O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 9,95 Mb.
səhifə6/66
tarix28.11.2023
ölçüsü9,95 Mb.
#133016
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
катта гурух саводхонлик 2

Quvnoq daqiqa:
AKT yordamida “YOmg‘ir” qo‘shig‘iga ihtiyoriy harakatlar bilan harakatli mashq bajariladi.


Ish daftari bilan ishlash
Tarbiyachi mevalar haqida topishmoqlar aytadi, uning javobi topilib, bo‘g‘in-tovush tarkibi tahlil qilinadi. Daftarda anor so‘zining bo‘g‘in va tovush andozasi namuna qilib berilgan. Olma, nok, o‘rik so‘zlarining andozasi birgalikda tahlil qilinadi.
Masalan: Kichkina dekcha
Ichi to‘la mixcha ( anor)
- Anor so‘zini bo‘g‘inga bo‘ling.
- Anor so‘zi necha bo‘g‘inli so‘z ekan?
- 1-bo‘g‘inda nechta tovush bor?
- 2-bo‘g‘indagi tovushlar sonini aniqlang.
- Tovushni nima qilamiz?
- Tovushni talaffuz qilamiz, eshitamiz .
Xulosalash: A-nor: 2 ta bo‘g‘in, 4 ta tovush (a,n,o,r) dan iborat. Tovushlarni talaffuz qilamiz (yoki aytamiz), eshitamiz.


III.YAkuniy qism.
Tarbiyachi bolalar bilan “Qanday tovush” ta’limiy o‘yinini tashkil etadi.
Unda tarbiyachi bir necha so‘zni aytib uning birinchi tovushini ajratib talaffuz qiladi (Masalan: aaa-yiq, aaa-nor, aaa-ri,…). Bolalar birgalikda jo‘r bo‘lib qaytaradilar.
Tarbiyachi bolalar bilan yakunlovchi suhbat olib boradi:
-O‘rtoqlaringiz bo‘g‘inga bo‘lgan qaysi so‘zni eslab qoldingiz ?
-Tovush haqida nimalarni bilib olganligingizni o‘rtoqlashing.
-Keyingi mashg‘ulotlarimizda nimalarni bilishni xohlaysiz ?


3-MASHG‘ULOT
Mashg‘ulot mavzusi: So‘z va bo‘g‘in haqida tushuncha.
Ta’limiy maqsad : Bolalarga gap va so‘z, bo‘g‘in va tovush uzviyligi haqida tushuncha berish .
Tarbiyaviy maqsad :Bolalarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash , bog‘bonlik kasbining fazilatlari haqidagi tushunchalarini kengaytirish .
Rivojlantiruvchi maqsad: Bolalarda bog‘,bog‘bonlik haqidagi tushunchalarini snakllantirish, og‘zaki nutqini rivojlantirish, dunyoqarashlarini kengaytirish.
SHaxsiy kompetensiyasi:
orasta kiyinish, gigiena talablariga doimo rioya qilish.

Yüklə 9,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə