Book · January 013 citation reads 419 1



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə136/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Ekotizimlar barqarorligi – ekotizimlarning ichki komponentlari o‘rtasidagi muvozanat doimiyligi va uning tashqi omillarga qarshi turish qobiliyati.
Ekotizimlar klimaksasi – suksessiya jarayonining tugashi va ekotizimlarni bir maromda o‘z xossa va xususiyatlarini ushlab turishi, ya’ni ekotizimlar dinamik o‘zgarishining sekinlashuvi yoki odatiy ko‘rinishga ega bo‘lishi.
Ekotizimlardan oqilona foydalanish – ekotizimlarning foydali xususiyatidan inson faoliyatida ilmiy asoslangan darajada foydalanishga oid chora-tadbirlar tizimi.
Ekotizimlarni muhofaza qilish – turli ierarxik pog‘onadagi ekotizimlarni saqlash va ularda ekologik
xavfsizlik darajasini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar majmui, to‘g‘rirog‘i tizimi.
Fotosintez – yorug‘lik energiyasi yordamida organik moddalar sintezini amalga oshiruvchi oksidlanish- qaytarilish jarayoni.
Genofond – ma’lum guruhdagi individlarning (populatsiyalar, populatsiyalar guruhi yoki turning) barcha
genlar yig‘indisi.
Genotip – organizmning barcha genlari yig‘indisi.
Genotip – organizmning irsiy, nasliy konstitutsiyasi (organizmning nasliy xususiyatlari yig‘indisi), turli
darajada bir-biriga ta’sir qiluvchi irsiy elementlarning bir butun tizimlari.
Geterotrof – tayyor organik moddalar hisobiga hayot kechiruvchi organizmlar, ularga barcha hayvonlar,
parazit o‘simlik turlari, zamburug‘lar hamda mikroorganizmlar kiradi.
Gidrosfera – yerning suv qatlami bo‘lib o‘ziga xos xossa va xususiyatlarga ega bo‘lib, u organizmlarning tuzilishi va tiriklik faoliyatida ta’sir qiluvchi boshqa suyuqliklardan keskin farq qiladi.
Hududiy ekologik audit — aniq bir yer uchastkalari yoki hududlarni tabiiy resurs imkoniyatlarini salbiy tabiiy hodisalar hamda atrof tabiiy muhitga texnogen jarayonlarning ta’sirini va ularning turlarini aniqlashni baholashda qo‘llaniladi.
Ijtimoiy ekologik yoki antroekologik muammo – muayyan ekotizimlarda kishilik jamiyatida yechimini topmagan ekologik masala.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə