Book · January 013 citation reads 419 1


Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitiladigan fanlar tarkibidagi ekologik ta’limga oid sof mavzular soni



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə130/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitiladigan fanlar tarkibidagi ekologik ta’limga oid sof mavzular soni


t/r

Fanlar

Sinf

Umumiy soatlar

Ajratilgan soatlar

% hisobida

1.

Atrofimizdagi olam

1

33

4

12,1

2.

Atrofimizdagi olam

2

34

4

11,8



















3.

Tabiatshunoslik

3

34

6

17,6

4.

Tabiatshunoslik

4

34

8

23,5

5.

Geografiya (Materiklar va okeanlar
geografiyasi)

6

68

1

1,5

6.

Geografiya
(O‘rta Osiyo va O‘zbekiston
tabiiy geografiyasi)

7

68

2

2,9

7.

Geografiya
(O‘zbekistonning iqtisodiy va
ijtimoiy geografiyasi)

8

68

1

1,5

8.

Geografiya
(Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi)

9

68

2

2,9

JAMI




407

28

6,8

Maktabdan tashqari ta’lim yo‘nalishida Respublika bo‘yicha tashkil etilgan 211 ta «Barkamol avlod» bolalar markazlari qoshida to‘garaklar uchun 30 dan ortiq nomdagi o‘quv dasturlari mazmuniga Barqaror rivojlanish ta’limiga oid bilimlarni singdirish borasida qayta ko‘rib chiqilib, Ilmiy metodik kengashlar muhokamasidan o‘tkazildi. Bular «Tabiatda inklyuziv mashg‘ulotlarni o‘tkazish» bo‘yicha uslubiy qo‘llanma va «Iqlim haqida» o‘quv-uslubiy materiallar to‘plami shular jumlasidandir. Mazkur qo‘llanmalar vazirlikning rasmiy saytiga joylandi hamda elektron variantda ko‘paytirilib joylarga yetkazildi. Pedagoglarni qayta tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishida A. Avloniy nomidagi XTXQTMOMI o‘quv mavzu rejasiga har bir guruh tinglovchilari uchun «Ekologiya va barqaror rivojlanish» mavzusi bo‘yicha 2 soatlik ma’ruza mashg‘uloti kiritilgan va mashg‘ulotlar olib borilmoqda. Bugungi kungacha 13349 nafar ta’lim muassasalari direktorlari uchun tabiatni muhofaza qilish va Barqaror rivojlanish ta’limiga oid dastur hamda tavsiyalar yetkazildi. Maktabdan tashqari ta’lim kafedrasi tomonidan 2009–2011-yillar davomida «Yosh tabiatshunoslar va ekolog markaz direktorlari» va «Yosh sayohatchilar va o‘lkashunoslar» kurslaridan jami 113 nafar tinglovchilar «Ekologiya va barqaror rivojlanish» mavzusi bo‘yicha tahsil oldilar. Vazirlik tasarrufidagi davlat pedagogika institutlari va pedagogik tadqiqot ishlari yo‘nalishida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti tomonidan «Ekologik inqiroz zonasidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quv-tarbiya jarayoniga ekologiyadan fakultativ kurs joriy etish va elektron darslik ishlab chiqish» nomli loyiha doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi umumta’lim maktablarining 9-sinflari o‘quvchilari uchun «Orol bo‘yi ekologiyasi» fakultativ kursidan o‘quv qo‘llanma va elektron darslik tayyorlandi. Ekologik inqiroz zonasidagi umumta’lim maktablarida 2008–2009-o‘quv yilidan boshlab ekologiyadan fakultativ darslar joriy etildi.
«Ekologik holatlarga nisbatan Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq joylarini ijtimoiy-demografik rivojlantirishning hududiy muammolari» nomli loyiha doirasida aholi yashash sharoitini barqarorlashtirish va demografik omillarning asosiy ta’sirini belgilash uchun qishloq joylarida infratuzilmalarni bunyod etish va rivojlantirish masalalari o‘rganildi. Shuningdek, ilmiy-informatsion xarakterdagi 40 dan ortiq ilmiy maqola e’lon qilindi.



Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə