Book · January 013 citation reads 419 1



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə137/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Inson – Yer kurrasining jonli qobig‘i biosferada yashovchi organizmlar turkumiga kiruvchi, lekin murakkab hayotiy faoliyat yurituvchi individdir.
Iqlim o‘zgarishi – yer iqlimi o‘rtacha holatining statistik jihatdan sezilarli o‘zgarishi yoki iqlimning uzoq vaqt davomida o‘zgarishi.
Jamiyat – insonni boshqa insonlar bilan ma’lum bir hududda tarixan qaror topgan guruhi yoki uyushmasi. Jamiyatning tabiatga nisbatan ekologik munosabat shakli — atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik tizimlarni qayta tiklash hamda sog‘lomlashtirishga qaratilgan
kishilarning hayot tarzi.
Jamiyatning tabiatga nisbatan iqtisodiy munosabat shakli — iqtisodiy madaniylashgan kishilarning o‘z moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchungina, atrof tabiatni iste’molchilik psixologiyasi pozitsiyasidan turib foydalanishi natijasida, atrof tabiiy muhitning ifloslanishi, tabiiy resurslarning kamayishi va tabiiy tizimlarining o‘zgarishiga olib kelgan hayot tarzi.
Jamiyatning tabiatga nisbatan iqtisodiy-ekologik munosabat shakli — mavjud ekologik tizimlarni saqlab qolish darajasidagi kishilarning hayot tarzi.
Jamiyatning tabiatga nisbatan oddiy-iqtisodiy munosabat shakli — ekologik tizimlarning kam va kichik hududlarda buzilishiga olib keladigan kishilarning hayot tarzi.
Kanserogenlar – xavfli o‘smalar kelib chiqishiga sababchi bo‘ladigan moddalar yoki fizik omillar.
Kioto bayonnomasi – Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Doiraviy Konvensiyasi (IO‘DK) bo‘yicha Kioto protokoli Kioto shahrida (Yaponiya) 1997-yilda BMT IO‘DK Taraflari Konvensiyasining uchinchi sessiyasida qabul qilindi.
Kishilik jamiyatning tabiatga nisbatan munosabat shakli – muayyan davrdagi kishilarning atrof
tabiiy muhitga uzviy bog‘langan hayot tarzi.
Kishilik jamiyatining tabiatga nisbatan oddiy munosabat shakli — ekologik tizimni buzmaydigan kishilarning soddalashtirilgan hayot tarzi.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə