O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 9,95 Mb.
səhifə4/66
tarix28.11.2023
ölçüsü9,95 Mb.
#133016
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
катта гурух саводхонлик 2

Tarbiyachiga eslatma:

Fikr ifodalashning, nutqning eng kichik birligi gapdir. Gap biror voqea-hodisa haqidagi xabarni, so‘roqni yoki buyruqni ifodalovchi sintaktik butunlikdir. Gapning asosini kesim va ega yoki faqat kesim bo‘laklariga aloqador grammatik asos tashkil etadi. Gap orqali nisbiy tugallangan fikr, tuyg‘u ifodalanadi. Gap hosil qilish uchun so‘z va so‘z birikmalarini grammatik jihatdan bog‘lash kerak. Uyga xursandlik bilan jo‘nadi. gapida -ga va bilan bog‘lovchi vositalar hisoblanadi. Bu gapning grammatik jihatdan shakllanganligidir.
Gap ohang jihatidan tugallangan bo‘lishi kerak. Bahor. Hamma yoq yam-yashil libos kiygan. Bu gapdagi Bahor so‘zi tugallangan ohang bilan aytilgani uchun gap hisoblanadi.
SHunday qilib, gapning quyidagi belgilari mavjud:
1. Muomalaning eng kichik birligidir.
2. Nisbiy tugallangan fikrni ifodalaydi.
3. Grammatik jihatdan shakllangan bo‘ladi.
4. Tugallangan ohang bilan aytiladi.
Demak, tugallangan ohang va fikrga ega bo‘lib, grammatik jihatdan shakllangan, muomalaning eng kichik vositasi hisoblangan yakka so‘z yoki so‘zlar yig‘indisi gap deb ataladi.



Quvnoq daqiqa.
”Mevali salat” mashqi o‘tkaziladi.
Bolalar doira hosil qilib o‘tiradilar. Tarbiyachi har bir bolaning qulog‘iga uchta mevadan bittasining nomini aytib chiqadi (olma, olcha, olxo‘ri). Tarbiyachi qaysi mevaning nomini aytsa, o‘sha meva nomini bilgan bolalar o‘rnilaridan turib joylarini almashtiradilar yoki tarbiyachi “Mevali salat” desa hamma bolalar joylarini almashtiradilar.
Bolalar ish daftari bilan ishlash.
Tarbiyachi: Bolalar ish daftaridagi syujetli rasm asosida gaplar tuzadilar.Tuzgan gaplarga mos gap andozalari chiziladi. Namuna: Mana bog‘. Bog‘da mevalar pishdi. Bolalar bog‘da olma teryaptilar.
. .
.

Yüklə 9,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə