O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 9,95 Mb.
səhifə1/66
tarix28.11.2023
ölçüsü9,95 Mb.
#133016
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
катта гурух саводхонлик 2



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MAKTABGACHA TA’LIM VAZIRLIGI

O`ynaymiz va tovushlarni to`g`ri talaffuzini


o`rganamiz

5-6 yoshdagi bolalarni savodxonlikka o`rgatish


Maktabgacha ta`lim tashkilotlari tarbiyachilari va ota-onalar uchun metodik qo`llanma





Toshkent -2022

Mazkur metodik qo`llanma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 dekabrdagi "Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning Davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida" gi 802-son qarorida o`z tasdig`ini topgan Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo`yiladigan davlat talablari” hamda Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Ilmiy kengashining 2021-yil 23-dekabrdagi 10-sonli bayonnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining Muvofiqlashtiruvchi kengashining 2022-yil 4-fevraldagi 1-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan va nashr qilish uchun tavsiya etilgan “Ilk qadam” davlat o`quv dasturi asosida yaratildi.


Ushbu qo`llanma maktabgacha yoshdagi bolalarning ota-onalari, katta guruhida “Savodxonlikka o`rgatish” mashg`ulotlarini olib boruvchi tarbiyachilarga mo`ljallangan.
Metodik qo`llanmadan maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari, pedagogika oliy o`quv yurtlari va kollej talabalari ijodiy yondashgan holda foydalanishlari mumkin.
Mualliflar: F.R.Qodirova, M.Z. Fayzullaeva, M.M. Rizayeva


Taqrizchilar:
S.S.Raximova - MTTDMQTMOI “Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)


Dizayner: J.R.Kucharov

Mazkur metodik qo`llanma O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutiilmiy kengashining


2022-yil ___ ____________dagi ____-sonli qarori bilan tasdiqlandi va nashrga tavsiya etildi.
Kirish
O‘zbekiston Respublikasining Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablarining asosiy sohalaridan biri “Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari” bo‘lib, u quyidagi kichik sohalardan iborat: nutq va til, o‘qish malakalari, qo‘l barmoqlari mayda motorikasi. Ushbu kichik sohalarning maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun katta guruhlarda savodxonlikka o‘rgatish ta’limiy faoliyati o‘quv yili davomida jami 36 ta mashg‘ulot rejalashtirilgan, ularning davomiyligi 25-30 daqiqani tashkil etadi.
Maktabgacha ta’lim tizimida savodxonlikka o‘rgatish metodikasi o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, katta guruhda savodxonlikka o‘rgatishda so‘zdagi birinchi tovushni bilish, kitobni mustaqil tomosha kilish, tovushlarni farqlash, so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish, harflarga tegishli so‘zlarni topish ko‘nikmalarini shakllantirishdan boshlanadi.
Tarbiyachi savodxonlikka o‘rgatish jarayonida o‘zbek tilining fonetik xususiyatlarini hisobga olib mashg‘ulotlarni rejalashtirishi lozim. Buning uchun o‘zbek tili grafik tizimining quyidagi xususiyatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega:
1. Savodxonlikka o‘rgatishda tovush bilan tanishtirish unlilardan boshlanadi. Hozirgi o‘zbek tilida 6 ta unli fonema mavjud: a, o, i, e, u, o‘.
E harfi so‘z va bo‘g‘in boshida qo‘llanadi (ekin, echki, echkemar), undoshdan keyin o‘rta keng lablanmagan unli tarzida o‘qiladi (kel, tez).
O harfi o‘zbekcha, umumturkiy so‘zlarda quyi keng, lablangan “o” tovushini ifodalaydi, rus tilidan o‘zlashgan so‘zlarda urg‘usiz bo‘g‘inda “a” tarzida (botanika), o‘ tovushi kabi (tonna), qisqa i tarzida (traktor) kabi talaffuz qilinadi.
“A” tovushi bahor, savol kabi so‘zlarda “o” kabi, muomala, munosabat kabi so‘zlarda “I” tovushiga yaqin talaffuz qilinadi, lekin “a” yoziladi.
“U” tovushi qovun, sovun kabi so‘zlarda “I” tovushiga yaqin talaffuz etilsa ham “u” yoziladi.
“I” tovushi bilan, sira kabi so‘zlarda talaffuz etilmasa ham yozuvda doimo saqlanadi.
Savodxonlikka o‘rgatish davrida undosh tovushlar bilan tanishtirishni sonor, ya’ni ovozdor tovushlar bilan boshlash maqsadga muvofiqdir. CHunki sonor tovushlarni bo‘g‘in va so‘z tarkibidan ajratib olish oson. Lekin “ng” sonor undoshi “n” va “g” undosh tovushlari va harflari bilan tanishtirilgach, o‘rgatiladi. Harf birikmalarini o‘rgatishdagi qiyinchilik hisobga olingan holda, ularning savodxonlikka o‘rgatish davrining oxirgi bosqichida o‘rganilishi maqsadga muvofiqdir.
“J” harfi ikki tovushni ifodalaydi, shuni hisobga olib, birinchi portlovchi “j” tovushini o‘rgatish, talaffuzini tushuntirish, analitik-sintetik mashqlar yordamida ko‘nikmalar hosil qilinadi, keyin esa sirg‘aluvchi “j” tovushi va uning talaffuzi o‘rgatiladi. So‘ng bu ikki tovushning talaffuzidagi farq taqqoslash usuli orqali tushuntiriladi. Berilgan bilim analitik-sintetik mashqlar yordamida mustahkamlanadi.
“SH” tovushini ifodalovchi “sh” harf birikmasi ham “s” va “h” harfi bilan, “ch” tovushini ifodalovchi “ch” harf birikmasi “h” harfi bilan tanishtirilgach o‘rgatiladi. Tarbiyalanuvchilar bu harf birikmalarini bir yaxlit tovush sifatida o‘qish va yozishga ko‘nikishlari lozim.
Jarangsiz jufti bor jarangli undoshlar talaffuzi (b-p, d-t, v-f, g-k, z-s kabi) haqida dastlabki amaliy tushunchalar hosil qilinadi, ularning talaffuzi va yozilishiga e’tibor qaratiladi.
“X” va “h” tovushlarining talaffuzi va imlosi haqida ham dastlabki tushunchalar beriladi, ularni farqlash bo‘yicha maxsus mashqlar ham uyushtiriladi.

Yüklə 9,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə