Samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/87
tarix10.06.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#116555
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87
«mehmonxona servis xizmati»

 
 
2.
 
Mehmonxona industriyasining zamonaviy rivojlanishi 
So‘nggi yillarda mehmondo‘stlik sanoati korxonalarining rivojlanishida ko‘zga 
tashlangan tendensiyalar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 
1.
Mehmonxona va restoran xizmatlari ixtisoslashuvining chuqurlashishi. 
2.
Xalqaro mehmonxona va restoran tarmoqlarining tashkil topishi. 
3.
Kichik korxonalar tarmog‘ining rivojlanishi. 
4.
Mehmondo‘stlik sanoatiga yangi kompyuter texnologiyalarining joriy etilishi.
So‘nggi yillarda to‘la servisli an’anaviy mehmonxonalar bilan bir qatorda, taklif 
qilinuvchi xizmatlar to‘plami qisqartirilgan 
ixtisoslashgan
korxonalar paydo bo‘la 
boshladi. Korxonalarning ixtisosligi har xil bo‘lishi mumkin. Mehmonxonalar turistik 
bozorning muayyan segmenti vakillariga, masalan, o‘z mehnat ta’tilini golf o‘yiniga, 
chang‘i sportiga, otda sayr qilishga va h.k.ga bag‘ishlagan mijozlarga, kongresslar, 
ko‘rgazmalar, yarmarkalar va sh.k.da qatnashish uchun kelgan turistlarga xizmat 
ko‘rsatishga ixtisoslashishi mumkin.
Restoranlar, qoida tariqasida, milliy taomlar, nonushtalar, kechki ovqatlar 
tayyorlashga ixtisoslashadi. So‘nggi yillarda gamburgerlar va qovurilgan kartoshkaga 
(McDonald’s), pitssaga (Pizza Hut, Domino, Little Geasar), bifshtekslarga (Sizzler), 
dengiz mahsulotlariga (Red Lobster), sendvichlarga (Subway) ixtisoslashgan tez 
xizmat ko‘rsatish restoranlari butun jahonda ommaviylashdi. Bu nuqtai nazardan 
muayyan mavzuga, chunonchi: Yovvoyi g‘arb, rok-n-roll, futbol, samolyotlar, temir 
yo‘l va h.k.ga yo‘naltirilgan restoranlar ham alohida diqqatga sazovordir. Odatda ular 
taklif qiluvchi taomlar soni cheklangan bo‘ladi. Bunday restoranlarning vazifasi 
muayyan kayfiyat va muhitni tashkil etishdan iborat.
Mehmondo‘stlik korxonalari ixtisoslashuvining chuqurlashishi 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə