Tarix 9-sinf



Yüklə 72,77 Kb.
tarix31.05.2022
ölçüsü72,77 Kb.
#88467
q


Tarix 9-sinf
1-BILET 1. Qadimgi Misr va Qadimgi Xitoy sivilizatsiyalarini taqqoslang. Misr, Mesopotamiya va Hindistondagi kabi Xitoyda ham qadimgi sivilizatsiyalar Xuanxe va Yantszi degan katta daryolar bo’ylarida vujudga kelgan. Mil. avv. 3-ming yillikning oxirlarida qadimgi Xitoy hududida ilk davlat Xuanxe daryosining o’rta oqimida paydo b’oladi. Bu davlatni Sya sulolasi hukmdorlari boshqarib turganlar. Shan qabilasining boshlig’i Sya sulolasi podshosini taxtdan ag’darib, davlatni o’ziga bo’ysundir- gan. Shu tariqa davlat nomi ham uning bosh shahri nomi kabi «Shan» deb atal- gan. Mil. avv. 3-ming yillikning Shan- ga qo’shni chjou qabilasi bostirib kiradi, uning hukmdori Shan yerlarini o’zinikiga qo’shib oladi va «Chjou» degan katta davlat- ni bunyod etadi. Davlat ulkanligi bois hukm- dorlar uni «Osmon ostidagi podsholik», o’zlarini esa «Osmon o’g’illari» deb atash- gan. Butun Shimoliy Xitoy ana shu davlat tarkibiga kirgan. Misrning XIX asr oxiri — XX asr boshlaridagi tarixi Turkiya hukmronligidan ozodbo’lish va inglizlarning mustamlakachiliksiyosatiga qarshi kurash bayrog’i ostida o’tgan o’zgarishlar davribo’ldi. Musulmon ruhoniylaridan al-Azhar madrasasida mudarris bo’lganJamoliddin al-Afg’oniy va uningshogirdlari milliy-ozodlik harakatidakatta obro’ qozonishdi. Ular barchamusulmonlarni mustamlakachilarga,Turkiya zulmiga qarshi birlashuvga,konstitutsiyaviy tuzum o’rnatilishigachaqirdilar. 1871-yilda Jamoliddin al-Afg’oniy ―Xizb ul-Vatan‖ (‘Vatanpartiyasi―) partiyasini tuzdi. Bupartiya chet elliklarga qarshi ‘Misrmisrliklarniki― shiori ostida kurashdi.’Vatan―chilar hukmdor (Hadiv)ning huquqini cheklovchi konstitutsiya uchun kurashdilar. 1882-yil 7-fevral kuni Hadiv yangiqonunga imzo chekishga majbur bo’ldi. Unga ko’ra, hukumatDeputatlar palatasiga bo’ysunadigan, parlament budjet ustidannazorat qilish huquqini oladigan, birorta qonun deputatlar palatasiruxsatisiz qabul qilinmaydigan bo’ldi. Bularning hammasi feudal mustabid tuzumidan burjua parlament tuzumiga o’tish yo’lidagikatta g’alaba edi.Chet elliklar Misr hukumatiga ultimatum yuborib, amaldagihukumatni tarqatishini talab qildilar. Mustamlakachilarning butalabi bajarilmadi. Bunga javoban Buyuk Britaniya 1882-yildaIskandariyani to’plardan o’qqa tutdi. Uning desanti shaharni egalladi. Bunga qarshi, Misr qo’shini rahbarlaridan biri AhmadOrabibey Qohirada oliy davlat organi — Muvaqqat kengash tuzdi.U 60 ming kishilik qo’shin to’pladi. Ko’p o’tmay inglizlarSuvayshni bosib oldilar va Qohiraga yurish boshladilar. 1882- yilsentabrda Misr qo’shinlari yengildi. Polkovnik Ahmad OrabibeySeylon oroliga umrbod surgun qilindi. Shunday qilib, Misr BuyukBritaniya mustamlakasiga aylandi. 2. Napoleon Bonapartning Yevropa tarixidagi tutgan o’rni haqida fikr bildiring. Napoleon Bonapart (frans. Napoléon Bonaparte, ital. Napoleone Buonaparte; 1769-yil 15-avgust — 1821-yil 5-may) — fransuz inqilobining oxirgi bosqichlarida va Fransuz inqilobi urushlarida mashhurlikka erishgan fransuz qoʻmondoni va siyosiy yetakchisi. Napoleon i, Napoleon Bonapart (1769.15.8, Ayachcho shahri, Korsika o. — 1821.5.5, Muqaddas Yelena o.) — fransuz davlat arbobi va sarkardasi, Fransiya Respublikasining birinchi konsuli (1799—1804), Fransiya imperatori (1804—14 va 1815). 10 yoshida Fransiyaning Oten kollejiga kirgan, soʻng oʻsha 1779 yilda Briyenn harbiy oʻquv yurtiga koʻchirilgan. 1784 yil mazkur oʻquv yurtini muvaffaqiyatli tamomlab, Parij harbiy maktabiga (1784—85) oʻtgan. 1785 yil podporuchik unvonida armiya xizmatini boshlagan. Maxsus, umumiy ilmiy, falsafiy, siyosiy, badi-iy adabiyotni oʻqib oʻrgangan. Ilgʻor fransuz maʼrifatparvarlari ruhida tarbiyalangan H.I 1789 yil Buyuk fransuz inqilobini iliq kutib olgan.U inqilob qoʻlga kiritgan demokratik yutuqlarni bekorga chiqargan. Ammo, iqtisodiy sohada inqilob samaralarini, shu jumladan, mulkni qayta taqsimlash tadbirini himoya qilgan, sanoat va savdoning rivojlanishiga katta eʼtibor bergan. 1800 yil fransuz bankiga asos solgan. 3. “Miniatura” atamasiga izoh bering. Miniatura (frans. miniature; lot. minium — qizil boʻyoq) — badiiy usullari oʻta nafis boʻlgan kichik hajmli (moʻʼjaz) tasviriy sanat asarlari. Oʻrta asr qoʻlyozmalarini ziynatlash uchun yaratilgan nafis moʻʼjaz rasmlar, shuningdek, suyak, pergament, magʻzi soxta (toshqogʻoz), metall, chinni, baʼzan maishiy buyumlar (tamakidon, soat, uzuk va boshqalar)ga ishlangan kichik hajmdagi rangtasvirga ham M. atamasi qoʻllanadi
2-BILET 1. Ilk o’rta asrlardagi Xorazm va Xioniylar davlatini taqqoslang. Xorazm davlatining tashkil topishi. Zaiflashib borayotgan Qang’ davlatidan birinchi bo’lib Xorazm ajralib chiqadi. Uni mahalliy afrig’iylar sulolasiga mansub xorazmshohlar idora qila boshlaydi. III asr o’rtalarida Xorazm davlatining poytaxti hozirgi Qoraqalpog’istonning ellikqal‘a tumanida joy lashgan qadimgi Tuproqqal‘a shahar xarobasining o’rnida bo’l gan. Milodiy 305-yilda Xorazmshoh Afrig’ o’z qarorgohini Xo razm ning qadimgi Kat shahriga ko’chiradi. Kat qayta tik- lanib, shoh o’ziga yangi saroy qurdiradi. 305-yildan boshlab, Xorazmning afrig’iy shohlari kumush tangalarzarbetganlar. ngalarining oldi tarafiga shoh surati, orqasiga esa suvoriy surati tushirilgan. Kumush tangalarning zarb etilishi mamlakatning ichki va tashqi savdo munosabatlarini mustahkamlagan. Hukmdorlar ―Xorazmshoh‖ un voniga sa zo vor bo’lishgan. Ayrim manbalarga qaraganda ―Xorazms hoh lar‖ unvonini dastlab siyovushlar sulolasi qabul qil gan. III asrda Xorazm hududida bir nechta mayda hokimliklar mavjud bo’lgan. Tuproqqal‘adan qo’lida burgut qo’ndirilgan toj dor hukmdor yoki Anqaqal‘a yaqinidan esa qo’lida lochin tutgan tojdor kishi tasviri tushirilgan tanganing topilishi, shubhasiz, hukm ronlik ramzidan dalolat beradi. Xorazmda sug’orma dehqonchilik, hunarmand chilik, chorva chilik va savdo-sotiq, ilm-fan, san‘at, xususan, hay kal ta roshlik yuqori darajada rivoj topgan. Xorazm xioniylar, kidariylar, eftallar hamda Turk xoqonligi davrida ham o’zining siyosiy mustaqilligini saqlab qoladi. Xorazm Vizantiya va turklar bilan dip lo matik aloqalar olib borgan. Xioniylar davlati. IV asrning 70-yillaridan V asrning ik- kin chi yarmigacha O’rta Osiyoda xioniylar hukmronlik qilgan. Bu davlatga turkiy qabilalardan xioniylar asos solgan bo’lib, davlatning markazi Zarafshon vohasida bo’lgan. Xioniylar dastlab Zarafshon vohasini egallab, Janubga harakat qilishgan va ancha zaiflashib qolgan Kushon podsholigi o’rnini egallagan. Markazi Toxariston bo’lgan Shimoliy Hindiston, Afg’oniston, Xurosonning bir qismini ham o’z ichiga olgan Xioniylardav latini barpo qilishgan. Ushbu davlat 120 yildan oshiqroq faoliyat yuritgan. 2. Amir Temurning dunyo tarixidagi tutgan o’rni haqida mulohaza yuriting. Amir Temur 1336-yil 9-aprelda qadimgi kesh viloyatidagi(xozirgi shahrisabz)yakkabog‘ tumanida(Xo`ja ilg`or qishlog`ida) tug`uladi. Uning to`liq ismi Amir Temuribn Amir Tarag‘ay ibn Amir Barqul. Onasi Takinaxotun. Shayx Shamsiddin kulolTemurbekning piri bo`lgan.Amir temur mohir chavandoz va jangchi bo`lgan. AmirTemurning asosiy maqsadi markazlashgan davlat tuzish edi. Bu maqsadga 1370-yil 11-aprelda erishadi ungacha esa 1365-yil tarixda mshxur bo`lgan loy jangidaIlyosxo`jaustidan g`alaba qozonadi. Amir Temur birin ketin hududlarni qo`lga kirita boshlaydi.Jumladan sharqiy tirkiston tomon bir necha martayurish qiladi. Mug`ullarga zarba berib Farg`ona, O`tror, Yassi va Sayramni bosib oladi. Hisor Badaxshon, Qunduzni hamegallaydi, 1381-yil Hirot, Seiston, Mazondaronni egallaydi. Shundan so`ng Saraxs, Jom,qavsiya, Sabzavor shaharlarini jangsiz egallaydi. Xorazmga 5 marta yurish qilib 1382-yilda egallaydi.Amir Temur tarixda 3 yillik (1386-1388) 5 yillik (1392-1396) va 7 yillik (1399-1404) yurishlarni amalga oshiradi. Bu yurishlar davomida Eron,Ozarbayjon,Iroq, Suriya, Kavkaz kabi hududlarni egallaydi. U 1402-yil Usmoniylar imperiyasihukmdori Boyazid bilan Anqara jangida to`qnashadi va g`alaba qozonib, EvropaniUsmoniylardan asrab qolib, Yevropa haloskori nomiga sazovor bo`ladi. Amir Temur 1405-yil 18-fevralda Xitoyga bo`lgan yurishida halok bo`ladi. 3. “Oligarxiya” atamasiga izoh bering. Oligarxiya (yun. oligarchia — ozchilik hokimiyati) — davlat boshqaruv shakli; unda siyosiy va iqtisodiy hukmronlik aristokratlar yoki boylarning kichik guruhi tomonidan amalga oshiriladi
3-BILET 1. Somoniylar va G’aznaviylar davlatini o’zaro taqqoslang. Arab xalifasi Horun ar-Rashid vafotidan so'ng uning o'g'illari Ma'mun va Amin o'rtasida taxt uchun bo'lgan kurashda Ma'munga yordam berganliklari uchun Somonxudotning nabiralari ayrim shahar va viloyatlarga noib qilib tayinlanadilar. Chunonchi, Nuhga Samarqand, Ahmadga Farg'ona, Yahyoga Shosh va Ustrushona, Ilyosga Hirot tegadi. Buning evaziga aka-uka Somoniylar Movarounnahrning har yilgi xirojidan juda katta mablag'ni tohiriylar orqali xalifa xazinasiga yuborib turadilar. 9-asrda Movarounnahrning siyosiy hayotida o'zgarishlar yuz berib, yurtga avval Nuh, so'ngra Ahmad boshchilik qiladi. Har biri hukmronligi davrida o'z nomlaridan chaqa tangalar zarb ettiradilar. Ahmad vafotidan (865) keyin uning o'g'li Nasr Samarqandni markazga aylantiradi. U Movarounnahrning barcha viloyatlarini birlashtirish va uni Xurosondan ajratib olish choralarini ko'radi. 9-asrning oxirgi choragida Movarounnahrning deyarli barcha viloyatlari somoniylar tassarufiga o'tadi. Nasr butun Movarounnahrning hukmdoriga aylanadi va kumush dirham zarb etadi. Ko'p o'tmay aka-uka Nasr va Ismoil o'rtasida toj-taxt uchun kurash boshlanadi. Unda Ismoil g'olib chiqadi. Ismoil Somoniy 888-yilda butun Movarounnahrni o'z qo'l ostiga birlashtirdi va mustahkam davlat tuzishga intildi. Shimoli sharqiy hududlarga yurish qiladi va 893-yilda Taroz shahrini zabt etib, dashtliklarga qaqshatqich zarba beradi. Movarounnahr aholisining mustaqillikka erishishi Arab xalifalariga yoqmas edi. Shu boisdan xalifalik safforiylar bilan somoniylarni to'qnashtirishga va ularning har ikkisini ham zaiflashtirib, bu boy viloyatlarda o'z ta'sirini qayta tiklashga qaror qiladi. Xalifa Mu'tazid safforiylar hukmdori Amr ibn Laysga Xuroson bilan birga Movarounnahr ustidan ham hukm yuritish huquqi berilgani haqida farmon chiqaradi va uni Ismoilga qarshi gijgijlaydi. Natijada 900-yilda ular o'rtasida urush boshlanib, Ismoilning g'alabasi bilan tugaydi. Butun Xuroson somoniylar qo'l ostiga o'tadi. Noilojlikda xalifa Ismoilga hukmdorlik yorlig'ini yuborishga majbur bo'ladi. Ismoil Somoniy butun Movarounnahr va Xurosonni o'z qo'l ostida birlashtiradi va Buxoro shahri bu ikki davlatning poytaxtiga aylanadi. Gʻaznaviylar — Xuroson, Shimoliy Hindiston hamda qisman Movarounnahr va Xorazmda hukmronlik qilgan turkiy sulola (962—1186). Gʻaznaviylar davlatini boshqargan. Sulolaga somoniylar lashkarboshisi Attegin asos solgan. Sulola nomi davlat poytaxti Gʻazna shahridan olingan. Somoniylar davrida mamlakatning siyosiy hayoti va harbiy qoʻshinda turk gʻulomlari katta rol oʻynagan. Somoniy amirlari koʻplab turk gʻulomlarini saltanatga qilgan xizmatlari evaziga siylab, ularni turli viloyatlarga noib qilib tayinlashgan. Iqtidorli lashkarboshi Alptegin Gʻazna va Kobul viloyatlarini 962- yildan mustaqil boshqarishga intilgan. Alpteginning oʻlimi (963)dan soʻng oʻgʻli Ishoq va gʻulomi Bilgategin, shuningdek, Piritegin hukmronlik qilgan davr (963—977 yillar)da Gʻaznaviylar mulki kengaymay turgan. Alpteginning kuyovi va sobiq gʻulomi Sabuktegin hukmronligi davrida (977—997) esa Gʻaznaviylar sulolasi mustaqil siyosiy kuch sifatida Somoniylar tomonidan eʼtirof etilgan. Sulola shuhratini Sabukteginning oʻgʻli Mahmud Gʻaznaviy eng yuqori choʻqqiga koʻtargan. Sulola hukmdorlari avval amir, soʻngra sulton (Mahmud Gʻaznaviydan boshlab) va shoh (Bahromshohdan boshlab) deb atalganlar. Gʻaznaviylar hukmdorlari quyidagilardan iborat boʻlgan: Alptegin (962-963), Ishoq (963-966), Bilgategin (966—972), Piritegin (972— 977), Sabuktegin (977—997), Ismoil (997-998), Mahmud Gʻaznaviy (998-1030), Muhammad (1030), Masʼud Gʻaznaviy (1030-41), Mavdud (1041-48), Masʼud II (1048), Ali Abul Hasan (1048-49), Abdur Rashid (104953). Toʻgʻrul (1053), Farruxzod (1053-59), Ibrohim (1059-99), Masʼud III (10991114), Sherzod (1114-15), Arslon (111518), Bahromshoh (1118-52), Xusravshoh (1152—60), Xusrav Malik (1160—86). 2. Buyuk Karlning harbiy yurishlari. Buyuk Karl (742.2.4814.28.1) -franklar qiroli (768 yildan), imperator (800- yildan), karolinglar sulolasi uning nomi bilan atalgan. Uning bosqinchilik urushlari (773—774 yillarda Italiyadagi Langobard qirolligiga, 772—804 yillarda sakslar yeri va boshqalarga qarshi) natijasida katta imperiya vujudga kelgan. B. K.ning olib borgan siyosati (cherkovga homiylik qilish, sud va harbiy islohotlar va boshqalar) Gʻarbiy Yevropada yangi ijtimoiy munosabatlarning shakllanishida muhim boskich boʻlgan. B.K.ning imperiyasi uning vafotidan soʻng bir oz vaqt oʻtgach, parchalanib ketgan. Buyuk Karl 742 yili tug’ilgan u sulola asoschisi Pipin Pakananing o’g’li bo‘lib, Franklar qirolligini 46 yil boshqargan. ―Buyuk‖ nomi tarixchilar tomonidan 53 marotaba harbiy yurishlar qilganligi sabab berilgan. U yirik saltanat tuzadi. Karl haqida ko’plab hikoyalar, asarlar, afsonalar, rivoyatlar va qo’shiqlar yaratilgan. Uning ismidan ―korol‖ ya‘ni ―qirol‖ unvoni kelib chiqqan. Buyuk Karl 773-yili german qabilasi langobardlarga qarshi jang boshlaydi, langobardlar qiroli Dezideriy mag’lub etiladi. Karlning jiyani Roland Arab xalifaligi istilo qilgan Ispaniyaga qarshi jangda halok bo’ladi. 3. “Kartel” atamasiga izoh bering. Kartel (italyancha — qog’oz, hujjat) — bir tarmoqdagi mustaqilkompaniyalar, firmalarning ishlab chiqarish va sotishning umumiyhajmlari, narxlari, sotish bozorlari, har bir ishtirokchining ulushiva boshqalar to’g’risidagi bitim asosida tashkil etilgan tuzilma.
4-BILET 1. G’arbiy Turk va Sharqiy Turk xoqonligini o’zaro taqqoslang. Gʻarbiy Turk xoqonligi - Qora dengiz va Dondan Tyon-Shon va shimoliysharqiy Hindiston sharqiy shoxlariga qadar joylashgan dastlabki oʻrta asr turkiy davlati (603-704). Xoqonlikning gʻarbiy mulki janubiy-sharqiy Evropaning dashtlariga etib bordi. Davlatning uzagini Ettisuv viloyati tashkill qilgan. Uni Ashina sulolasidan boʻlgan kagonlar boshqargan. Xazar xoqonligi undan ajralib chiqdi. Xoqonlik oʻzining qudratining eng yuqori choʻqqisiga Sheguy xoqon (610-618 yillarda) va uning ukasi Tun-yobgʻu-xoqon (618-630 yillarda) davrida erishgan. Toxariston va Afgʻonistonga yangi yurishlar davlat chegaralarini Hindistonning shimoli-gʻarbiy qismigacha kengaytirdi. Tun-yobgʻu xoqon maʻmuriy islohotni amalga oshirdi va oʻlpon yigʻishni nazorat qilish va nazorat qilish uchun mintaqadagi oʻz vakillari - tudunlarni tayinladi. Tun yobgʻu xoqon va Sheguy xoqon (610-618) davrida Xoqonlik Oltoyda, Tarim daryosi havzasida va Amudaryo boʻyida chegaralarni tikladi. Suyab va Ming-Buloq Gʻarbiy Turk xoqonlarining qarorgohiga aylandi. Vizantiya imperatori Tun-yobgʻu bilan ittifoqda xoqonn 626 yilda Sosoniylarga qarshi urush boshladi. 626 yilda turkiy qoʻshinlar Tiflisni egallab oldilar. Biroq, Vizantiya va Eron oʻrtasida tinchlik shartnomasining tuzilishi Tun-yobgʻu xoqonni harbiy harakatlarni toʻxtatishga majbur qildi. 630 yilda Ton-Yobgʻu xoqon amakisi Sibir Xon tomonidan uyushtirilgan fitna natijasida oʻldirildi. Tez orada u ham oʻldirildi. 630 yilda boshlangan taxt uchun kurash uzoq davom etgan urushga aylandi. 580-yillarga kelib xoqonlikda ichki nizolar, taxt talashuvlar avj oladi. Bu ishga Xitoyning Suy sulolasi ham aralashadi. Shundan soʻng xoqonlik bir muddat Oltoy togʻlarining sharqidan to Uzoq Sharqqacha boʻlgan hududni, yaʼni Jan. Sibir, Urxun havzalari (Moʻgʻuliston), Shim. Xitoy hududlarini oʻz ichiga oluvchi Sharqiy Turk xoqonligi va Oltoy toglarining gʻarbidagi xoqonlikka qaram oʻlkalarni oʻz ichiga oluvchi markazi Yettisuv boʻlgan Gʻarbiy Turk xoqonligi ga boʻlinib ketadi. Markazi Oʻtukan vodiysi (Moʻgʻuliston) boʻlgan Sharqiy Turk xoqonligi Shibi xoqon (609—619) davrida Xitoy (Suy) imperiyasiga qarshi jang olib boradi. U 615 yilda Xitoyga yurish qilib Yaymin (Ordos) viloyatida imperator Yandini qurshovga oladi. Yaymindagi 41 qalʼadan 39 tasi Turk xoqonligi qoʻliga oʻtadi. 618 yilda Suy sulolasini agʻdarib, uning oʻrnini egallagan Tan sulolasining ishlariga ham Shibi xoqon aralashadi. U bu paytgacha sharkda kidan va shivey qabilalarini, Jan.Gʻarbda Tuguxun (Togon) davlati hamda Turfon oʻlkasini boʻysundirgach, Xuanxe daryosini kechib oʻtib, Xitoy hududiga kirgan vaqtda vafot etadi. TaxtgaElxoqon (xitoy manbalarida Xyelixan; 620—630) oʻtiradi va 10 yil davomida, asosan, Xitoy bilan kurash olib boradi. 2 marta, 624—626 yillarda poytaxt Chananni qurshab oladi. Uning oʻlimidan soʻng Sharqiy Turk xoqonligi 50 yilga yaqin Xitoyga karam boʻlib qoladi. Oʻz davrida "Oʻn Oʻq xoqonligi" deb yuritilgan Gʻarbiy Turk xoqonligi Istamining oʻgʻli Tardu xoqon (576—603) Sosoniylar Eroniga qarshi janglar olib borib, gʻarbda oʻz hokimiyatini kuchaytirdi. Uning oʻgʻli Sheguy xoqon (610— 618) davrida xoqonlik qoʻshinlari jan.gʻarbiy hududlarda faol harakat yurita boshlaydi. U Eronning shim.sharqiy viloyatlariga xujum uyushtirib, sosoniylar ustidan yirik gʻalabaga erishadi va Isfahon, Ray kabi shaharlarni qoʻlga kiritadi. Uning inisi Tun yabgʻu (Tunshexu; 618—630) xoqonlikning gʻarbdagi nufuzini yanada mustahkamlaydi. U hukmronlik qilgan davrda Turk xoqonligi ning chegarasi gʻarb va jan.gʻarbda, Jan.Sharqiy Yevropa dashtlari, Kavkaz, Volgaboʻyi, Gurgon, Marv, Hind daryosining yuqori havzalari, Shim. Hindiston va Afgʻonistonning aksariyat viloyatlarini oʻz ichiga olardi. Uning shad unvonli oʻgʻli boshchiligidagi xoqonlik qoʻshinlari Vizantiya imperatori Irakliy bilan birgalikda 627—628 yillarda Jan. Kavkazga safar uyushtiradi va bu yerdagi sosoniylar qoʻshinini yengib, Tbilisi shahrini qoʻlga kiritadi. Tun yabgʻu gʻarbiy hududlarda xrkimiyatni mustahkamlash maqsadida qarorgohini Shosh vohasining shimolidagi Mingbuloq (xitoycha Syantsyuan) mavzesiga koʻchiradi va boshqaruvda islohotlar oʻtkazib qaram oʻlkalarga turkiy tudun va eltabar unvonli vakillar joʻnatadi. 2. Pyotr I ning Rossiya tarixidagi tutgan o’rni haqida fikr bildiring. Pyotr I [1672.30.5(9.6), Moskva – 1725.28.1(8.2), Peterburg] – rus podshosi (1682-yildan), Rossiyaning 1-imperatori (1721-yildan). Podsho Aleksey Mixaylovich (1629–76)ning kichik oʻgʻli. Rossiyaning davlat, harbiy va madaniyat arbobi, diplomat. Davlatni boshqarishda bir necha islohotlar oʻtkazgan (senat, kollegiyalar, oliy davlat nazorati va siyosiy qidiruv organlari tuzilgan; cherkov davlatga boʻysundirilgan; mamlakat gubernalarga boʻlingan; yangi poytaxt – Sankt-Peterburg qurilgan). Rossiyaning Gʻarbiy Yevropadagi ilgʻor davlatlardan ortda qolganligiga barham berish uchun sanoat va savdo sohasida merkantilizm siyosati oʻtkazgan (manufakturalar, metallurgiya, konchilik zavodlari, kemasozlik korxonalari, pristanlar, kanallar qurishga rahnamolik qilgan). 1695–96-yillarda Azov yurishlarida, 1700–21-yillarda Shimoliy urush va boshqalarda armiyani boshqargan, Noteburgni olishda (1702), Lesnaya daryosi (1708) va Poltava jangi (1709)da qoʻshinlarga qoʻmondon boʻlgan. Flot va muntazam armiya tuzishga rahbarlik qilgan. Mutlaq hokimiyat tizimining yirik mafkurachisi sifatida dvoryanlarning iqtisodiy ahvolini yaxshilash va siyosiy mavqeini mustahkamlashga yordam bergan. Pyotr I tashabbusi bilan bir qancha oʻquv yurtlari, FA ochilgan, diniy-slavyan alifbosi oʻrniga grajdan alifbosi qabul qilingan va h.k. Pyotr I islohatlari moddiy imkoniyatlar va odam kuchini qattiq ekspluatatsiya qilish, xalq ommasini ezish (jon soligʻi va boshqalar) hisobiga oʻtkazilganki, natijada, bunga qarshi qoʻzgʻolonlar (Streletslar, 1698; Astraxan, 1705–06; Bulavin, 1707–09 va boshqalar) boʻlib hukumat tomonidan ayovsiz bostirilgan.. 3. “Demobilizatsiya” atamasiga izoh bering. Demobilizatsiya — harbiy xizmatdan bo’shatish.
5-BILET 1. Movarounnahr haqida ma‟lumot bering. 651-yili arablar jangsiz Marv shahrini egallaydilar. So’ngra hozirgi Afg’onistonning shimoliy, eronning shimoli sharqiy qismi hamda Janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo’lgan hududlar istilo qilinadi. Arablar bu hududlarni Xuroson deb ataganlar. Uning markazi Marv shahri edi. Bu viloyatni boshqarish uchun maxsus noib tayinlanib, u Marvda turar edi. Arablar bu yerda o’rnashib olgach, Amudaryodan shimolda joylashgan boy viloyatlarni zabt etishga tayyorgarlik ko’radilar.Bu yerlarni arablar Movarounnahr, ya‘ni ―Daryoning narigi tomoni‖ deb atadilar. 2. Ivan Grozniyning Rossiya tarixidagi o’rni haqida fikr bildiring. Ivan Grozniy (1533—1584)davrida Rossiyaning mavqeyi kuchaya bordi. Ivan Grozniy davridaQozon xonligi (1552), Hojitarxon xonligi (1556), Volga bo’ylariva G’arbiy Sibir hududlari Rossiya tomonidan bosib olingan edi.Bu hoi Rossiyaga savdo yo’llarininazorat qilish imkonini berdi.Volga atrofidagi viloyatlarda savdo-sotiq ishlarini olib borish Buxoro xonligidan kelgan savdogarlaruchun ancha qulay edi. Ularga engyaqin qo’shni mamlakat Rossiyabo’lib qolgandi. Bu hoi ko’p jihatdan Qozon tatarlari hamda boshqirdlarga din va til yaqinligi bilanizohlanar edi. Shuning uchun hamAbdullaxon II tomonidan 1557—1558- yillarda Moskvaga elchilaryuborilgan. Elchilar Astraxan orqaliMoskvaga borib, Ivan Grozniyhuzurida bo’ladilar. Ular o’z xonlarinomidan savdogarlaming Volga bo’ylab erkin o’tishlariga ijozatso’raydilar. Elchilar Moskvadan juda ko’p o’qdori, ov quslrlariva matolar bilan qaytgan. 3. “Parij Kommunasi” atamasiga izoh bering. Parij Kommuna – Fransiyada tuzilgan kunio’zini o’zi boshqarish organi.
6-BILET 1. Qadimgi Mesopatamiya hamda yunon sivilizatsiyalarini taqqoslang. Mesopotamiya (yun. μέσος (mezos) - "orasi", "oʻrtasi" va ποταμός (potamos) - "daryo", yaʼni "ikki daryo oraligʻi") Tigr va Yevfrat daryolari orasidagi mintaqa boʻlib, asosan hozirgi Iroq hamda shimoli-sharqiy Suriya, janubi-sharqiy Turkiya va gʻarbiy Eron hududlariga mos keladi. Mesopotamiya (Ikki daryo oraligʻi) — Dajla va Furot daryolarining oʻrta va quyi oqimidagi hudud (Gʻarbiy Osiyoda). Qad. Sharqning madaniy markazlaridan biri. Miloddan avvalgi 4—3ming yillikda M. hududida ilk davlatlar (Ur, Uruk, Lagash va boshqalar) vujudga kelgan.[1] Mesopotamiya baʼzan "tamaddun beshigi" deb ataladi, bunga sabab bu mintaqada Shumer, Akkad, Bobil va Ossuriya saltanatlari boʻlganligidir. Temir asrida Mesopotamiya Yangi Ossuriya va Yangi Bobil imperiyalari, keyinchalmk Axamoniylar hukmronligi ostida boʻldi. VII asr Islom istilosigacha Sosoniylar tomonidan boshqarilgan bu hudud istilodan soʻng Iroq degan nom bilan ataladigan boʻldi. 2. Buxoro amiri Amir Nasrulloxon haqida ma‟lumot bering. Nasrullaxon (1806.1.6 - Buxoro 1860.21.9) — Buxoro amiri (1826 — 1860), mangʻitlarlan. Amir Haydarning oʻgʻli. Otasining hukmronligi davrida Qarshida hokimlik qilgan. Amir Xaydar vafotidan soʻng hokimiyat uchun kurashlarda akalari amir Husayn (1797— 1826) va amir Umar (1826 yil v.e.)ni oradan koʻtarib, Buxoro taxtiga oʻtiradi (1826). Nasrullaxon oʻz hukmronligi davrida islom shariati koʻrsatmalariga qatʼiy amal qilgan. Nasrullaxon jasur va dovyurak kishi boʻlganligi bois unga "bahodir", "botir" unvonlari berilgan. Nasrullaxon davlat hokimiyatini mustahkamlash maqsadida urugʻ va qavm boshliqlari boʻlgan koʻplab amaldorlarni quyi tabaqalardan chiqqan yosh va gʻayratli kishilar bilan almashtirdi. 1837 yilda harbiy sohada islohotlar oʻtkazib, oʻz qoʻshinining jangovar holatini yaxshiladi. Har biri 800 kishidan iborat 50 ta sarbozlar boʻluklari va 250 kishilik toʻpchilar guruhi tashkil qilingan. Muntazam piyoda qoʻshinining soni 40000 kishidan ortiq boʻlgan.Nasrullaxon tomonidan va uning davrida Buxoroda Qozi Hasanxoʻja, Olimjonboy, Eshoni Pir, Mirzo Ubayd, Modorixon, Ismoilxoʻja (1829) Aliy Choʻbin, Mirzo Abdulgʻaffor, Tojiddin madrasalari (1860) qurildi, Xalifa Xudoydod meʼmoriy majmuasining qurilishi yakunlandi.Nasrullaxon Buxoroda dafn etilgan. 3. “Shovinizm” atamasiga izoh bering. Shovinizm – bir irqning boshqalardan ustunligini da‘vo qiluvchi, millatlar o’rtasida nizo urug’ini sochuvchi o’ta o’ng, ashaddiy millatchilik.
7-BILET 1. Urartu hamda Ossuriya podsholiklarini taqqoslang. Urartu (ossuriycha atalishi; urartcha — Biaynili, Bibliyada — "Ararat podsholigi") — Gʻarbiy Osiyodagi qad. davlat. (mil. av. 9— 6-asrlar). Ravnaq topgan davrida Armaniston togʻlik r-ni (hozirgi Armanistonning butun hududi, Turkiya va Eronning bir qismi)ni qamragan. Aholisi — urartlar. Poytaxti — Tushpash. (hozirgi Turkiyadagi Van sh.) boʻlib, unda podsho Sarduri I davrida katta qurilish ishlari olib borilgan. Mil. av. 9-asr oxiri—8-asrning 1yarmida Urartu davlati ravnaq topgan. Menua, Argishti I va Sarduri II podsholiklari davrida Urartu hududi ancha kengaygan. Bosib olingan viloyatlarda qalʼalar qurilgan (Ararat togʻining shim. yon bagʻrida Menuaxinili sh.; Erebuni — Yerevan atrofidagi Arin Berd tepaligi; Araksning soʻl qirgʻogʻida Argishtixinili). Urartuda qullar mehnatidan keng foydalanilgan. Mil. av. 8-asr oʻrtasida Ossuriya podshosi Tiglatpalasar III (mil. av. 745—727) Urartu koʻshinlarini bir necha marta magʻlubiyatga uchratgan va Urartu tarkibiga kiruvchi Shim. Mesopotamiya va Shim. Suriyani egallagan. Soʻngra Rusa I davrida Sargon II boshliq Ossuriya qoʻshinining yurishlari natijasida mamlakat xonavayron boʻlgan. 2. Olimxonning Qo’qon xonligi tarixidagi tutgan o’rni haqida fikr bildiring. Amir Abdulahaddan so’ng Buxoro taxtini uning o’g’li Sayid Olimxon (1910—1920) egalladi. Uni 1893-yilda otasi Peterburgga o’qishga jo’natdi. Buyerda u 3yil davomida harbiy ishlar va davlat boshqarish asoslarini o’rgandi. Amirliktaxtiga o’tirgan Sayid Olimxon Buxoroda davlat asoslari va diniy tizimnio’zgartirish taraddudida boTmadi. Ammo Rossiyadagi voqealar va amirlikning o’zidagi muxolafatchi harakatlar uni chora-tadbirlar ko’rishga va Yosh buxoroliklaming (jadidlar) mamlakatni demokratlashtirish va islohotlar o’tkazish to’g’risidagi talablariga yon berishga majbur qildi. 3. “To’rtlar ittifoqi” atamasiga izoh bering. To‘rtlar ittifoqi — 1915-yil 15-sentabrda Bolgariyaning Germaniya, AvstriyaVengriya va Turkiya ittifoqiga qo’shilishi natijasida vujudga kelgan ittifoq.
8-BILET 1. Fors podsholigi haqida ma‟lumot bering. Mil. avv. VI asrda hozirgi Eron hududida Ahamoniylarsulolasiga mansub shohlar asos solgan Fors podsholigivujudga keldi. Ahamoniylar davlati jahondagi eng yirik davlatlardan biri bo'lgan. Hozirgi Eron hududida qadimzamonlarda kassiylar, elamiylarsingari turli qabilalar yashab keigan. Mil.avv. IX asrda bu mamlakatgamidiyaliklarva forslar ko’chib O‘rnashadi. Eron o'zida katta yassitoglikni mujassam etgan mamlakatdir.Lining hududi deyarli hamma tomonidan o'rmon bilan qoplangan tog’lar bilan qurshalgan. Tog'oldivodiylarda aholi dehqonchilik bilan shug’ullangan, dasht mintaqalarida chorvadorlar kun kechirgan.EronKichik Osiyo, Mesopotamiya, Kavkazorti, O‘rta Osiyo va Hindiston mamlakatlarini bog'lab turgan karvonyo'llari chorrahasida joylashgan. 2. Mirzo Ulug’bekning Temuriylar tarixidagi o’rni haqida fikr bildiring. Mirzo Ulug’bek (1394—1449) — XV asrda mamlakatda ilm-fan, ayniqsa, astronomiya fani taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan olimlardan biri. Mirzo Ulug’bek — Amir Temurningnabirasi. Temurning harbiy yurishlari paytida Sultoniya (Janubiy Ozarbayjon)da 1394- yilning22-martida tug’ilgan. Mirzo Ulug’bekni Amir Temurning o’zi tarbiyalab voyagayetkazgan.Ulug’beK 1409- yildan boshlab 40 yil mobaynida Movarounnahrni mustaqil idoraqildi va uni iqtisodi, fani,madaniyati rivojlangan obod mamlakatga aylantirdi. MirzoUlug’bekning buyuk xizmatlaridan biri shu bo‘ldiki, u Samarqandda katta Rasadxona qurdirdiva atrofiga yirik olinilami to’plab, sayyoralar va yulduzlarmng holati hamda harakatini o’rgandi.Ko’p yillik kuzatishlardan so’ng 1438- yili ―Ziji jadidi Ko’ragoniy‖ (―Ko’ragoniy yangijadvali‖) nomli yirik asar yozdi. Mirzo Ulug’bek tarix va adabiyotni ham yaxshi bilar edi. UMo’g’uliston va Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixini o’z ichiga olgan ―To’rt ulus tarixi‖ degan yirik tarixiy asar yozib qoldirgan. Bu asarning ingizcha va o’zbekcha nashrlari bor. 1993-yil 29-oktabrda YuNESKOning Parijdagi qarorgohida O’zbekistonni YuNESKOgaa‘zolikka qabul qilish marosimi bo’ldi.O’sha kuni Mirzo Ulug’bek tavalludining600 yilligini nishonlash YuNESKO dasturiga kiritildi. 1994-yil oktabrda Parijda Mirzo Ulug’bek haftaligi tantana bilan o’tdi. 3.“Anarxizm” atamasiga izoh bering. Anarxizm (yunoncha — hokimiyatsizlik, beboshlik) — alohida birshaxsning xohish-irodasinigina tan olib, har qanday hokimiyat vadavlat tuzumini rad etuvchi ta‘limot.
9-BILET 1. Parfiya va Yunon-Baqtriyani o’zaro taqqoslang. Parfiya, Parfiya podsholigi — miloddan avvalgi taxminan 250 yilda Kaspiy dengizining jan. va jan.-sharqiy tomonida vujudga kelgan kad. davlat. Miloddan avvalgi 1-asr oʻrtalarida Mesopotamiyadan Hindistongacha boʻlgan hududni oʻziga boʻysun-dirgan. P. milodiy 3-asrning 20-yillarigacha mavjud boʻlgan. Miloddan avvalgi taxminan 250 yil saklarning koʻchmanchi parnlar (daxlar) qabilasi Arshak (arshakiylar sulolasi asoschisi) boshchiligida Salavkiylar davlatidan ajrab chiqqan Parfiyo-na yoki P. satrapiyasiga bostirib kirganlar va P.ni, soʻngra qoʻshni Girkaniya viloyatini ishgʻol etganlar. Salavk II oʻz hokimiyatini qayta tiklash maqsadida olib borgan bir necha muvaffaqiyatsiz urinishlar (miloddan avvalgi 230— 227)dan soʻng P. da arshakiylar hukmronligini tan olishga majbur boʻlgan. 209 yil P.ni salavkiylar podshohi Antiox III bosib olgan. Biroq Salavkiylar davlatining zaiflashganidan foy-dalanib P. tezda oʻz mustaqilligini tiklagan. Parnlar mahalliy parfyanlar (parfiyaliklar) bilan aralashib ularning madaniyati, tili va mahalliy diniy eʼtiqodlarini qabul qilishgan. Miloddan avvalgi taxminan 170—138/137 yillarda P. podshohi Mitridat I salavkiylarning sharqiy satrapiyalari va Yunon-Baqtriya podsholigining bir qismini (miloddan avvalgi taxminan 136 y,) bosib olgan. Miloddan avvalgi 1-asr boshida P.ning qudrati yanada ortib, Rim imperiyasining xavfli raqibiga aylangan. Miloddan avvalgi 53 yil P. Rim bilan toʻqnashib, Karri jangitsa. Krase qoʻmondonligi ostidagi Rim qoʻshi-nini butkul tormor etgan. Miloddan avvalgi 40-yilda P. Kichik Osiyoning deyarli butun hududini, Suriya va Falastinni zabt etgan. Mil. avv. 250-yilda Baqtriya Salavkiylar davlati tarkibidan ajralib chiqadi. Antik davr tarixchilarining xabar berishicha, mingta Baqtriya shahri hukmdori bo’lmish Diodot o’zini podsho deb e‘lon qiladi. Shu voqeadan boshlab YunonBaqtriya davlati tarixi boshla- nadi. Mil. avv. 250-yilda Salavkiylar davlati tarkibidan ajralib chiqqan Parfi ya Baqtriyaning raqibiga aylanadi. Baqtriyadan tashqari, Yunon-Baqtriya pod- sholigi tarkibiga So’g’diyona va Marg’iyona ham kirgan. Diodotdan keyin Yunon-Baqtriyada hukm- ronlik davlat tarixida sezilarli iz qoldirma- gan Yevtidemga o’tadi. Yevtidemning o’g’li Demetriy hukmronligi davrida Yunon-Baqtriya podsholigi eng katta sarhadlarga ega bo’ldi. Hindistonning bir qismi bu davlatga qo’shib olindi. Parfi yada hokimiyat Mitridat I qo’liga o’tishi bilan u Baqtriyaga harbiy tazyiqni kuchaytira- di.Yunon-Baqtriya davlati tinimsiz urushlar olib borishga majbur bo’ladiki, bu hol uning kuch- sizlanishiga sabab bo’ldi. Bundan foydalangan ko’chmanchi yuechji qabilalari mil. avv. 140 –130-yillar oralig’ida YunonBaqtriya dav- latini bosib oladilar. 2. Zahiriddin Muhammad Boburning dunyo tarixidagi tutgan o’rni haqida ayting. Zahiriddin Muhammad Bobur (1483—1530). Bobur temuriylar avlodining iste‘dodli vakili, o’zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyandasi, buyuk shoir, tarixchi, geograf, ulkandavlat arbobi, iste‘dodli sarkarda. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan ―Bobur‖(―Sher‖) laqabini oladi, Bobur Andijonda tug’ilgan. Otasi Umarshayx Mirzo Farg’onahukmdori edi. 1494-yilda Umarshayx vafot etgach, Bobur otasi o’rniga taxtga o’tirdi. Budavrda temuriylar davlati parchalanib toj-u taxt uchun kurash avj olgan edi. Dashti Qipchoqhukmdori Muhammad Shayboniyxon esa Movarounnahmi bosib olish ishtiyoqida edi. BoburMovarounnahrni birlashtirishni istar edi. Oxir-oqibat Bobur va Shayboniyxon qo’shinlarito’qnashdilar. Bu to’qnashuvda Shayboniyxon g’alaba qozondi. Mag’lubiyatga uchragan BoburVatanni tark etishga majbur bo’ldi. 1504- yil-da Bobur Afg’onistonning hozirgi poytaxti Kobulshahrini egalladi.Bobur Afg’oniston bilan cheklanib qolmadi. U ham barcha jahongirlar kabibuyuk saltanat tuzishni orzu qilar va o’z maqsadiga erishishiga ishonar edi. Bobur 1526-yildaHindistonni egalladi. Shu tariqa Hindistonda boburiylar saltanatiga asos solindi. Bobur odilpodsho sifatida nom qozongan.U o’z hokimiyatiga bo’ysunganlarga ko’p muruvvat ko’rsatgan.Bobur va boburiy hukmdorlar o’zga dinlarga xolis munosabatda bo’lganlar. Shuning uchun hamular mamlakat aholisining ko’pchiligini tashkil etuvchi hindlarning o’z dinlariga e‘tiqodqilishlariga monelik qilmaganlar. Bobur o’zi asos solgan saltanatning poytaxti Agrada 1530-yili 47 yoshida vafot etdi. 3. “Manifest” atamasiga izoh bering. Manifest(lot)-hukumatning juda muhim voqea munosabati bilan xalqga qilgan yozma murojati
10-BILET 1. Franklar davlatining Yevropa taraqqiyotidagi o’rni. Frank davlati — ilk oʻrta asrlarda Gʻarbiy Yevropadagi davlat (5-asr oxiri — 843). 5-asr oxirida Gʻarbiy Rim imperiyasining Galliya viloyatini Xlodvig 1 rahbarligidagi franklar tomonidan bosib olinishi jarayonida vujudga kelgan. Buyuk Karlning harbiy yurishlari natijasida oʻz tarkibiga Gʻarbiy Yevropaning deyarli butun qismi va Markaziy Yevropaning bir qismini kiritgan. Frank davlatini merovinglar (751 yildan), karolinglar (800 yildan imperatorlar) sulolalari boshqargan. 843 yildagi Verden bitimiga koʻra, Frank davlati hududi Buyuk Karlning nabiralari tomonidan oʻzaro taqsimlab olingan, xususan, Lotarga Italiya hududi, Reyn va Rona daryolari buyidagi yerlar (keyinchalik Lotaringiya) tekkan. Karl Kalboshga Reynning gʻarbidagi yerlar va Lyudovikka Reynning sharqidagi yerlar berilgan. uyuk ko‘chishlar boshlanishiga qadar german qabilalariga mansub franklar Reyn daryosi quyi oqimidagi hududlarda yashaganlar. Franklar gotlar va langobardlar kabi hayvon terisidan emas , matidan kiyim- bosh kiyishgan va soch-soqollarini olib yurishgan. Ularda faqat qirol oilasiga mansub kishilar uzun sochda yurishgan.Franklar - Quyi va Oʻrta Reyn boʻylarida milodiy 3-asrda yashagan qabilalar ittifoqiga birlashgan german qabilalari guruhi (xamavlar, brukterlar, usibetlar, tenkterlar, sugambrlar va boshqalar). Adabiyotlarda 2 guruhga boʻlingan. 1guruh (gʻarbiy F.)ning negizini sali (dengiz boʻyi; keltcha sal — dengiz) F. i tashkil etgan. Ular dastlab Eysel daryosi boʻylarida, 4-asr oʻrtalarida esa Reyn daryosi sohillarida yashaganlar. 2guruh (sohil F.) Reyn daryosining yuqori qismi boʻylab Mayngacha boʻlgan hududda yashagan. Sali F.i 4 a. oʻrtasida rimliklar tomonidan tormor etilgan, biroq federatlar huquqida Toksandriyada krldirilgan; 451 yil gunnlarga qarshi Katolaun jangit qatnashganlar. 5-asr boshida sali F.i Galliyann Sommagacha egallaganlar. Frank davlati (5-asr oxiri — 9-asr oʻrtalari) tashkil topgan. Maas va Luara daryolari oraligʻida yashagan F. keyinchalik mahalliy aholi bilan singib ketib, shim. fransuz, shuningdek, vallon elatlari tarkibiga, Luaraning jan. rogʻida yashovchi F. esa, jan. fransuz (provansal) elati tarkibiga kirgan. Reyn daryosining quyi havzasida yashovchi F. gollandlar va flamandlarning etnogenezida katta rol oʻynagan. Reyn daryosining oʻrta oqimi boʻylab va Maas daryosi havzasida yashovchi F.da oʻziga xos etnik xususiyatlar saklanib qolgan. FRANKONIYA (Franken) Germaniyadagi tarixiy viloyat. Ilk oʻrta asrlarda franklar istiqomat qilgan hudud, 9-asr oxiri — 939 yilda Germaniya qirolligining qabilaviy gersogliklaridan biri, keyinchalik bir necha feodal mulklarga parchalanib ketgan. F. nomi faqat Sharqiy F. (Mayn daryosi xavzasi) uchun saklanib krlgan. Uning katta qismi 1803 yilda Bavariya tarkibiga kiritilgan. 2. Muhammad Shayboniyxonning O’rta Osiyo tarixidagi tutgan o’rni haqida fikr bildiring. Muhammad Shayboniy Abulxayrxonning nabirasi bo’lib, uning Shohbudog’ Sulton ismli о’galining farzandi edi. Shohbudog’ Sultondan ikki o’g’il qolgan: Muhammad Shayboniy va Mahmud Sulton. Muhammad Shayboniy 1451-yilda tug’ilgan.Shayboniyning bobosi Abulxayrxon saroyida ham turkiylar odatiga ko’ra tug’ilgan go’dakka ikki ism qo’yish urf bo’lgan. Ismlarning birinchisi islomiy (arab), ikkinchisiesa turkiy bo’lgan. Tug’ilganda Muhammad deb nom olgan Shayboniy o’zining ikkinchi nomi bilan mashhur bo’lgan. ―Boburnoma‖ asarida Shayboniyning ismi Shoyboqxon deb berilgan. Bu nom ―kuch-qudrat‖ degan ma‘noni anglatadi. Ota-onasidan yoshligida yetim qolgan Muhammad Shayboniy otasiga otaliq qilgan amir Boyshayx qo’lida tarbiyalangan. Boyshayx bu shahzodaga otalarcha mehribonlikko’rsatgan. Keyinchalik Shayboniyga nufuzli temuriy amirlardan bo’lmish Turkiston va O’tror hukmdori Muhammad Mazid tarxon homiylik qildi. Shayboniy ukasi bilan Turkistonda uzoq vaqt yashamadi. Keyinchalik ular Buxoroda yashab, ilm o’rgandilar, she‘riyat va ilm-fanga oshno bo’ldilar. Balog’atga yetgani sari Shayboniy ko’nglida bobosi Abulxayrxon davlatini tikiash orzusi jo’sh ura boshladi. U Dashti Qipchoqqa qaytib borib, lashkar to’plashga muvaffaq bo’ladi. Ayni paytda, u bobosining davlatini tiklash yo’lidagi xatti-harakatini dastlab o’z qo’shini bilan temuriylarga yollanma qo’shin lashkarboshisi sifatida xizmat qilishdan boshlagan. 3. “Gimnaziya” atamasiga izoh bering. Gimnaziya — MDHda va baʼzi Yevropa mamlakatlarida mavjud boʻlgan chuqur bilim beradigan maktab turi. ‘Gimnaziya― soʻzi grekcha γυμνάσιον (gymnasion) soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, qadimiy Gretsiyada yoshlar aqliy va jismoniy bilim oladigan joylar shu nom bilan atalgan. Zamonoviy ingliz tilida gymnasium soʻzi asosan jismoniy mashq qiladigan joy maʼnosida qoʻllaniladi.
11-BILET 1. Chexiya davlati tashkil topishi haqida ma‟lumotlar keltiring. Chexiya – suveren, demokratik davlat. Amalddagi konstitutsiyasi 1992 yil 16- dekabrda qabul qilingan va 1993 yil 1-yanvardan kuchga kirgan, 1997 yil 23 oktabrda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi – prezident (2013 yildan Milosh Zeman), u parlamentning ikkala palatasi tomonidan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organi – deputatlar palatasi va Senatdan iborat parlament. Ijrochi hokimiyat organi prezident tomonidan tayinlanadigan hukumat. Tabiati Chexiya hududining katta qismi Chexiya togʻlarida joylashgan. Uning atrofida oʻrtacha balandlikdagi Shumova, Chexiya oʻrmoni, Rudali togʻlar (KrushneGori), Krkonoshe togʻlari (eng baland joyi 1602 m, Snejka togʻi) bor. Chexiya togʻlarining ichki qismi – Chexiya soyligi tepaliklar va ularni ajratib turuvchi past toglardan iborat. Moraviyada ham tepalik va past togʻlar koʻp. Chexiyaning janubiy va markaziy kismida ChexiyaMoraviya qirlari bor. Chexiyada kumir, temir rudasi, grafit, kaolin konlari mavjud. Iklimi moʻʼtadil iklim. Gʻarbdan sharqqa va ichki soyliklarda kontinentallashib boradi. Tekisliklarda oʻrtacha temperatura yanvarda –2° dan –4° gacha, togʻlarda –8° dan – 10° gacha, iyulda 19–20°, togʻlarda 4–8°. Yillik yogʻin tekisliklarda oʻrtacha 500–700 mm, togʻlarda 1600–2100 mm. Mamlakatjanubiy va gʻarbida uncha katta boʻlmagan koʻllar bor. Asosiy daryolari – Laba (Elba), Vltava. Togʻ yon bagʻirlari aralash va igna bargli oʻrmonlar bilan qoplangan. Hayvonlardan togʻlarda qoʻngʻir ayiq, tulki, kiyik, yovvoyi echki, tekisliklarda kemiruvchilar, kaltakesak va qushlarning koʻp turlari bor. Aholisi Aholisining koʻpchiligi – chexlar (81,3%); slovak, polyak va boshqa ham yashaydi. Shahar aholisi 70%. Rasmiy til – chex tili. Dindorlarning aksariyati katoliklar. Iirik shaharlari: Praga, Brno, Plzen, Ostrava. Tarixi Chexiya hududida odam paleolit davridan boshlab yashaydi. Miloddan avvalgi taxminan 400-yillarda bu yerda keltlar, miloddan avvalgi 1-asrda kelt qabilalarining boyi guruhi yashagan (Chexiyaning lot. Bohemia, nem. Bohmen nomi ham shundan). 1ming yillik oʻrtalarida Chexiyada slavyan qabilalari koʻpchilikni tashkil etdi. 7-asrda Chexiya xududi Samo davlati, 9–10-asr boshlarida Buyuk Moraviya davlati tarkibiga kirdi. 10-asrda paydo boʻlgan Praga knyazligi ilk chex davlatining oʻzagi boʻlib qoldi. 1198 yildan qirollikka aylandi. 1310–1437 yillarda chex yerlari Lyuksemburglar sulolasi mulki tarkibida boʻldi. 15-asrning 1yarmida Chexiyada kuchli ijtimoiyinqilobiy, milliy ozodlik harakatlari boʻlib oʻtdi (qarang Guschilar harakati). 1526 yil Chexiya Gabsburglar imperiyasi tarkibiga muxtoriyat huquqi bilan qoʻshib olindi. 1618– 20 yillarda chex qoʻzgʻolonining magʻlubiyatidan soʻng, uning provinsiyasiga aylandi. 18-asr oxiri – 19-asr 1yarmida chex tili, milliy madaniyatini saqlash va rivojlantirish uchun milliy harakat avj oldi. 19-asrning 30–40-yillarida u siyosiy tus ola boshladi. 1848 yil Pragadagi Svyatovatslav yigʻini Gabsburglar imperiyasida 1848–49 yil inqilobi boshlanishiga olib keldi. 1867 yil Chexiya Avstriya-Vengriyaning Avstriya qismi tarkibiga kirdi. 1878 yil Chexiyada Chexoslavyan sotsialdemokratik ishchi partiyasi tuzildi. 1918 yil AvstriyaVengriya parchalangach, Chexiya Slovakiya bilan birlashib mustaqil Chexoslovakiya Respublikasini tashkil etdilar. 1938 yil oktabr boshlarida Germaniya Chexiyaning Sudet viloyati deb nomlangan hududini, 1939 yil martda barcha chex yerlarini bosib oldi va uni "Bogemiya va Moraviya protektorati" deb eʼlon qildi. Chex xalqining 1945 yil maydagi qoʻzgʻoloni natijasida 1945 yil 9 mayda Praga shahri ozod qilindi; chex yerlari va Slovakiya Chexoslovakiya Respublikasi doirasida qayta birlashtirildi. Chexiya 1948 yil 9 maydan Chexoslovakiya Xalq Demokratik Respublikasi, 1960 yil 11 iyuldan Chexoslovakiya Sotsialistik Respublikasi, 1990 yil 29 martdan Chexoslovakiya Federativ Respublikasi, 1990 yil 20 apreldan 1992 yil 31 dekabrgacha Chexiya va Slovakiya Federativ Respublikasi tarkibida boʻldi. Chexiya va Slovakiya Federatsiyasining 1992 yil 25 noyabrdagi Chexiya va Slovakiya Federatsiyasining tugatilishi toʻgʻrisidagi federal qonuniga binoan Chexiya 1993 yil 1 yanvardan suveren davlatga aylandi. Chexiya 1993 yildan BMT aʼzosi. 1992 yil 24 yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan olgan va 1993 yil 1 yanvardan diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami – 28 oktabr – Mustaqil Chexoslovakiya tashkil boʻlgan kun (1918). Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari Fuqarolar demokratik partiyasi, 1991 yil 23 fevralda tashkil etilgan; Fuqarolar demokratik alyansi, 1989 yil tuzilgan; Demokratik ittifoq partiyasi, 1994 yil asos solingan; Chexiya va Moraviya kommunistik partiyasi, 1990 yil tashkil etilgan; Ozodlik ittifoqi partiyasi, 1998 yil tuzilgan; Chexiya sotsialdemokratik partiyasi, avvalgi nomi Chexoslovakiya sotsialdemokratik partiyasi, 1989 yildan mustaqil partiya sifatida faoliyat yuritadi. ChexMoraviya kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1990 yil tashkil etilgan, 31 tarmoq kasaba uyushmasini birlashtiradi. 2. Abdullaxon II haqida ma‟lumot bering. Abdullaxon II (to‘liq ismi: Abdulla ibn Iskandarxon ibn Jonibek sulton ibn Xoja Muhammad ibn Abulxayrxon) (1534-1598 Buxoro yaqinidagi Bahouddin majmuasiga dafn etilgan) - o ‘zbek davlatchiligi tizimidagi Buxoro xonligining shayboniylar sulolasidan chiqqan eng yirik hukmdori (1583-98), davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan, ma‘rifat, madaniyat homiysi. Bobosi Jonibek sulton Karmana va Miyonkol hokimi (1512- 13-yilda) bo‘lgan. Otasi Iskandar sulton o ‘g‘li tug‘ilgan paytda Ofarinkentni, keyichalik, altidan aka-ukalaridan biri vafot etgach, Karmanani boshqargan. Abdullaxon II Shayboniyxon vafotidan keyin parchalanib ketgan mamlakat hududini qayta birlashtirish, markaziy davlat hokimiyatini mustahkamlash uchun yoshlik chog‘idan qattiq kurash olib borgan. Toshkent hokimi Navro‘z Ahmadxon (Baroqxon) bilan Koson yonida (1548), Mo‘g‘uliston xoni Abdurrashidxon va shayboniylardan Do‘stum sultonlar qo‘shiniga qarshi Forob yonida (1554) jang qilgan. Yosh Abdulla sulton o ‘zining hukmdor sifatidagi butun g‘ayrat-shijoatini 1551-yil Karmanada namoyish etgan; viloyatga Toshkentdan Navro‘z Ahmadxon va Samarqanddan Abdullatifxon hujum qilganlar, Iskandar sulton Amudaryo ortiga qochgan. Abdulla sulton otasi vazifasini o ‘z zimmasiga olib bu hujumni muvaffaqiyatli qaytargan. Keyingi yillarda (1552-56) o ‘z mulkini g ‘arbga - Buxoro tomonga va janubiy-sharq- Qarshi va Shahrisabz tomonga kengaytirishga intilgan. Bu sa‘yharakat dastlab muvaffaqiyatsiz chiqqan, hatto 1556-yil u ota meros mulkini tashlab Maymanaga qochishga majbur bo‘lgan. U amakisi, Balx hokimi Pirmuhammaddan harbiy yordam olib va piri Jo‘ybor xojalaridan Xoja Muhammad Islom ko‘magida Navro‘z Ahmadxon, keyinchalik uning o ‘g‘illari Darveshxon va Bobo sultonlarga qarshi uzoq muddat kurash olib borgan. Boburiylar ham Badaxshon, Shorn, Afg‘oniston va Xuroson uchun Abdullaxon II ga qaishi kurashganlar. Abdullaxon II bunga qarshi Sind(1583), Kashmir (1586)ni egallab, davlatning janubiy. chegaralarini mustahkamlagan. 3. “Missiya” atamasiga izoh bering. Missiya (lotincha) — yuksak burch, mas‘uliyatli vazifa; birdavlatning ikkinchi davlatga maxsus topshiriq bilan yuborganvakillari.
12-BILET 1. Oltin O’rda xonligi haqida ma‟lumot bering. Oltin o ‘rda, Jo‘ji ulusi 13-asrning 40-yillari boshida Jo‘jixonning o ‘g‘li Botuxon (1238—1255) tomonidan asos solingan davlat. 1224-yil Jo‘ji ulusi Xorazm, Shimoliy Kavkazdan iborat edi. 1236—40 yillarda Botuxonning yurishlari natijasida Volga bulg‘orlari yurli, Dashti Qipchoq, Qrim, G‘arbiy Sibir, Oltin O‘rdaga qo‘shib olindi. Rus knyazlari Oltin O‘rdaga qaram bo‘lib, xiroj to ‘lab turganlar. Rus manbalarida bu davlat Oltin O‘rda, Sharq manbalarida Jo‘ji ulusi deb atalgan. Qo‘shinlarga tumanbegi, n o ‘yon (amir), yuzboshilar qo‘mondonlik qilganlar. Oltin o ‘rda Jo‘jining 14 nafar o ‘g‘lining 13 ulusidan iborat edi. Ular o ‘z uluslarini mustaqil boshqarishga intilganlar. Amir Temurning 1389, 1391, 1395—96 y.lari To‘xtamishga qarshi yurishlari Oltin o ‘rdani holdan toydirdi. Idiqu Oltin o ‘rdani tiklashga harakat qildi, natija bermadi. 15-asrning 20- yillarida Sibir xonligi, 40-y. No‘g‘ay O‘rda, 1438 y. Qozon xonligi, 1443 y. Qrim xonligi, 60-y.larda Qozoq xonligi tashkil topdi. 1480 y. Ahmad Rusni b ‘ysundirishga urindi. 16-asr boshlarida Oltin o ‘rda quladi. 2. Husayn Boyqaro haqida ma‟lumot bering. Husayn Boyqaro (Husayniy) (1438-yil, Hirot—1506-yil, 4-may, Bobo-Ilohi, Hirot yaqinida) - taniqli shoir va davlat arbobi. Hirot yaqinida tugʻilgan. 1469- yildan umrining oxirigacha Xuroson podshohi. Uning hukmdorligi yillarida iqtisodiy va madaniy hayot yaxshilangan. Navoiyning maktabdosh doʻsti va homiysi.Husayn Boyqaro, Husayniy (toʻliq nomi Husayn ibn Mirzo Mansur binni Mirzo Boyqaro) (1438— Hirot — 1506) — Xuroson hukmdori (1469- 1506), shoir. 15-asr oʻzbek mumtoz adabiyotining namoyandalaridan. Temuriylardan Umarshayx mirzoning evarasi. Onasi Feruzabegim temuriylardan Mironshohning nabirasi. Husayn Boyqaro, Bobur taʼriflaganidek, ikki tomonlama ulugʻ (‘karim ut-tarafayn―) boʻlgan.Navoiyning tadbirkorligi bilan Yodgor Mirzoni qoʻlga olib, taxtni qayta egallagan va umrining oxirigacha hukmdorlik qilgan. Saltanatiga Xorazm, Seyiston, Qandahor, Balx, Gʻaznadan Domgʻongacha boʻlgan yerlar kirgan. Yurak xastaligidan vafot etgan Husayn Boyqaro oʻzi qurdirgan madrasa ichidagi maqbaraga dafn etilgan. Hozir maqbara vayron boʻlgan, qabr va uning ustiga oʻrnatilgan ‘Sangi haft qalam― saqlanib qolgan. 3.“Konservativ” atamasiga izoh bering. Konservativ (lotincha) — eski tuzum tarafdorlari, islohotlar va o’zgarishlarga qarshi turuvchilar.
13-BILET 1. G’arbiy va Sharqiy Rim imperiyasi o’rtasidagi farqli hamda o’xshash jihatlarni taqqoslang. Impåriyaning tàshkil tîpishi. Vizantiya – Rim imperiyasi vorisi bo’lib, imperiyaning sharqiy hududlarida vujudga kelgani uchun u Sharqiy Rimimperiyasi deb ham ataladi. Vizanti- yaga ham Yevropa, ham Osiyo hududlari kirganligi bois uni G’arb va Sharq orasidagi mamlakat deyish ham mumkin. Ma‘lumki, Impåràtîr Feîdosiy ning o’g’il làri 395-yil- da Rim im påriyasini ikki mustàqil dàvlàtgà: G’àrbiy Rim impåriyasi – pîytàõti Rim và Sharqiy Rim impåriyasi (Vizàntiya) – pîytàõti Kînstàn tinîpîlgà bo’lib îlishàdi. Kîn stàntinîpîl shàhri o’rnidàgi yunonlarning Megara shahri koloniyasi Vizàntiy nîmi dàn ko’pinchà Vizàntiya dåb ham atashgan. Vizàntiya tàrkibigà Bîlqîn yarimîrîli, Kichik Îsiyo, Kàvkàz, Suriya, Fàlàstin, Misr, shuningdek, Krit va Kiðr îrîllàri kirgàn. Sharqiy Rim imperiyasida yunon lar son jihatidan ko’p bo’lganidan davrlar o’tib, yunon tili lotin tilini surib chi- qarib, davlat tiliga aylanadi. Sharqiy Rim imperiyasi aholi- sini yevropaliklar grek (yu non) lar deyishgan. Lekin imperiya fuqaro- lari o’zlarini rimliklar (yunoncha, romeylar), davlatlarini esa Rim (Ro mey) imperiyasi deb hisoblash- gan. Ularni Sharq xalqlari ham imliklar deb bilishgan. Vizàntiyadà qulchilik sàql ànib qîlsà-dà, àhîlining kàttà qismini erkin dåhqînlàr tàshkil etis hi, sun‘iy sug’îrishgà àsîsl àn àn sårmàhsul zirîàtchilik- ning bo’lishi uning iqtis îdiy bàrqàrîrligini ta‘minlàgan. Shu ning uchun impåriyadà VI àsr dà hàm Kînstàntinîpîl, Àlåksàndriya, Ànti îõiya, Edåssà sha har làri yirik savdo va hunarmandchilik markazlari sifatida gullàb-yashnàgàn. Dunyoning turli mamlakatlari savdogarlari romeylar bozoriga shoshilganlar. Konstantinopol Osiyo va Yevropani bog’laydigan «Oltin ko’prik» hisoblangan. Vizantiya savdo- garlari G’arbiy Yevropa bozorlariga hasha matli kiyimlar-u zeb-ziynatlar, ziravorlar va qimmatbaho matolar, qurololib borishgan. Vizantiya oltin puli (numisma) ko’p asrlar davomida eng ishonchli xalqaro pul hisoblangan. Vasilevs hokimiyati. Vizantiya imperiyasini vasilevs (yunoncha, podsho) boshqargan. Vasilevsga ko’p sonli sud, harbiy va soliq muassasalari, davlat amal dorlari, shuning dek, maslahat organiga aylangan sinklit (lotincha, senat) bo’ysungan. Vizantiyada amaldor va senatorlar faqat zodagonlardan bo’lmagan. Iqtidorli va bilimli oddiy xalq farzandlari ham yuqori lavozimlarga erishishi mumkin edi. Ulardan hatto imperatorlar ham chiqqan. Bu holat romeylarni umuman ajablantirmagan. Sababi, ular qadimgi rimliklar singari imperiyaning barcha fuqarolari tug’ilishi- dan teng huquqli, deb hisoblashgan. Vizantiya hayotida ellinizm. Viz a n t i y a h a y o t i d a k o ‘p n ar s a l a r an‘anaviy tusda qolgan. Vizantiyaliklar hayotida ellin madaniyati mustahkam o’rin olgan. Ippodromlarda xalq avvalgidek chavandozl ar, kur ashchilar, gimnastlar musobaqa- lari, mim lar (ak tyor lar) chiqishlarini tomosha qilganlar. Shahar aholisi ilgarigidek ma‘ muriyatdan maosh oladigan tabiblarda davolanishgan, jamoa hammomlariga borib tu-rishgan. Eng muhimi, Vizantiya antik davr yunon ilmini saqlab qolgan. Boshlang’ich va o’rta maktab larning ko’pchiligi G’arbiy Yevropadagi cherkov va monastir o’quv muassasalaridan farqliroq, xususiy yoki davlatniki bo’lgan. Vizantiyaning oltin asri. Vizantiya imperiyasi o’z qudrati cho’qqisiga YustinianI imperatorligi davri (527–565)da erishadi. U kambag’al deh qon oilasida tug’ilgan. Amakisi Yustin oddiy askardan sarkarda darajasigacha ko’tarilib, impera torlik taxtini egallaydi. Yustin jiyanini saroyga ya- qinlashtirib, uning yaxshi ta‘lim olishiga sharoit yaratadi. Amaki sining vafotidan so’ng Yustinian taxtga o’tiradi. Yangi imperator mamlakat hayotini islohotlar orqa- li ancha yangil aydi, xalqaro savdoni jonlantirib, davlat xazinasini to’ldiribgina qolmasdan, xalq farovonligini ham ta‘minlaydi. Yustinian I siymosida harakatchanlik, qat‘iyat bilan bir qatorda siyosatdonlarga xos ikki yuzlamachilik, mug’ombirlik, zolimlik xususiyatlari ham mujassamlashgan. Yustinianning rafiqasi malika Feodora ham o’z davrida mashhur bo’lgan. Yoshligida Feodora aktrisa bo’lgan. U davrda aktyorlik e‘zozli kasb hisoblanma- sa-da, Feodoraning chiroyiga mahliyo bo’lgan Yustinian I jamoat chilikning salbiy fikriga qaramasdan unga uylangan (Feodora aqli, shuhratparastligi, qo’rqmasligi bilan ajralib turgan). Yustinian yurishlari. Yustinian I ning maqsadi Rim imperiyasi ning avvalgi hududlarini tiklash edi. U 534-yilda sarkarda Velisariyni Shi- moliy Afrikada joylashib davlat tuzgan va O’rta dengizda savdo ke- malarini talash bilan shug’ullangan vandallarga qarshi yuboradi. Yaxshi qurollangan vizantiyaliklar qo’shini vandallar qi rol ligini bo’ysundirib, Shimoliy Afrikani Vizantiya viloyatiga aylantiradilar. Shundan so’ng Velisariy Italiyaga yo’l oladi. Vizantiya- liklar Sitsil iya orolini qiyinc hiliksiz qo’lga kiritadilar. Lekin Italiyada ular ostgotlarning qattiq arshiligiga uchr aydi. Velisariyga qarshi kurashda ostgotlar qochoq qullarga ozodlik berib, ulardan foy da lanishgan. Vizantiyaliklar esa aksincha, qulchilikni tiklashgan, har qanday aybi uchun qulni qattiq jazolashgan. Shunga qar amasdan, vizanti- yaliklar Italiyan ing katta qismini bo’y sundirib, poytaxti Ravenna bo’lgan alohida noiblik tuzishadi. Italiyadagi urush so’ngida Yustinian I Ispaniyaga ham qo’shin yu bo radi. Ispaniyada vestgotlar hukmronlik qilar edi. Vestgotlar qo’shinini qiyinchiliksiz yenggan Vizanti- ya janubiy viloyatlarni egallab, Gibraltar bo’g’ozi ustidan nazorat o’rnatadi. Vizàntiyada feodal munosabatlarning shakllanishi. Vizàn- tiyaga VI àsr ning o’rtàlàridàn slàvyan qàbi làlàri kelib o’rnasha boshladi. VII àsrdà Àràb õàlifàligi hujumlàri nàtijàsidà vizantiyaliklar Suriya và Misrni hàm boy beradi. Vizàntiya qishlîq õo’jàligidà erkin dåhqînlàr qàsh- shîqlàshib, qàràmlikkà tushishi dàvîm etàdi. Qishlîqdà mulkiy tàbàqàlànish jarayoni kuchàyib, yirik yår egàlàri – fåîdàllàr hàmdà yårsiz dåhqînlàr tîifàlàri pàydî bo’ladi. X–XI àsrlàrdà impåràtîrlàr àmàldîrlàr, ibîdàtõînàlàr va mînàstirlàrgà ko’plàb yår-mulklar in‘îm etàdilàr. Ma‘lum vàqt o’tib Vizàntiyadà hàm fåîdàllàr qàl‘àlàr qurib, hàrbiy bo’ linmàlàr tuzàdilàr. Fåîdàllàr hîkimiyatining ku chàyishi và màrkàziy hîkimiyatning zàiflàshishi IX–XI asr larda yer egaligi munîsàbàtlàrining uzil-kåsil o’rnàtili- shigà îlib kålàdi. 2. Muhammad Rahimxon I ning Xiva xonligi tarixidagi tutgan o’rni haqida fikr bildiring. Eltuzarxon vafot etgach, taxtga uningukasi Muhammad Rahimxon I o’tirdi.Muhammad Rahimxon I Xiva xonliginisiyosiy jihatdan birlashtirishga kirishdi.Ayni paytda, turkmanlami bo’ysundirish masalasi yetakchio’ringa chiqdi. Turkmanlaming turli qabilalari qanchalik qattiqqarshilik ko’rsatmasinlar, birinketin bo’ysundirib borildi. Bo’ysunishni istamagan yovmut qabilasi Xurosonga ko’chibketdi. Biroq Eron hukumatining tazyiqi ostida hamda yaylovmaydoni yo’qligi uchun yana Xiva xonligi hududiga qaytib keldi.Endi ular Xiva xoni tomonidan ajratib berilgan hududga joylashishga majbur bo’ldilar. Shu davrdan boshlab, yovmutqabilasining taqdiriXiva xonligi bilan uzil-kesil bog’lanib, xonlikfuqarolari tarkibiga olindi.Ularga ham soliq to’lash belgilandi.Shuningdek, xon qo’shiniga belgilangan miqdorda navkar yuborish majburiyati ham yuklandi. Yuborilganligi ham bejiz bo’lmagan.Muhammad Rahimxon I (1806-1825) o’zbeklar va turkmanlardan tuzilgan ―Xon navkarlari‖ deb atalgan muntazamqo’shinga tayanib yirik zodagonlar qarshiligini sindirish uchunshiddatli kurashda o’z raqiblarini birin-ketin bo’ysundira bordi.Muhammad Rahimxon I ga dushmanlik ruhidagi Orolbo’yizodagonlari guruhi qattiq qarshilik ko’rsatdi. Biroq, 1811- yildaularning qarshiligi sindirildi. Xiva xoni qoraqalpoqlarni hambo’ysunishga majbur etdi.Muhammad Rahimxon I davrida xonlik siyosiy jihatdanbirlashtirildi. Ayni paytda, uning hududlari yanada kengaytirildi.Mamlakatda nisbiy barqarorlik ta‘minlandi. Muhammad Rahimxon I mamlakat obodonchiligiga ham alohida e‘tibor berdi. Qatormadrasalar va masjidlar qurdirdi 3. “Federatsiya” atamasiga izoh bering. Federatsiya(lotincha — ittifoq) — hududiy jihatdan muayyan siyosiy mustaqillikka ega bo’lgan bir necha davlatlardan iborat yagona ittifoq davlat.
14-BILET 1. Dashti Qipchoq haqida ma‟lumot bering. Dashti qipchoq, Qipchoq dashti — Sirdaryoning yuqori oqimi va Tyanshanning gʻarbiy yon bagʻridan Dnepr daryosining quyi oqimiga qadar yoyilgan dashtlarni 11 — 15-asrlarga oid arab va fors manbalaridagi nomi. "D.Q." atamasini dastlab Nosir Hisrav (11-asr) qoʻllagan. Bu davrda qipchoqlar Irtish daryosi sohillaridan gʻarbga tomon koʻchib (1030 y.) Xorazmga qoʻshni boʻlishgan va hozirgi Qozogʻiston hududi, shuningdek, jan.-rus dashtlarini egallashgan. D. Q. aholisi sharq manbalarida — qipchoklar, rus solno-malarida — polovetslar, Vizantiya xronikalarida — kumanlar, venger manbalarida kunlar deb atalgan. D. Q. 2 qism — Sharqiy va Gʻarbiy qismdan iborat boʻlib, Yoyiq (Ural) daryosi ularning chegarasi sanalgan. Gʻarbiy qism Yoyiq va Itil (Volga) daryosidan to Dneprgacha boʻlgan hududdan iborat boʻlgan. 13-asrda D. Q.ni moʻgʻullar bosib olib, tarixda Joʻji ulusi nomi bilan mashhur Oltin Oʻrda davlatini barpo etganlar. 14-asr boshlarida Joʻji ulusi 2 qismga boʻlinib ketgan. D. Q.ning sharqiy qismida Oq Oʻrda tashkil topgan. D. Q. ning gʻarbiy qismi rus yilnomalarida "Polovetslar yeri" nomi bilan uchraydi. 14-asr 60-y.laridan sharqiy D. Q. "Oʻzbeklar mamlakati", uning aholisi esa "oʻzbeklar" deb atala boshlandi. 15-asrning 20- y.dan boshlab sharqiy D. Q.da Abulxayrxon va uning qarindosh-urugʻlari hukmronlik qilgan. D. Q.ning asosiy axoliyey koʻchmanchi va yarim oʻtroq boʻlib, chorvachilik va ovchilik, daryo va koʻl yoqalarida yashagan aholi dehqonchilik, shaharlari (Saroy Botu, Saroy Berka, Oʻrda Bozor, Sigʻnoq, Arquq) dagi aholi esa hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shugʻullangan. 16— 18-asrlarda Movarounnahr tarixshunosligida "D. Q." atamasi uning sharqiy qismi (hoz. Qozogʻiston) ni anglatgan. 2. Doro I ning dunyo tarixidagi tutgan o’rni haqida fikr bildiring. Miloddan avvalgi 522- yilda shoh Doro I Qadimgi Fors davlati taxtiga chiqdi. Bu paytda bosib olingan barcha mamlakatlarda qo’zg’olonlar avj olib ketgan edi. Ammo ahamoniylar shohi Doro I ularni bostirishga erishdi. Doro I Qora dengiz bo’ylarida yashovchi skifl ar ustiga yurish qildi. Doro I ning Kichik Osiyodagi yunonlar koloniyalari va Bolqon yarimoroli sharqida joylashgan Frakiyani bosib olishi yunon-fors urushlari boshlanib ketishiga sabab bo’ldi. Doro I hukmronligi davrida Hindiston shimolidan O’rtayer dengiziga qadar cho’zilgan ulkan davlat barpo etildi. Doro I butun mamlakat uchun «darik» deb nomlangan yagona oltin tangani muomalaga kiritdi. U qadimgi Fors podsholigi qarorgohi Persepol shahridan O’rtayer dengiziga qadar «shoh yo’li» degan savdo yo’lini qurdirgan edi. Doro I qo’shinlarni qaytadan tuzdi, saltanatni «satrapliklar» deb nomlangan alohida harbiyma‘muriy o’lkalarga taqsimladi. Makedoniyalik Aleksandr mil. avv. 330-yilda Fors davlatini bosib oldi. 3. “Ekspluatatsiya” atamasiga izoh bering. Ekspluatatsiya (fransuzcha) — mulkdorlarning boshqalar mehnati mahsulini o’z-lashtirib olishi.
15-BILET 1. Shosh haqida ma‟lumot bering. Shosh (Choch, Binkat) tarixiy viloyatining markaziy shaqri (9 — 12- asrlar). Harobasi hozirgi Toshkentiiit eski shahar qismidagi binolar ostida saqlangan. 10-asr tarixiy maʼdumotlariga koʻra, B.ning uzunligi ham, kengligi ham 1 farsaxdan boʻlib, koʻhandiz (ark), shahriston (madina), ichki (rabodi doxil) va tashqi (rabodi xorij) rabodlardan tashkil topgan. Arkning mudofaa devori, 2 darvozasi boʻlib, ulardan biri shahristonga, ikkinchisi ichki rabodga olib chiqqan. Arkda oʻrda, zindon va jome masjidi joylashgan. Shahristonning ham alohida devori va 3 darvozasi boʻlgan. Bu yerda hunarmandlar ustaxonalari va savdo doʻkonlari joylashgan. Ichki rabodning ayrim maʼlumotlarga koʻra 8 ta, yana boshqa maʼlumotlarga qaraganda, 10 ta darvozasi boʻlib, unda asosan bozorlar joylashgan. Tashqi rabodda 7 ta darvoza boʻlib, paxsa, guvala va xom gʻishtdan qurilgan uy-joylar joylashgan. B. obodonligi va bahavoligi bilan sharkda shuxrat qozongan. Shahardan koʻplab suv tarmoklari oʻtgan, koʻchalariga tosh yotqizilgan. Tashqi rabodda bogʻ va tokzorlar koʻp boʻlgan. 2. Chingizxonning harbiy yurishlari haqida fikr bildiring. Mo’g’ul qabilalari orasidagi o’zaro urushlarda, XIII asrning boshlarida Temuchin(1155-1227) g‘olib chiqadi. 1206-yilda Onon daryosi bo‘yidagi qurultoyda u ulug‘ xon debe‘lon qilinadi. Bosh shomon butun xalq oldida Temuchinga Chingizxon unvonini beradi.Chingizxon so‘zi ―kuchli‖, ―qudratli‖, ―toza‖ ma‘nolarini bildiradi. Mamlakatni markazlashtirish maqsadida Chiungizxon Qoraqurum qal‘asini o‘z davlatining poytaxtigaaylantiradi. Chingizxon tez orada janubiy Sibirda yashagan ko‘pgina xalqlarni bo‘ysundiradi.Ular qatorida buryatlar, yoqutlar, qirg‘izlar va boshqalar bor edi. Chiungizxon 1211-yildaShimoliy Xitoyga qarshi urush boshlaydi. Mamlakatni batammom istilo qilinishi ining vorislaridavrida tugaydi. Yettisuv va Sharqiy Turkistonga qarshi 1218-yili boshlangan bosqinlar,xorazmshohlar davlatiga 1219-1221-yillarda yoyildi. Afg‘oniston, Sharqiy Eron egallanib,Kavkaz orqali 1223-yilda Dashti Qipchoqqa chiqadi. Kalka daryosi bo‘yida qipchoqlarningittifoqchisi sifatida ularga yordamga kelgan ruslar qo‘shini mag‘lub etiladi. 1224-yildaChingizxon zabt etilgan hududlarni o‘z o‘g‘illari: Jo‘ji, Chig‘atoy, O‘qtoy va Tuliga uluslargabo‘lib, taqsimlab beradi. O‘qtoyni taxt vorisi etib tayinlaydi. 3. “Karavella” atamasiga izoh bering. Karavella - yelkanli kema turi, Evropada, ayniqsa Portugaliya va Ispaniyada, XV asrning ikkinchi yarmi - XVII asr boshlarida keng tarqalgan. Katta geografik kashfiyotlar davri boshlangan birinchi va eng mashhur kemalardan biri.
16-BILET 1. Davan hamda Qang’ davlatini o’zaro taqqoslang. Davan davlati (Xitoy manbalarida bu o’lka shu nom bilan tilgaolinadi) taxminan, mil. avv. III asrda paydobo’lib, Farg’ona vodiysida joylashgan.Xitoy hukmdorlari bir necha bor bu davlatni bosib olmoqchi bo’ldilar, biroq ularningharakatlari behuda ketdi. Harbiy yurishlarningbirida ular Davan davlatining poytaxti Ershiniqo’lga kiritdilar, biroq aholisining tovon to’lashievaziga uni tashlab chiqishgan.Davan davlati Xitoy va Sharqning boshqamamlakatlari bilan bo’lgan xalqaro savdoda muhim o’rin tutgan. Xitoy hukmdorlariniko’proq Farg’onaning zotli otlari qiziqtirardi.Otlar naslining biriga hatto ular «Samoviy»deb nom berganlar. «Samoviy otlar» baquvvat va chopqir bo’lgan. Qadimshunoslar topgan dalillar Xitoy solnomalaridagi ma‘lumotlarni tasdiqladi. Ko’p sonli aholiga, yaxshi qurollangan va mashqko’rgan qurolli kuchlariga ega bo’lgan Davan mil. avv. II-I asrlarda yuksak taraqqiyetgan davlatga aylangan. Davan davlatiningSho’rabashat, Uchqo’rg’on singari shaharlari atrofidagi aholi yerni ishlash, sholi va bug’doyyetishtirish, bog’dorchilik va uzum yetishtirishda katta yutuqlarga erishgan.Olimlarning aniqlashicha, milodiy III asrdaDavan davlati barham topgan. Xitoy manbalaridan bu davlatning Qang’yuy deb atalgani ma‘lum. Mil. avv. III asrda unga saklarasos solishgan. Qadimshunoslarning aniqlashicha, Toshkent vohasida miloddan avvalgi III asrda asos solingan, Qanqa – Qang’xashaharqal‘asi saklarning o’sha kezlardagipoytaxti Qang’dez bo’lgan. Xitoy manbalaridabu shahar Bityan deb atalgan. Qang’ davlatining asosiy shaharlari Sirdaryo sohillari bo’ylab joylashgan.Miloddan avvalgi II asr oxirida Qang’ qudratli davlat birlashmasiga aylanadi. U ning hukmdorlari o’z nomidan tangalar zarbqildir ganlar. Qang’ davlatida istehkomlar, ibodatxonalar, savdo va hunarmandchilik mahallalari barpo etilgan.Davlatning madaniy markazlaridan biriToshkent vohasi edi. Ayni shu hududda o’troqziroatchilik va hunarmandchilik madaniyati vujudga kelgan.Uning hududidan Buyuk Ipak yo’liningshimoliy tarmog’i o’tganligi davlat iqtisodining gullab-yashna shiga imkon yaratdi. Lekin ayni shu hol ko’chmanchi qabilalar bilan urushlarning kelib chiqishiga sabab bo’ldi. Bu urushlarda qang’arlar (Qang’ davlati aholisinishunday atashgan) ko’pincha g’olib chiqaredilar. Milodiy III asrda Qang’ davlati parchalanibketdi. 2. Jaloliddin Manguberdining O’zbekiston tarixidagi tutgan o’rni haqida ayting. Jaloliddin Manguberdi (to’liq ismi Jaloliddin ibn Alovuddin Muhammad) (1198– 1231) – Xorazmshohlar davlatining so’nggi hukmdori (1220–1231), mohir sarkarda. Anushteginiylardan. Jaloliddin burnida xoli (mank) bo’lgani uchun Mankburni nomi bilan atalgan.Keyinchalik bu nom talaffuzda o’zgarib ―Manguberdi‖ nomi bilan mashhur bo’lib ketgan. Parvon jangi (1221) – Jаlоliddin Mаngubеrdining mo’g’ul bоsqinchilаrigа qаrshi оlib bоrgаn jаnglаrid аn biri.Parvon jangi o’g’ullаrning bu urushdаgi eng kаttа mаg’lubiyati bo’lgаn. Mo’g’ullаr bоsib оlgаn ko’pginа shaharlаrdа хаlq qo’zg’оlоn ko’tаrib mo’g’ulnоiblаrini o’ldirgаnlаr.Sind daryosi bo’yidagi jang – Jaloliddin Manguberdi va Chingizxon qo’shinlari o’rtasidagi jang (1221-yil 25-noyabr). Jangda Chingizxon qo’shinlari muvaffaqiyat qozonadi. 3. “Espeditsiya” atamasiga izoh bering. Ekspeditsiya (lot. — tartibga keltirish, yurish) —1) biror narsa (mas, xatxabarlar, yuk va shahrik.)ni joʻnatish, tarqatish; 2) muayyan narsani joʻnatuvchi, tarqatuvchi muassasa, korxona boʻlimi; 3) biror maxsus (ilmiy, harbiy) topshiriqqa ega boʻlgan shaxslar guruhi, otryadning safari; shundan tadbir qatnashchilari guruhi.
17-BILET 1. Qang’ davlati haqida fikrlaringizni bildiring. Xitoy manbalaridan bu davlatning Qang’yuy deb atalgani ma‘lum. Mil. avv. III asrda unga saklarasos solishgan. Qadimshunoslarning aniqlashicha, Toshkent vohasida miloddan avvalgi III asrda asos solingan, Qanqa – Qang’xashaharqal‘asi saklarning o’sha kezlardagipoytaxti Qang’dez bo’lgan. Xitoy manbalaridabu shahar Bityan deb atalgan. Qang’ davlatining asosiy shaharlari Sirdaryo sohillari bo’ylab joylashgan.Miloddan avvalgi II asr oxirida Qang’ qudratli davlat birlashmasiga aylanadi. U ning hukmdorlari o’z nomidan tangalar zarbqildir ganlar. Qang’ davlatida istehkomlar, ibodatxonalar, savdo va hunarmandchilik mahallalari barpo etilgan.Davlatning madaniy markazlaridan biriToshkent vohasi edi. Ayni shu hududda o’troqziroatchilik va hunarmandchilik madaniyati vujudga kelgan.Uning hududidan Buyuk Ipak yo’liningshimoliy tarmog’i o’tganligi davlat iqtisodining gullab-yashna shiga imkon yaratdi. Lekin ayni shu hol ko’chmanchi qabilalar bilan urushlarning kelib chiqishiga sabab bo’ldi. Bu urushlarda qang’arlar (Qang’ davlati aholisinishunday atashgan) ko’pincha g’olib chiqaredilar. Milodiy III asrda Qang’ davlati parchalanibketdi. 2. Oktavian Avgust haqida ma‟lumot bering. Mil. avv. 31-yilda Yunoniston qirg’oqlarida Antoniy va Oktavian flotlari o’rtasida jang bo’ldi. Jang qizigan bir pallada Kleopatra vaAntoniy Aleksandriya shahriga qochadilar. Armiya va flot Oktavianga taslim bo’ladi. Keyingi yili Oktavian qo’shin bilan Misrga yetibkeladi. Antoniy va Kleopatra o’z-o’zini o’ldiradi, Misr esa Rim davlati provinsiyasiga aylanadi.Shu tariqa Oktavian butun Rim imperiyasiningyakka hukmdori bo’lib oladi.Mil. avv. 29-yilda Oktavian Senatdan imperator unvonini va Avgust laqabini oladi.U Rim imperiyasining asoschisiga aylanib,bir qator islohotlar o’tkazdi. Imperator kengko’lamda qurilish ishlari olib bordi. Uning davrida Rimda ko’plab saroylar va ibodatxonalarbunyod etildi.Oktavian Avgust vafotidan so’ng uning vorislari Kaligula va Neron hukmronligi davrida imperiyada inqiroz boshlandi. Faqatmilodiy II asrning boshlarida Rimning kuchqudrati qayta tiklandi. Bu asr Rim imperiyasining «oltin asri» degan nom olgan. 3. “Jevachi” atamasiga izoh bering. Jevachi (jeva — qurol-aslaha) — qurol-aslahaxona boshlig’i.
18-BILET 1. Sparta shahar-davlati haqida ma‟lumot bering. Milloddan avvalgi XII asrda Janubiy Yunoniston (Lakonika) hududiga doriylar qabilasi bostirib kirdi. Ular mahalliy qabilalarni bo‘ysundirib, Sparta davlatiga asos soldilar. Sparta engyirik Yunon davlatlaridan biriga aylandi. Spartaliklar qulga aylantirilga mahalliy aholi – ilotlarham aslida yunonlar bo‘lib, ular bilan bir tilda so‘zlashgan. Mil. avv. VIII - VII asrlarda qullarsoni uncha ko‘p bo‘lmagan Afinadan farqli o‘laroq Spartada qullarga aylantirilgan aholiko‘pchilikni tashkil etar, ular ham spartaliklardan qattiq nafratlanar edi. Chet elliklar Spartagakiritilmagan. Savdo-sotiq sust rivojlangan, san‘at asarlari, chiroyli ibodatxonalar hambo‘lmagan. Hamma uylar bir biriga o‘xshatib qurilgan. Spartada haykaltaroshlar ham, rassomlarham, olimlar ham bo‘lmagan. 2. Ismoil Somoniy haqida ma‟lumot bering Ismoil Somoniy o’rta asrlarning qobiliyatli, serg’ayrat va nihoyatda zukko davlat arbobi edi. U Movarounnahrni birlashtirib, mustahkam davlat tuzishga intildi. Shimoli sharqiy hududlarga yurish qiladi. 893-yilda Taroz shahrini zabt etib, dashtliklarga qaqshatqich zarba beradi.Movarounnahr aholisining mustaqillikka erishishi, shubhasiz, Arab xalifalariga yoqmas edi. Shu boisdan xalifalik safforiylar bilan somoniylarni to’qnashtirishga va ularning har ikkisini ham zaiflashtirib, bu boy viloyatlarda o’z ta‘sirini qayta tiklashga harakat qiladi. Xalifa Mu‘tazid (892–902)safforiylar hukmdori Amr ibn Laysga Xuroson bilan birga Movarounnahr ustidan ham hukm yuritish huquqi berilgani haqida farmon chiqaradi va uni Ismoilga qarshi gij-gijlaydi.Natijada 900-yilda ular o’rtasida urush boshlanadi. Urush Ismoilning g’alabasi bilan tugaydi. Butun Xuroson somoniylar qo’l ostiga o’tadi. Noilojlikdan xalifa Ismoilga hukmdorlik yorlig’ini yuborishga majbur bo’ladi. Ismoil Somoniy butun Movarounnahr va Xurosonni o’z qo’l ostida birlashtirdi. Buxoro shahri bu ikki davlatning poytaxtiga aylandi. 3. “Gildiya” atamasiga izoh bering. Lotin so'zidan kelib chiqqan atama gremĭum.Shuningdek, siz bir xil ijtimoiy mavqega ega bo'lgan yoki umumiy xususiyatlarga ega bo'lgan boshqa odamlar guruhiga murojaat qilishingiz mumkin. Bir turdagi kabi uyushma , gildiya O'rta asrlarda Evropa shaharlarida savdo-sotiq bilan shug'ullanadigan hunarmandlarni birlashtirish uchun paydo bo'lgan. Birlashish orqali hunarmandlar faollikni oshirishi, talabni tashkil qilishi va barcha sheriklar uchun ishlashni kafolatlashi mumkin edi. Boshqa tomondan, ular o'z ishlarini o'qitishga bag'ishlangan edilar. Ushbu muammolar gildiyani boshlang'ich nuqtasi sifatida ko'rib chiqishga majbur qiladi zamonaviy kasaba uyushmalari , ierarxiyasiz bo'lsa ham.
19-BILET 1. Qadimgi Afina va Sparta davlatlarini taqqoslang. Afina Yunonistonning Attika deb atalgan togʻli joyida vujudga kelgan. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, bu joylarda odamlar neolit davridan boshlab yashagan. Attikaliklar Afina maʼbudiga sajda qilganlar. Attikadagi qishloklar birlashib Afina shahri vujudga kelgan (miloddan avvalgi 9–8-asrlar). Bu vaqtda (Gomer davri) harbiy demokratiya susayib, urugʻchilik munosabatlari yemirila boshlagan edi. Hokimiyatni urugʻ aristokratlari (evpatridlar) boshqarardilar. Mil. av. 7-asrda Ada evpatridlar siquvi kuchayib dehqonlar ahvoli ogʻirlashgan edi. Mil. av. 594 yilda savdogarlar aristokratiyasidan Solon arxont (hokim) boʻldi. U Afinada ijtimoiysiyosiy tuzumni tubdan oʻzgartiradigan islohotlar oʻtkazdi. Qarzlarni bekor qildi, qarz tufayli qul qilib sotishni taqiqladi, urugʻchilik munosabatlariga uzil-kesil zarba berdi. Siyosiy huquq va lavozimlar kishilarning mol-mulkiga qarab belgilanadigan boʻldi. Aristokrat naslidan boʻlgan Pisistrat oʻz tarafdorlari va yollanma askarlariga tayanib, miloddan avvalgi 560 yilda oʻzini Attika dehqonlarining dohiysi deb eʼlon qildi va Afinaning mustabid hokimi boʻlib oldi. Pisistrat oʻziga qarshi boʻlgan aristokratlarning yerlarini tortib olib dehqonlarga ulashib berdi, ularga davlat hisobidan pul qarz berishni joriy etdi. Pisistrat davrida Afinada savdo munosabatlari rivoj-landi, ibodatxona va boshqa qasrlar qurildi, suv quvuri oʻtkazildi. Mil. avv. XII asrda Janubiy Yunonis ton (Lakonika) hududiga d oriylar qabilasi bostirib kirdi. Ular Sparta shahar-davlatiga asos soldi- lar. Sparta eng yirik yunon davlatlaridan biriga aylandi. Spartaliklar qulga aylantirgan mahalliy aholi – ilotlar ham aslida yunonlar bo’lib, ular bilan bir tilda so’zlashgan. Ilotlar spartaliklardan qattiq nafratlanar edi. Bunday sharoitda o’z hukmronligini faqat kuch bilan saqlab qolish mumkin bo’lgan. Shuning uchun ham spartaliklar o’z davlatlarida alohi- da shart-sharoitlar yaratdilar, jumladan, ham- ma qat‘iy intizomga amal qilar, yengilganlar shafqatsiz jazolanardi. Sparta urushga tayyorgarlik ko’rayotgan bir shaharga o’xshab qolgan. Chet elliklar Spartaga kiritilmagan. Savdo-sotiq sust rivojlangan, san‘at asarlari, chiroyli ibodatxonalar ham bo’lmagan. Hamma uylar bir-biriga o’xshatib qurilgan. Ilotlar kichikkichik qishloqlarda yashagan- lar. Ular butun boshli davlatning mulki hisoblanardilar. Ilotlar alohida spartaliklar oilasi yeriga ishlov berib, chorvani boqishgan va boshqa majburiyatlarni bajarishgan. Spar- taliklar esa faqat jangchi edilar. Ular deh- qonchilik bilan ham, chorvachilik bilan ham shug’ullanmaganlar. Ilotlardan tashqari Spartada to’la-to’kis huquqlarga ega bo’lmagan, shaxsan ozod kishilar – perieklar ham yashagan. Qadimgi Spartada kuchli va chidamli jangchilar nihoyatda qadrlangan. Bolalar ancha qattiq sharoitda voyaga yetishgan. Sparta maktablarida bolalarni harbiy ishlarga o’rgatib bo’lajak jangchilar va Spartaning so- diq himoyachilari etib tarbiyalashardi. Spar- talik o’smirlar ota-onalaridan alohida yasha ganlar. Yigirma yoshga to’lgan hamma yigitlar jangchi qo’shinlariga qabul qilinib, qo’shinda keksa yoshga qadar xizmat qilganlar. 2. Mahmud G’aznaviy haqida ma‟lumot bering. Mahmud G’aznaviy davrida (997–1030) esa uning hududi kengayib, Sharqning eng qudratli davlatlaridan biriga aylangan. Somoniylar sulolasi barham topgach, Mahmud G’aznaviy Xuroson hududlarini, so’ng Xorazm davlatini (1017) ham o’z saltanatiga qo’shib olgan. 3. “Dukchi” atamasiga izoh bering. Dukchi (forscha yig, duk) — charxning yigirilayotgan ip o’ralibboriladigan qismi. Duk yasovchi hunarmand dukchi deyilgan.
20-BILET 1. Qadimgi Xorazm va Kushon podsholigini o’zaro taqqoslang. Mil. avv. IV asrda Xorazm Ahamoniylar davlatidan ajralib chiqib, mustaqil davlatga aylandi. Makedoniyalik Aleksandr va salavkiylar hukm ronligi davrida ham Xorazm davlati mus- taqil edi. Bu o’lka aholisi xo’jaligining asosini dehqonchilik tashkil etgan. Xorazmda shaharsozlikning boshlanishi miloddan avvalgi VII asrga borib taqaladi (Ko’zaliqir shahri xarobalari). Bu yerda mahalliy hukmdorning qarorgohi bo’lgan ulkan qal‘a bunyod etilgan edi (Qal‘aliqir shahri xarobalari). Miloddan avvalgi III–II asrlarda Jonbosqal‘a Xorazmning qadimgi shahri bo’lgan. Qo’y- qirilganqal‘a xarobalaridan aylana shaklda qurilgan mustahkam ibodatxona qoldiqlari t opilgan. Milodiy II–III asrlarda Tuproqqal‘a shah- rida bundan ham ulug’vor va muhtasham qurilish ishlari amalga oshirilgan edi. Shahar qudratli mudofaa devorlari bilan o’ralib, devor burchaklarida burjlar qurilgan. Markazdan o’tgan ko’cha shaharni ikki qismga bo’lgan, undan esa, yon-atrofga ko’chalar ketgan, mahallalar bir-biridan ajralib turgan. Markaziy maydonda muhtasham saroy va ibodatxona- lar joylashgan. Qasrdagi saroy devorlari shohlar, lashkarlar, sozandalar, shuningdek, hayvonlar va qushlar tasviri bilan bezatilgan. 20 dan or- tiq bo’yalgan loy haykallar zallardan biridagi tokchalarda devor bo’ylab o’rnatilgan. Xorazmda ayniqsa hunarmandchilik yuk- sak darajada rivoj topgan. Kulolchilik, temir, mis asboblar, qurollar, zargarlik buyum- lariga talab katta bo’lgan. Xorazm aholisi So’g’diyona, Marg’iyona, Baqtriya va dasht ko’chmanchilari bilan yaqindan savdo munosabatlarini o’rnatgan. Bu o’lkadan muhim karvon yo’llari o’tgan. Mil. avv. I asrda va milodiy dastlabki asrlarda Xorazmda ku- mush va mis tangalar zarb qilingan. O’rta Osiyodagi eng qadimgi yo- zuv Xorazm hududidan topilgan. Bular Oybo’yirqal‘a (miloddan avvalgi V– IV asrlar) yodgorligidan xum sirtiga bitilgan yozuv va Qo’yqirilganqal‘adan topilgan ayrim mahal- liy yozuvlardir (miloddan avvalgi III–II asrlar). Milodiy I asrda Xorazmda ishlab chiqilgan mahalliy taqvimdan xorazmliklar VIII asrga qadar foydalanishgan. Mil. avv. 140 –130-yil- lar oralig’ida ko’ch- manchi yuechji qabi- lalari YunonBaqtriya davlatini bosib oladilar. Yuechjilar Baqtriya yerlariga kelib o’rnashadilar va milodiy I asrda Guyshuan (Kushon) xonadonining boshlig’i barcha yuechji mulklarini o’z hokimiyati ostida birlashtirib, Kushon dav- latiga asos soladi Birlashgan yuechji qabilalarining birinchi hukmdori Kudzula Kadf i z bo’lgan. Kudzula Kadf i z hukmronligi davrida Afg’oniston va Kashmir Kushon davlatiga qo’shib olingan. Uning vorisi Vima Kadfi z hukmronligi davrida Kushon davlati hududi yanada kengaydi. Podsho Kanishka hukmronligi zamo- nida poytaxt Baqtriyadan Peshovar (hozirgi Pokiston)ga ko’chiriladi, Kushon podsholigi esa ulkan davlatga aylanadi. Uning hududiga Hindiston, Xo’tan, Af- g’oniston va O’zbekistonning janubigacha bo’lgan yerlar kirgan. Rim, Parf i ya, Xitoy davlatlari qatorida Kushon davlati ham ulkan podsholiklardan biriga aylangan. To’xtovsiz urushlar oqibatida Kushon davlati inqirozga yuz tutdi va parchalanib ketdi. 2. Yustinian I haqida ma‟lumot bering. Yustinian I davrida Konstantinopolda barpo etilgan Avliyo Sofiya ibodatxonasini hech shubhasiz ilk o’rta asrlaming eng mahobatli me‘morchilik inshooti deb atash mumkin. Uning ulkan gumbazi (diametri 31,5 m) bo’lib. 40 ta deraza gulchambari bilan qurshalgan. Osmon gumbazi kabi ushbu gumbaz goho havoda muallaq turgandek tuvuladi. Turli xil toshlar va ovna parchalaridan yasalgan juda ajoyib mozaikalar ibodatxona devorlarini bezagan. 3. “Delegat” atamasiga izoh bering. Delegat (lotincha — yuborgan) — biror tashkilot, jamoa tomonidan vakolatli qilib saylab yoki tayinlab yuborilgan vakil.
21-BILET 1. Karfagen haqida ma‟lumot bering. Shimoliy Afrikaning sohillarini,Sardiniya, Korsika orollarini o’z ichiga olganqudratli davlat – Karfagen quldorlari Sitsiliyaorolining g’arbiy qismini egallab olgan edilar.Aynan Sitsiliya masalasi Rim va Karfageno’rtasidagi urush boshlanishiga sabab bo’ladi.Rimliklar Karfagen bilan uch marotabaurushdilar. Bu urushlar tarixga Puni urushlari nomi bilan kirgan edi, negaki, rimliklarKarfagenni Puna deb atashardi. Birinchiurushda rimliklar g’alaba qozondilar va Sitsiliyani bosib olib, karfagenliklarni o’zlarigao’lpon to’lashga majbur qildilar.Karfagen quldorlari Ispaniyaning katta qismini bosib oldilar. Karfagen armiyasiga tajribali sarkarda Gannibal boshchilik qilardi.Gannibal qo’shinlariningIspaniyadan Italiyaga qarshi yurishlari tufayli ikkinchi Puni urushi boshlandi. Karfagen armiyasi Alp tog’lari etaklariga yetib bordi.O’tibbo’lmasdek tuyulgan tog’lardan oshgan Gannibal Shimoliy Italiya hududiga bostirib kirdi vamil. avv. 216-yilda Kann yaqinidagi jang darimliklar armiyasini tor-mor etdi. Bu jangda 70ming rimlik legioner halok bo’lgan.Mag’lubiyatdan keyin rimliklar hal qiluvchijanglarga botina olmaganlar. Italiya aholisiGannibalni qo’llab-quvvatlamadi, chunki Karfagen yollanma qo’shinlari mamlakatni talontaroj qilib tashlagan edi. Rimlik sarkarda Ssipionning kutilmaganda o’z qo’shinlari bilanAfrika qirg’og’iga kelib tushganidan xabar topgan Gannibal Karfagenni himoya qilishga otlanadi, ammo mil. avv. 202-yilda uning lashkariZama shahri yaqinida (Shimoliy Afrika) rimliklar tomonidan tor-mor etildi.Karfagen Rimga taslim bo’lib, katta miqdordagi boylik bilan tovon to’lashi kerak edi. Biroq vaqt o’tib, Karfagen o’z qudratini tiklashgaharakat qiladi.Uchinchi Puni urushida rimliklar Karfagenniqamal qildilar. Shahar aholisi ikki yil Karfagenni mudofaa qildi, shaharda ochlik boshlandi.Rimlik legionerlar shaharga hujum qilib, o’tqo’yishar edi.Shunday qilib, mil. avv. 146-yilda Karfagen butunlay vayronaga aylantirildi. Rimqo’shinlari esa g’alaba sururi, talangan o’lja vaminglab qullar bilan Italiyaga qaytib keldilar. 2. Xiva xoni Abulg’oziy Bahodirxon haqida ma‟lumot bering. Abulg‘oziy Bahodirxon (1603, Urganch- 1663.Xiva) -X iv a xoni (1643-1664), shayboniylar sulolasidan, tarixchi va tabib. Abulg‘oziy Bahodirxonning og’alari Habash sulton va Elbars sulton otalari Arab Muhammadxonni yengib, uni Qum qal‘asiga qamadilar. Otasining tarafdorlari boMgan katta og’asi Asfandiyor Eronga, Abulg‘oziy Bahodirxon esa Buxoroga Imomqulixon huzuriga qochdi. 1623-yilda akasi Asfandiyorxon Xiva taxtini egallagach, Abulg‘oziy Bahodirxon Urganchga hokim qilib tayinlandi. Lekin Asfandiyorxon bilan o ‘rtalarida nizo chiqib, Abulg‘oziy Bahodirxon 1627- yilda qozoq xoni Eshimxon huzuriga qochdi; keyin ikki yil Toshkent hokimi Tursunxon bilan birga bo’ldi. Ko’p o ‘tmay, turkmanlarning taklifiga binoan u yana Xorazmga qaytdi. Asfandiyor uni Xiva hokimi qilib tayinlashga majbur bo’ldi. 1629-yilda turkmanlar Eronga tobe bo’lgan Niso va Durunni bosib oldilar. Asfandiyorxon Eron bilan munosabatlarning tamoman jiddiylashib ketishidan cho’chib, aybni Abulg‘oziy Bahodirxonga to’nkadi va uni 1630-yil qishida Eron podshohi huzuriga garov tariqasida yubordi. Abulg‘oziy Bahodirxon shu tariqa 10 yil Eronda, Isfahon yaqinidagi Taborak qal‘asida qamoqda yashadi. 1639-yilning yozida u tulqunlikdan qochishga muvaffaq bo’ldi. Abulg‘oziy Bahodirxon bir necha yil taxt uchun kurash olib borib, nihoyat 1644-yil Xiva taxtiga o ‘lirdi. Abulg‘oziy O‘r s t Bahodirxon markaziy hokimiyatni mustahkamlash uchun kurash olib bordi. U 1663-yilda hokimiyatni o ‘g’li Anushaxonga topshirdi. 3. “Manifest” atamasiga izoh bering. Manifest(lot)-hukumatning juda muhim voqea munosabati bilan xalqga qilgan yozma murojati
22-BILET Eftallar davlati. V asrning 20-yillaridan VI asrning 70-yil-larigacha bo‘lgan davrda ta Osiyoda eftaliylar dav la-ti faoliyat ko‘r atgan. Yozma manbalarda eftaliylar, ef allar nomlar eftallar shohi “Eftalon”, ba’zi manbalarda “Vax-shunvar”dan olingan Eftallar davlati – ilk o‘rta asrlarning qudratli davlati. V asrning ikkinchi yarmi va VI asrning boshlarida Eftallar davlati O‘rta Osiyo, Afg‘oniston, hozirgi Pokiston, Shimoliy Hindiston va Sharqiy Turkiston hududlarini o‘z ichiga olgan eftallar V asr boshlarida O‘rta Osiyo hududiga Sharqdan kirib kelganlar. eftaliylar davlatining dastlabki poytaxti Buxoro yaqinidagi Poykant va Varaxsha shaharlari bo‘lgan. Bu davlatga O‘rta Osiyodan tashqari Sharqiy Turkiston, Afg‘oniston, Shimoliy Hindiston va hozirgi Pokiston hududlari ham kirgan. eftallar davlati o‘zaro aloqa o‘rnatish maqsadida 456- yilda Xitoyga elchi yuborgan. eftallarning tobora kuchayib borayotganidan xavfsiragan sosoniylar ularga qarshi yurish qiladi. 484-yilda eftallarga qarshi bo‘lgan urush sosoniylar shohi Pero‘zning halokati bilan tugaydi. Shundan so‘ng eftallarga qaram bo‘lib qolgan sosoniylar ularga kumush hisobida belgilangan bojni uzluksiz to‘lab turganlar. eftaliylar davrida saltanat yakka hukmdor tomonidan boshqarilgan. Taxt otadan bolaga qolmay, shu suloladan kim loyiq deb topilsa o‘sha taxtga o‘tirgan. Nomzodni aniqlab taqdim etadigan kengash ham mavjud bo‘lgan. Bu kengash su-lolaning mo‘tabar namoyandalari hamda saltanatning obro‘li a’yonlaridan iborat bo‘lgan. Viloyatlarda boshqaruv mahalliy xonadonlar (sulolalar) tomonidan olib borilgan. Mazkur mulklar hukmdor – Sho (shoh)ga tobe sulolalar tomonidan boshqarilgan. Hatto ularning har biri o‘zining kumush yoki mis tangasini zarb etgan 2. Amir Umarxon haqida ma‟lumot bering. Amir Umarxon davridagi yirik shoirlardan biri Mahmur (asl ismi Mahmud) XVIII asr oxirida tug’ilib, 1444-yili vafot etgan. Qo’qondagi madrosayi Mirda o’qigan, keyin qo’shinda sipohlik qigan. Mahmurning hajviy she‘rlar devoni saqlangan bo’lib unda oltmish to’qqiz asar (3717) misra jamlangan hajviy asarlarida xalqqa jabr yetkazgan keskin taqid ostiga olgan. Xususan, ―hapalak‖ she‘rlarida hapalak qishlog’ining ayanchli manzaralari aks ettirilgan. 3. “Chorizm” atamasiga izoh bering. Chorizm – chor Rossiyasi tomonidan Markaziy Osiyoga bostirib kirgan 1850 yillardan 1920 yillargacha bo'lgan davrning nomlanishi.
23-BILET 1. Maurya davlati haqida ma‟lumot bering. Yunon-makedon qo’shinlariga qarshikurashga mashhur hind sarkardasi Chandragupta sardorlik qiladi. Chandragupta Shimoliy Hindistondagi barcha davlatlarni o’ztarkibiga olgan Maurya davlatiga asos solgan.Pataliputra shahri esa Maurya davlatipoytaxtiga aylandi. Mil. avv. III asrda podsho Ashoka hukmronligi davrida Maurya rivojlanishda yuksak taraqqiyotga erishdi. 2. Boburiylar sulolasidan bo’lgan Shoh Jahonning Hindiston tarixidagi tutgan o’rni haqida fikr bildiring. ShohJahon (1592.5.1, Lohur 1666.22.1, Agra) — Boburiylar saltanati hukmdori (1627—58), Jahongirshohning 3-oʻgʻli. Asl ismi Xurram. 1616 yil Dekan (toʻgʻrirogʻi — Dakan)dagi gʻalabasidan soʻng Sh.J.nomini olgan. 1622— 25 yillar otasi Jahongirshohga qarshi urushib, yengilgan. 1627 yilda taxt uchun kurashlarda gʻolib boʻlib, "Abul Muzaffar Shahobiddin Muhammad Sohibqironi Soniy" taxallusini olgan. Taxtga oʻtirgan zahoti bir qancha isyonlarni bostirishga majbur boʻlgan. Sh.J. poytaxtni Agradan Dehliga koʻchirgan. Bu davrda adabiyot, sanʼat, musiqa va boshqalar fanlar rivoj topgan. Sh.J. bir qancha muhtasham obidalarni bunyod ettirgan — Agrada Tojmahal, Qizil qalʼa, Dehlida Jome masjid, Lohurda Shalimar bogʻi va boshqalar Sh.J. davrida Boburiylar saltanati tanazzulga yuz tuta boshlagan. 1630—33 yillarda Gujarat va Dekanda qattiq qurgʻoqchilik tufayli ocharchilik boʻlgan, xalqning ahvoli ogʻirlashgan, shuning uchun Sh.J. mazkur oʻlkalardagi yer soligʻini kamaytirgan. Sh.J. davrida Yevropa savdo kompaniyalarining Boburiylar davlatiga suqilib kirishi kuchaygan, Shu kezlarda uning oʻtillari oʻrtasida taxt uchun kurash avj olgan. Bu kurashda katta oʻgʻli Avrangzeb gʻolib kelib, taxtni egallagan. Sh.J. Tojmahal maqbarasida xotini Mumtoz Mahal yoniga dafn etilgan. 3. “Kommuna” atamasiga izoh bering. Kommuna (frans. commune, lot. communis — umumiy) — 1) oʻrta asrlarda Gʻarbiy Yevropada shahar Kommunasi — feodallardan oʻz-oʻzini boshqarish huquqlarini olishga erishgan jamoa; 2) hozirgi bir necha xorijiy davlatlarda — quyi maʼmuriy hududiy birlikning nomi.
24-BILET 1. Qadimgi Afrosiyob haqida ma‟lumot bering. Afrosiyob – Samarqandning qadimgi xarobasi. Bu nom tarixiy manbalarda qadimgi Samarqandga nisbatan faqat XVII asrdan boshlab uchraydi. Qadimgi Samarqand sugʻd manbalarida Smarakanve deb atalgan. Mil. av. 4-asrda Samarqand Aleksandr Maqsuniy qoʻshinlari tomonidan istilo etilgach, yunon mualliflari kundaliklarida Maroqanda sifatida eslatiladi. Maroqanda Smarakanve ning yunoncha tarjimasi. Movarounnahrda somoniylar hokimiyat tepasiga kelgach, qadimgi Smarakanve 9-asrdan boshlab Samarqand deb atala boshlandi. 2. Oliver Kromvelning Angliya ta rixidagi o‘rni haqida fikr bildiring KROMVEL (Cromwell) Oliver (1599—1658) — 17-asrdagi ingliz inqilobi arbobi, independentlar rahbari. 1640 yil Muddatsiz parlament (Qonun chiqaruvchi organ)ga saylangan. 1 – (1642-46) va 2–(1648) fuqarolar urushida qirol armiyasi ustidan gʻalaba qozongan parlament armiyasining asosiy rahbarlaridan biri. Kromvel armiyaga tayanib presviterianlarni parlamentdan haydagan (1648); qirolni qatl etish va respublika eʼlon qilinishiga koʻmaqlashgan (1649), vatijada hokimiyat Kromvel tarafdorlari qoʻlida toʻplangan. 1640 yildan lord-general (barcha harbiy kuchlar bosh qoʻmondoni). Irlandiya va Shotlandiyada ozodlik harakatlarini, levellerlar va diggerdar harakatini bostirgan, Kromvel 1653 yil parlamentni tarqatib, yakka shaxs harbiy diktatura rejimi — protektorat oʻrnatgan. 3. “Diktatura” atamasiga izoh bering. Diktatura (lotincha-cheklanmagan hokimiyat) - hech qanday qonunbilan cheklanmagan, zo’rlikka tayanuvchi hokimiyat.
25-BILET 1. Prussiya qirolligi haqida ma‟lumot bering. Prussiya (PreuBen) — davlat, soʻngra Germaniyadagi yer (federativ maʼmuriy birlik; 1945 yilgacha). P.ning asosiy tarixiy oʻzagi — Brandenburg 1618 yil Prussiya gersogligi (Tevton ordeni tomonidan 1525 yil bosib olingan prus yerlarining bir kismida vujudga kelgan) bilan birlashgan. BrandenburgPrussiya davlati 1701 yil Prussiya qirolligiga aylangan (poytaxti — Berlin shahri). Prussiyaning iqtisodiy va siyosiy hayotida yunkerlar rahbarlik rolini oʻynaganlar. Gogensol-lernlar sulolasidan chiqqan Prussiya qirollari (Fridrix II va boshqalar) XVII asr XIX asrning I yarmida davlat hududini sezilarli darajada kengaytirgan. 1871 yil prus yunkerlari Bismark boshchiligida "Temir va kon" bilan Germaniyani prus-militaristik asosda birlashtirilishini yakunlashgan; Prussiya qiroli ayni vaqtda Germaniya imperatori boʻlgan. Germaniyadagi 1918 yil noyabr inqilobi nati-jasida Prussiyadagi monarxiya barham topgan. Prussiya Germaniya yerlaridan biriga aylangan. Ikkinchi jahon urushida fashistik Germaniya tormor keltirilgach, Prussiya hududi ayrim yerlarga taqsimlangan (1945); 1947 yil Germaniyadagi Kontrol kengash Prussiya davlatini militarizm va reaksiya ning beshigi sifatida yoʻq kilinganligi haqida qonun qabul qilgan. 2. Boburiylar sulolasidan bo’lgan Akbarshohning Hindiston tarixidagi o’rni haqida fikr bildiring. Imperiya Akbarshohdavrida.Boburiylar sulolasi hukmdorlari ichida «Buyuk Akbar» degan unvonga sazovor bo'lganHumoyunning о'g'liAkbarshoh 1556- yilda otasi taxtini egalladi. Akbarshoh hamisha uzoqnira'zlab siyosat yuritdi. Shu tufayli u Hindistonda о 'z hukmronligini to'la va uzil-kesil o'rnataoldi. Shuning uchun ham uni Hindistondagi Boburiy hukmdorlar ichida eng ulug'i - «BuyukAkbar» deb atashgan. Akbar Hindiston tarixidagina emas, balki jahon tarixida ham eng buyukshohdir. Agar yevropalik hukmdorlar bilan taqqoslanadigan bo'lsa, Akbar ulug'vorlikda ham,omadbarorlikda ham ulardan ustun turadi. Ishvari Prasad,hind tarixchi limi.Akbarshoh bundaybuyuklikka osonlikcha erishgan emas. Uning asosiy raqibi Hindistondagiafg'on qabilalariyetakchilari edi. Akbarshoh qo'shini 1556- yilda afg'on qabilalari qo'shinini tor-mor etdi. 1559-yilga kelib taxt uchun boburiylarga qarshi kurashning yetakchi kuchlari - afg 'onlarning Sursulolasi butunlay yanchib tashlandi. Akbarshohning hukmronlik yillari imperiyaning oltin davribo'lgan. Akbarshoh zukko davlat arbobi, mohir sarkarda bo'lishi bilan bir qatorda, itoatkor og‘il,g'amxo'r ota ham edi. Qo'1 ostidagi xalqlarning turmush farovonligi doimo uning e'tiborida turgan.Kambag'al,beva-bechoralarga muntazam moddiy yordam ko'rsatgan. Akbarshohfalsafa, din, adabiyot va tarix ilmini yaxshi egallagan. U boshqa din vakillariga nisbatan hamadolatli siyosat yuritgan. Akbarshoh musulmon bo'lmaganlardan undiriladigan «jizya» solig'inibekor qilgan.Hindlarning ziyoratgohlaridan olinadigan soliqni man etgan. Imperiya hududidayagona savdo solig'i joriy etilgan. Ham xolisa, ham jogirdorlar yerlaridan teng miqdorda soliqundirilgan. Davlat idoralaridagi lavozimlar, dini va mazhabidan qat'i nazar, shaxsningsalohiyatiga qarab taqsimlangan. Akbarshoh barcha fuqarolarga din erkinligi bergan. Bir so'zbilan aytganda, Akbarshoh hindlar bilan musulmonlarning yonma-yon, tinchtotuvyashashlariga erishgan. Akbarshoh yuritgan bunday adolatli siyosat boburiylar davlatiningulkan imperiyaga aylanishida, uning mahalliy aholi va amaldorlar tomonidanqo'llab-quvvatlanishida katta rol о'ynadi. Bu esa, о‘z navbatida, imperiyaning qudrati vashon-shuhratining yanada ortishiga xizmatqilgan.Akbarshoh Hindistonda yuritgan adolatlisiyosati evaziga «Milliy podshoh», «Xalq hukmdori» nomlariga ham sazovorbo'lgan.Akbarshoh 1605- yilda vafot etgan. 3. “Kapital” atamasiga izoh bering. Kapital-o‘z egasiga daromad keltiruvchi xususiy mulk(fabrika, zavod va boshqalar) o‘z-o‘zini ko‘paytiruvchi sarmoyadir.
26-BILET 1. Konstantinopol shahrining dunyo tarixidagi ahamiyati haqida fikr bildiring. Konstantinopol, Vizantii — Vizantiya imperiyasi poytaxti. 324— 330 yillarda Konstantin I asos solgan va imperator sharafiga "Konstantinopol" — "Konstantin shahri" deb nom qo‘yilgan. 330-yilda Konstantin I Rim impcriyasi poytaxtini sharqqa Konstantinopol ga ko‘chiradi. Davlat muassasalari va scnatning Rimdan ko‘chirib kclinishi Konstantinopol ning rivojlanishiga olib kcldi. Yirik savdo yo‘llarining kesishgan joyida joylashgan shahar. Sharq va G‘arb o ‘rtasida iqtisodiy, savdo va madaniy aloqalarni bog‘lovchi markazga aylandi. 4-salib yurishi davri (1202— 04)da salibchilar tomonidan talandi. 1204—61 yillarda Lotin impcriyasi poytaxti. 1261-yil vizantiyaliklar gcnuyaliklar bilan ittifoq, tuzib, shaharni qaytarib oldilar. 1453-yil 29-mayda uni usmonli turklar cgallab, nomini Istambul deb o ‘zgartirganlar. Konstantinopol kcyinchalik, Istanbul nomi bilan 1923-yilgacha Turkiya poytaxti bo‘lgan. Dunyoning turli mamlakatlari savdogarlari romeylar bozoriga shoshilganlar. Konstantinopol Osiyo va Yevropani bog’laydigan «Oltin ko’prik» hisoblangan. Vizantiya savdo- garlari G’arbiy Yevropa bozorlariga hasha matli kiyimlar-u zeb-ziynatlar, ziravorlar va qimmatbaho matolar, qurol- yarog’ lar-u idishlar, cherkov anjomlari-yu turli buyumlarni olib borishgan. Vizantiya oltin puli (numisma) ko’p asrlar davomida eng ishonchli xalqaro pul hisoblangan. 2. Ismoil I Safaviy haqida ma‟lumot bering. Ismoil I Safaviy (1487.17.7— 1524.23.5) - Eron shohi (1502 y.dan), Safaviylar davlati asoschisi, sarkarda, shoir. Qizilboshlilar yordamida Ozarbayjonni (1500—01), Tabrizni (1502) egallab, oʻzini shoh deb eʼlon qilgan. Tez orada Eron, Armaniston, Iroq va Movarounnahrning bir kismini bosib olgan (1503—10). I. I davrida Safaviylar davlati ancha kengaygan. 1512 y. I. I qoʻshinlari Boburga Samarqand taxtini egallashga yordam beradi. Lekin, 1513 y. boshida oʻzbek sultonlari Ubaydulla va Muhammad Temur qoʻshinidan qattiq zarbaga uchradi. Usmonli turklar bilan boʻlgan urushda I. I yengilgach (1514), oʻz qoʻl ostidagi Gʻarbiy Armaniston, Kurdiston va Iroqning bir qismidan ajradi. Mamlakat iqtisodini rivojlantirishga intilgan; maʼmuriy idoralar faoliyatini mustahkamlagan; mustaqil boʻlishga harakat qilgan koʻchmanchi zodagonlar bilan urush olib borgan. Islomning shia mazxabini davlat dini deb eʼlon qilgan. Turkiyzabon sheʼriyatning rivojlanishiga munosib hissa qoʻshgan. 3.“Rezervatsiya” atamasiga izoh bering. Rezervatsiya (lotincha — saqlayman) — biror davlatda tub joyaholisining omonqolgan qismini zo’rlab joylashtirish uchun ajratilgan hudud.
27-BILET Bu davrda Itàliyadà Florensiya àlohidà o‘rin tutàdi. Sàvdodàn kelgàn dàromàd uni Yevropaning eng bîy shaharlàridàn birigà àylàntiràdi. Shahar hîkimlàri to‘plàngàn boyliklàr hisobidàn må’mîrchilik obidàlàrini bunyod ettirib, hàykàltàroshlik và ràssîmchilikni yuksàltirgànlar. Eng màshhur ràssîmlàr, hàykàltàroshlàr, må’murlàr Florensiyadàn bo‘lib, shahar-råspublikà hîkimlàri ulàrning bàràkàli ijîdi uchun shàrîit yaràtib bårgànlàr. Màdàniyat màrkàzlàridàn yanà biri Vånåtsiya edi. Sha-hardà kitîb chop etish yuksàlgan. Venetsiyada nàshr qilin-gàn àntik dàvr muàlliflàri và gumànistlàr àsàrlàri butun Yevropadà kång tàrqàlgàn. 2. Otto fon Bismarkning Yevropa tarixidagi tutgan o’rni haqida fikr bildiring. Otto Eduard Leopold Karl-Vilgelm-Ferdinand fon Bismark (nem. Otto Eduard Leopold von Bismarck; 1815-yil 1-aprel — 1898-yil 30-iyul) - «temir kansler» deb atalgan knyaz, siyosatchi, davlat arbobi, German Imperiyasining birinchi kansleri.Prussiya qirolligida Bismark konservatorlar orasida yunkerlar namoyondasi sifatida obroʻ qozongan, diplomat sifatida faoliyat yuritgan (1851- 1862-yillar). 1862-yilda Prussiya hukumatining bosh vaziri etib tayinlangan. Konstitutsion inqiroz vaqtida monarxiyani himoya qilib liberallarga qarshi chiqgan. Tashqi ishlar vaziri sifatida Olmon-Daniya urushidan soʻng Prussiyani Germaniyadagi yetakchi kuchga aylantirdi. U Reyxskansler va Prussiya bosh vaziri sifatida 1890-yilgi isteʼfosiga qadar Reyxning siyosatiga kuchli taʼsir koʻrsatgan. Bismark tashqi siyosatda kuchlar balansi prinsipiga amal qilgan. 3. “Demokratiya” atamasiga izoh bering. Demokratiya – yunoncha «xalq hokimiyati», har bir fuqaro o’zmamlakatini boshqarish masalasi bo’yicha o’z fi krini bayon etadigan, shuningdek, davlat boshqaruvida ishtirok etadigan ijtimoiytuzum.
28-BILET 1. Baqtriya davlati haqida ma‟lumot bering. Mil. avv. 250-yilda Baqtriya Salavkiylar davlati tarkibidan ajralibchiqadi. Antik davr tarixchilarining xabar berishicha, mingta Baqtriya shahri hukmdori Diodoto’zini podsho deb e‘lon qiladi. Shu voqeadanboshlab Yunon-Baqtriya davlati tarixi boshlanadi. Mil. avv. 250-yilda Salavkiylar davlatitarkibidan ajralib chiqqan Parfiya Baqtriyaningraqibiga aylanadi.Baqtriyadan tashqari, YunonBaqtriya podsholigi tarkibiga So’g’diyona va Marg’iyonaham kirgan.Diodotdan keyin Yunon-Baqtriyada hukmronlik davlat tarixida sezilarli iz qoldirmagan Yevtidemga o’tadi. Yevtidemning o’g’liDemetriy hukmronligi davrida YunonBaqtriyapodsholigi eng katta sarhadlarga ega bo’ldi.Hindistonning bir qismi bu davlatga qo’shibolindi. 2. Turkiston general-gubernatori fon Kaufman haqida ma‟lumot bering. maʼmuriyhududiy birlik. Rossiya Imperiyasi bosib olgan Gʻarbiy Turkiston hududida Rossiya imperatori Aleksandr II farmoni bilan tashkil etilgan (1867-yil 11-iyul). Xuddi shu yili Turkiston harbiy okrugi ham tuzilgan. Turkistonning birinchi generalgubernatori etib rus podshosining yaqin mulozimi generaladʼyutant K.P.fon Kaufman tayinlandi. U 14 yil mobaynida (1867— 1881-yillarda) Turkiston oʻlkasini qattiqqoʻllik bilan boshqargan. Kavkaz, Boltiqboʻyi oʻlkalaridagi ozodlik harakatlarini bostirishda tajribali maʼmur va usta siyosatchi ekanligini koʻrsatgan fon Kaufmanni "Turkistonning Bunyodkori" deb ulugʻlashgan. U Toshkent jamoatchiligi vakillari yigʻilishi (1868-yil 22-yanvar)da birinchi bor ruslarni Turkiston xalqlarining "Katta Ogʻasi" deb atagan. Turkiston 19-asrning boshlarida Britaniya Imperiyasi va Rossiya Imperiyasi orasida tortishuvlarga sabab boʻlgan. 3. “Ekspansiya” atamasiga izoh bering Ekspansiya – bir davlatning o’zga mamlakatlar hududi va bozorini egallab olish maqsadida o’z siyosiy va iqtisodiy ta‘sirini yoyishga qaratilgan siyosati.
29-BILET 1. Avstriya-Vengriya imperiyasining Yevropa tarixidagi ahamiyati haqida fikr bildiring. Avstriya-Vengriya imperiyasi 1867-yilda Avstriya va Vengriyaning hukmron tabaqalari o’rtasidagi bitim asosida vujudga keldi. Imperiyaning Avstriya qirolligi tarkibiga Chexiya, Moraviya, Galitsiya va Bukovina, Vengriya tarkibiga esa Slovakiya, Xorvatiya va Oransilvaniya kirgan. Shu yilning o’zida imperiyaning yangi konstitutsiyasi qabul qilingan. Unga ko’ra, imperiyaning umumiy hukmdori Avstriya imperatori bo’lgan. Imperator Gabsburglar sulolasi vakili edi. Sulola imperiyani 1867-yildan 1918-yilgacha boshqargan. Imperiya tashkil etilgan paytda imperator Frans Iosif II edi. 2. Afina davlatida Periklning davlat boshqaruvi haqida ma‟lumot bering. Mil. avv. 443–429-yillarda 15 marotaba strateg lavozimiga saylangan Perikl hukmronligi davrida Afi na eng qudratli davlatga aylandi va mamlakatda demokratiya ravnaq topdi. Bu davr shuning uchun ham «Perikl asri» deb atalgan. Ajoyib yunon yozuvchilari, olimlari va rassomlari Periklning do’stlari bo’lishgan. Perikl tarixchi Gerodot, haykaltarosh Fidiy bilan do’st tutingan edi. Perikl Xalq majlisi dagi lavozimlarga ish haqi to’lashni joriy qildi. Perikl hukmronligi davrida Afi nada katta qurilish ishlari amalga oshirildi. U Akropolda qurilganmashhur inshoot Parfenon – iloha Afi na ibodatxonasining tashabbuskori bo’lgan. Periklning faoliyati badavlat shaharliklarga yoqmasdi. U zodagonlarning hamlalarini qaytarib turgan. Perikl vafot etganidan keyin u joriy etgan ko’pgina qonunlar bekor qilingan. 3. “Koalitsiya” atamasiga izoh bering. Koalitsiya (lotincha — birlashgan) — bir yoki bir qancha davlatlarga qarshi birlashib harakat qilish uchun ikki yoki undan ko’p davlatlarning tuzgan vaqtinchalik harbiy-siyosiy ittifoqi.
30-BILET 1. Kaspiyorti viloyati haqida ma‟lumot bering. Kaspiyorti viloyati Turkmaniston hududiga kiradi. 1869–1885 yillarda Rossiya tomonidan bosib olinadi (Kaspiyorti viloyati).1881-yildaKaspiyorti viloyati (markazi—Ashxobodshahri) tashkil qilingan.1885-yilda Kaspiyorti temiryo’lining qurilishi va 1887-yil oxirlaridaAmudaryo flotiliyasining ta‘sis etilishi Rossiyaga qaramlikni yanada kuchaytirdi. Awallari savdo-sotiq, asosan, quruqlikdagi karvon yo’llari orqali olibborilgan bo’lsa, endilikda yuklarning katta qismi temiryo’l orqali va paroxodlar bilan Amudaryoning yuqori oqimi bo’ylab tashiladigan bo’ldi.Bu kabi yangiliklar Rossiya imperiyasi foydasiga xizmat qilib, unga mustamlaka bo'lgan davlatning qoloqligiga, qolaversa, hunarmandchilik ishlabchiqarishi bir qator tarmoqlarining inqiroziga olib kelardi. 2. Makedoniyalik Aleksandrning harbiy yurishlari haqida ayting. Aleksandr miloddan avvalgi 336-yilda Makedoniyapodshosi bo’ladi. Shu yili u20 yoshga to’lgan edi. Makedoniyalik Aleksandr g’ayrioddiy kuchg’ayratva jasurlik sohibi bo’lgan. Safdoshlari vaqo’shinlari unga nihoyatda sadoqatli edi.Mil. avv. 334-yilda u Sharqqa yurishboshladi, bu yurish 10 yil davom etdi. Anashu yurish davomida u Kichik Osiyo, Suriya, Misr, Eron va Hindistonda katta-katta hududlarni bosiboladi. MakedoniyalikAleksandr ulkan hududda o’z hukmronliginimustahkamlash maqsadida bosib olinganshaharlarga yunonlarni joylashtirdi. Mil. avv. 330-yilda Makedoniyalik Aleksandr Qadimgi Fors davlatining Ahamoniylar sulolasidan bo’lgan oxirgi shoh Doro IIIning qo’shinlarini tor-mor keltirdi. U Hindistonga yurish qilishdan oldin qo’shinlariningorqa tomonini xavfsizlantirish maqsadidaAmudar yoning narigi tomonida yashovchielatlarni bo’ysundirishga qaror qildi.Birinchi bo’lib uning yo’lini to’sgan shahar Baqtriya poytaxti Baqtra (Zariasp) bo’ldi.Bu vaqtda ahamoniylar sulolasining vakiliBess Baqtriyaning satrapi bo’lgan. U Baqtrashahrini dushmanga qoldirib, Amudaryoningnarigi tarafi ga qochib ketadi. MakedoniyalikAleksandr o’z ustozi, qadimgi yunon faylasufi Aristotelning Amudaryodan ikki podsho– Kir II va Doro I kechib o’tgani, ikkalasi hammag’lubiyatga uchragani, shu bois u yurishgayaxshi tayyorgarlik ko’rishi lozimligi to’g’risidagi maslahatini yodda tutar edi. 3. “Rabot” atamasiga izoh bering.Rabot-safardagi yo‘lovchilar to‘xtab o‘tish joyi.
Yüklə 72,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə