O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 9,95 Mb.
səhifə9/66
tarix28.11.2023
ölçüsü9,95 Mb.
#133016
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   66
катта гурух саводхонлик 2

­­­Mashg‘ulot jihozi : maktab tasviri, o‘quv qurollarining rasmi, texnika vositalari .
Mashg‘ulotning borishi.
I.Tashkiliy qism.
Bolalarni mashg‘ulotga tayyorligini tekshirish.
Qaysi mevali daraxtlarni bilasiz?
Nima uchun davlatimiz mevali bog‘ yaratishga katta e’tibor qaratmoqda ?
Mevalarning inson salomatligi uchun foydasini aytib bera olasizmi?
Bog‘bonlar bog‘da nima ishlar qilishadi?
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
“Bo‘lishi mumkin emas ” o‘yini. Doskaga poliz va daraxt rasmining kattalashtirilgan maketi osiladi . Poliz tasvirlangan maketga mevalarning maketi , daraxtga esa poliz ekinlari tasvirlangan maketlar ilingan bo‘ladi .
Polizda nimalar pishadi ? Daraxtda-ch i ?
Polizda nima bo‘lishi mumkin emas ?
Poliz deganda nimani tushunasiz ?
Dam olish daqiqasi .Qo‘shiq “Ayiqpolvon”
III. YAngi mavzu bayoni .
Ekranda maktab tasvirlari namoyish etiladi. Bolalarga ism qo‘yadilar. Sinf jihozlari nomini aytadilar va bo‘g‘inga boladilar.O‘quv qurollari rasmlari ekranda navbat bilan chiqadi va bo‘g‘inga bo‘lib talaffuz qilinadi .
Mashg‘ulotlik bilan ishlash .
Bolalarga guruh xonasiga oid rasmlar asosida savollar berib hikoya tuziladi .

Masalan: Bizning guruh. Guruh xonamiz keng va yorug‘.
Mashg‘ulotlikda berilgan qo‘g‘irchoq, robot, raketa so‘zlari bo‘g‘in tovushlarga ajratiladi .
IV. YAngi mavzuni mustahkamlash.
“Kim topag‘on ? ” o‘yinini o‘tkazish.
Boshlovchi bir so‘z aytadi, bolalar shu so‘zni oxirgi harfiga so‘z aytadilar. Bu zanjir usulidek bo‘ladi. Aytgan so‘zlarini bo‘g‘inlarga bo‘lishadi.
M: doska so‘zini bo‘g‘inga bo‘lib, nechta bo‘g‘in va tovush borligini aniqlaymiz.
Dos-ka : 2ta bo‘g‘in , 5 ta tovush ( d,o,s,k,a ) dan iborat .
V. Mashg‘ulotni yakunlash.
Mashg‘ulotda nimalarni bilib oldingiz ?
Mashg‘ulotda faol qatnashgan bolalarni rag‘batlantirish.



Yüklə 9,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə