O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi


Fonematik eshitish imloviy malakani hosil qilishning muhim shartidir



Yüklə 9,95 Mb.
səhifə2/66
tarix28.11.2023
ölçüsü9,95 Mb.
#133016
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
катта гурух саводхонлик 2

Fonematik eshitish imloviy malakani hosil qilishning muhim shartidir. SHu bois savodxonlikka o‘rgatish davrida tarbiyalanuvchilar eshitish idrokini o‘stirish uchun ham maxsus xilma-xil mashqlar, ta’limiy o‘yinlar, qiziqarli topshiriqlarni qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
YOzuvga o‘rgatish jarayonida bolalar ruchka (qalam)ni to‘g‘ri ushlashni, daftarni to‘g‘ri qo‘yishni, turli chiziqlar chizishda daftar chiziqlari, ular bo‘ylab qo‘lni harakatlantirishni esda saqlashi, elementlarni mo‘ljallangan katakga yozishi lozim. Bu jarayon bolalarni aqlan va jismonan charchatadi, ayniqsa, ularning barmoq va elka muskullari toliqadi. SHuning uchun ham mashg‘ulotda jismoniy daqiqalar o‘tkazilishi ahamiyatlidir.
Savodxonlikkao‘rgatish jarayonini tashkil etish metodikasi
Analiz-sintez metodida savodxonlikka o‘rgatish jarayoni
2 bosqichda davom etadi.

Birinchi bosqichda
– tarbiyalanuvchilarga quyidagilar

  • og‘zaki nutq,

  • gap,

  • so‘z,

  • bo‘g‘in,

  • tovushlar,

  • nutqning gaplardan, gaplarning so‘zlardan tuzilishi,

  • so‘zlarning bo‘g‘inlarga bo‘linishi,

  • bo‘g‘inlarning tovushlardan tashkil topishi haqida ma’lumot beriladi.

  • tovushlarning unli va undosh tovushlarga ajratilishi o‘rgatiladi hamda ulardan amaliy foydalana bilish ko‘nikmalari hosil qilinadi.

SHuningdek, bu bosqichda bolalarning bog‘lanishli nutqi ustida ishlanadi. Bunda tarbiyachi bolalarga nutq haqida tushuncha beradi, nutqning kichikroq bo‘lagi gap bilan tanishtiradi.
Har bir narsaning nomi-bu so‘z ekani, so‘z bo‘g‘inlarga bo‘linishi, bo‘g‘in va so‘z tovushlardan tuzilishi, tovushni talaffuz qilish, eshitish mumkinligi, tovushlar unli va undosh bo‘lishi, ularning yozuvdagi ifodasi harf bilan ifodalanishi aytiladi.
Savodxonlikka o‘rgatishning bu bosqichida analiz quyidagi metodik yondashuv bo‘yicha olib boriladi:
1. Nutq tarkibidan gapni ajratish.
2. Gapdan so‘zlarni ajratish va so‘zlarning bosh shaklini topish.
3. So‘z ichidagi yangi tovushni aniqlash va uning bo‘g‘indagi o‘rnini belgilash.
O‘quv yili oxirida tarbiyalanuvchilar maktab ta’limiga quyidagi bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarga ega bo‘lgach holda kirib boradilar.
1. O‘qish ko‘nikmasi bo‘yicha:

  1. so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘ladi;

  2. so‘z, tovush, bo‘g‘in, gap haqida tushunchaga ega;

  3. so‘zning lug‘aviy, bo‘g‘inli va fonetik tuzilishi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ladi;

  4. nutqni eshitadi va tushunadi.

2. Yozuv ko‘nikmasi:



  1. qog‘ozda to‘g‘ri chiziqlar yozadi;

  2. rasmlarni to‘g‘ri joylashtiradi;

  3. qo‘lni uzmasdan nuqta chiziqlarini birlashtirib rasm chizadi;

  4. Siniq, to‘lqinsimon, ilgak chiziqlarni chizadi;

  5. Rasmlarni tekis shtrixlaydi;

  6. Qo‘lni uzmasdan nuqta-chiziqchalarni birlashtirib rasm chiza oladi.

3. Tovushni tahlil qilishga tayyorgarligi:

    1. so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘ladi;

    2. so‘z yoki bo‘g‘indagi tovushni ajratadi;

    3. hamma tovushni to‘g‘ri talaffuz qiladi;

    4. nutqining baland yoki pastligi, diksiyasiga e’tibor qaratadi.

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiku, savodxonlikka o‘rgatish o‘ta mas’uliyatli jarayon bo‘lib, mashg‘ulotlar bolalarning faol ishtirokini ta’minlaydigan ta’limiy o‘yinlar, interfaol metodlar va AKTdan foydalangan holda tashkil etilishiga erishish lozim.





Yüklə 9,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə