Book · January 013 citation reads 419 1



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə119/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Ekologik madaniyat bu tabiat haqidagi bilim, ong, idrok, savodxonlik, intellektual salohiyat va uni amalda qo‘llay bilish faoliyati, atrof-muhitga nisbatan faoliyatning yuksak ko‘rsatkichi, ongli va mas’uliyatli yondashuv. Unda tabiat bilan inson o‘rtasidagi o‘zaro oqilona mas’uliyatli munosabat tarkib topadi. Ekologik bilim va ekologik madaniyatning tayanch fazilatlari sifatida «Axloqiy ekologik onglilik», «Ekologik madaniyatlilik»,
«Ekologik tahdidlarga qarshi immunitetning mustahkamligi», «Ekologik mas’uliyatlilik» ekanligini belgilab
olish lozim.

Axloqiy-ekologik onglilik shaxsning muhim madaniyatlilik sifati bo‘lib, uning atrof-muhitni hissiy bilish jarayoni atrof-muhitdagi obyektlar va hodisalarni sezishi, idrok etishi, tasavvur qilishi, atrof-muhit obyekt va hodisalarini qiyoslay olishi, ziyraklik va teranlik asosida tabiat muhofazasi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozimligini nazarda tutadi.


Ekologik mas’uliyatlilik shaxsda «munosabat» va «mas’ullik»ni tarbiyalashda namoyon bo‘ladi. Bunday munosabat shaxsning bilib-bilmay, uzoqni o‘ylamay tabiatga ko‘rsatgan salbiy ta’siri oqibatlarini anglash va bunday ta’sirni bartaraf etish istagi natijasidagina shakllanadi. Ekologik mas’uliyatlilik ona tabiatga mehr- muhabbat, shaxsiy mas’uliyat, vijdonlilik, burchga sadoqat, ehtiyotkorlik kabi fazilatlarni o‘z ichiga qamrab oladi.
Ekologik irodaviylik shaxsning o‘zi va o‘zgalarning atrof-muhitdagi xatti-harakatlarini baholashi va
nazorat qilishi shaxsdagi qat’iyatlilik, tejamkorlik, ozodalik va pokizalik bilan bog‘liq.
Shaxsda ekologik madaniyatni shakllantirishda ekologik qadriyatlar alohida ahamiyatga ega. Ekologik qadriyatlarga tabiatni asrab-avaylashga intilish, tashabbuskorlik, izchillik, mehnatsevarlik va atrof-muhitni asrab-avaylashdagi ongli faollikni kiritish mumkin (9.4.2-jadval).
9.4.2-jadval

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə