2-laboratoriya ishi uzatmalarni yetakchi va yetaklanuvchi detallarini o‘rganish



Yüklə 481,72 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü481,72 Kb.
#138701
2-Uzatmalarni yetakchi va yetaklanuvchi detallarini o‘rganish (Oddiy uzatmalar)


2-LABORATORIYA ISHI
UZATMALARNI YETAKCHI VA YETAKLANUVCHI DETALLARINI O‘RGANISH
(ODDIY UZATMALAR)


Ishdan ko‘zda tutilgan maqsad: Turli xil oddiy mexanik uzatmalar bilan tanishish, ularni to‘g‘ri yig‘ish va qismlarga ajratishni hamda yetakchi va yetaklanuvchi detallarni parametrlarini o‘lchashni o‘rganish.


Umumiy ma’lumotlar:
Uzatmalar deb, energiya manbai bilan mashinaning ish bajaruvchi qismi oraliqida joylashib, ularni o‘zaro bog‘lovchi hamda harakatni talab qilingandek o‘zgartiradigan mexanizmlarga aytiladi.
Mashinasozlikda mexanik, elektrik, pnevmatik, va gidravlik uzatmalardan foydalanadi. Shularning ichida mexanik uzatmalarning o‘rni byoqiyos bo‘lib katta kuch va burovchi momentlar uzatishda ular yetakchi hisoblanadi.
Mexanik uzatmalar harakatni bir valdan boshqa vallarga uzatish usuligi ko‘ra asosan ikki turga bo‘linadi:

  • ishqalanish hisobiga ishlaydigan uzatmalar (friksion va tasmali uzatmalar)

  • ilashish hisobiga ishlaydigan uzatmalar (zanjirli, tishli va chervyakli uzatmalar).

Mexanik uzatmalarni tashkil etuvchi asosiy detallar o‘zaro tutashib turadigan (tishli, chervyakli, friksion) yoki egiluvchan bo‘g‘in (tasma, zanjir) orqali bog‘langan bo‘ladi.



Uzatmalarning asosiy tavsiflari (vallarida):
R –quvvat (Vt),
T -burovchi moment (Nm),
ω – burchak tezlik (cek-1),
n – aylanishlar soni (min-1).

Qo‘shimcha tavsiflari:
η - foydali ish koeffisiyenti,
Ft - aylanma kuch (H),
u -uzatish soni.



Vallardagi quvvat va burchak tezliklar ma’lum bo‘lganda ulardagi burovchi moment quyidagicha aniqlanadi.


T = P / ω yoki T = 9550 P / n
Uzatmaning uzatish soni quyidagicha ifodalanadi:
u = n1 / n2 = ω1 / ω2 .

Energiya oqimining yo‘nalishidan qat’iy nazar, istalgan ikki val burchak tezliklarining nisbatlari uzatish nisbati deyiladi.


u1-2 = n1 / n2 = ω 1 / ω2 yoki u2-1 = n2 / n1 = ω2 / ω1.
Aylanish soni n bilan burchak tezligi ω orasida quyidagi bog‘lanish mavjud, ω = π n / 30.
Uzatmaning foydali ish koeffisiyenti quyidagicha aniqlanadi:
η = P2 / P1 .
Laboratoriya ishida mazkur uzatmalarni yig‘ib ko‘rib, dastaki harakat uzatib, ularni tuzilishi va ishlashi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish nazarda tutilgan. Buning uchun 2.1-rasmda keltirilgan GL 410 (oddiy mexanik uzatmalar) tajriba qurilmasi asosida 6 ta turli oddiy uzatmalarni yig‘ish va bo‘laklarga ajratish bajariladi.



2.1-rasm. GL 410 rusumli oddiy mexanik uzatmalarning laboratoriya qurilmasi (tasmali uzatma yig‘ilgan holatda).

Qurilma mazkur 6 ta oddiy uzatmalarning komplektiga ega bo‘lib ularni yig‘ishdan oldin texnika xavfsizliga qoidalari bilan to‘liq tanishib chiqish talab qilinadi.


Har bir uzatmaning yig‘ish uchun quyida keltirilgan sxemalar va detallar ro‘yxatidan foydalaniladi. Bunda qurilmaning asosi bruslari ustiga almashinuvchan-siljuvchan tayanchlar va boshqa yordamchi jihozlar yordamida kerakli uzatma yig‘iladi. Uzatmaning detallari qurilma komplektdan olinadi. Yig‘ilgandan keyin kerakli o‘lchamlar o‘lchab olinadi.


2,1-jadval

G‘ildiraklar yoki yulduzchalarning tishlar soni, ta

G‘ildiraklar, shkivlar yoki yulduzchalarning diametrlari, mm



Yig‘ilgan oddiy uzatmaning kinematik sxemasi

z1=

d1=




z2=

d2=

Vallarning diametrlari, mm

Uzatmaning uzatish nisbati

db1=

i= z2/ z1=

db2=




O‘qlararo masofa, mm

aω=



Xulosa:
Yüklə 481,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə