Book · January 013 citation reads 419 1



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə138/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Koevolutsiya – tabiat va jamiyatning bir-biriga mos, o‘zaro mutanosib rivojlanishi.
Konsumentlar – fotosintez yoki xemosintez yo‘li bilan to‘plangan tayyor organik moddalarni iste’mol
qiluvchi organizmlar.
Landshaft – o‘zaro ta’sir etuvchi tabiat yoki tabiiy va antropogen komponentlardan, hamda pastroq
taksonomik tabaqali majmualardan tashkil topgan tabiiy hududiy majmua.
Muqobil energiya turi – qazib olinadigan yonilg‘i turi bo‘lmagan manbalardan olingan energiya.
Mutagen – mutatsiyani keltirib chiqaruvchi har qanday omil.
Nodavlat-notijorat tashkilot — jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) kelishini o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o‘z qatnashchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlaydigan o‘zini o‘zi boshqarish tashkiloti.
O‘zbekiston Respublikasi ekologik siyosatining asosiy maqsadi — fuqarolarning hayotiy zarur ehtiyoji bo‘lgan ekologik xavfsiz muhitni ta’minlash uchun ekotizimlarni muhofaza qilish, ularning tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish va buzilgan ekotizimlarni qayta tiklash.
O‘zbekistonning ekologik siyosati — davlatning ekotizimlarni muhofaza qilish, ularning tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish va buzilgan ekotizimlarni qayta tiklash borasida olib borayotgan ichki va tashqi faoliyat majmui.
O‘zbekistonda ekologik boshqaruv — vakolatlangan davlat organlari va nodavlat jamoat birlashmalarining ekologik munosabatlarni tartibga solishdagi vakolatlari, funksiyalari va metodlari yig‘indisi.
Ozon «darchalari» – atmosferaning ozon qatlamida ozon miqdorining 50 foizgacha kamayishi.
Ozonni yemiruvchi moddalar (OEM) – ultrabinafsha nurlarning katta qismi yerga yetishiga to‘sqinlik qiluvchi stratosfera ozon qatlami buzilishiga olib keladigan kimyo moddalari (gazlar), masalan, XFU (xlorftoruglerodlar) va tarkibidagi galogenli moddalar.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə