Book · January 013 citation reads 419 1


Ekologik ma’naviyatli shaxsni tarbiyalash



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə115/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   144
Ekologiyanazariyasi

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Milliy

Ekologik ma’naviyatli shaxsni tarbiyalash


O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, o‘z oldiga milliy qadriyatlarga asoslangan huquqiy demokratik davlatni qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishni maqsad qilib qo‘ydi. Unda har bir fuqaro uchun davlat tiliga hurmat, respublika tarixiga e’zoz va o‘z vataniga mehr ila yashash imkoniyati yaratildi. Milliy g‘oyaga tegishli bo‘lgan ushbu uch talabning oxirgisi ekologiya fani bilan bevosita bog‘liqdir. Chunki ekologiya, o‘z mazmun va mohiyatiga ko‘ra, ekotizimlarda turgan barcha obyektlarning biosferada tabiat-jamiyat munosabatalarini uyg‘unlashtirishga
olib keladi. Aynan ekologiyaning predmeti davlatning tabiiy sharoiti, tabiiy boyliklari va resurslari, ekologik holati va uni muhofaza qilish yo‘llari hamda unga oid ta’lim va tarbiya kabilar bo‘lib hisoblanadi. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, o‘z vatani yoki yashayotgan yurti haqidagi ushbu ma’lumotlarga ega bo‘lmagan insonda, to‘g‘rirog‘i fuqaroda, qanday qilib milliy ma’naviyat bo‘lishi mumkin.
Har bir xalqning milliy g‘oyasi uning maqsad va muddaolarini ifodalaydigan, o‘tmishi va kelajagini uzviy bog‘laydigan, asriy orzu-istaklarini amalga oshirishga xizmat qiladigan ma’naviy omildir. Milliy g‘oya har bir vatandoshimizni o‘z oilasi, jamiyat, el-yurt oldidagi burch va mas’uliyatini qay darajada ado etayotganini belgilaydigan ma’naviy mezondir (Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar, 2001).
Burch va mas’uliyatni anglash bevosita milliy g‘urur orqali namoyon bo‘ladi. Milliy g‘urur har bir millatning o‘z-o‘zini anglashi natijasida sodir bo‘ladigan ichki ruhiy kayfiyati. Bu tuyg‘u ona zamin, avlodu ajdodlarimizning moddiy va ma’naviy merosi, millatimizning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasidan, o‘zga millat va elatlar oldidagi qadr-qimmati, obro‘-e’tiboridan faxrlanish hissiyoti. Zero, milliy g‘ururni shakllantirishning ahamiyati haqida gapirib Prezidentimiz Islom Karimov shunday degan edi: – «Milliy g‘ururni, milliy tafakkurni uyg‘otadigan, xalqni xalq, millatni millat qiladigan mustaqillikdir. Islohotlar esa ana shu oliy maqsadlarni amalga oshirish vositasidir»86.
Milliy g‘ururni shakllantiruvchi omillarga, odatda: moddiy va ma’naviy merosni ardoqlash, urf-odatlar va an’analarga sodiq qolish, qadriyatlari va tarixini bilish, ona tiliga bo‘lgan e’zoz, o‘z xalqiga bo‘lgan mehr- muhabbat, vatanparvarlik hissi, o‘z yurti bilan faxrlanish, iqtisodiy salohiyati, ijtimoiy va sotsial holati, ijobiy tomonlarini ko‘ra bilish kabi insoniy tuyg‘u va xislatlar kiritiladi.
Xususan ekologik bilimlar bilan puxta qurollangan shaxs g‘oyaviy tahdidlarga yoki istiqlolimizning kelajagiga shubha tug‘diruvchi har qanday ikkilanishlarga yuqori darajada qarshi tura olish mumkin. Chunki, istiqlolimizning ahamiyatini yoshlar ongiga singdirishda, bu borada ishonchli dalillarga suyangan holda ularda Vatanimiz tabiati haqida samimiy faxrlanish, g‘ururlanish, shu bilan birga qayg‘urish kabi tuyg‘ularni shakllantirish ekologik fanlarning bosh vazifasi sanalmog‘i lozim.
Shundan kelib chiqqan holda ekologiya fanlari zamonamizning dolzarb muammolarini tadqiq qiluvchi fan sohasi hamda yosh avlodda zamonaviy konsepsiyani shakllantiruvchi ta’lim tarmog‘i kabi kasbiy mahorat bilan birga mamlakatimiz tinchligi, mustaqilligi va xalqimiz farovonligini ta’minlashdagi o‘rnini belgilab beruvchi qirralarini ham ko‘rsatib berish maqsadga muvofiq.
Ekologik fanlarga oid darslarda yuksak ma’naviyatli shaxs tarbiyasi mazkur fanlarning ijtimoiy nufuzini oshirishda, ularda «ijtimoiy-siyosiy bo‘shliq»ni yuzaga keltirmaslikda so‘zsiz xizmat qiladi. Chunki milliy ma’naviyat o‘zbek xalqining maqsad-muddaolarini ifodalaydigan, o‘tmishi va kelajagini uzviy bog‘laydigan, asriy orzu-istaklarini amalga oshirishga xizmat qiladigan insoniy fazilatidir. «Ma’naviyat, – deb ta’kidlagan edi Prezidentimiz Islom Karimov, – insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir...»87.
Ma’naviyat o‘z-o‘zidan yuzaga keladigan yoki bir o‘qish yoki o‘qitish bilan shakllanib qoladigan kishilarning ruhiy holati emas. Ma’naviy barkamollik inson hayotining butun umri davomida yuzaga keladi, shakllanadi va rivojlanib boradi. U beshikdan to qabrgacha, uyqudan turgandan to uyquga ketgunga qadar davom etadigan juda murakkab, izchil tarbiya va ta’lim jarayonidir. Shuning uchun ham yuksak ma’naviyatga erishmoq uchun shaxs – jamiyat – davlat faoliyatining barcha jabhalarida chuqur o‘ylangan, ilmiy tasdiqlangan va amaliy tajribalardan o‘tgan aqidalarni targ‘ib qilishimiz lozim. Nafaqat targ‘ib, balki o‘zini madaniyatli va ma’rifatli degan har bir kishi shaxsiy namuna orqali ham namoyon qilishini talab etadi. Bu o‘rinda ekologik ta’limning ham o‘rni bor, albatta.

«Ma’rifat» gazetasining 2008-yil 31-may 43-sonida Behzod Mamadiyevning «Hindiston yoshlari: kecha va bugun yoxud avlodlar o‘rtasidagi ziddiyat» maqolasi chop etildi. Unda 1 mlrd 200 mln kishidan ortiq aholisi bo‘lgan, biz o‘zbek yoshlari XX asrning 60–70 yillari orzu qiladigan «ertaklar yurti»da turli yoshdagi kishilar o‘rtasidagi ma’naviy «devor» yuzaga kelganligi haqida juda o‘rinli misollar keltirilgan. Keyingi 10–15 yil davomida iqtisodiyotni erkinlashtirish siyosati orqali jadal sur’atda kirib kelgan moddiy boylik o‘zi bilan G‘arb madaniyatini ham olib keldi. Besh-o‘n yil avval Hindiston ko‘chalarida sigareta chekayotgan ayolni umuman topib bo‘lmasa, hozirda ularning guruhlari har qadamda uchramoqda. Natijada, mamlakatda g‘arbona yashashni
86 Prezident Islom Karimovning 1997-yil 25-avgust kuni respublika Vazirlar Mahkamasida mamlakatimiz mustaqilligi bayramiga
tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish respublika tashkiliy qo‘mitasining majlisidagi so‘zlagan nutqidan.


87 I. Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: «Ma’naviyat», 2008. 19-b.
xohlaydigan yoshlar (AQSH aholisidan ham ko‘proq) va qadimiy an’analarga sodiq qolgan yoshi kattalar qatlami yuzaga keldi. Oliy o‘quv yurtini bitiruvchi talabalar orasida o‘tkazilgan sotsiologik so‘rovnomada ularning 80 foizidan ortig‘i kelgusida chet elda ishlashni davom ettirish va G‘arbda yashashni ma’qul deb bilishgan. Milliy an’analarga sodiqlik eskilik sarqiti ekanligini aytishgan. Bu esa go‘zal va qadimiy Hindiston uchun katta xavfdir. Shuning uchun ham Hindistonning «Ta’lim to‘g‘risidagi siyosat» loyihasida milliy qadriyatlar oyoq ostida qolib ketayotgani haqida alohida ta’kidlanib o‘tilgan.
Afsuski, bu borada Hindiston jahon tajribasidan foydalangani yo‘q. Masalan, ikkinchi jahon urushidan mag‘lubiyat bilan chiqqan Yaponiyaning 1947-yildagi «Ta’lim to‘g‘risida asosiy qonun»ida milliy o‘zlikni va ma’naviy mezonlarni saqlagan holda o‘quv jarayoniga G‘arbning ilg‘or tajribalarini tatbiq etish maqsadi qo‘yilgan edi. Hozirda iqtisodiy salohiyat nuqtayi nazaridan AQSH va Xitoydan so‘ng uchinchi o‘rinda borayotgan mazkur mamlakatda ma’naviyat masalalari mutaxassislar tayyorlashda eng birlamchi omil sifatida qarab kelinayotir. Shuning uchun ham Prezidentimiz Islom Karimov «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» kitobida Abdulla Avloniyning «Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat

  • yo falokat masalasidir» degan falsafiy fikrlarini eslab o‘tganlar. Buyuk ma’rifatparvar muallim bobomizning bu so‘zlari XX asr boshida millatimiz uchun qanchalar muhim ahamiyat kasb etgan bo‘lsa, hozirda ham ushbu umuminsoniy qadriyatlar o‘z dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining topshirig‘iga binoan 2009-yil Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Islom Karimovning «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» asarini oliy ta’lim muassasalari bakalavriatida o‘qitish bo‘yicha 20 soatlik (ma’ruza 8, muloqot 4, munozara 4, taqdimot 4) fakultativ o‘quv dasturi, o‘quv qo‘llanma, elektron adabiyot, ta’lim texnologiyasi, fotogalereya, test savollari, plakatlar ishlab chiqildi. 2010-yil 6-yanvarda O‘zbekiston Milliy universitetida olimlar, davlat va jamiyat arboblari hamda respublikaning barcha oliy ta’lim muassasalaridan kelgan tegishli fakultativ kurslarini olib boruvchi professor-o‘qituvchilar ishtirokida seminar-taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur dastur «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» asarini o‘rganish yuzasidan o‘quv mashg‘ulotlarini olib boruvchi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan edi. Lekin 20 soatlik dars mashg‘ulotlari bilan yuksak ma’naviyatli shaxsni tarbiyalash mumkin, deb ayta olmaymiz. Chunki ma’naviyat uzluksiz va uzviylashgan, doimiy va kundalik tarbiyaviy jarayondir. Shunday ekan har bir pedagog, u qaysi bir ta’lim yo‘nalishida bo‘lishidan qat’i nazar, ma’naviyatning asosiy qoidalarini har bir darsda bevosita bo‘lmasada, bilvosita tarzda tatbiq etib borishi talab etiladi88. Ekologik ta’lim ham bundan istisno emas.
Oliy ta’lim muassasa talabalari uchun mo‘ljallangan dasturning maqsadi: yoshlarda kamolotning asosiy mezoni hisoblangan yuksak ma’naviy fazilatlarni mustahkamlash, ma’naviyatning shaxs, jamiyat va davlat hayotidagi zaruriyatini ijtimoiy-axloqiy mezonlar asosida o‘rganish, yoshlarga yuksak ma’naviy konsepsiyaning zaruriyati, ma’naviy yuksaklik mamlakat barqarorligini ta’minlovchi omil ekanligini tushuntirish, yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch hamda jamiyat taraqqiyotining asosiy mezoni ekanligini ilmiy asoslashdan iborat. Ushbu maqsaddan kelib chiqqan tarzda ekologlar oldida biz quyidagi maqsadni qo‘yishimiz mumkin – barkamol mutaxassislarni tayyorlash uchun ekologik fanlar darslarida bilvosita tarzda yuksak ma’naviyat yengilmas kuch ekanligini ilmiy asoslash.
Maqsadga erishmoq uchun ekologiya, jumladan tabiiy ekologiya professor-o‘qituvchilariga quyidagi

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə