Book · January 013 citation reads 419 1



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə126/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Omanda:


  • inson resurslarini rivojlantirishda texnologik ko‘nikmalarni targ‘ib etuvchi mutaxassisliklarni qo‘llab- quvvatlash;

  • barqaror makroiqtisodiy sharoitda inson va tabiiy resurslardan foydalanishda tadbirkorlarni atrof-

muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishlarini targ‘ib etish;

uyushmalarini barpo etishda ko‘maklashish;

  • geosiyosiy nuqtayi nazardan, tabiiy resusrlardan oqilona foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadida turli

iqtisodiy rivojlanish shakllarini joriy etish;

  • barcha fuqarolar turmush tarzini ko‘tarish.

Yuqoridagi BRT ko‘rsatkichlaridan ko‘rinib turibdiki, har bir davlat o‘z mintaliteti, urf-odatlari va an’analari, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy darajasi hamda real ekologik vaziyatidan kelib chiqqan tarzda barqaror rivojlanish ta’limi yo‘llarini izlamoqdalar.
O‘zbekistonda barqaror rivojlanish talablari va ularni tatbiq qilinishi borasida O‘zbekiston ham Barqaror taraqqiyot ta’limi konsepsiyasini ishlab chiqdi.

Barqaror taraqqiyot ta’limi tamoyillari:


  • Qadriyatlar – adolat, kelajak avlodning manfaatlari.

  • Fanlararo yondashuv – ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik maqsadlarning bog‘liqligi.

  • Tarmoqlar asosidagi hamkorlik – jamiyatning barcha a’zolari demokratik qaror qabul qilish jarayonida

ishtirok etishi (davlat tashkilotlari, jamoat tashkilotlari, xususiy tashkilotlar).

  • Hayot davomidagi ta’lim (jamiyatning barcha a’zolariga turli o‘quv dasturlar imkoniyati).

Barqaror rivojlanish ta’limi g‘oyalari:


  • kelajakni ijobiy va barqarorlik nuqtayi nazaridan tasavvur qilish («O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat»);

  • mas’uliyatli, tanqidiy va tizimli fikrlashni o‘rganish va hamkorlik asosida qaror qabul qilish;

  • shaxsiy qadriyatlarni anglash;

  • amaliyotda qo‘llashni o‘rganish;

  • an’anaviylik va zamonaviylik o‘rtasida uyg‘unlikni rivojlantirish.

Belgilab olingan tamoyil va g‘oyalar hamda BMT Bosh Assambleyasining «2005–2014-yillarda Barqaror rivojlanish ta’limi bo‘yicha BMT Dekadasi to‘g‘risida»gi rezolutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 19-sentabrdagi «2008–2012-yillarda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi to‘g‘risida»gi 212-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi
«Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» haqidagi ma’ruzasi (2010-yil 12-noyabr), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2010-yil 22-sentabrda BMTning «Mingyillik rivojlanish maqsadlari» Sammitining yalpi majlisidagi ma’ruzasidan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining
«O‘zbekiston Respublikasining Barqaror taraqqiyot ta’limi maqsadlari uchun ta’lim konsepsiyasi to‘g‘risida»gi qo‘shma qarori 2011-yil 19-iyul kuni tasdiqlandi va unda quyidagilar belgilab olindi:

  1. O‘zbekiston Respublikasining Barqaror taraqqiyoti maqsadlari uchun ta’lim Konsepsiyasi (1-ilova), Barqaror taraqqiyot ta’limi bo‘yicha Idoralararo muvofiqlashtiruvchi Kengash to‘g‘risidagi Nizom (2 -ilova), Idoralararo muvofiqlashtiruvchi Kengash va uning Ishchi guruhi tarkibi (3-ilova) tasdiqlansin.

  2. Xalq ta’limi vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi ikki oy muddatda Kadrlarni tayyorlash milliy dasturi doirasida Barqaror taraqqiyot ta’limning asosiy tamoyillarini aks ettiruvchi Harakat dasturini ishlab chiqsin.

  3. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi, Xalq ta’limi vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi:

  • Harakat dasturida ko‘rsatilgan tadbirlarni bajarish bo‘yicha Ishchi guruhlarini tuzsin;

  • Harakat dasturida ko‘rsatilgan tadbirlarni amalga oshirilishini doimiy monitoringini olib borish va uning natijalari bo‘yicha tahliliy ma’lumotlarni Idoralararo muvofiqlashtiruvchi Kengashga kiritsin;

  • O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Milliy axborot agentligi, OAV vakillari bilan doimiy hamkorlik asosida Harakat dasturida belgilangan tadbirlarni amalga oshirilishini yoritib borsin.

  1. Mazkur qarorning bajarilishi ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, Xalq ta’limi va Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirlarining birinchi o‘rinbosarlariga yuklatilsin.

O‘zbekiston Respublikasining barqaror taraqqiyot maqsadlari uchun ta’lim konsepsiyasida mamlakatni barqaror taraqqiyotga o‘tishi uchun fuqarolarda ularning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol qatnashishida zarur bo‘ladigan bilimlar, qarashlar va ko‘nikmalarning shakllanishini ta’minlashda muhim vosita hisoblanadi.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə