Book · January 013 citation reads 419 1



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə123/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Vijdonlilik, burchga sadoqat

Tabiat hodisalariga bilib-bilmay ziyon yetkazganda vijdon azobida qiynalishi, o‘z aybini qayta takrorlamaslik, tabiatga oqilona munosabatda bo‘lishda adolatli bo‘lish.



Tabiatga munosabatda ehtiyotkorlik

Koinot obyektlarining mavjud barcha xilma -xilligini va ular o‘rtasidagi barqaror munosabatlarni hayotga tatbiq etishga ilmiy, innovatsion yondashish orqali ehtiyotkorlik, o‘zining sezgirlik xislatlarini rivojlantirib borish.



Ekologik qadriyatlarga oid bilimlarga ega bo‘lish

O‘zining ekologik bilimlarini muntazam ravishda tabiatni asrab-avaylashga yo‘naltirilgan milliy qadriyatlarimiz, diniy e’tiqodlarimiz ruhidagi ma’lumotlar va adabiyotlardan boxabar bo‘lish.

Ekologik tarbiya. Ekologik tarbiyani belgilovchi fazilatlar yoshlarning ekologik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan. Bunda asosiy urg‘u o‘quvchi va talabalarning o‘zi yashab turgan xonadoni, mahallasi, shahriga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘usini, ya’ni vatanparvarlik ruhini, tabiatga nisbatan axloqiy qadriyatlarini, tabiat uchun shaxsiy mas’uliyat hissini, unga qiziquvchanlik va uni asrab-avaylashni, teran bilimlilikni shakllantirishga qaratilgan. Bu fazilatlar o‘zbek xalqining ekologik qadriyatlarining boy mazmunini o‘rganish, tabiat va madaniy qadriyatlarni saqlash va e’zozlash, diniy qadriyatlarni hurmat qilish asosida kuchaytiriladi.

Ekologik tarbiya insonning ma’naviy va ruhiy dunyosini boyitishga va shakllantirishga imkon beruvchi yo‘nalishlardan biridir. Tabiat, o‘simliklar, hayvonlar va odamga bo‘lgan mehr-muhabbat o‘quvchi va yoshlar qalbida shaxsga, insonga xos bo‘lgan ezgulik va mehribonlik tuyg‘ularini yanada rivojlantiradi.


Yer, suv, havo, o‘simlik va hayvonlarni, hayot manbalarini va yashash vositalarini ehtiyotkorona saqlash, e’zozlash ma’naviyat mezoni hisoblanadi. Tabiat qonunlarini yaxshi bilish, amalda tatbiq etish, yoshlarni ekologik madaniyat ruhida tarbiyalash atrof-muhit tozaligini, sog‘lik-salomatlikni mustahkamligini, turmush farovonligini ta’minlaydi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida ekologik tarbiyani shakllantirishda asosiy urg‘u bola shaxsini o‘ziga va atrofdagilarga – tengdoshlari, tarbiyachilari, ota-onasiga bo‘lgan munosabatlarni shakllantirishga beriladi. Bunda bolada ozodalik, atrof-muhitdagi voqea-hodisalarni idrok etish, qiyoslash kabi dastlabki fazilatlar shakllanadi.
Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchi yoshlar jonli va jonsiz tabiat to‘g‘risida dastlabki bilimlarga ega bo‘lish bilan bir qatorda ularni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashga, shaxs va tabiat mustaqil qadriyat ekanligiga, insonning tabiatdagi ahamiyati va o‘rnini ularning ongiga singdirishga, suv, tuproq va havoni toza saqlash, atrof-muhitning go‘zalligini anglashga qaratilgan boshlang‘ich fazilatlar shakllantiriladi.
Umumiy o‘rta ta’lim bosqichida bilim oluvchi o‘quvchilarga o‘simlik va hayvonlarning xilma-xilligi, ularning tabiatdagi o‘rni, tabiatning bir bo‘lagi ekanligi, ular o‘zaro hamda atrof-muhit bilan bog‘liqligi haqi- dagi ma’lumotlar bilan tanishtiriladi. Shu bilan birga ularda ekologik madaniyatni shakllashtirishga keng imkoniyatlar yaratiladi. Insonning sog‘-salomatligini saqlash maqsadida atrof-muhit tozaligini muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish tadbirlarini uyushtirish, o‘zbek xalqining ekologik qadriyatlari bilan bog‘liq bayramlar, sayllar va hasharlarda ishtirok etish orqali ekologik fazilatlar shakllantiriladi. Bu fazilatlar asosan, axloqiy- ekologik onglilik, ekologik qadriyatlarni ardoqlash va mehnatsevarlik kabilardan iborat.
O‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limida ekologik bilimlarni dialektik dunyoqarash asosida o‘rganish bilan birga ularda ekologik madaniyatning asosiy fazilatlari shakllantiriladi. Bunda avvalo, huquqiy ekologik tarbiyaga alohida ahamiyat beriladi. O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining tegishli moddalaridagi atrof-muhitni muhofaza qilish haqidagi masalalar va davlatimizning yer, suv, havo, o‘simliklar, hayvonlar va tabiat resurslarini muhofaza qilish bilan bog‘liq qonunlarini o‘rganish – ekologik tarbiyani to‘laqonli amalga oshirishga imkon yaratadi. O‘quvchilarning darsda va mustaqil ishlash jarayonida tabiat bilan bevosita muloqotda bo‘lishi ularda go‘zallik, mehr-muhabbat, tabiatga nisbatan mas’uliyatlilik tuyg‘usining shakllanishiga yordam beradi.
Oliy ta’lim bosqichlarida talaba va yoshlarning ekologik tarbiyasida asosiy e’tibor atrof-muhit muhofazasi, tabiatdan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish, atrof-muhitni yaxshilashga qaratilgan texnologiyalarni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan global malakalariga katta ahamiyat beriladi. Shuningdek, barqaror rivojlanish, global va hududiy-ekologik muammolarni bilish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarga e’tibor qaratiladi. Shu bilan birga ekologik madaniyatning asosiy manbalaridan biri hisoblangan o‘zbek xalqining ma’naviy qadriyatlari, tabiatni, atrof-muhitni va madaniy meroslarini asrab-avaylash bilan bog‘liq qadriyatlarni himoya qilish, saqlash, ularni ko‘paytirish va kelajak avlodlarga yetkazish bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsiy mas’uliyat, vijdonlilik, burchga sadoqat, qat’iyatlilik, tashabbuskorlik kabi fazilatlar shakllanadi va ular rivojlantiriladi.
Oliy ta’limdan keyingi bosqichda uzluksiz ekologik ta’limni yangi metod va ishlanmalar bilan ta’minlashga, global, hududiy va mahalliy muammolar to‘g‘risida haqqoniy ma’lumotlar to‘plash, atrof-muhit muhofazasini tashkil qilish, ekologik barqarorlikni ta’minlash bilan bog‘liq fazilatlarga e’tibor qaratiladi.
Barcha ta’lim va tarbiya bosqichlarida atrof-muhit muhofazasi va ekologiyaga bag‘ishlangan kunlarni (9.4.3-jadval) oila, do‘stlar, guruhdoshlar va mahalla davrasida nishonlash ham ekologik ma’naviyatli shaxsni tarbiyalashda muhim qadam bo‘lib hisoblanadi.

9.4.3-jadval



Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə