Maktabgacha ta'lim muassasasida rasm chizishga o'rgatish



Yüklə 40,94 Kb.
səhifə3/14
tarix30.12.2023
ölçüsü40,94 Kb.
#165095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Maktabgacha ta\'lim muassasasida rasm chizishga o\'rgatish-fayllar.org

Dekorativ rasm chizish.


  • Dekorativ rasm chizish.

  • Dekorativ rasm chizish tasviriy faoliyatning boshqa turlari kabi bolada estetik tuyg'uni rivojlantiradi. Bolalarni xalq amaliy san'ati namunalari bilan tanishtirishda tarbiyachi ularda vatanparvarlik ruhini shu san'at asarlarini yaratayotgan odamlarning mehnatiga hurmat kabi tuyg'ularni tarbiyalash kerak.

  • Dekorativ rasm chizish quyidagi umumiy vazifalarni o'z ichiga oladi.

  • Bolalarda naqshning turlicha shakllari bilan bog'liq holda kompozitsion hisni shakllantirish.

  • Rang qobiliyatlarini rivojlantirish.

  • Xalq amaliy san'atining turlarini, usullarini farqlashga va ularning alohida elementlaridan bolalarning o'z ijodida foydalanishga o'rgatish.

  • Qalam va mo'yqalam bilan chizishning texnik ko'nikmalarini mustahkamlash.

  • Bolalarni dekorativ rasm chizishga o'rgatishda tarbiyachi ularda naqsh komponentlarining o'zaro bog'liqligini, rangini, kompozitsiyasini shakl elementini ko'rishga o'rgatadi. Dekorativ rasm chizishda rang qobiliyatining rivojlanishi asosiy masala bo'lib hisoblanadi.

  • Bir yoshdan uch yoshgacha bo'lgan bolalar guruhida rasm chizish malakasining hosil bo'lishi va rivojlanishi. Maktabgacha tarbiya muassasalarida rasm chizishga o'rgatish 2 yoshdan boshlanadi. Bu davr bolalarni- tasviriy faoliyatga tayyorlash davri hisoblanadi. Bu davrda bolalar qalamni ushlash va qog'oz ustida yuritishga o'rganadi. Lekin bu jarayonda rivojlanmaydi, bola qalamni to'g'ri ushlashni bilmaydi, tarbiyachi asta-sekin uni qalamni to'g'ri ushlashga odatlantiradi, bunda bolani bajarayotganligi emas, balki qalamning harakati, uning uchi bilan qog'oz betiga taqillatishi qiziqtiradi. Qalam bilan to'g'ri turli xil shtrixlar, nuqtalar chizadi, qog'oz betida turli harakatlar qiladi, keyin sodda chiziqlar asta-sekin murakkablashadi. Bu vaqtda bola qog'oz ustiga tushirilgan turli xil izlarni ko'rib, xursand bo'ladi. Shuning uchun bu davr «Ala-buji» davr deyiladi. Bu davr bolada tasviriy faoliyatini vujudga keltirishga ta'sir ko'rsatadi. Bu guruhda maktabgacha ta'lim-tarbiya dasturi guruhli mashg'ulotlarni talab qilmasa-da, agar bolalar xohlashsa, ularni stol atrofiga o'tirg'izib, rasm chizdirishga imkon yaratish mumkin.

Yüklə 40,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə