Book · January 013 citation reads 419 1


BTTning strategik vazifalari



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə128/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   144
Ekologiyanazariyasi

BTTning strategik vazifalari:


  • o‘quv muassasalari boshqaruvini nomarkazlashtirish;

  • ta’lim jarayonida huquqiy (shu jumladan ekologik-huquqiy) madaniyatni rivojlantirish;

  • ta’lim tizimida axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish;

  • o‘quv muassasalari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida hamkorlikni shakllantirish va

rivojlantirish;

  • raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash maqsadida turli ta’lim shakllarini qo‘llab-quvvatlash.

Faoliyatning bosh yo‘nalishlari:


  • BTTning strategik vazifalarini ta’lim, atrof-muhit muhofazasi va ijtimoiy-iqtisodiyot sohasidagi qonunchilikka joriy qilish;

  • davlat dasturlarida BTTning strategik vazifalarini hisobga olish;

  • ta’limning barcha bosqichlari sifatini yaxshilash, buning uchun:

  1. ta’lim olishning shakllarini va ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish;

  2. ilmiy-pedagogik kadrlarning kasbiy bilimlarini va o‘quv muassasalari bitiruvchilarining tayyorgarlik

saviyasini yuksaltirish;

  1. ta’lim berishning interfaol usullariga, shu jumladan axborot kommunikatsion texnologiyalarga

asoslangan ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

  1. yangi, shu jumladan nanotexnologiyalarni rivojlantirish sohasida ilmiy faoliyat va BTTni

rag‘batlantirish.

Konsepsiyani amalga oshirish:


BTT bo‘yicha konsepsiya ta’limning formal (Davlat ta’lim standartlariga asoslangan) va noformal
(maktabdan tashqari, fakultativ va qo‘shimcha ta’lim shakllari) tizimida, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi
doirasida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligining BTT bo‘yicha harakat dasturlari asosida mustaqil o‘quv fanlariga integratsiyalashtirilgan holda tizimli ravishda amalga oshirilishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 2011-yil 19-iyuldagi 20/2/305-sonli qo‘shma qarori 2-ilovasi «Barqaror taraqqiyot maqsadlari uchun ta’lim bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengash to‘g‘risida Nizomida umumiy qoidalar, BTT IMKning vazifalari va funksiyalari; huquq va majburiyatlari; ishlarini tashkil etishi; raisi, a’zolari, mas’ul kotibi vakolatlari berilgan.
O‘zbekiston Respublikasining Barqaror rivojlanish ta’limi Konsepsiyasini ta’lim tizimining barcha bosqichlariga tatbiq qilinib, u amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining Barqaror rivojlanish ta’limi Konsepsiyasiga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining «2008–2012-yillarda Oliy va o‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi muassasalarida ekologiya va barqaror rivojlanishni ta’minlash sohasidagi ma’rifiy tizimni rivojlantirish va takomillashtirish dasturi» va chora-tadbirlar rejasiga qo‘shimcha sifatida kiritildi.
Oliy ta’lim tizimida Barqaror rivojlanish ta’limi Konsepsiyasini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari va
mazmuni:

  1. Ekologiya va barqaror rivojlanish ma’rifati (ta’limi + tarbiyasi = madaniyati) mazmunining omillari va

prinsiplarini belgilash:

  • jamiyatda shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik tajribaning o‘ziga xos xususiyatlariga mos holda talabalarning atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatini maqbullashtirish borasidagi ijtimoiy ehtiyojlardan kelib chiqadigan omillar va prinsiplarni ilmiy asoslash;

  • Oliy ta’lim muassasalarining kadrlar tayyorlash tizimidan kelib chiqadigan o‘ziga xos omillar va

prinsiplarni ilmiy asoslash;

  • Oliy ta’lim muassasalarining «Professor-o‘qituvchi – talaba» pedagogik tizimidan kelib chiqadigan omillar va prinsiplarni ilmiy asoslash;

  • Oliy ta’lim muassasalaridagi ekologiya va barqaror rivojlanish ma’rifati mazmunining modelini ishlab

chiqish.

  1. Ekologiya va barqaror rivojlanish ma’rifati (ta’limi + tarbiyasi = madaniyati) mazmunidagi ijtimoiy- iqtisodiy va ekologik tajriba tarkibini aniqlash va tanlash:

  • Oliy ta’lim muassasalari talabalarida shakllantiriladigan ekologiya va barqaror rivojlanishga oid ilmiy bilimlar (tushunchalar) va ko‘nikmalar (amallar) tizimini qayta ko‘rib chiqish (o‘quv rejalari, o‘quv dasturlari va o‘quv adabiyotlarining ekologik mazmunini takomillashtirish);

  • bakalavrlar va magistrlarning ekologiya va barqaror rivojlanishni ta’minlash borasidagi bo‘lg‘usi

amaliy faoliyati (shaxsiy, kasbiy va nokasbiy faoliyati) tuzilishini mazmunan qayta ishlab chiqish;

  • Oliy ta’lim muassasalari talabalarida ekologiya va barqaror rivojlanish bo‘yicha kasbiy-ijodiy faoliyat tajribasini rivojlantirish;

  • Oliy ta’lim muassasalari talabalarida ekologiya va barqaror rivojlanish bo‘yicha hissiy-qadriyatli munosabatlar tajribasini rivojlantirish.

  1. O‘quv-uslubiy majmualarda ekologiya va barqaror rivojlanish ma’rifati (ta’limi + tarbiyasi =

madaniyati) mazmunini aks ettirish:

  • Oliy ta’lim muassasalarining barcha ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari DTS va o‘quv rejalarida

ekologiya va barqaror rivojlanish ma’rifati mazmunini fanlararo integratsiya asosida maqbul aks ettirish;

  • Oliy ta’lim muassasalarining barcha ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari o‘quv dasturlari va adabiyotlari mazmunida ekologiya va barqaror rivojlanish ma’rifati masalalarini fanlararo integratsiya asosida maqbul aks ettirish;

  • Oliy ta’lim muassasalarining barcha ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari uchun kasbiy yo‘naltirilgan

«Ekologiya va barqaror rivojlanish» maxsus kursi dasturini ishlab chiqish va joriy etish.

  1. Pedagogik jarayonda ekologiya va barqaror rivojlanish ma’rifati (ta’limi + tarbiyasi = madaniyati)

mazmunini amalga oshirish:

  • o‘quv-tarbiya jarayonida ekologiya va barqaror rivojlanish ta’limi, tarbiyasi va madaniyatini shakllantirishning samarali tashkiliy shakllarini amaliyotga joriy etish (ma’ruza, seminar, amaliy-laboratoriya ishlari, atrof-muhit va ishlab chiqarishga ekskursiyalar, ijtimoiy-iqtisodiy va tabiiy muhitda o‘tkaziladigan

o‘quv-dala va malakaviy (texnologik) amaliyotlar, yakka tartibdagi, guruhli va ommaviy tadbirlar, mustaqil ishlar, anjumanlar va h.k.);

  • o‘quv-tarbiya jarayonida ekologiya va barqaror rivojlanish ma’rifatining samarali metodlari va vositalarini amaliyotga joriy etish.

  1. Ekologiya, atrof-muhit muhofazasi va barqaror rivojlanish ma’rifati ilmini rivojlantirish:

  • ekologiya, atrof-muhit muhofazasi va barqaror rivojlanish muammolarining umumfalsafiy jihatlarini tadqiq qilish (inson, tabiat va jamiyatning o‘zaro aloqadorligi va birligi; atrof-muhit va barqaror rivojlanishning shaxs va jamiyat rivojlanishiga, shaxs va jamiyatning atrof-muhit va barqaror rivojlanishga ta’siri; ekologiya, tabiatdan foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish meto- dologiyasi va h.k.);

  • ekologiya, atrof-muhit muhofazasi va barqaror rivojlanish muammolarining tabiatdan foydalanish jihatlarini tadqiq qilish (barqaror rivojlanish va tabiatdan iqtisodiy foydalanish, barqaror rivojlanish va tabiatdan sog‘liqni saqlash maqsadida foydalanish, barqaror rivojlanish va tabiatdan pedagogik maqsadlarda foydalanish va h.k.);

  • shaxs (jamiyat), atrof-muhit (tabiat) va barqaror rivojlanishning ijtimoiy omillarini (siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik, diniy, pedagogik va h.k.) tadqiq qilish;

  • atrof-muhitga antropogen ta’sirlar (tahdidlar), ekologik xavfsizlik va barqaror rivojlanishning asosiy prinsiplari va uning ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik, siyosiy, pedagogik, texnologik, madaniy jihatlarini tadqiq qilish.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə