Reja: Topishmoqlar Tez aytishlar va latifalar Maqol va hikmatlar



Yüklə 29,59 Kb.
tarix11.10.2023
ölçüsü29,59 Kb.
#127106
Doston topishmoq tez aytish maqol janridagi asarlarni o\'qitish metodikasi


Doston topishmoq tez aytish maqol janridagi asarlarni o'qitish metodikasi


Reja:



1.Topishmoqlar

2.Tez aytishlar va latifalar

3. Maqol va hikmatlar

Topishmoqlar narsa yoki hodisalarning ataylab yashirilgan belgisi, shakli, xatti-harakati, holati va vazifasini boshqa narsa yoki hodisalarga qiyoslash asosida topishga asoslangan she'riy yoki nasriy tuzilishdagi savol va topshiriqlardir. Topishmoqlar xalq turmushi bilan chambarchas bog'liq holda yaratiladi. Ularning zaminida kishilarning qadimiy e'tiqod va tasavvurlari, olamni bilish va idrok etishga bo'lgan intilishlari yotadi.


Topishmoqda yashirilgan narsalar lining javobi hisoblanadi. Topishmoqning javobini topish uchun topishmoq matnini e'tibor bilan o'qish, nimaga ishora qilinayotganligini fahmlash, topishmoqning asosiy xususiyat va belgilari aynan nimaga qaratilganligini taxmin qi-lish bilan ham topishga harakat qilish kerak.
Topishmoq o'quvchilarni topqirlik va hozirjavoblikka o'rgatadi. Shu sababli xalq og'zaki ijodining bu janridan darsliklarda ham keng qo'llanilgan. 1—2-sinf ,,0'qish kitobi" da topishmoqlar ko'proq, harbir matn ostida keltirilgan. Bundan ko'zlangan maqsad matn mazmunini topishmoqlar asosida ham o'zlashtirilishiga erishishdir. Masalan, 1-sinf
“O'qish kitobi" da „Kitobga mehr" matni ostida „Qat-qat qatlama, Aqling bo'lsa tashlama" topishmog'i keitiriigan va mavzuga juda mos tanlangan. Topishmoqiar Sunday shaklda berilganda ularning javobi oson topiladi. 1—4-sinf o'qish darsliklarida „Topishmoqlar" mavzusi ostida har xil topishmoqiar ham berilgan bo'lib, ular o'quvchilarning topqirligini yanada oshiradi, tafakkurini o'stiradi. 1 —2-sinf darsliklarida topishmoq javoblari ularning ostiga yozib qo'yilgan yoki rasmlar orqali berilgan. 3-4-sinflarga o'tgach esa javoblar qayd etilmagan. Buning sababi shuki, bu davrga kelib o'quvchilar topishmoqlar ustida ishlash ko'nikmalarini hosil qilgan bo'ladi.
Topishmoqlar bolalar shoirlari tomonidan ham yaratilib kelinmoqda. Bunday topishmoqiar sho'x, qiziqarli bo'ladi. Masalan, 4-sinf ,,O’qish kitobi" da „Buni toping, qizlarim" (G'. G'ulom) topishmoqlari keltirilgan.

Latifa xalq og'zaki ijodining eng ommaviy janrlaridan biri bo'lib, nozik, mayin kinoya, qochiriqlar ishtirok etuvchi kulguli, kichik hajmli hikoyadir. Xalq o'rtasida „afandi" deb ham yuritiladi. Latifalar yagona qahramon (Nasriddin Afandi) bilan bog'liq holda yaratiladi, ixcham sujetga ega bo'ladi. Latifalarning eng muhim xususiyatlaridan biri lining hamma vaqt hayot bilan hamnafas, hamqadam borishidir.


Latifa matni ustida ishlashda ham hikoya matni ustida ishlashda qo'llangan usullardan foydalanish mumkih. Lekin bunda latifa janri-ning o'ziga xos jihatlariga ham ahamiyat qaratish lozim.
3-sinf ,,O’qish kitobi" darsligida „Uyqum qochib ketdi", „Tuya eshikdan sig'maydi" kabi latifalar keltirilgan bo'lsa, 3-sinfda „Latifalar" mavzusi ostida bir necha latifalar berilgan. Latifalar ustida ishlaganda ulardatanqid qilingan illatlar haqida alohida to'xtalib o'tish, o'quvchilarga yaxshi fazilatli bo'lish kerakligini uqtirib o'tish kerak. Umuman olganda, latifalar orqali ham o'quvchilarni tarbiyalab borish lozim.

Tez aytishlar ma'lum so'zni, so'z birikmasini yoki tovushni to'g'ri talaffuz qilishga, uni boshqa tovushlardan farqlashga o'rgatadigan, xotirani mustahkamlaydigan va nutqni o'stiradigan, o'qish sur'atini oshiradigan janr hisoblanadi. Shu sababli 1-sinfda ko'pgina tez aytish­lar keltirilgan. Masalan, „Botir bbtmas botqoqqa", „Qobil qozonda qovurdoq qovurdi", „Bahodir bayroqni Botirga berdimi, Botir Ba-hodirga bayroqni berdimi?", „Olim oldidagi oltita olmani oldi" va boshq.


Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, boshlang'ich sinf darsliklariga o'quvchilar yoshiga mos, mavzular bo'yicha tanlab olingan,
ko'proq tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan topishmoq, latifa va tez aytishlar tanlab kiritilishi maqsadga muvofiqdir.
Topishmoq, latifa va tez aytishlarni o'rganish boshlang'ich sinflarda dastlab har bir darsda amalga oshirilib boriladi. Alohida dars sifatida o'rganishda esa o'qituvchilar turli usuUardan foydalanishlari mumkin.
Maqol turmush tajribalari zaminida tug'ilgan va xalq donoligini ifodalagan qisqa, ko'pincha she'riy shakldagi hikmatli so'zlar, chuqur ma'noli iboralardir. Maqollar xilma-xil mavzularda bo'lib, hayotning turli masalalarini qamrab oladi. Ko'pincha maqol o'git, nasihat xarak-terida boiadi: „Yer haydasang — kuz hayda, Kuz haydamasang yuz hayda", „Hunari yo'q kishining, mazasi yo'q ishining" kabi.Maqol xalq og'zaki ijodining juda qadimiy shakllaridan biri bo'lib, unda xilma-xil badiiy ifoda vositalari - ohangdosh tovushlar takrori bo'ladi. Katta hayotiy va ijodiy tajribaga ega bo'lgan ajoyib so'z ustalari-ning o'lmas satr va hikmatli so'zlari ham ko'pincha xalq maqollariga o'xshab ketadi. Masalan, A.Navoiyning „Mahbub ul-qulub"da aytgan bir qancha hikmatli so'zlari shular jumlasidandir: „Oz-oz o'rganib dono bo'lur, qatra-qatra yig'ilib daryo bo'lur", „Tiiga ixtiyorsiz — elga e'tiborsiz" va boshq. Ma'lumki, badiiy asar matni ustida ishlash bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Maqollarni o'rganishda ham bu bosqichlarga e'tibor qaratish kerak. 1—2-sinflar maqollarni o'rganishning birinchi bosqichi bo'lsa, savod o'rgatish davri maqollarni o'qish va o'rganishning tayyorlov bosqichidir.Savod o'rgatish davridayoq o'quvchilar maqollarni o'qiydilar. Alifbe davrida berilgan maqollar matn mazmuni bilan bog'liq bo'lib, ular matn g'oyasini o'quvchilarga lo'nda, aniq yetkazish uchun ham xizmat qiladi. Bu vaqtda o'quvchilarga maqollar o'qitiladi, ma'nosini bilganlaricha izohlab berishlari so'raladi. O'quvchilar javobini o'qituvchi to'ldirib, misollar bilan daiillab beradi.Maqollarni o'rgatish o'qituvchidan katta tayyorgarlikni talab etadi. Har bir darsga tayyorlanayotganda asar mazmuniga va unda ilgari surilgan g'oyaga mos maqol ustida qanday mashq uyushtirishni rejalashtirib olish lozim. Iloji boricha ularni dars rejasiga kiritish, izohli lug'atlar (Masalan: Sh. Shomaqsudov, Sh. Shorahmedovning ,,Hikmatnoma" (o'zbek maqollarining izohli lug'ati), Toshkent, 1990) dan uning ma'nosini oson izohlaydigan, sodda til bilan tushuntirish mumkin bo'lgan shakllarini bilib olish zarur. Buning uchun o'qituvchi „Maqollar to'plami" va ularning izohiga oid adabiyotlarga ega bo'lishi kerak.Boshlang'ich sinflarda matn ostida berilgan maqollarni o'qish va o'rganish, tahlil qilish asar o'qilib, tahlil qilinib bo'lingach amalga oshirilishi kerak. Chunki asar mazmuni va unda yozuvchi aytmoqchi bo'lgan g'oyani tushunmay turib, maqolning ma'nosini izohlash qiyin boiadi. Mualliflar ham maqol ma'nosini asar voqealari bilan izohlamoqchi bo'ladilar.1—2-sinflarda maqolni ifodali o'qish va yod olishga ahamiyat be-riladi. 1-sinf darsligida bo'lim yuzasidan berilgan savol-topshiriqlarda ham maqollarni o'rganishga katta e'tibor berilgan. Masalan, „Xalq o'giti — baxt kaliti" bo'limidagi savol-topshiriqlarda „Rostgo'ylik haqidagi maqollardan ayting", „Odob insonga husn" bo'limida „Qanoatda — barakat" maqolining ma'nosini tushuntirib bering", „Ko'klam - yashnadi olam" bo'limidan so'ng „Bihm olish haqidagi maqollarni ayting" kabi vazifalar berilgan. Har bir bo'lim yuzasidan berilgan vazifalarda u yoki bu maqolni o'rganish ko'zda tutilgan.1—2-sinfda maqolning mazmunini o'rganish va yod olishdan tashqari, uning matnidagi izohtalab so'zlar, birikmalar ustida lug'at ishi o'tkazish, badiiy til vositalari, ko'chma ma'noli, qarama-qarshi ma'no bildiaivchi, maqolda takrorlanib kelayotgan so'zlar ma'nosi yuzasidan ish olib borish talab etiladi. Masalan, 1-sinf ,,0'qish kitobi" da „Ona yurting - oltin beshiging" maqoli berilgan. Mana shu maqol matni ustida ishlaganda, „Yurt" so'zini qaysi so'zlar bilan almashtirish mumkin?", „Maqolda ona yurt nimaga tenglashtirilayapti?", „Beshik oltin bo'ladimi?" kabi savollar berish yo'li bilan o'quvchilarning lug'atini boyitish, bog'lanishlinutqini o'stirish ustida ishianadi. Bundan tashqari, „Eling senga cho'zsa qoi, Unga doim sodiq bo'l" maqolining ma'nosini tushuntirishda shu bo'limdagi asarlardan, bolalar uchun davlatimiz tomonidan yaratib berilgan sharoitlardan misollar keltirish lozim. Masalan, „Jar" sport kompleksi sizning sog'lom o'sishingiz uchun yaratildi. Maktabda bepul bilim olyapsiz. Shunga javoban siz nima qilishingiz kerak?" kabi. Shu maqolning badiiy til vositasi ustida ishlashda „Qo'l cho'zsa" deganda nimani tushundingiz?" kabi savollar bilan o'quvchilarga murojaat qilish va uning qanday ma'noda kelayot-ganini aytib o'tish foydadan xoli bo'lmaydi.2-sinfda „Ish ishtaha ochar" matnidan keyin: „Ish ishtaha ochar, Dangasa ishdan qochar", „Kuch birlikda" matnidan „Birlashgan o'zar, birlashmagan to'zar" maqollari keltiriigan. Bu maqoliardan matn o'rganib bo'lingach, asarning g'oyasini ochishda va xulosa chiqarishda foydalaniladi. Su tarzda maqol mazmuni ham ochiladi. Maqol tili ustidagi l-sinfda uyushtirilgan ishlar 2-sinfda ham davom ettiriladi. Maqol ustida ishlash orqali o'quvchilar uning yaratilishi sababini, oddiy gapdan farqini bilib oladilar.1-sinfda maqollarni to'g'ri o'qish va yod olishga e'tibor ko'proq qaratiladi, 2-sinfda esa o'quvchilardan matn mazmuniga mos maqollar aytishni talab qilish mumkin.3—4-sinflarda maqollar maxsus darslarda va badiiy asarni o'rganish jarayonida ham muntazam o'rganib boriladi. Bu sinflarda maqol­larni o'rganishdan ko'zlangan maqsad o'quvchilar dunyoqarashini shakllantirish, to'g'ri va ongli o'qish malakalarini takomiilashtirish, maqoldagi har bir so'zning va yaxlit maqolning ma'nosini to'liq idrok etishga erishishdir. O'quvchilar o'qilgan matn ichidan maqollarni, hikmatli so'zlarni o'zi mustaqil topa olish ko'nikmasini egallashi, ular yordamida o'qilgan asarlar yuzasidan to'g'ri hukm chiqarishga o'rganishlari zarur.3-4-sinfiarda „Xalq og'zaki ijodi" bo'limi tarkibida „Maqollar" mavzusi alohida o'rganiladi. Bu mavzuni o'rganishda maqolning kelib chiqishi, yaratilishi haqida dastlabki elementar ma'lumotlar beriladi. Bunda maqollar xalqning uzoq yillik hayotiy tajribasi asosida vujudga kelganligi, tarbiya vositasi sifatida har bir xalqning milliy ma'naviyatining shakllanishida muhim vosita bo'lishi haqida dastlabki tushunchalar beriladi.Maqollar mavzular bo'yicha guruhlab o'rgatiladi. Masalan, 4-sinf ,,0'qish kitobi"da maqollar „Ona yurting - oltin beshiging", „Eldan ayrilguncha, jondan ayril", „Mehnat — baxt keltirar", „Odobing — zeb-u ziynating", „Olim bo'lsang, olam seniki", „Ko'ngil ko'ngildan suv ichar" kabi mavzular asosida birlashtirilib berilgan. O'quvchilarga maqollarni mavzu bo'yicha guruhlab o'rgatishda o'qish mavzulariga asoslaniladi. Bunda maqol mazmuniga mos asarlar nomini keltirish, uning mazmun va g'oyasini maqol bilan bog'lash kerak. Bu jarayonda o'quvchilarning hayotiy tajribalari asosida misollar keltirish bilan maqollarni izohlash yoki o'quvchiiarga maqol g'oyasiga mos bironta hikoya tuzish mustaqil ish sifatida berilishi ham mumkin.3-4-sinflarda maqol janri bo'yicha tahliliy ishlar o'quv yili davomida izchil uyushtirilib boriladi, ya'ni „Asar g'oyasiga oid maqol ayting", „Maqollar asosida krossvord tuzing, rebus yarating" kabi topshiriqlar beriladi, „Maqollar aytish musobaqasi", „Maqollar mushoirasi" kabilar tashkil qilinadi.Maqollarni o'rganishda ko'rgazmalilik, nazariyaning amaliyot bilan bog'liqligi, ta'lim-tarbiyaning birligi tamoyillariga amal qilinadi.4-sinf yakunida maqol janrini o'rganish yuzasidan umumlashtiruvchi darsni tashkil qilish zarur. Bunda o'quvchiiarga yod olingan maqollar mavzusiga qarab guruhlash ustida ish olib boriladi.Yuqoridagilarni hisobga olganda, maqolni o'rganishda quyidagi ish turlaridan foydalaniladi:
1. Maqolni o‘qib, uning mazmuni ustida ishlash.
2.Maqoldagi so'zlarning ma'nosini izohlash.
3.Badiiy til vositalari ustida ishlash.
Masal - axloqiy, satirik va kesatiq mazmunni kinoyaviy obrazlarda aks ettirgan aksariyat kichik she’riy, ba’zan nasriy asardir. Inson xarakteriga xos xususiyatlar masalda majoziy obrazlar − hayvonlar, jonivorlar va o‘simliklar dunyosiga ko‘chiriladi. Timsollarning kinoyaviy xarakterda bo‘lishidan tashqari, kulgili savol-javob ham masal tili va uslubi uchun xarakterlidir. Ko‘pincha, masalning kirish qismida, ba’zan pirovardida qissadan hissa - ibratli xulosa chiqariladi.
Adabiyot nazariyasida masalga liro-epik janrlardan biri sifatida she’riy shakldagi, majoziy xarakterdagi qisqa syujetli asar deb ta’rif beriladi. Masallarda turli hayvonlar majoziy suratda asarning qahramonlari sifatida tasvirlanadi.
Masal kichik hajmli, ammo boy mazmunli, tugun, kulminastion nuqta va yechimi bo‘lgan kichik pesani eslatadi. U biror voqea-hodisani qisqa, mazmunli tasvirlashda ajoyib namuna bo‘la oladi.
Masal kichik hajmli, ammo boy mazmunli, tugun, kulminastion nuqta va yechimi bo‘lgan kichik pesani eslatadi. U biror voqea-hodisani qisqa, mazmunli tasvirlashda ajoyib namuna bo‘la oladi.
A. Navoiy dostonlarining bir qancha epizodlari, “Sher bilan Durroj”, “Kabutar” singari masallari yaxshi xislatlarni tarbiyalashda katta rol o‘ynaydi.
Hayvonlar, parrandalar, hasharotlar, gullar haqidagi majoziy asarlarni bolalar qiziqib o‘qiydilar. Mana shu nuqtai nazardan Sayido Nasafiyning “Bahoriyot” (“Hayvonotnoma”) asari ahamiyatlidir.
Mashhur masalnavis Gulxaniyning “Toshbaqa bilan Chayon”, “Maymun bilan Najjor” masallari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yoshiga mos keladi. Ularda do‘stlik, rostgo‘ylik, qo‘lidan kelmaydigan ishga urinmaslik kabi g‘oyalar ilgari suriladi.
Jumladan, masal janridagi asarlar ham boladagi qo‘pollik, qo‘rslik, yolg‘onchilik, yalqovlik, beparvolik kabi illatlarni bartaraf etishda yordam beradi. Lekin amaldagi boshlang‘ich sinf “O‘qish kitobi” darsliklarida masal janriga kam o‘rin berilgan. Vaholanki, bola tarbiyasida masalning o‘rni beqiyosdir. Masaldagi qissadan hissa o‘quvchi matndagi e’tibordan chetda qoldirgan, yuzaki o‘qib o‘tib ketgan, yaxshi anglashga harakat qilmagan o‘rinni, bo‘shliqni to‘ldiradi.
Jumladan, masal janridagi asarlar ham boladagi qo‘pollik, qo‘rslik, yolg‘onchilik, yalqovlik, beparvolik kabi illatlarni bartaraf etishda yordam beradi. Lekin amaldagi boshlang‘ich sinf “O‘qish kitobi” darsliklarida masal janriga kam o‘rin berilgan. Vaholanki, bola tarbiyasida masalning o‘rni beqiyosdir. Masaldagi qissadan hissa o‘quvchi matndagi e’tibordan chetda qoldirgan, yuzaki o‘qib o‘tib ketgan, yaxshi anglashga harakat qilmagan o‘rinni, bo‘shliqni to‘ldiradi.
Masalning, avvalo, ixchamliligi, tilining qisqa va lo‘ndaligi, soddaligi, o‘tkirligi va xalqchilligi bola hissiyotiga qattiq ta’sir qiladi. Bular o‘quvchilar nutqini o‘stirishda ham muhim material hisoblanadi. Masal qahramonlarining xatti-harakatlari, fe’l-atvorlari, nutqiy o‘ziga xosliklari o‘quvchining diqqatini o‘ziga jalb qiladi.
Boshlang‘ich sinflarda masalni o‘rganayotganda bolalarni masalni ifodali o‘qishga va uning mazmunini qisqa, ba’zan bir necha so‘z bilan aytib berishga, ayrim qatnashuvchilarning xarakterli xususiyatlarini aniqlab, o‘zaro qiyoslashga o‘rgatish muhim ahamiyatga ega.
Boshlang‘ich sinflarda masalni o‘rganayotganda bolalarni masalni ifodali o‘qishga va uning mazmunini qisqa, ba’zan bir necha so‘z bilan aytib berishga, ayrim qatnashuvchilarning xarakterli xususiyatlarini aniqlab, o‘zaro qiyoslashga o‘rgatish muhim ahamiyatga ega.
Masalning allegorik mazmuniga to‘xtalmasdan, bosh qahramon qiyofasini tahlil qilishga kirishiladi. 1-sinfda bolalar masalni hayvonlar haqidagi ertakka o‘xshash kulguli asar kabi qabul qilsalar, 2-sinfdan boshlab ular masaldagi hayvonlarning xatti-harakati, o‘zaro munosabatlari ba’zan kishilar hayotida ham uchrashini, masal axloqiy bilim beradigan hikoya ekanini, ko‘proq she’riy tarzda bo‘lishini, unda kishilardagi ayrim kamchiliklar tasvirlanishini bilib ola boshlaydilar.
Masal tahlil qilinayotganda, voqea rivojini jonli tasavvur qilish, obrazlarni aniq idrok etishda o‘quvchilarga yordam berish zarur. Chunonchi, ularga ayrim epizodlarni so‘z bilan tasvirlash, ba’zilariga o‘qituvchi yordamida tavsif berish, ishning oxirgi bosqichida rollarga bo‘lib o‘qish kabilarni tavsiya qilish maqsadga muvofiq. Qahramonlarga tavsif berishda uning xatti-harakati bilan birga, tilning o‘ziga xos xususiyatlaridan ham foydalaniladi. Masalni ifodali o‘qishga tayyorlanishda uning syujetini bilish bilan birga, muallif tilini yaxshi tushunish zarur.
Masal tahlil qilinayotganda, voqea rivojini jonli tasavvur qilish, obrazlarni aniq idrok etishda o‘quvchilarga yordam berish zarur. Chunonchi, ularga ayrim epizodlarni so‘z bilan tasvirlash, ba’zilariga o‘qituvchi yordamida tavsif berish, ishning oxirgi bosqichida rollarga bo‘lib o‘qish kabilarni tavsiya qilish maqsadga muvofiq. Qahramonlarga tavsif berishda uning xatti-harakati bilan birga, tilning o‘ziga xos xususiyatlaridan ham foydalaniladi. Masalni ifodali o‘qishga tayyorlanishda uning syujetini bilish bilan birga, muallif tilini yaxshi tushunish zarur.
Masal o‘qish darsining qurilishi quyidagicha bo‘ladi:
Masal o‘qish darsining qurilishi quyidagicha bo‘ladi:
1. Tayyorgarlik ishlari:
a) masal muallifi haqida o‘qituvchi hikoyasi;
b) o‘qilgan masal mazmuni bilan bog‘liq suhbat;
v) o‘qilgan masalda qatnashuvchi timsollarga xos xususiyatlar haqida suhbat.
2. Masalni o‘qituvchi o‘qishi (magnitafon yozuvini eshitish yoki film ko‘rsatish ham mumkin).
3. Masal matni ustida ishlash:
3. Masal matni ustida ishlash:
a) masalning tuzilishi va kompozistiyasini aniqlash (o‘qish, reja tuzish va hok.);
b) qatnashuvchilarning xatti-harakati, fe’l-atvori, xarakteriga xos xususiyatlarini tushuntirish (tanlab o‘qish, so‘z bilan va grafik tasvirlash, savollarga javob berish);
v) masalning aniq mazmunidan kelib chiqib, undagi asosiy fikrni belgilash;
g) krossvordlar, ta’limiy o‘yinlar, topishmoqlardan foydalanib, masal mazmuni va g‘oyasini o‘zlashtirish.
4. Allegoriyani ochish.
5. Axloqiy xulosa aks ettirilgan qismni tahlil qilish.
6. Hayotda uchragan shunga o‘xshash hodisalarga taqqoslash
Doston o‘qish metodikasi
Doston o‘qish metodikasi
O‘zbek xalqi og‘zaki ijodi juda uzoq tarixga ega. Og‘zaki ijodning qadimdan shakllangan janri dostondir. «Doston» so‘zi «qissa», «hikoya», «ta’rif», «maqtov», «shon-shuhrat», «sarguzasht» ma’nolarida ishlatiladi. U adabiy atama sifatida yirik hajmli, liro-epik asarlarni anglatadi. Xalq dostonlari quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Qahramonlik dostonlari.
2. Jangnoma dostonlar.
3. Ishqiy-romantik dostonlar.
4. Tarixiy dostonlar.
5. Kitobiy dostonlar.
Darsda o‘qituvchi doston haqida quyidagi ma’lumotlarni beradi:
Darsda o‘qituvchi doston haqida quyidagi ma’lumotlarni beradi:
«Doston ham xalq og‘zaki ijodining bir turidir. Dostonda xalq hayoti, kurashi va orzu-umidlari aks etadi. O‘zbek xalq dostonlarida voqea-hodisalar she’riy va nasriy yo‘l bilan ifoda qilinadi, qahramonlarning xususiyatlari, xulq-atvori, ichki kechinmalari va harakati ba’zan baxshi nutqida, ba’zan dostonda qatnashuvchilar nutqida aks etadi. Dostonlarda voqealar ma’lum tartibda beriladi: avval qahramonlarning yoshlik chog‘lari, xulq-atvori, keyin voqealar hikoya qilinadi».
Dostonni o‘rganish darsining qurilishi quyidagicha bo‘lishi mumkin:
Dostonni o‘rganish darsining qurilishi quyidagicha bo‘lishi mumkin:
1. Tayyorgarlik ishlari (bunda doston xususiyatlari va qaysi sinfda o‘qitilishiga mos ravishda ish turlari tanlanadi).
2. Dostonni o‘quvchi ifodali o‘qishi yoki baxshi aytganini eshittirish.
3. Dostonni qismlarga bo‘lib o‘qish.
4. Doston mazmunini tahlil qilish.
5. Dostonda o‘quvchilar tushunishi qiyin bo‘lgan so‘z va so‘z birikmalarining ma’nosi ustida ishlash.
6. Dostondagi badiiy san’atlar ustida ishlash.
7. Dostonni qismlarga bo‘lish va reja tuzish.
8. Dostonni to‘liq qayta hikoyalash.
9. Umumlashtiruvchi suhbat.
2. Topishmoq, latifa, tez aytish, maqol janridagi asarlarni o‘qitish metodikasi.
2. Topishmoq, latifa, tez aytish, maqol janridagi asarlarni o‘qitish metodikasi.
Topishmoq o‘quvchilarni topqirlik va hozirjavoblikka o‘rgatadi. Shu sababli xalq og‘zaki ijodining bu janridan darsliklarda ham keng qo‘llanilgan. 1-2-sinf «O‘qish kitobi» da topishmoqlar ko‘proq har bir matn ostida keltirilgan. Bundan ko‘zlangan maqsad matn mazmunini topishmoqlar asosida ham o‘zlashtirilishiga erishishdir.
Darsliklarda topishmoq javoblari ostiga yozib qo‘yilgan yoki rasmlar orqali berilgan. 3-4-sinflarga o‘tgach esa javoblar qayd etilmagan. Buning sababi shuki, bu davrga kelib o‘quvchilar topishmoqlar ustida ishlash ko‘nikmalarini hosil qilgan bo‘ladi.
Latifa xalq og‘zaki ijodining eng ommaviy janrlaridan biri bo‘lib, nozik, mayin kinoya, qochiriqlar ishtirok etuvchi kulguli, kichik hajmli hikoyadir. Xalq o‘rtasida «afandi» deb ham yuritiladi. Latifalar yagona qahramon (Nasriddin Afandi) bilan bog‘liq holda yaratiladi, ixcham syujetga ega bo‘ladi. Latifalarning eng muhim xususiyatlaridan biri uning hamma vaqt hayot bilan hamnafas, hamqadam borishidir.
Latifa xalq og‘zaki ijodining eng ommaviy janrlaridan biri bo‘lib, nozik, mayin kinoya, qochiriqlar ishtirok etuvchi kulguli, kichik hajmli hikoyadir. Xalq o‘rtasida «afandi» deb ham yuritiladi. Latifalar yagona qahramon (Nasriddin Afandi) bilan bog‘liq holda yaratiladi, ixcham syujetga ega bo‘ladi. Latifalarning eng muhim xususiyatlaridan biri uning hamma vaqt hayot bilan hamnafas, hamqadam borishidir.
Tez aytishlar ma’lum so‘zni, so‘z birikmasini yoki tovushni to‘g‘ri talaffuz qilishga, uni boshqa tovushlardan farqlashga o‘rgatadigan, xotirani mustahkamlaydigan va nutqni o‘stiradigan janr hisoblanadi. Shu sababli 1-sinfda ko‘pgina tez aytishlar keltirilgan.
Maqol turmush tajribalari zaminida tug‘ilgan va xalq donoligini ifodalagan qisqa, ko‘pincha she’riy shakldagi hikmatli so‘zlar, chuqur ma’noli iboralardir.
Maqol turmush tajribalari zaminida tug‘ilgan va xalq donoligini ifodalagan qisqa, ko‘pincha she’riy shakldagi hikmatli so‘zlar, chuqur ma’noli iboralardir.
1-2-sinflar maqollarni o‘rganishning birinchi bosqichi bo‘lsa, savod o‘rgatish davri maqollarni o‘qish va o‘rganishning tayyorlov bosqichidir.
Maqol tili ustida 1-sinfda uyushtirilgan ishlar 2-sinfda ham davom ettiriladi. Maqol ustida ishlash orqali o‘quvchilar uning yaratilishi haqida, uning oddiy gapdan farqini bilib oladilar.
1-sinfda maqollarni to‘g‘ri o‘qish va yod olishga e’tibor ko‘proq qaratiladi, 2-sinfda esa o‘quvchilardan matn mazmuniga mos maqollar aytishni talab qilish mumkin.
3-4-sinflarda maqollar maxsus darslarda va badiiy asarni o‘rganish jarayonida ham muntazam o‘rganib boriladi. Bu sinflarda maqollarni o‘rganishdan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilar dunyoqarashini shakllantirish, to‘g‘ri va ongli o‘qish malakalarini takomillashtirish, maqoldagi har bir so‘zning va yaxlit maqolning ma’nosini to‘liq idrok etishga erishishdir.
Maqollarni o‘rgatish o‘qituvchidan katta tayyorgarlikni talab etadi. Har bir darsga tayyorlanayotganda asar mazmuniga va unda ilgari surilgan g‘oyaga mos maqol ustida qanday mashq uyushtirishni rejalashtirib olish lozim. Iloji boricha ularni dars rejasiga kiritish, izohli lug‘atlardan uning ma’nosini oson izohlaydigan, sodda til bilan tushuntirish mumkin bo‘lgan shakllarini bilib olish zarur. Buning uchun o‘qituvchi “Maqollar to‘plami” va ularning izohiga oid adabiyotlarga ega bo‘lishi kerak.
Maqollarni o‘rgatish o‘qituvchidan katta tayyorgarlikni talab etadi. Har bir darsga tayyorlanayotganda asar mazmuniga va unda ilgari surilgan g‘oyaga mos maqol ustida qanday mashq uyushtirishni rejalashtirib olish lozim. Iloji boricha ularni dars rejasiga kiritish, izohli lug‘atlardan uning ma’nosini oson izohlaydigan, sodda til bilan tushuntirish mumkin bo‘lgan shakllarini bilib olish zarur. Buning uchun o‘qituvchi “Maqollar to‘plami” va ularning izohiga oid adabiyotlarga ega bo‘lishi kerak.
Boshlang‘ich sinflarda matn ostida berilgan maqollarni o‘qish va o‘rganish, tahlil qilish asar o‘qilib, tahlil qilinib bo‘lingach amalga oshirilishi kerak.
Maqollarni o‘rganishda ko‘rgazmalilik, nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi, ta’lim-tarbiyaning birligi tamoyillariga amal qilinadi.
Maqolni o‘rganishda quyidagi ish turlaridan foydalaniladi:
Maqolni o‘rganishda quyidagi ish turlaridan foydalaniladi:
1. Maqolni o‘qib, uning mazmuni ustida ishlash.
2. Maqoldagi so‘zlarning ma’nosini izohlash.
3. Badiiy til vositalari ustida ishlash.
4. Maqolni yod oldirish.
5. Maqol matnidagi qarama-qarshi ma’noli va ma’nodosh so‘zlarni aniqlash va ularning maqolda ifoda etilgan g‘oya bilan aloqasini ochish.
6. Matn mazmuni va g‘oyasiga mos maqol toptirish.
7. Maqollarni mavzular bo‘yicha guruhlash.
3. Ilmiy-ommabop asarlarni o‘qitish mеtodikasi.
3. Ilmiy-ommabop asarlarni o‘qitish mеtodikasi.
Boshlang‘ich sinflarda ilmiy-ommabop asarlarni o‘qitishdan asosiy maqsad bolalarga tabiat, kishilar mehnati va ijtimoiy hayot haqida muayyan bilim berish, bolalarni kitob bilan mustaqil ishlashga va undan aniq bilim olishga o‘rgatishdan iborat.
Tabiatshunoslikka oid va tarixiy mavzudagi maqolalarni o‘qish bilan bog‘liq holda tabiat hodisalarini kuzatish (masalan, daraxt kurtaklarining bo‘rtishi), o‘quvchilarni dehqonlar mehnati bilan tanishtirish, mamlakatimizda yuz bergan o‘zgarishlarning guvohi va ishtirokchilari bo‘lgan insonlar bilan uchrashuvlar uyushtirish maqsadga muvofiq.
Ilmiy-ommabop maqolalarni izohli o‘qish darsini uyushtirishda quyidagicha reja asos qilib olinishi mumkin:
Ilmiy-ommabop maqolalarni izohli o‘qish darsini uyushtirishda quyidagicha reja asos qilib olinishi mumkin:
1. O‘qiladigan matn yuzasidan bolalar tajribasi va bilimini aniqlash, ularni matn mazmunini tushunishga tayyorlash maqsadida taxminiy suhbat o‘tkazish.
2. Maqolani yoki uning ma’lum bir qismini o‘qish, o‘quvchiga notanish bo‘lgan so‘zlar ma’nosi ustida ishlash.
3. Maqola rejasini tuzish.
4. O‘qilgan maqola yuzasidan suhbat uyushtirish.
5. Matnning asosiy mazmunini aniqlash va reja qismlarini yoritish.
6. Reja asosida maqolani qayta o‘qish.
7. Maqolani yaxlit o‘qish. Bunda bolalarni qayta hikoyalashga tayyorlash va maqola mazmunini yaxshi o‘zlashtirishlariga erishish maqsadi ko‘zda tutiladi.
8. Reja asosida qayta hikoyalash.
9. Xulosalash va umumlashtirish.


Yüklə 29,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə