Book · January 013 citation reads 419 1


Katta ilmiy xodim-izlanuvchida



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə114/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Katta ilmiy xodim-izlanuvchida ekologik ta’lim doktorlik minimumlari talablarida ekologiya va atrof- muhit muhofazasiga oid savollardan boshlanadi. Doktorlik dissertatsiyalariga qo‘yiladigan mezonlardan biri – ularda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga hissa qo‘shganligini ko‘rsatish talablari bilan tugallanishi lozim. Buning uchun mutaxassis ekolog olimlar tomonidan «Nomzodlik dissertatsiyalarida ekologik va atrof- muhit muhofazasiga doir talablarni aks ettirish» mavzusida metodik tavsiyalarni tayyorlash, ularni http://www.vak.uzsci.net, http://www.dad.idmnet.ru, http://www.commission-junction.com kabi veb- saytlarda joylashtirish hamda O‘zR OAK talablariga kiritish kerak.
Ekologlar malaka oshirayotganlarida ekologik ta’limilmtarbiyaamaliyot uyg‘unligining zamonaviy talablarini masofadan turib o‘qitish, sinov natijalarini esa mintaqaviy miqyosda amalga oshirishni yo‘lga qo‘yishlari zarur.
XXI asrda qayta tayyorlash ekolog emas, lekin ekologiyani o‘zlashtirmoqchi bo‘lganlar uchun tashkil etiladi. Ular mutaxassisliklarga oid ekologiya nazariyasi va amaliyotini o‘zlashtirishlari, ekologik madaniyat qoidalarini bilishlari, kasbiy ekologiyadan adabiyotlarni tahlil qilishlari va bitiruv malakaviy ishni yozishlari lozim.
2012-yil 17–18-may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markazi va Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti hamkorligida o‘tkazilgan «Milliy kasbiy ta’limda uzluksiz ekologik ta’lim tizimining ilmiy-nazariy asoslari: muammolari va istiqbollari» mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman qarorida:

  1. Oliy va kasb-hunar ta’limining noekologik bakalavr yo‘nalishlarida ekologik ta’lim «O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi»dan kelib chiqqan tarzda oddiydan murakkab hamda ixtisoslikka tomon, ya’ni o‘quvchi yoshlar tanlagan kasblariga qarab differensial tarzda va majburiy o‘qitilishi BMTning barqaror rivojlanish talablariga mos tushadi. Masalan, pedagogika kollejlarida – «Ekologiyani o‘qitish metodikasi», iqtisodiyotda – «Iqtisodiy ekologiya», turizm va servisda – «Ekoturizm asoslari» yoki

«Ekoturistik xizmatlar»ni va h.k. Natijada bitiruvchilarning amaliy ekologik bilim va ko‘nikmalari shakllantiriladi, ularni ishga joylashtirish osonlashadi. Buning uchun ekologiya va atrof-muhit sohasida faoliyat yuritayotgan Muvofiqlashtiruvchi Kengash faoliyati, tarkibi va natijalarini atroflicha tahlil qilish va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim.

  1. Barcha ekologik ta’lim mutaxassisliklarida bilim berishni «Ekologik ilm texnologiyasi va ta’lim metodikasi»dan boshlash, ya’ni ikki yillik o‘quv jarayonida mehnat + ta’lim + ilmni muvofiqlashtirishlari kerak.

  2. Ekologlar malaka oshirayotganlarida ekologik ta’limilmtarbiya amaliyot uyg‘unligining zamonaviy talablarini masofadan turib o‘qitish, sinov natijalarini esa mintaqaviy miqyosda amalga oshirishni yo‘lga qo‘yilishi zarur.

  3. Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisligi kadrlar tayyorlash klassifikatorida 600 000 – Xizmatlar sohasida turish mantiqan to‘g‘ri emas. Chunki, u boshqa xizmat sohasidagi «Mehmonxona ishini tashkil etish va boshqarish», «Turizm», «Ijtimoiy-madaniy faoliyat», «Sport faoliyati», «Yuklarni tashish va transport logistikasi», «Pochta ishini tashkil etish va texnologiyasi» kabi xizmatlar va servis tarmoqlaridan farqli, undan foydalanuvchilar uchun ixtiyoriy tarzda amalga oshirilmaydi. Ekologiya mustaqil fanlar tizimi, ta’lim yo‘nalishi va amaliyot sohasi, uning aynan amaliy qismi atrof-muhitni muhofaza qilishdir. Zero, ekologiya organizmlarning o‘zaro va ularning yashash makoni bo‘lgan atrof-muhit, to‘g‘rirog‘i, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga qaratilgandir. Shuning uchun ham klassifikatordagi tarmoqning nomini 630 000 – «Ekologiya» yoki, 630 000 – «Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish», deb nomlash maqsadga muvofiqdir.

  4. Kasbga tayyorlash klassifikatorida bakalavr ta’lim yo‘nalishi 5630100 – Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi «tarmoqlar bo‘yicha» deb kiritilgan. Lekin qaysi tarmoqlar bo‘yicha ekanligi unda aniq qilib ko‘rsatilmagan. Chunki, xizmatlar tarmog‘i yuqorida sanab o‘tilgan mehmonxona, sport, ijtimoiy ta’minot

kabilardan iboratdir. Ekologik talablar ularda ham bor, lekin sanoat, ta’lim, fan, qishloq xo‘jaligi kabi sohalardagidek o‘ta xavfli harakat yoki harakatsizliklardan iborat emas. Shuning uchun ham ekologiya ham gumanitar, ham sanoat, ham fan, ham qishloq xo‘jaligi sohalarining ichida bo‘lishi kerak.

  1. Magistratura klassifikatorda 4 ta mutaxassislik bo‘yicha berilgan. Unda ham ekologik va atrof-muhit muhofazasiga oid kasbiy ta’lim faqatgina xizmat ko‘rsatish tarmoqlari bo‘yicha deyilgan, xolos. 5A630103 – Sanoat chiqindilarini tozalash (rekuperatsiya) mutaxassisligi amalda mavjud emas. Chunki «recuperatio» lotin tilida «qayta olish», ya’ni sanoat chiqindilarining foydali xususiyatlarini ushlab qolish va qayta ishlatish, degan ma’noni anglatadi. Zero oqova suvlarni tozalash mumkin, lekin sanoat chiqindilarini hozircha amalda tozalashning iloji yo‘q. Bu mutaxassislik xizmatlarda emas, balki 300 000 – sanoat-texnika sohasining bir tarmog‘i sifatida kiritilishi maqsadga muvofiqdir.

  2. Xizmatlar sohasida turgan 5A630104 – Suv resurslarini muhofaza qilish va oqova suvlarni tozalash mutaxassislikni 400 000 – Qishloq va suv xo‘jaligi sohasining mustaqil tarmog‘i sifatida kiritilishi maqsadga muvofiqdir. Zero suvlarni muhofaza qilishni tashkiliy boshqaruv, oqova suvlarni tozalash esa yuqori darajadagi texnologik jarayondir.

  3. Ekologik ta’lim yo‘nalishni 100 000 – Gumanitar (to‘g‘rirog‘i, ijtimoiy-gumanitar) sohasida, 110 000 – Pedagogika tarmog‘ining 5112200 – Ekologiya o‘qitish metodikasiga, Ekologik ilmni esa 120 000 – Gumanitar ilm sohasining mustaqil ta’lim yo‘nalishi sifatida olish mumkin.

  4. Ekologiya muayyan tabiat tizimida (ekotizimda) organizmlar o‘zaro va ularning yashash muhiti o‘rtasidagi munosabatlarning turli jihatlarini tadqiq qiluvchi fan tarmog‘i, ularga oid bilimlarni beruvchi ta’lim yo‘nalishi, ularni optimallashtiruvchi xalq xo‘jaligi sohasidir. Shunday ekan, ekologiya organizmlar (jumladan, insonlar)ning yashash muhiti (uyi), ya’ni ekotizimlarda (gidrosfera, atmosfera, litosfera, pedosferada) hayot kechirishi haqidagi ta’limotdir. Bu o‘rinda, ayniqsa «Ekologiya» (fan va ta’lim) sohasida, barcha quyi ta’lim bosqichlarida o‘tiladigan organizmlarga oid fan – «Biologiya» (1-blok) va ekotizimlarga oid fan – «Geografiya» (2- blok) kiritilishi hamda mantiqan ham ilmiy nuqtayi nazardan to‘g‘ridir. Texnika va texnologiya kabi yo‘nalishlarda qabul ekologiyadan emas, balki «Atrof-muhit muhofazasi» (tarmoqlar bo‘yicha) ta’limi nuqtayi nazaridan qaralib, unga «Biologiya bilan bir qatorda «Matematika» yoki «Kimyo» fanlarining qo‘yilishi maqsadga muvofiqdir.

  5. Texnika, texnologiya va soha muhandislarini tayyorlovchi kasbiy ekologik ta’limda «Ekologiya asoslari», «Atrof-muhit muhofazasi», «Muhandislik ekologiyasi», «Tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti» kabi fanlarni o‘quv rejaga kiritish yoki borlarini iqlim o‘zgarishi, cho‘llanish jarayoni, radioktiv ifloslanish, biologik xilma-xillikni kamayishi kabi muammolarni hal qilish nuqtayi nazaridan takomillashtirish zarur.

  6. Milliy kasbiy ta’limning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash nuqtayi nazaridan, tajriba sifatida, O‘zMU qoshida ta’limning barcha

6 bosqichini qamrab oluvchi ta’lim muassasalarini tashkil etish va
uning yagona tizimdagi boshqaruv tizimini shakllantirish mumkin.
Yuqorida taklif etilayotgan ekologik uzluksiz ta’lim mazmuni va mohiyati real sharoitdan kelib chiqqan tarzda aks ettirilgan subyektiv qarashlar tizimidir. Lekin u ekologik ta’limning rivojlanishida ilmiy-nazariy asos bo‘lib xizmat qilsa ajab emas.

    1. Yüklə 4,14 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə