.
Xuddi shunday holat sobiq Ittifoq bo‘yicha ham qaytarilgan. Masalan, turli fanlarda ta’limning muayyan bosqichlarida ekologik ta’limning psixologik-pedagogik xususiyatlari, mazmuni, tuzilishi va shaklini M.G. Ashmanis, R.S. Karpinskaya, I.K. Liseyev, G.V. Platonov, A.G. Spirkin, A.S. Tonkix, E.A. Turdiqulov, K.P. Shurtakov, V.F. Chernovolenko va boshqalar tahlil qilishgan. Kasbiy ta’lim tizimida o‘qituvchilarning uslubiy mahoratini oshirishda atrof-muhit muhofazasiga oid masalalarni N.D. Ivanov, Z.K. Ismoilova, N.I. Kravsov,
M.V. Kuzmin, T.I. Olifirenko, V.S. Pikelnaya, P.V. Xudaminskiy, S.F. Rajabova, A.A. Shoyusupova, A.X.
G‘offorovlar olib borganlar.
Hanuzgacha respublikamizda «Ekolog» mutaxassislar tayyorlash, ekologiya sohasidagi bilimlarni keng targ‘ib qilish, ekolog kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar ishlab chiqish borasidagi ishlar Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan muvofiqlashtirilmagan. Oliy o‘quv yurtlarining o‘quv dasturlarida ko‘zda tutilgan ekologiya bilan bog‘liq malakaviy amaliyotlarni bevosita ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarida o‘tkazilishini ta’minlash borasida qilinayotgan ishlar ham qoniqarli emas. Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan ekologik bilimlarni targ‘ib qilish borasida chop qi- linayotgan nashrlar salmog‘i 2009-yildan keyin keskin kamayib ketgan.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» kadrlar tayyorlash milliy modelini ro‘yobga chiqarishni, har tomonlama komil va barkamol, davlat va jamiyat oldida o‘z mas’uliyatini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi. Zero, uzluksiz ta’lim malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta’limning barcha turlarini, Davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi. Binobarin, O‘zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunida ham tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga erishish uchun barcha turdagi ta’lim muassasalarida ekologiya o‘quvining majburiyligini ta’minlash vazifasi belgilab qo‘yilgan.
Hammamiz garchand ta’lim so‘zini kuniga juda bo‘lmaganda bir marotaba tilga olsakda, lekin uning umume’tirof etilgan tushunchasiga o‘z e’tiborimizni doimo ham qaratmaymiz. Ta’lim – bilim berish, malaka va ko‘nikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi84, to‘g‘rirog‘i tizimi. Zero, ta’lim uzluksizligi tizimlashgandir.
Uzluksiz ta’lim malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta’limning barcha turlari, davlat ta’lim standartlari, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muhitidir85. O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunning 9-moddasiga binoan milliy uzluksiz ta’lim tizimi quyidagi turlardan iborat:
maktabgacha ta’lim;
umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi;
oliy ta’lim;
oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim;
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash.
«Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun bilan bir qatorda qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning maqsadida ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan
84 Таълим ва узлуксиз таълим. ¤збекистон Миллий энциклопедияси. 8-жилд. – Т.: «¤зМЭДИН», 2004. 307-б.
85 Кадрлар тайёрлаш миллий дастури, 1997. 29-август.
to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori
malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdir, deyilgan.
Mustaqillik tufayligina milliy ta’lim turlari o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan xalos etildi. Unda o‘ziga xos va mahalliy sharoitga mos ravishda yangi milliy ta’lim tizimi shakllanmoqda. Rivojlangan davlatlarning ta’lim tizimi tajribasi respublikamiz sharoitiga moslashtirilgan tarzda amaliyotga tatbiq qilinmoqda. Mazkur jarayondan ekologik bilim va tarbiya ham chetda turmayapti. Zero, ekologiya, tarix, ona tili va adabiyot, milliy g‘oya fanlari kabi yoshlarimizni yuksak ma’naviyatli shaxs qilib tarbiyalash, tabiat bilan jamiyat qonunlarini uyg‘unlashtira oladigan kadrlar qilib yetishtirishda juda katta ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: |