Book · January 013 citation reads 419 1



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə117/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Ikkinchidan, adabiyot va informatsion ma’lumotlar bilan tanishish mexanik tarzda emas, balki muallimning o‘tayotgan yoki o‘tishi mo‘ljallangan o‘quv kurslari nuqtayi nazaridan o‘zlashtiriladi. Shundagina mazkur asar va unga tegishli adabiyotlar ekologlar uchun qiziqarli va ta’sirchan kuchga ega bo‘ladi. Ma’naviyatga oid adabiyotlarning tabiiy geograflar tomonidan o‘zlashtirish jarayonida o‘tiladigan ekologik fan dasturi va ish rejasi o‘qituvchining yonida turadi.
Uchinchidan, «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» asarida keltirilgan ma’naviyatga tegishli tushunchalarni bilib olish, uni yuzaga keltiruvchi va rivojlantiruvchi omillarni esa jadval ko‘rinishida ishlab chiqish taqozo etiladi (9.4.1-jadval). Zero Prezidentimiz Islom Karimov «Biz milliy ma’naviyatni har tomonlama yuksaltirish masalasini o‘z oldimizga asosiy vazifa qilib qo‘yar ekanmiz, bugungi kunda ma’naviyatimizni shakllantiradigan va unga ta’sir o‘tkazadigan barcha omil va mezonlarni chuqur tahlil qilib, ularning bu borada qanday o‘rin tutishini yaxshi anglab olishimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi»90, deb bejiz aytmaganlar.
To‘rtinchidan, o‘quv dasturlari, ma’ruza matnlari, amaliy yoki seminar mashg‘ulotlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritib boriladi. Masalan, «Ekologiya» fanining maqsadi va vazifalarida – talabalarda vatanimizda tarixan shakllanib kelgan va o‘ziga xos qaytarilmas moddiy va madaniy merosga ega bo‘lgan ona tabiatga nisbatan mehr-muhabbat hissini uyg‘otish, ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishni tushuntirish va undan oqilona foydalanish orqali talabalarda kelajakka ishonch tuyg‘usini uyg‘otish.
Beshinchidan, o‘tilgan darslarni mustahkamlash. Masalan: «Geoekologiya» fanidan beriladigan mustaqil ishda talabalarning geotizimlar barqarorligini ta’minlashda biz qanday ona tabiat obyektlarini moddiy va madaniy meros sifatida saqlab qolishimiz mumkinligini aniq misollar orqali ko‘rsatib kelishni mustaqil ish vazifasi sifatida berish.
Oltinchidan, test yoki nazorat savollariga ma’naviyatga tegishli masalalarni kiritish va ularni baholash
mezonlarini ishlab chiqish.
9.4.1-jadval

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə