Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyasi



Yüklə 51 Kb.
səhifə1/3
tarix03.04.2023
ölçüsü51 Kb.
#104134
  1   2   3
Matematik didaktik o’yinlar




BUXORO DAVLAT UNIVERSITETINING
PEDAGOGIKA INSTITUTI
SIRTQI BO’LIMINING
6 MT-21 S MAKTABGACHA TA’LIM YO’NALISHI
2 BOSQICH TALABASI


SHUKUROVA ZILOLA QOBILOVNANING

MATEMATIK TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH NAZARIYASI VA TEXNOLOGIYASI”




FANIDAN TAYYORLAGAN


MUSTAQIL ISHI
Matematik didaktik o’yinlar

Xo‘p” o‘yini


Matematika faniga oid juda ko‘p o‘yinlar mavjud. Ulardan biri “Xo‘p” o‘yinidir. Bu o‘yin quyidagicha o‘ynaladi:
Bu o‘yinda ikki o‘yinchidan tortib, istalgancha o‘yinchi ishtirok etishi mumkin. O‘yinni boshqaruvchi qatnashchilarga shartni tushuntiradi. Bunda 1 dan boshlab natural sonlarni sanash lozim. Har 3 ga karrali son kelganda, bu sonni aytmay “Xo‘p” deyish kerak. Agar qatnashchi 3 ga karrali sonni aytib qo‘ysa yoki to‘xtab qolsa, u yutqazadi va o‘yinni tark etadi. Qolgan o‘yinchilar o‘yinni yana kelgan sondan boshlab davom ettiradi. O‘yin bitta qatnashchi qolguncha davom etadi va u g‘olib sanaladi.
Masalan:
1,2,xo‘p,4,5, xo‘p,7,8, xo‘p,10,11, xo‘p,13,14, xo‘p,16, …
2. “Matematik atamalar” o‘yini
Bu o‘yinda ham bir necha kishi ishtirok etishi mumkin. Qatnashchilar bir qator bo‘lib turishadi va navbat bilan har bir qatnashchi matematika faniga oid atamalarni aytishadi. Bunda bir qatnashchi aytgan atamani boshqa qatnashchi aytib qo‘ysa, u o‘yinni tark etadi. Agar qatnashchi atama bilmay 5 soniya to‘xtab qolsa ham u o‘yinni tark etadi. O‘yin bitta g‘olib qolguncha davom etadi.
Masalan:
Son, kesma, natural son, modul, uzunlik, qo‘shish, ayirish, bo‘lish, ko‘paytirish, parabola, to‘g‘ri chiziq, uchburchak, to‘rtburchak, …
MATEMATIKA DARSLARIDA DIDAKTIK O’YINLARDAN FOYDALANISH USULLARI
Ko’pchilik olim va faylasuflar, pedagog va psixologlarning aqidalaricha, o’smir-yoshlarning ta’lim-tarbiyasi borasida, ularning o’qish, yozish, sanash, eshitish, gapirish va hamdardlik qilish kabi qobiliyatlarni o’rganishda maktabning boshlang’ich sinflaridagi jarayon muhim o’rin tutadi. Bolalarning maktabga borishlari va boshlang’ich sinflaridan umumta’lim bosqichiga o’tishlarida eng kamida quyidagi ikkita muammo yuzaga keladi:
1.Ta’limning usul va mazmuni o’zgarishi bu - davomotning pasayishi va bolalarda psixologik muammolarning ko’payishiga olib keladi.
2.O’qishga bolgan tayyorgarlik darajasining nisbatan yangi va murakkabroq saviyada pastroq ekanligi.
Maktabga bo’lgan psixologik tayyorgarlik – bu 6-7 yoshdagi bolalarning ancha murakkab ruhiy holat bo’lib, quyidagi nuqtalarni qamrab oladi:

  • bolalar tomonidan maktab o’quvchilarining yangi iltimoiy rejasini qabul qilib olinishi;

  • birinchidan o’qituvchi rahbarligi ostida, keyin mustaqil tarzda ta’lim fa’oliyatini bajarish imkoniyati;

  • ilmiy atamalarni o’rganish usuli;

  • o’qituvchi va sinfdoshlar bilan ta’lim jarayonidagi muosharat va hamkorliklarni muayyan tarzda o’zlashtirilishi.

Bolalarning maktabga bo’lgan tayyorgarliklarini ularning yoshiga muvofiq faoliyat turlari doirasida, boshqacha qilib aytganda syujetli o’yin va roller, tasviriy faoliyat, chizmachilik, ertaklarni anglash va hokazolar orqali amalga oshirilish kerak. Bolalarni boshlang’ich sinflardan ta’limning yuqoriroq pog’onasiga o’tishlarida ularning psixologik tayyorgarligi juda muhim masala hisoblanadi.
Maktab tajribasi shuni ko’rsatadiki, o’quvchilarning matematik bilimlarini o’zlashtirilishi va ularning mantiqiy fikrlash qobiliyatining rivojlanishida qiziqarli materiallarning ishlatilishi katta yordam beradi
Qiziqarli materiallarni quyidagi maqsadlarda ishlatilishi yaxshi natija beradi:

  • matematik bilim, mahorat va malakalarining shakllanishida;

  • matematik bilim va malakalarining mustahkamlanishida;

  • matematikani o’rganishida bolalarda shavq-havasni uyg’otishida;

  • matematik ijodkorlik mahorat va malakasi, tasavvurot va tafakkurining shakllanishida;

  • matematik bog’liqlik va qonuniyatlarini tushinish va geometrik tasavvurotlarining rivojlanishida.

O’smirlarda ma’rifatni o’zlashtirishga bo’lgan shavq-havasini kuchaytirilishida ta’limni didaktik o’yinlarga bog’liq qilinishi maqsadga muvofiq. Bolaga o’rgatadigan material qiziqarli bo’lgan holda osonlik bilan o’zlashtiriladi va uning xotirasida yaxshiroq saqlanadi.
Boshlang’ich sinflarda matematikani o’rgatishida didaktik o’yinlar va qiziqarli materiallarni kiritilishi quyidagi maqsadlarni amalga oshirilishida ko’mak beradi: a)mat ematikani targ’ib etilishida;
b)o’smirlarning aqliy rivojlanishida.
Bolalar tabiatan ta’lim dasturidagi turli materiallarni o’yin orqali osonlik bilan o’zlashtiradilar. Didaktik o’yinlarning ishlatilishida esa, o’yinning o’zi ikkinchi darajali bo’lib, matematikani o’zlashtirilishiga bo’lgan shavq-havasni rivojlantirish va bu usul orqali matematik bilim va mahorat-malakalarni hosil qilinishi birinchi darajali vazifaga aylanadi.
O’yinning bu vazifalarni bajarilishida quyidagi shartlarni hisobga olish zarur:

  1. O’yin qoyidalari sodda, aniq va hammaga tushinarli bo’lishi zarur. O’yin materiallari bolalarning aqliy imkoniyatlariga muvofiq bo’lishi kerak.

  2. Ta’lim materiallari tadrijiy va bosqichma-bosqich tarzda murakkablanib borilishi zarur.

  3. O’quvchilarning har qancha ko’pchiligi o’yin jarayonida ishtirok etishlariga ahamiyat berish kerak.

  4. O’yin natijalari bolalarni rag’batlanishiga xizmat qilishi va matematika ta’limining boshlanish davrida muhim omilga aylanishi lozim.

Quyida shu tarzdagi ayrim o’yinlarni keltiramiz. Boshlang’ich sinflari o’qituvchilari matematika ta’limi jarayonida bulardan foydalanishlari mumkin: 



Yüklə 51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə