Book · January 013 citation reads 419 1



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə139/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   144
Ekologiyanazariyasi

Ozuqa zanjiri – biri ikkinchisiga ozuqa bo‘ladigan organizmlar tizimi.
Pedosfera – yer qatlamining yagona hosildor tuproq qatlami.
Populatsiya – bir turga mansub bo‘lgan individlar yig‘indisi.
Produtsentlar – anorganik moddalardan organik moddalar yaratuvchi avtotrof organizmlar.
Redutsentlar – organik qoldiqlarni anorganik moddalarga parchalovchi organizmlar.
Ruxsat etiladigan miqdor (REM) – inson salomatligi va hayotiga zarar yetkazmaydigan zaharli moddalar miqdori.
Sinekologiya – ekologiyaning hamjamoalar tuzilishi, energetikasi, dinamikasi, shakllanishi, tashqi muhit
bilan o‘zaro aloqasi kabilarni o‘rganadigan fan.
Tabiat – obyektiv borliq, ya’ni bizni o‘rab turuvchi olam va uning xilma-xil shakllari.
Tabiatshunoslik – tabiatni ilmiy bilishga qaratilgan fanlar tizimi.
Tiklanadigan manbalar – yerdagi hayotning tabiiy sikllari bilan solishtirilganida qisqa muddatli davr davomida barqaror tusga ega bo‘lgan va uglerodsiz manbalarni qamrab olgan energiya manbalari, masalan, quyosh energiyasi, gidroelektr energiyasi, shamol energiyasi, shuningdek uglerodni chiqarish nuqtayi nazaridan neytral bo‘lgan manbalar, masalan, biomassa.
Trofik aloqa – bir turning ikkinchi tur bilan oziqlanishdagi munosabati.
Tuproq eroziyasituproqning tabiiy, tabiiy-antropogen, antropogen omillar ta’sirida vaqtinchalik oqar
suv oqimi natijasida yuvilishi va yemirilishi.
Universal xalqaro ekologik boshqaruv tashkilotlari — faoliyat doirasiga ko‘ra turli toifadagi, siyosiy- ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish yo‘nalishidagi hamda dunyoning barcha mintaqalaridagi davlatlarning ekologik munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan xalqaro muassasalar.
Uzluksiz ekologik ta’lim – milliy ta’lim tizimining barcha bosqichlarini o‘zida qamrab oluvchi va uni ierarxik pog‘onada joylashtiruvchi, bilim berishni oddiydan murakkab hamda ixtisoslikka tomon olib boruvchi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muhiti.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə