Maktabgacha ta'lim muassasasida rasm chizishga o'rgatish



Yüklə 40,94 Kb.
səhifə1/14
tarix30.12.2023
ölçüsü40,94 Kb.
#165095
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Maktabgacha ta\'lim muassasasida rasm chizishga o\'rgatish-fayllar.org


Maktabgacha ta'lim muassasasida rasm chizishga o'rgatish

Maktabgacha ta'lim muassasasida rasm chizishga o'rgatish


  • Rasm chizish bolalarni tasviriy faoliyatga o'rgatishda asosiy o'rin egallaydi va uchta turni o'z ichiga oladi:

  • Alohida predmetlarni chizish.

  • Mazmunli rasm chizish.

  • Dekorativ rasm chizish.

  • Tasviriy faoliyatga o'rgatishning asosiy vazifasi - tevarak-atrofdagi borliqni tasavvur qilishda bolalarga yordam berish. Ularda kuzatuv-chanlikni rivojlantirmoq, estetik go'zallik hissini tarbiyalamoq hamda tasvirlab berish usullarini o'rgatmoqdir. Shu bilan birga, tasviriy faoliyatning eng asosiy vazifasi - ma'lum bir yosh uchun mos tasviriy materiallar bilan bolalarda turli xil predmetlarning turli timsollarini yaratish kabi ijodiy faoliyatini shakllantirish amalga oshiriladi.

Alohida predmetlarning rasmini chizish


  • Alohida predmetlarning rasmini chizish

  • Psixologlarning qilgantadqiqotlariga ko'ra, bitta predmetni boshqa predmetlar orasidan ajratib olish uchun bolaga shu predmetni idrok qilishga, predmetning shaklini bilishga yordam berar ekan. Shakllarning tasviriy jarayonidagi xatoliklar faqatgina bolaning noto'g'ri tushunchalari va ko'nikmalarning yetarli emasligi emas, balki predmetni to'g'ri idrok etishni bilmasligi bilan tushuntiriladi. Bolaning tasvirlay olish qobiliyati hali yaxshi rivojlanmagani uchun uning oldida fikr yuritib, tasvirlash kabi qiyinchiliklar ham turadi. Rasmda shakl to'g'ri kontur bilan chegaralab chiqilgan, lekin shu bilan birga, ishning 1-bosqichlari chiziqlarni to'g'ri, aniq chizish va konturlarning (aniqlash) tasviri, rasmda ishlash jarayonining vazifasi bo'lib hisoblanmaydi. Agar umumiy shakl topilmagan bo'lsa, konturni to'g'ri chiziq bilan chizib bo'lmaydi, chunki u har doim o'zgaruvchan, shunga qarab uni chizish ham o'zgaradi, ya'ni natijasi, rasmning pxiri, yo'nalishi ham o'zgaruvchandir.

  • Rassom predmetni tasvirlayotganda avval asosiy shaklning belgilarini qog'ozda belgilab oladi. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolaga, ayniqsa, 3-4 yoshli bolaga tasvirlashning bunday usuli juda qiyin, chunki u predmetni butunligicha tasavvur qila olmaydi. Unga predmetni asta-sekinlik bilan bir tomonga chizish osonroq. Tasvirlashning bu usuli bolaning ishini osonlashtiradi. Oldin bitta bo'lagini tanlab, naturadagi keyingi bo'lagini eslab yoki ko'rib, shu bo'lagini bo'laklarga bo'lib, rasm chizishni davom ettiradi. Asta-sekinlik bilan bolalarga rasmning umumiy belgilarini qog'ozga tushirib chizishni o'rgatish zarur, chunki rasmni bo'laklarga ajratib chizishning o'ziga xos qiyinchiligi bor. Bunda kerakli shaklning asosiy bo'laklari va ikkinchi darajali bo'laklarning o'zaro joylashishlari va fazodagi o'rinlarini aniq proportsional holatda chizish, aniqlash qiyin bo'ladi. Hamma yosh guruhlar uchun rasm chizish faoliyatiga o'rgatishning asosiy umumiy vazifalari quyidagilar:

Yüklə 40,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə