Samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/87
tarix10.06.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#116555
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87
«mehmonxona servis xizmati»



 
SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI 
 
 
 
 
R.S. Amriddinova 
 
 
 
 
 
« MEHMONXONA SERVIS XIZMATI »
(ma’ruzalar matni) 
SAMARQAND - 2008




Tuzuvchi:
 
R.S. Amriddinova
– «Xalqaro turizm va turizm servisi» kafedrasi assistenti 
TAQRIZCHI:
I
.S.Tuxliyev
- «Xalqaro turizm va turizm servisi» kafedrasi mudiri, 
i.f.n., professor.
©
 
R.S. Amriddinova. SamISI. 2008 
 




 
KIRISH 
Mamlakatimizda turizm ishiga mustakillikning dastlabki vaqtlaridanoq asosiy 
davlat siyosati darajasida qaraldi. Soha rivoji uchun barcha zarur tashkiliy-huquqiy 
mexanizm vujudga keltirilib,muhim meyoriy hujjatlar qabul qilindi va bu ish hozirda 
ham davom etmoqda. Mamlakatimizda turizmning ravnaqi, uni yangi pog‘onalarga 
ko‘tarish , yurtimizni jahon turizm markazlaridan biriga aylantirish uchun avvalo 
huqukiy zamin yaratish lozim edi. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
majlisining mazkur yo‘nalishga taluqli qonun va kodekslari , O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining turizmga oid qator Farmonlari ishlab chiqilib hayotga 
tadbiq etildi.
G‘arb davlatlarida mehmonxona xo‘jaliklarini boshqarish bo‘yicha ko‘p yillik 
tajriba yig‘ilgan .Mehmonxona sanoati korxonalari faoliyatida xorij tajribasini 
o‘rganish shubxasiz, mexmonlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashda katta rol 
o‘ynaydi. Xizmatchilar mexmonlar tomonidan zamonaviy xizmat darajasiga qanday 
talab qo‘yilishi haqida tasavvurga ega bo‘lmasa ulardan mijozlarga yuqori darajada 
xizmat ko‘rsatishlarini talab qilish murakkabdir.Ammo O‘zbekistondagi turizm 
sanoati o‘ziga xos sharoitlarda faoliyat ko‘rsatayotganligini etiborga olish 
kerak.Bugungi kunda bizga jaxon talablariga javob beruvchi turizm sanoatini 
rivojlantirishning milliy modelini yaratish bo‘yicha takliflar kiritilgan. « 
Mehmonxona servis xizmati » fanini o‘qitishdan asosiy maqsad hozirgi bozor 
iqtisodiyotiga o‘tish sharoitlarida mehmonxona xizmati sohasida eng yaxshi 
boshqaruv qarorlarini qabul qilish, boshqaruvni takomillashtirish zaruriyati bilan 
bog‘liqdir. Mehmonxona xizmatlari sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi iqtisodiy omillar 
samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan. Mehmonxona rahbarlarining doimiy 
ravishda xizmat ko‘rsatish sifatini boshqarishni yaxshilash, uni kengaytirishga 
e’tiborni qaratish, binolarni rekonstruksiya qilish. Yangi texnologiyalarni kiritish va 
boshqalarni tushunishlari muhim ahamiyatga ega. 
Fan bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmaga qo‘yiladigan talablar 
Talabalar: 
- joylashtirish vositalari va tizimi haqida; 
- mehmonxonada ko‘rsatiladigan xizmatlar haqida; 
- mehmonxonada boshqaruv strukturasi haqida 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə