O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 9,95 Mb.
səhifə10/66
tarix28.11.2023
ölçüsü9,95 Mb.
#133016
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   66
катта гурух саводхонлик 2

6-MASHG‘ULOT


Mavzu: O o tovushi bilan tanishtirish
Maqsad:
tarbiyalanuvchilar –
- o tovushini so‘zning boshida, o‘rtasida, oxirida kelishini va o tovushli so‘zlarni tahlil qilishni bilib oladilar;
- do‘stona bir-birlarini qo‘llab-quvvatlashga o‘rganadilar;
- mayda qo‘l motorikasini rivojlantiradilar.
Kerakli jihozlar:
“Laylakvoy” media mahsuloti, “Savodxonlikka o‘rgatish” to‘plami, kitob maketi, so‘zli kartochkalar, unli harfli kubik ( ), kesma harflar, ish daftari, rangli iplar, rangli qalam, ruchka yoki flomasterlar, AKT.
Mashg‘ulot metodi: “Ezgu so‘zlar” muzyorar mashqi, analiz-sintez, suhbat, “Zanjir” ta’limiy o‘yini, amaliy ish.


Mashg‘ulotning borishi:

  1. Tashkiliy qism. 3-5 daqiqa

Ezguso‘zlar” muzyorarmashqi
Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga doira bo‘lib qo‘llarini ushlab turishlarini va yonidagi o‘rtog‘iga bitta ezgu so‘zni aytishlarini so‘raydi. (bolalar bir-biriga “sen yaxshisan”, “sen quvnoqsan”, “sen tirishqoqsan”, “sen ozodasan”, “sen zo‘r rasm chizasan” kabi ezgu so‘zlarni aytishlari mumkin).
2. Asosiy qism. 20 daqiqa
Tarbiyachi“Laylakvoy” media mahsulotidan ekranda O tovushi bor olma rasmini ko‘rsatadi, tarbiyalanuvchilar uning nomini- so‘zni aytadilar. Tarbiyachi O tovushini cho‘zib (o-o-o-ol-ma) aytadi va qaysi tovushni cho‘zib aytayotganligini tarbiyalanuvchilardan so‘raydi.
Tarbiyachiga eslatma.

O tovushi talaffuzida lablar aylana shaklida(dumaloqlangan) va bir oz oldinga chiqadi, tishlar dumaloqlangan lablar bilan bekiladi,til ildizi bir oz yuqoriga ko‘tariladi, yumshoq tanglay tomoqning orqa devoriga siqilgan bo‘lib, burun yo‘llarini yopib turadi, havo oqimi og‘iz bo‘shlig‘i orqali o‘tib ketadi, tovush boylamlari bog‘langan bo‘lib, tebranadi va tovush hosil bo‘ladi.



Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga unli tovushlar to‘siqqa uchramasligi, cho‘ziq aytilishi va unli tovushlarni qizil rangda belgilanishini (qizil kvadrat shaklni ko‘rsatiladi) aytadi.

Bolalar, “O” tovushiga so‘z top o‘yinini o‘ynaymiz. “O” unli tovush. Men “O” tovushini aytganimda istagancha cho‘zishim mumkin, chunki uni talaffuz qilayotganimda hech narsa to‘siq bo‘lmaydi. Og‘zimni kuzating. “o-o-o”. Kuzatdingizmi “O” tovushini talaffuz qilganimda cho‘zib aytdim.Tovush to‘siqqa uchramadi. Demak “O” tovushi unli tovush ekan. Unli tovushlarni biz doimo qizil rangda belgilaymiz. “O” unli tovushiga so‘z topamiz. (oy,ot, olma, olcha, Olim...) So‘zlardagi “O” tovushini o‘rnini aniqlaymiz






Tarbiyachi bolalarga so‘zlarning tovush andozasini AKT orqali tushuntiradi:
-unli tovush
Olma so‘zining birinchi tovushi O. Biz birinchi katakni qizil rangga bo‘yaymiz.

Soat so‘zining ikkinchi tovushi o.Biz ikkinchi katakni qizilga bo‘yaymiz.

Oymomo so‘zida uchta o tovushi bor. Biz so‘zdagi o tovushi o‘rnini qizil rangga bo‘yaymiz.

Tarbiyalanuvchilar bilan birgalikda “Savodxonlikka o‘rgatish” to‘plamidan O tovushining so‘zning boshida, o‘rtasida va oxirida kelishiga misollar ko‘rsatiladi.
Tarbiyachi bolalarga unli tovushlarni maxsus tayyorlangan harfli kubiklarda ham ajratib olishlari mumkinligini, buning uchun kubikning bir tomonidaunli tovushlar ifodasi- ochiq lab ko‘rinishida, kubikning, qolgan tomonlarida esa shu tovush ishtirok etgan so‘zlar rasmi joylashganini aytadi.
Tarbiyachi bolalarga harfli kubiklardan foydalanganlarida kubik tomonlaridagi tovush belgisi - harflarga e’tibor berish kerakligini ta’kidlaydi.



Tarbiyachi bolalarga “Zanjir” ta’limiy o‘yinini O tovushi ishtirok etgan harfli kubik yordamida o‘ynashlarini taklif etadi. Bunda bolalar doira bo‘lib turib oladilar va birinchi bola kubik tomonidagi rasm nomini aytadi (olma) va davradagi boshqa bolaga kubikni uzatadi. Ikkinchi bola kubikning boshqa tomonidagi rasm nomini aytadi (olcha) va davradagi boshqa bolaga kubikni uzatadi. O‘yin shu tariqa yana birinchi bolaga qaytib kelgunga qadar davom etadi. Masalan: olma, olcha, olxo‘ri, oymomo, ona…kabi.


Tarbiyachi “Zanjir” ta’limiy o‘yinidan so‘ng tarbiyalanuvchilarga O tovushining xususiyatlari haqida savol-javob o‘tkazadi:



  • O tovushi qanday tovush? (unli tovush)

  • O tovushi qanday talaffuz etiladi? (cho‘ziq)

  • O tovushi talaffuzida lab qanday shaklda bo‘ladi?

  • O tovushli qanday so‘zlarni bilib oldingiz?


Yüklə 9,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə