Samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/87
tarix10.06.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#116555
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   87
«mehmonxona servis xizmati»

3.
 
Mehmonxona industriyasining asoschilari 
 
Mehmonxona industriyasida uning o‘sishi va rivojlanishiga katta ahamiyat kasb 
etadigan qo‘yilmalar kiritgan ko‘p shaxslar bo‘lgan. Ular orasida eng ko‘p 
mashhurlardan XIX asr oxirida va XX asr boshlarining industriya asoschilari bo‘lgan 
Ellsuort Stetler, Konrad Xilton, Ernest Xenderson, Xouard Djonson va Dj. Uillard 
(Bill) Marriottlar bordir. Shular qatoridan Sezar Rits ismi ham o‘rin egallagan. 
Sezar Rits o‘z zamonasining afsonaviy shaxsidir. Mehmonxona industriyasining 
boshqa asoschilarni ko‘pchiligi kabi u ham eng pastki pog‘onadan boshlagan va 
jonkuyarlik bilan mehnat qilishi evaziga, mehmonxona biznesini sirlarini juda tez 
o‘rganib kasbning eng yuqori cho‘qqilariga chiqdi. O‘z ish tajribasini u 15 yoshidan 
mehmonxona boshqaruvchisining shogirdi sifatida boshlagan. 19 yoshidayoq uning 
o‘zi Parij restoranchalaridan birini boshqarardi, lekin negadir bu ishni birdaniga 
tashlab ketdi va mashhur Voisin restoraniga ofitsiant yordamchisi bo‘lib joylashdi. 
Bu yerda u boy va mashhurlarning didlariga ma’qul bo‘lish sa’natini o‘rgandi. Juda 
qisqa vaqt ichida u doimiy mijozlar to‘g‘risida hamma narsani eslab qoldi (ular 
nimani yaxshi ko‘radi va nimani yoqtirmaydi), va ular har doim ularga u xizmat 
qilishini talab qilardilar. 
22 yoshida Rits Lyurensdagi (Shveysariya), o‘zi tufayli shaharni eng orbo‘li 
mehmonxonasi bo‘lgan Grand National Hotel ning boshqaruvchisi bo‘ladi. Ritsning 
o‘ziga tortuvchiligi va kashfiyotchiligi eng tanlangan mijozlarni tez jalb qilishga unga 
imkoniyat berdi. 11yillik muvaffaqiyatli ish faoliyatidan keyin u o‘ziga tortuvchi 
taklifni–yaqindagina Londonda ochilgan, lekin ishlari hali uncha yaxshi ketmayotgan 
Savoy Hotel tomonidan tushgan, qabul qilishga tavakkal qildi. Shunday qilib 38 
yoshli Sezar Rits dunyodagi eng mashhur feshenebl otellardan birining 
boshqaruvchisi bo‘ldi. 
Va yana bir bor uning o‘ziga tortuvchanligi va qobiliyatlari ommada munosib 
taassurot qoldirdi. Eng avvalo u o‘z otelini yuqori jamoaning madaniyat markazi 
qildi. Uning bosh-oshpazi –Agyust Eskofe bilan birga u eng ajoyib yevropa 
taomlarini tayyorlay oladigan, shuningdek restoranda shu taomlarga mos keluvchi 
muhit yarata oladigan jamoani tuzdi. U shunday bir a’nana kiritdi, unga ko‘ra 
mijozlar faqat kechki liboslarda kelishardi, restoranga eng yaxshi cholg‘u asbobli 
orkestrlarni taklif qilardi va umuman har xil maxsus jihozlar uchun mablag‘ 
ayamasdi. Bir kuni u suzib yuruvchi restoran atrofida haqiqiy Venesiyani – 
neapolitanlarning qo‘shiqlarini kuylovchi gondollari va gondolerlari bilan tashkil 
qildi. 
Rits omma bilan aloqa qila bilish boshqaruvchining eng kerakli sifatlaridan deb 
hisoblardi. Uning odamlarga va ularni hohishlariga bo‘lgan e’tiborliligi menejer 
sa’natini yangi pog‘onaga olib chiqdi. Va shu paytgacha Rits nomi mehmonxona 
biznesida bashanglik va nozik didlik sinonimi hisoblanadi. U ishga butunlay, kuchini 
ayamasdan berilardi va 52 yoshida kuchli asab taranglashuvini boshidan kechirdi, 
undan keyin u o‘zini tiklay olmadi. 



12 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə