O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 9,95 Mb.
səhifə7/66
tarix28.11.2023
ölçüsü9,95 Mb.
#133016
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   66
катта гурух саводхонлик 2

Mashg‘ulot metodi :Suhbat, tushuntirish, savol –javob, didaktik o‘yinlar .
­­­Mashg‘ulot jihozi:Poliz, daraxt rasmi , meva va poliz ekinlarining rasmi, texnika vositalari.


Mashg‘ulotning borishi.
I.Tashkiliy qism.
Bolalarni mashg‘ulotga tayyorligini tekshirish.
Qaysi mevali daraxtlarni bilasiz?
Mevalarning inson salomatligi uchun foydasini aytib bera olasizmi?
Bog‘bonlar bog‘da nima ishlar qilishadi?
Polizda nimalar pishadi ? Daraxtda-ch i ?
Hammamiz birgalikda mevalar nomini aytamiz . Anor , olma , shaftoli , olcha , uzum va boshqalar kiradi . Bular so‘zlardir . So‘zda nechta unli tovush bo‘lsa, shuncha bo‘g‘in bo‘ladi . Demak, unli tovush bo‘g‘in hosil qiladi .
Bog‘ tasvirlangan . Bog‘da kishilar mevalarni termoqdalar. Olma, anor, olcha, shaftoli , olxo‘ri, limon, ananas, banan, xurmo, uzum rasmlari ekranda navbat bilan chiqadi va bo‘g‘inga bo‘lib talaffuz qilinadi .

Bolalarga meva yig‘im-terimiga oid rasmlar asosida savollar berib hikoya tuziladi .


Masalan: Mana bog‘. Bog‘da mevalar pishdi.
Nok, uzum, behi, olxo‘ri, shaftoli so‘zlari bo‘g‘in tovushlarga ajratiladi .
Anor so‘zini bo‘g‘inga bo‘lib, nechta bo‘g‘in va tovush borligini aniqlaymiz
A-nor : 2ta bo‘g‘in , 4 ta tovush ( a, n , o , r ) dan iborat .
V .Mashg‘ulotni yakunlash.
Mashg‘ulotda nimalarni bilib oldingiz?
Anor so‘zida nechta bo‘g‘in va tovush bor?
Mashg‘ulotda faol qatnashgan bolalarni rag‘batlantirish.


4-MASHG‘ULOT
Mashg‘ulot mavzusi: Bo‘g‘in va tovush haqida tushuncha.
Ta’limiy maqsad : Bolalarga gap va so‘z, bo‘g‘in va tovush uzviyligi haqida tushuncha berish .
Tarbiyaviy maqsad :Bolalarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash , bog‘bonlik kasbining fazilatlari haqidagi tushunchalarini kengaytirish .
Rivojlantiruvchi maqsad: Bolalarda bog‘,bog‘bonlik haqidagi tushunchalarini shakllantirish, og‘zaki nutqini rivojlantirish, dunyoqarashlarini kengaytirish.

Yüklə 9,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə