O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi


III. YAkuniy qism. 5 daqiqa



Yüklə 9,95 Mb.
səhifə5/66
tarix28.11.2023
ölçüsü9,95 Mb.
#133016
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
катта гурух саводхонлик 2

III. YAkuniy qism. 5 daqiqa
Tarbiyachi bolalar bilan yakunlovchi suhbat olib boradi:
- Mashg‘ulotda sizga nimalar yoqdi? Nima uchun?
- Gap qanday tuzilar ekan?
- Bog‘bon mehnatiga nima uchun rahmat deymiz?
- Gap haqida nimalarni bilib oldingiz?
2-MASHG‘ULOT
Mavzu : Tovush
Maqsad:tarbiyalanuvchilar:
-tovushlar va ularning turlari haqida bilib oladilar;
-so‘z va bo‘g‘inlardan tovushlarni ajrata olishni o‘rganadilar;
-o‘zaro hamkorlikda ishlay oladilar.


Mashg‘ulot metodi: analiz va sintez, “Hamkorlikda ishlash” mashqi, “Qanday tovush” ta’limiy o‘yini.


Mashg‘ulot jihozi: Kitob maketi, turli ertak kitoblari, buyumlar tasvirlangan rasmlar, ish daftari , AKT.


Mashg‘ulotning borishi:
I.Tashkiliy qism. 10 daqiqa
Tarbiyachi o‘tgan mavzuni mustahkamlash uchun “Hamkorlikda ishlash” mashqini o‘tkazadi. Bu mashq uch bosqichda olib boriladi.
1-bosqich. Tarbiyalanuvchilar juftlikda berilgan rasmni ifodalovchi so‘zni bo‘g‘inga bo‘lib, aytadilar. (olma, ol- ma, tarvuz, tar- vuz)
2-bosqich. Tarbiyalanuvchilar tarbiyachi bilan birgalikda, tarbiyachi ko‘rsatgan rasmlarda ifodalangan so‘zlarni jo‘r bo‘lib, bo‘g‘inga bo‘ladilar.
3-bosqich. Tarbiyalanuvchilar doira bo‘lib turib oladilar va navbat bilan qo‘llaridagi rasmni o‘rtoqlariga ko‘rsatib, rasmlarda ifodalangan so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lib aytadilar.
II.Asosiy qism. 20 daqiqa
Tarbiyachi bir necha narsaning (suvning shildirashi, oyoq tovushi, musiqa ohangi, mashina ovozi …) ovozini AKT orqali eshittiradi va bolalardan nimalarning ovozi eshitilganligini so‘raydi.
Bular musiqa va tabiatdagi buyum va narsalarning harakatlanishidan chiqadigan ovoz ekanligi, hatto hayvonlar ham ovoz chiqarishini aytadi. Bolalardan xo‘roz, sichqon, qo‘y, bo‘rilarning ovoziga taqlid qilib aytib berishni so‘raydi.
Eshitilgan ovozlar tovush ekanligini va uni biz quloqlarimiz orqali eshitishimizni aytib o‘tadi.
Insonlar ham gapirganlarida ovoz chiqarishlari va ular ham tovushlar deb atalashi, tovushlar birlashib esa ma’lum tilni hosil qilishini tushuntirib o‘tadi.
Tarbiyachi bolalar bilan suhbat o‘tkazadi:
- Biz qaysi tilda gaplashamiz?
- Ha, to‘g‘ri o‘zbek tilida gaplashamiz.
- Do‘stlaringiz orasida qanday tilda gaplashadiganlari bor?
Tarbiyachi har bir tilning o‘z tovushlari va ular ifodalaydigan harflari borligi tushuntiradi.

Yüklə 9,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə