Book · January 013 citation reads 419 1



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə133/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) — 1945-yilning 25-oktabridan buyon faoliyat yurgizib kelayotgan eng nufuzli xalqaro, davlatlararo tashkilot bo‘lib, u o‘z oldiga davlatlar o‘rtasida tinchlik va xavfsizlikni saqlash, mustahkamlash va o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadini qo‘yadi.
BMTning Tabiiy ofatlarni bartaraf etishga yordam ko‘rsatish bo‘yicha byurosi (YUNDRO) – turli davlatlar va tashkilotlarga tabiiy ofat natijasida yuzaga kelgan ekologik inqiroz holatida yordam ko‘rsatishni tashkillashtiradi va olib boradi.
Bug‘xona yoki issiqxona samarasi – atmosferada yer yuzasidan uzun to‘lqinli issiqlik nurlanishiga xalaqit beruvchi uglevodorod (karbonat angidrid, is gazi) va ftor-xlor-uglevodorod birikmalarining asta- sekin ko‘payishi natijasida yerdagi haroratning ko‘tarilishi va iqlimning umumiy issiqlanishi.
Buzilgan ekotizimlarni qayta tiklash – tabiiy va texnogen xarakterdagi jarayon va hodisalar natijasida buzilgan ekotizimlarda modda va energiya almashinuvining tabiiy holatiga olib kelishga qaratilgan chora- tadbirlar tizimi.
BTT asosiy maqsadi – barqaror taraqqiyotning g‘oyalari va tamoyillarini ta’limning barcha shakllari va bosqichlari bilan integratsiyalash va mustaqil dunyoqarashga ega, tanqidiy fikrlay oladigan, ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik yo‘naltirilgan va faol fuqarolik munosabatini bildira oladigan shaxslarni tayyorlash hisoblanadi.
Chiqindilar – muayyan joylarda ma’lum qoidalarga asosan joylashtiriladigan va keyinchalik ishlatiladigan, qayta ishlov beriladigan yoki yo‘q qilinadigan, ko‘miladigan xomashyo, materiallar qoldiqlari, talabga javob bermaydigan asosiy va qo‘shimcha mahsulotlar, ishlatilgan va o‘zining oldingi sifatini yo‘qotgan tayyor mahsulotlar.
Davlatning ekologik boshqaruvi — o‘z vakolat doirasida davlat boshlig‘i, hokimiyati, ijro etuvchi davlat
organlari va ularning ekologik munosabatlarini tartibga solishdagi faoliyati.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə