3-mavzu: Grafik tilning tarixiy rivojlanishi asosida uning komponentlarini tanlash printsiplari. Reja: 1



Yüklə 66,47 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix24.12.2023
ölçüsü66,47 Kb.
#159438
3-mavzu



3-mavzu: Grafik tilning tarixiy rivojlanishi asosida uning komponentlarini 
tanlash printsiplari. 
Reja: 
1.
 
Termin tanlashning ilmiy pedagogik printsiplari. Chizma geometriya va 
chizmachilik belgi hamda simvolikalari. 
2.
 
Muhandislik grafikasi fanlarini o’qitish jarayonida termin va 
simvollarning kelib chiqishini tahlil qilish. 
Ma’lumki, ishlab chiqariladigan buyumlar, jihozlar, mashina va mexanizmlar, 
ularning loyihasi – yaratilish jarayoni ularni yasash hamda nazorat qilish bilan 
bog‘liq. Bu esa chizmalarsiz, aniqroq aytganda, chizma chizish va ularni o‘qishni 
bilmasdan amalga oshirib bo‘lmaydi. Demak, muhandis o‘z g‘oyalari va fikrlarini 
chizmalarda ifodalaydi va boshqalar fikrini shu yo‘l bilan anglaydi. Shuning uchun 
ham u texnik hujjat hisoblanib, u asosan grafik tasvirlar, ya’ni chizmalar orqali 
amalga oshiriladi. 
Demak, narsaning aniq shaklini va o‘lchamlarini to‘liq ko‘rsata oladigan 
tekislikdagi tasvir chizma deyiladi. Chizma esa texnika tili hisoblanadi. Hozirgi 
kunda texnika shu qadar rivojlanib ketdiki, u ishlab chiqarishda turli buyumlarni 
tayyorlash, shuningdek, inshootlarni qurishda insonning og‘ir, mashaqqatli 
mehnatini osonlashtiradigan asosiy vositalardan biriga aylandi. Kundalik hayotda 
qo‘llaniladigan eng oddiy texnikaviy qurol, asbob–uskunalar va moslamalardan 
tortib, eng murakkab mashina va mexanizmlar, ulkan va hashamatli binolar, maishiy 
va qishloq xo‘jalik mashinalari, fazoga parvoz qilayotgan samalyot va kosmik 
kemalargacha insonning xizmatida. Bunda esa texnikaning taraqqiy etishida esa 
fanlarning roli juda katta. Mamlakatimizda barcha ta’lim tizimida ko‘plab fan 
sohalari o‘rganilmoqdaki, u tobora kengayib, chuqurlashib bormoqda va ularda 
ulkan kashfiyotlar qilinmoqda.
Ilmiy manbalarda: «Fan va texnika sohasida erishilib kelgan va erishilayotgan 
barcha yutuqlarda, ularning tarkib topishi va rivojlanishida terminlarning ham o‘ziga 
yarasha o‘rni va xizmati borligi, kishi borliqda ko‘rgan narsasini, o‘zi kashf etgan 
buyumini biror tarzda atama va bir-biri bilan so‘zlar vositasida aloqa qila olmagan, 


binobarin, hozirgi yutuqlarga erishmagan bo‘lur edi. Fanlar va texnika terminlari 
ham mana shu zayilda yuzaga kelgan»1ligi, fanniy-texnikaviy terminlar umumxalq 
leksikasining eng harakatchan, epchil va tez o‘zgaruvchan qismi ekanligi qayd 
qilingan. 
Shuni ham ta’kidlash lozimki, ko‘plab yuzaga kelgan fanlar, texnika sohalari ular 
bilan bog‘liq holda bir qator terminologik sistemalar ham yuzaga keldi. Aynan bu 
fan va texnika sohalarining mazmuni, yangiliklari terminlarda o‘z aksini, o‘rnini 
topadi. 
R. Doniyorov fan va texnikaga oid terminlarning paydo bo‘lishini o‘rganish 
jarayonida ayrim olimlarning fan va texnikaga oid o‘zbekcha terminlarning yuzaga 
kelishini asosan Oktyabr revolyusiyasidan keyin paydo bo‘lgan deb bildirgan 
bashoratlarini asossiz ekanligini isbotlab, ayrim terminlarning yuzaga kelishini ming 
yil hatto undan ortiqroq vaqt bilan o‘lchaydi va shu o‘rinda bir qator tarixiy 
manbalardan misollar va dalillar keltirgan2. Shuningdek, aniq bir fan ham, shu 
jumladan texnika, aynan ularning terminlari ham aniq bir fanning yoki bir xalqning 
ijod mahsuli emasligi, u jahon xalqlarining jamisi to‘plagan, bilgan, o‘rgangan 
obe’ktiv borliqning yig‘indisi ekanligini qayd qilib o‘tgan. 
Haqiqatdan ham, qariyib ming yillar oldin O‘rta Osiyoda shu jumladan, o‘zbek 
xalqining ham jahon xalqlari qatori fan va uning sohalari: matematika, astronomiya, 
meditsina va boshqa ko‘plab fan hamda sohalarga qo‘shgan ulkan yutuqlari dunyoda 
tan olingan. Shu davrdan to XVI asrgacha yaratilgan juda ko‘p asarlar o‘sha 
vaqtlardayoq lotin tiliga tarjima qilingan va Yevropaga tarqatilganligi hech kimga 
sir emas. Demak, bu fanlarning terminlari ham mavjud bo‘lgan. 
Ma’lumki, hozirgi fan va texnikaga oid ko‘plab terminlarning bir qismini arabcha 
yoki fors-tojikcha so‘zlar tashkil qiladi. Buning asosiy sababi va manbai ham 
ajdodlarimiz: Beruniy, Farobiy, Xorazmiy, Ulug‘bek, Ibn Sino va boshqa ko‘plab 

Р.Дониёров. Ўзбек тилининг илмий –
техникавий терминлари тарихидан. Т:, «Фан», 1973, 3
-
бет.

Ўша жойда, 5
-
бет.


allomalarimizning matematika, astronomiya, geografiya, meditsina, geologiya, 
kimyo, fizika, mexanika, falsafa tilshunoslik va boshqa fanlarga oid minglab 
terminlarni arab yoki fors-tojik tillari negizida yaratishlarini sharoit taqoza etganligi, 
shu davrlarda tarixiy asarlarda unumli qo‘llanilib kelinganligi va mazkur terminlar 
«Devonu lug‘otit turk» boshliq lug‘atlarning deyarli barchasida qayd etilganligi 
haqida ma’lumotlar keltirilgan3. 
Bu borada, o‘z davrida handasaviy, me’moriy va boshqa shu kabi sohalarda 
qo‘llanilib bugungi kunda bir qator aniq fanlarda shu jumladan, chizmachilik fani 
terminologik tizimida ham mavjudligi, o‘z o‘rnini saqlab qolganligi ma’lum. 
Masalan:
Abu Rayxon Beruniy o‘z ilmiy ishlarida proeksiyalar metodini tatbiq etib, chizmalar 
chizgan va ulardan foydalangan. U “Jismlar ko‘lami fazoda uch tomonga – birinchisi 
uzunlik, ikkinchisi kenglik, uchinchisi chuqurlik yoki balandlik bo‘ylab yo‘nalgan 
bo‘ladi. Jismning mavhum cho‘zilishi (proeksiyasi) emas, balki mavjud cho‘zilishi 
(haqiqiy kattaligi) shu uch chiziq bilan aniqlanadi. Bu uch tomonning chiziqlari 
vositasida jism olti yoqqa ega bo‘lib, shuncha yoqlari bilan u fazoda chegaralanadi. 
Bu oltiyoqlar markazida biror jismni tasvirlovchi chizmani chizishda uning 
ko‘rinishlariga e’tibor berilishiga to‘xtalib shunday deydi: “To‘g‘ri burchakli 
oltiyoqlik ichida uning biror tarafiga qarab bir jonivor turibdi deb faraz qilinsa, u 
holda yoqlar jonivorning oldi, orqasi, o‘ngi, so‘li, usti va osti bo‘ladi”. Bu aynan 
zamonaviy proeksiyalash usulining o‘zginasi bo‘lib, hozirgi kunda tasvirlashdagi 
asosiy ko‘rinishlarning mazmunida saqlanib qolgan. To‘g‘ri u bugungi o‘zbek tili 
leksikasida, shu jumladan, chizmachilik terminlari qatorida qo‘llanilib kelinayotgan 
“olddan”, “ortdan”, “o‘ngdan”, “chapdan”, “ustdan” va “ostdan” ko‘rinishlarning 
aynanligi bilan izohlanadi. Shu o‘rinda, keyinchalik ularning sinonimik yasama 
variantlari: “frontal proeksiya”, “gorizontal proeksiya”, “profil proeksiya”, “bosh 
ko‘rinish”, “asosiy ko‘rinishlar” “fasad”, “plan” va ular bilan bog‘liq boshqa shu 
kabi ko‘plab fan terminlarining shakllanishi va rivojida katta hissa qo‘shdi. Uning 

Ўша жойда, 6
-
7 бетлар.


shar ichida besh xil muntazam ko‘pyoqliklar yasash mumkinligini chizmalar orqali 
isbotlab bergan. Bular: “noriy”–to‘rtyoqlik (tetraedr), “orziy”- oltiyoqlik (geksaedr), 
“shavoiy”-sakkizyoqlik (oktaedr), “falakiy”–o‘nikkiyoqlik (dodekaedr), “moiy-
yigirmayoqlik (ikosaedr)lardir.
Abu Rayhon Beruniy fazoviy ob’ektlarni tasvirlashda Farobiy kabi uchta o‘lchovdan 
keng foydalangan. U “Mineralogiya” nomli mashhur asarida minerallarning 
qiyofasini ta’riflashda “konus”, “ko‘pyoq” va boshqa shunga o‘xshash so‘zlarning 
shu davr leksikasidan keng foydalangan.
Abu Ali ibn Sinoning “Aqllar me’yori” asarida oz kuch sarf qilib, og‘ir yuklarni 
yuqoriga ko‘tarish, qattiq jismlarni bo‘laklash, jismlarni tekislik va boshqa 
maqsadlar uchun ishlatiladigan mexanik asboblar besh xil: “o‘q”, “richag”, “chig‘ir” 
(blok), “vint” va “pona” ekanligini bildirgan. Olimning mexanik asboblaridan 
ba’zilarining chizmalari saqlanib qolgan. U ilmiy faoliyatida tasvirlar chizish 
nazariyasini kashf etib, ancha yuqori darajadagi chizmalar chizishni tavsiya qilgan 
va ko‘plab terminlar qo‘llagan.
Umar Hayyom ham o‘zining risolalarida geometriyaga oid masalalarini juda ko‘p 
chizmalar orqali isbotlab bergan. Shu davrda qo‘llanishda bo‘lgan ko‘plab forsiy va 
arabiy tilga mansub matematik-chizmachilik terminlaridan foydalangan. 
Shuningdek, o‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda ko‘p allomalarimiz turli fanlar sohasida 
chuqur ilmiy izlanishlar olib borishgan. Butun dunyo fanining rivojlanishiga 
o‘zlarining ulkan hissalarini qo‘shishgan. Ularning asarlarida chizmalarni chizish 
asboblari: “jazvar” (chizgich), “juptak” (reysfeder), “mastura” (lekalo), “pargor” 
yoki “suvu” (sirkul)lardanfoydalanganlar. Chizmalarga: “handasa” (geometriya), 
“tarx” (plan), “tarz” (fasad), “reja” (proeksiya yoki chizma) degan nomlar berilgan. 
Bu kabi misol va dalillarni Sh.Abdurahmonovning “O‘rta Osiyo tarixida 
chizmachilik” diafilmi (Toshkent, 1982y.)da hamda “Chizmachilik fanini tarixiy 
materiallardan foydalanib o‘qitish” nomli nomzodlik dissertatsiyalarida ko‘plab 
uchratish mumkin.


R. Doniyorov “O‘zbek tilining ilmiy-texnikaviy terminlari tarixidan” nomli kitobini 
o‘zbek tili fanniy-texnikaviy terminologiyasining dastlabki, umumiyroq bir tarixi 
berilgan deb keltiradi. Muallif shu o‘rinda o‘zbek tilining fanniy-texnikaviy 
terminlari tarixini to‘liq yoritish maqsad qilib qo‘yilmaganligini, buning uchun 
o‘nlab monografik tadqiqotlar olib borish zarurligini bildirgan. Aynan shu masalaga 
oid birgina O‘zbekiston Fanlar akademiyasining sharqshunoslik institutida 80 
mingdan ortiq qo‘lyozma asar mavjud4ligi va bu nodir asarlarning barchasida ham 
fanlarga va texnikaga oid sistemaga solingan terminlar borligi va ularning barchasini 
o‘rganib chiqish o‘nlab balki undan ko‘proq kishining vazifasi ekanligini alohida 
ta’kidlagan. Shundan ko‘rinib turibdiki, biz fikr yuritayotgan texnikaviy terminlar 
qatori qadimdan shakllanib, sayqallanib bugungi kun ko‘rinishigacha etib keldi. 
Biroq uning yanada boyishi, o‘zgarishi, yangi-yangi terminlarning paydo bo‘lishi 
vaqtning o‘zgarishi, texnikaning o‘sishi va fanlarning rivoj topishiga bog‘liq. 
Hozirgi paytda, har bir fan va sohalarning terminologiyasi, asosan, shakllanib 
yetgan. Chizmachilik faniga oid terminologik tizimning shakllanishi ham birdan 
ro‘y bermagan. U fan sifatida yuzaga kelgunga qadar matematika, tasviriy san’at va 
ular bilan bir qatorda boshqa fan va sohalar, ayniqsa, texnika sohasi tarkibida ham u 
yoki bu ko‘rinishda shakllanib, sayqallanib kelgan. Albatta, bu uzoq tarixning 
mahsulidir. Demak, chizmachilikning texnikaviy terminlari ham uzoq o‘tmishga 
borib taqaladi. Shuni ham unutmaslik kerakki, texnika rivojiga bog‘liq bo‘lgan 
fanlarning tarixi esa nisbatan keyingi davrlarning mahsuli ekanligi ma’lum. 
Abu Rayhon Beruniyning “fanlarning paydo bo‘lishi kishilarning yashash uchun 
zarur bo‘lgan ehtiyojlaridan va shunga muvofiq holda u fanlar tarmoqlanib 
ketganligi va fanlarning foydasi shular yordamida zarur narsalarga ega bo‘lishdan 
iboratdir»5 deb bildirgan fikrini esga olib, hamma fanlar kishilik jamiyatining 
amaliy ehtiyojlaridan paydo bo‘lganligiga amin bo‘lamiz. 

Т.Н.Қори
-
Ниёзий. Улуғ ўзбек астрономии ва математиги Улуғбек. «Фан ва турмуш», 1959, 4
-
сон 7
-
бет.

Абу Райҳон Беруни. Избранные произведения. Т. III, стр. 86


Demak, fan insoniyatning amaliy ehtiyoji natijasi ekanligi hech kimga sir emas. 
Shuni ham qayd qilib o‘tish kerakki, qadimgi olimlarning fikriga ko‘ra fanlar 
alohida-alohida bir-biridan ajragan holda paydo bo‘lmaganligi, aksincha ular bir-
biriga bog‘liq holda yuzaga kela boshlagan deb hisoblashgan.
Shunday ekan, bizning ham. Texnika terminologiyasini o‘rganishga bo‘lgan 
harakatlarimizning asosiy sababi va uning zaruriyati, aynan, texnika va chizmachilik 
sohalarining aloqadorligi bir-biriga bog‘liqlik tomonlarining yaqinligi salmoqli 
ekanligini bildirib, ularning umumiy va xususiy terminlarini o‘rganib, tadqiq qilini 
shu xususida fikr bildirmoqchimiz.
Ma’lumki, ishlab chiqarish turli buyumlarni tayyorlash va, shuningdek, inshootlarni 
qurish chizmalarga qarab bajariladi. Bunday chizmalar buyum yoki qurilish haqida 
yetarli darajada to‘la tasavvur qilish va uni tayyorlash uchun yetarli ma’lumotlarni 
bera oladigan texnik hujjat darajasida bo‘lishi talab qilinadi. 
Shunga ko‘ra buyum yoki inshoot chizmalari, mavjud manbalar asosida yoki ijod 
qilish jarayonida loyihalash yo‘li bilan tayyorlanishi, bu esa har bir sohada uning 
spetsifik xususiyatiga ko‘ra texnik tayyorgarlikni, fazoviy tasavvur qilishni va 
murakkab grafik yechimlarni bilishni talab qiladi.
Demak, chizmachilik fani nimani o‘rganadi degan masalada, u: turli detal, buyum, 
mashina va shunga o‘xshashlarni to‘g‘ri burchakli va aksonometrik proeksiyalarda 
tasvirlash usullarini, ya’ni chizmalarni tasvirlashni – chizishni o‘rganish va 
chizmalar asosida ularni tasavvur qilish, ya’ni chizmalarni o‘qish mahoratini 
egallashni nazarda tutadi6.
Ko‘rinib turibdiki, bularni amalga oshirishda fazoviy shakllarning tasvirini 
tekislikda yasash metodlarini bilish, fazoviy tasavvurni oshirish, ESKDning Davlat 
standartlarini hisobga olish, chizmalarni aynan shu standartlarga muvofiq bajarish 
va rasmiylashtirish qoidalari hamda usullarini bilish talab qilinadi. Bularni bilish 

И.М.Могильный. Техника чизмачилиги. Т:, «Ўқитувчи», 1965, 326 б.


esa, o‘z o‘rnida texnika sohasiga oid maxsus fanlarni tushunib olish va uni yaxshiroq 
o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarga ega bo‘ladi.
XV asrga kelib feodalizm tugatilib, dunyo savdosi rivojlandi. Texnika taraqqiy etib 
shaharlar vujudga keldi. San’at va me’morchilik bilan bir qatorda chizmachilik ham 
rivojlandi. Tarixda bu davr Uyg‘onish davri deyildi. 
Fan va texnikaning rivojlanishi bilan chizmalar ham takomillashib bordi. Chizmalar 
o‘z tarixiga ega bo‘lishi bilan birga xalqlar madaniyatining taraqqiy etishiga oid 
bo‘lgan tarixni ham saqlab qoldi. Rasmlar, haykallar va chizmalarga qarab, qadimgi 
zamonda yashagan xalqlar to‘grisida ko‘p ma’lumotlar olish, shuningdek, katta 
ahamiyatga ega bo‘lgan yodgorliklarni qayta tiklash mumkin bo‘ldi. 
Fransuz olimi, davlat arbobi Gospar Monj (1746-1818) shu davrgacha 
chizmachilikka oid bo‘lgan barcha bilimlarni umumlashtirib, 1799 yilda “Chizma 
geometriya” kitobini bosmadan chiqardi. Shundan beri chizma geometriya Monj 
metodi deb ham yuritildi. Monj kitobida chizmachilik grammatikasi – chizma 
geometriya atroflicha to‘la bayon qilingan. Bu davrda chizma geometriyaning 
mohiyati juda katta bo‘lib, Monjning o’zi “… chizma dunyodagi barcha millatlar 
uchun tushunarli til, ya’ni texnika bilan shug‘ullanadiganlar tilidir” degan edi. 
Chizma standartlari qonun kuchiga egadir. Chizmalarni standartlashtirish bilan 
chizmalarni chizishda xilma-xillik yo‘qotildi. Natijada chizmalarni taxt qilishda bir 
xillikka erishildi, chizmalar qayerda, qachon va kim tomonidan chizilganidan qat’iy 
nazar, to‘g‘ri tushunilishi ta’minlandi. 
Bizni o‘rab turgan olam ulkan va xilma-xildir. Rang, o‘lcham, shakl–bular 
tirik tabiatni va noorganik dunyoni xarakterlovchi belgilar. Shakl– ularning asosiy 
xarakterlovchisidir.
Ma’lumki, ibtidoiy jamoa tuzimi davrida hali nutq madaniyati rivojlanmagan 
paytlardanoq odamlar mavjud narsalarni tasvirlashni bilishgan. Ular har xil 
ko‘rinishdagi turli ov qurollarini yasab o‘z onglarida aks etgan fikrlarini yer sathiga 
yoki boshqa tekis yuzalarga tasvirlaganlar. Qoyalarda va g‘orlarning devorlarida 


saqlanib qolgan rasmlar bularning minglab yillarda amal qilinganligidan dalolat 
beradi.
Biz A.S.Frolovning quyidagi ma’lumotlarini keltirib o‘tishni ma’qul deb 
bilamiz, chunki uning bergan qimmatli ma’lumotlari nafaqat rus chizmachilik va 
chizma geometriyasi tarixi, balki jahon, shu jumladan, Markaziy Osiyodagi shu 
fanning tarixini anglashda ham muhim rol o‘ynaydi. 
Ispan arxitektori Sautuoning 1988 yili Altomira g‘oridan topgan ot va devorga tegib 
turgan qo‘l konturi (eramizdan avvalgi 20-15 ming yil), Uraldagi Kapovo g‘oridan 
topilgan qora xoshiyali, to‘q qizil, zarg‘aldoqrang (oxra) bilan bo‘yalgan mamont va 
otlarning tasvirlari (eramizdan avvalgi 25-20 ming yil) poleolit odamlari tomonidan 
har xil davrlarda chizilganligi aniqlandi (S. A. Frolov, V poiskax nachalo: rasskazi 
o nachertatelnoy geometrii. MN: Visshaya shkola 1985 yil). 
Bizning eramizgacha bo‘lgan 7–6 minginchi yillarda odamlarning mayda sxematik 
tasvirlari, eramizdan avvalgi 3–1 minginchi yillarda jangchilar, qabila ko‘rinishlari, 
har xil hayvonlar va ularning oldilaridagi odamlar figurasi tasvirlari haqiqiy 
kattaligiga teng bo‘lgan 800 dan ortiq 1500 metr kvadrat maydonga chizilgan 
rasmlar jahonga ma’lum qilingan.
Inson o‘z fikrlarini bo‘yoq va keskichlar bilan tekis yuzalarga, toshlarga 
tasvirlashday mashaqqatli o‘tmishni boshdan kechirdi. Ikkinchi muomala vositasi 
bo‘lib qolgan bunday tasvirlar, rasmlar asosida ancha vaqtlar o‘tib “yozuv” paydo 
bo‘ldi. Bunga qadimgi xitoy yozuvi va Misr iyeogriflarini misol qilib aytish 
mumkin.
Egipetlardagi “burchak” finikiylarning I va greklarning “gamma” Γ sidan so‘ng rus 
alfavitining to‘rtinchi harifi G paydo bo‘ladi. Demak, bu xildagi tekis rasmlar 
muomalada biror ma’lumotni yetkazuvchi vosita – usul bo‘lgan.
“Chizma” gaplashish, xatto hali yozuvning ilk bosqichidayoq paydo bo‘lgan, chunki 
real ob’ektni aks ettirishda foydalanilgan tasvirlash hozirgi chizmachilik fanidagi 
uchta o‘lchovli fazoni biror yuzaga grafik tasvirlashning boshlang‘ich ko‘rinishi deb 


qarash mumkin va u uzoq taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan. (V.Istrin. Vozniknovenie 
I razvitie pisma).
O‘rta Osiyo, shu jumladan, O‘zbekiston hududi sa’nat va madaniyatning eng 
qadimgi markazlaridan ekanligi ilm-fan tomonidan isbotlangan. Bunda arxeologlar, 
tarixchilar, faylasuflar va san’atshunoslar, hamda boshqa soha olimlari ilmiy 
izlanishlar olib borishib samarali natijalarga erishganlar. O‘lkamiz tarixini, insoniyat 
evolyusiyasining dastlabki bosqichlari va keyingi davrini o‘rganishda inson 
ko‘pgina mehnat qurollari yaratganligi, ularning sifat jihatdan yaxshilanganligi va 
bu jarayon yillar davomida insoniyat hayotini boyitib, bezab kelganligi, ularning 
mehnat 
natijalariga 
bo‘lgan 
munosabatlarini 
rasmlarda, 
chizmalarda 
tasvirlaganliklari aniqlandi. (N.Abdullaev. Sa’nat tarixi.–Toshkent, “O‘qituvchi” 
nashriyoti, 1986 yil, 1 tom, 7 – bet). 
Termin tilning uzoq tarixiy taraqqiyoti davomida umumlashib, bir me’yorga 
keltirilib, o‘zbek tilining davomi, uning asrlar mobaynida shakllanib, sayqallanib, 
umumlashib borgan va hozirgi davr talabiga moslashgan shaklidir.
Ma’lum bir tushunchaning aniq va muhum ifodasi sanalgan fan, texnika, sa’nat, 
adabiyot, kasb – hunar sohalarida maxsus qo‘llaniladigan so‘z yoki qo‘shimcha 
so‘zlar bog‘lanmasi termin deyiladi.
Masalan: paxta, g‘o‘za, o‘rik, uzum, olma, yaproq (botanika terminlari); fe’l, ravish, 
qo‘shma gap, qaratqichli aniqlovchi, ajratilgan ikkinchi darajali bo‘laklar 
(tilshunoslik terminlari); sahna, afisha, aktyor, rejissyor (sa’natshunoslik terminlari); 
shuningdek, proeksiya, yaqqol ta’svir, chizma, tasvirlash usuli, bosh ko‘rinish, 
bog‘lovchi chiziq, qirqim, kesim (chizmachilik terminlari) va shu kabi so‘zlar 
jumlasidandir.
Terminlarni termin bo‘lmagan so‘z va iboralardan farqlash uchun terminning o‘ziga 
xos xususiyatini bilish kerak. Birinchidan, termin ma’lum bir tushunchaning aniq 
nomi bo‘lib, bir ma’noli (monosemantik) so‘z yoki qo‘shma so‘zlar bog‘lanmasi 
hisoblanadi. U ko‘chma ma’noda qo‘llanadi. Masalan: izometriya, kesim, parallel 


proeksiyalash, chizmakash, proeksion chizma, fazodagi figuralarning chizmalarini 
yasash usullari, proeksiyalovchi chiziq, gorizontal proeksiya, grafik topshiriq, 
yoyilma, ortogonal proeksiya va boshqalar; ikkinchidan, termin ma’lum bir sohada 
(ma’lum bir fan va kasb-hunarda) ishlatiladigan maxsus so‘z yoki qo‘shimcha 
so‘zlar bog‘lanmasidir. Masalan: chervyak, shakl, markaz, ramka, plan, bo‘yin, yoy, 
tish, qovurg‘a, ekvator va h. k. 
 

Yüklə 66,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə