O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 9,95 Mb.
səhifə14/66
tarix28.11.2023
ölçüsü9,95 Mb.
#133016
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   66
катта гурух саводхонлик 2

Tetiklashtiruvchi mashq
Tarbiyachi: Demak, bolajonlar, bugungi mavzuimiz “A” harf- tovushi ekan. CHunki sizlar tomonidan ta’riflangan narsalarning barchasi “A” tovushidan boshlangan ekan.
Bolalar, sizning tomog‘ingiz og‘rib qolganda shifokor huzuriga borasiz-a. SHifokor sizning tomog‘ingizni tekshirmoqchi bo‘ladi.SHifokor qo‘liga kichkina qoshiqchani oladi-da sizga nima deydi?
Bolalar: “A” deb og‘zingni och,- deydi
Ha, bolalar , to‘g‘ri! “A”-“A”-“A” deb og‘iz ochilganda “A” tovushi talaffuz qilinadi. Bu tovush unli tovushlar sirasiga kiradi, talaffuz qilganda qancha cho‘zsa cho‘zilishini aytib mashq qilinadi. Talaffuz vaqtida o‘pkadan chiqayotgan havo hech qanday to‘siqqa uchramaydi. Tarbiyachi bolalar bilan birgalikda “A” tovushini talaffuz qiladi.
A” tovushini talaffuz etganda lablar tinch holatda, tishlar oralig‘idagi masofa 1-1,5sm., til tinch holatda yotadi. Til uchlari pastki tishlar qirrasiga yaqin joylashadi, yumshoq tanglay ko‘tarilgan va tomoqning orqa devoriga siqilgan bo‘lib, burun yo‘llarini yopib turadi, havo oqimi og‘iz orqali o‘tadi, tovush boylamlari birikib va tebranib ovoz hosil qiladi.
Unli tovushlar to‘siqqa uchramaydi, cho‘ziq aytiladi. “A” tovushi unli tovush.
Unli tovushni biz qizil rangda belgilaymiz(qizil kvadrat shaklni ko‘rsatiladi) Kubiklarda esa (tarbiyachi kubikni ko‘rsatadi)unli tovushni kubikning bir tomoniga labning ochiq holati rasmi yopishtirilib belgilanadi.



A –nor, a-yiq so‘zlari tarkibidagi “A” tovushini ayirib cho‘zib talaffuz qilish orqali bolalarni “A” tovushining so‘z ichidagi o‘rnini aniqroq tushinishlariga erishiladi. “A” tovushining unli tovushlar sirasiga kirishi tushuntiriladi.
Amaliy ish
Tarbiyachi bir nechta so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lib (a-na,
o-na, olma, non, kapalak, uy, ari) aytadi. Bolalar aytilgan so‘zlar bo‘g‘inlarida A unli ishtirok etgan bo‘lsa qo‘llarini baland ko‘taradilar.
Tarbiyachi “Kim A tovushi bor so‘zlarni ko‘p topadi?” o‘yinini o‘ynashni taklif etadi.

Yüklə 9,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə