1-dars. Sintaksis haqida umumiy tushuncha



Yüklə 0,96 Mb.
tarix19.12.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#151708
6-SINF. Fe’llarning zamon shakllari

Fe’llarning zamon shakllari


@uzbek_tilim

§ Fe’lning zamon shakllari

  • Fe’l orqali ifodalangan ish-harakatning qay paytda bajarilishini ifodalaydigan shakllar fe’l zamonlari deb ataladi. Zamon turini belgilashda so‘zlanayotgan nutq vaqti, ya’ni hozirgi zamon asosiy tayanch nuqta bo‘lib hisoblanadi.

@uzbek_tilim
Zamon
O’tgan zamon
Hozirgi zamon
Kelasi zamon
@uzbek_tilim

1-topshiriq . Berilgan so‘zlarni tarkibiy qismlarga ajrating.


@uzbek_tilim
keldi
kelyapti
keladi

2-topshiriq


@uzbek_tilim
Fe’l asoslariga qo‘shilgan qo‘shimchalarning ma’nolarini ayting.

216-mashq. Matnni o‘qing, fe’llarning qaysi zamon shaklida kelayotganini aniqlang. Yurtimizda yetishtiriladigan uzum navlari haqida fikrlashing.


@uzbek_tilim

O‘ktam supaga o‘tirdi. Mevalari tim qora, olmaday oluhirot novdasi egilib, uning boshiga tegay-tegay deb turardi. Keng hovlining yarmini qoplagan baland so‘rilardan husaynilar, dilkaptarlar va boshqa rang-barang uzumlar tovlanib, g‘uj-g‘uj osilgan.

Tokni boplagan ekansiz, — dedi O‘ktam.

— Be!— qo‘lini siltab dedi Mirqodir, — O‘zbekistonda necha-necha yuz xil uzum bor. Yana tajriba yo‘li bilan har yili yangi navlarini yetishtiryaptilar... (Oybek)

217-mashq. Quyidagi fe’llarni jadvalga joylashtiring. Ular ishtirokida gaplar tuzing.


@uzbek_tilim

Hayqirar edi, kuylamoqchi, yayradi, qo‘ndi, qichqirmoqda, to‘lib-toshdi, qoplagandi, yig‘lamoqchi, ichyapti, adashib qoldi, yozar edi, yurdik, qarayapmiz.

Savol va topshiriqlar


@uzbek_tilim
1. Zamon shakllari deb nimaga aytiladi?
2. Fe’l zamonlari necha xil bo‘ladi?
3. -di, -yapti, -moqchi qo‘shimchalari yordamida qaysi zamon shakllari yasaladi?

218-mashq. Uyga vazifa


@uzbek_tilim

«Mening bobom» mavzusida matn tuzing. Unda ishlatilgan fe’llarning zamonini belgilang.

Foydalanilgan adabiyot:


@uzbek_tilim

Ona tili: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun/N. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sobirov, D. Nabiyeva.— T.: «Tasvir» nashriyot uyi. 2017. — 208 b.

I. Mahmudov N. va boshq.


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə