Bu ta'limotda ikki davrni ajratish mumkin



Yüklə 14,22 Kb.
tarix27.09.2023
ölçüsü14,22 Kb.
#123911
XULOSA


XULOSA

XV asr oxiri - XVIII asrlar davomida yangi iqtisodiy ta'limot - merkantilizm va u bilan bog'liq siyosat paydo bo'ldi. Bu ta'limot bo'yicha millat (xalq) boyligining asosi muomala sohasida yuzaga keladi (avvalgi qarashlardan prinsipial farq qiladi).


Bu ta'limotda ikki davrni ajratish mumkin:
1. Ilk merkantilizm yoki monetarizm (ya'ni pul degani) XV-XVI asrlarda (qisman XVII asrda) mavjud bo'ldi va boylik asosan oltin, kumush va boshqa qimmatbaho javohirlardan iborat bo'ladi, degan g'oyani ilgari surdi. Shunga oid siyosat ham olib borilgan, unda chetdan imkoni boricha ko'proq nodir metallar keltirish va ularni chetga kamroq chiqarish targ'ib qilingan.


2. Rivojlangan merkantilizm ta'limotida boylik savdo-sotiq sohasida savdo balansi asosida yuzaga kelgan, imkoni boricha ko'proq eksport qilish va mumkin qadar kamroq import qilish g'oyasi ilgari surilgan. Merkantilizmning ayrim mamlakatlardagi ko'rinishi milliy xususiyat kasb etgan, ayniqsa Fransiyada kolbertizm, Germaniyada kameralistika shakllari yaxshi ma'lum. Bu ta'limot yangi tug'ilayotgan jamiyat - kapitalizm rivoji uchun ijobiy progressiv xarakterga ega bo'ldi. Kapitalning dastlabki jamg'arilishiga imkon yaratdi, mustamlakachilik tizimini qo'llab-quvvatladi, tovar-pul muomalasi rivojiga olib keldi, moliya tizimining rivoji tufayli iqtisodiyot jonlandi. Merkantilizm ta'limotida davlat iqtisodiyotga faol ishtirok etishi shart, shunga oid iqtisodiy siyosat ham yuzaga keldi. Merkantilizm tarixan cheklangan bo'lsa ham (u XVIII asrda to'g'ri va qattiq tanqidga uchradi), ta'limotlar tarixidan munosib o'rinni egallaydi. Lekin bu ta'limot va unga asoslangan siyosatni to'la amalga oshirish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi Jon Lo tajribasidan ma'lum. Merkantilizm moliya tizimi va savdo rivojiga muhim hissa qo'shdi.
Yüklə 14,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə