18-amaliy mashg’ulot. Mavzu: Topishmoq, maqol, tez aytish, latifa, lof, doston kabi janrdagi asarlarni o’qitish darsining ishlamasini tuzish



Yüklə 499,52 Kb.
səhifə1/6
tarix30.08.2023
ölçüsü499,52 Kb.
#121116
  1   2   3   4   5   6
18-amaliy mashg\'ulot. OTO\'M

18-amaliy mashg’ulot. Mavzu: Topishmoq, maqol, tez aytish, latifa, lof, doston kabi janrdagi asarlarni o’qitish darsining ishlamasini tuzish.

REJA:

  • 1.Topishmoqlar — burrolik va topqirlik alomati
  • 2.Maqol janridagi asarlarni o`qish mеtodikasini o`rgatish.
  • 3.Topishmoq, maqol, tez aytish, latifa, lof, doston janridagi asarlarni o`rgatishga oid dars-ishlanma

Topishmoq — xalq ogʻzaki poetik ijodining eng qadimgi va ommaviy janri. Jahondagi barcha xalqlar folklorida uchraydi. Topishmoqlarda xalq hayoti, turmush darajasi madaniyati, urf-odatlari maʼlum darajada oʻz ifodasini topadi. Topishmoqlarda yechilishi mumkin boʻlgan soʻroq majoziy shaklda ifodalanib, uning maʼnosi yashirincha boʻladi. Topishmoqda narsa yoki hodisa boshqa narsa yoki hodisaga oʻxshatish, oʻzaro qiyoslash, taqqoslash orqali gavdalantiriladi. Topishmoqlar baʼzan nasriy, koʻpincha sheʼriy shaklda, kompozitsion va ritmik jihatdan ixcham, sodda va ohangdor boʻladi. Masalan, "Bir parcha patir, olamga tatir" (Oy); "Oppoq dasturxon yer yuzini qoplagan (qor); "Past osmondan qor yogʻar" (elak). Ayrim Topishmoqlar maqol xususiyatiga ham ega boʻladi.

Masalan, "Hammaga toʻn tikaman, oʻzim yalangʻoch" (igna). Topishmoqda metafora, oʻxshatish, mubolagʻa, sifatlash, takror kabi ifoda vositalari keng foydalaniladi. Masalan, "Oʻzi bir qarich, soqoli qirq qarich" (igna), "Yer tagida oltin qoziq" (sabzi), "Zilzil gilam, zil gilam, zildan ham ogʻir gilam" (yer) kabi. Topishmoq aytish, asosan, bolalarning soʻz boyligini oshirish, hayot va uning hodisalari haqidagi tushunchalari va tasavvurlarini, idroki va mulohaza qobiliyatini kengaytirishda tarbiya vositasi hisoblanadi. Topishmoqdan doston va ertaklarda keng foydalaniladi. "Oshiq Oydin", "Oshiq Alvand", "Xirmon Dali", "Yozi bilan Zebo", "Alpomish" va boshqa dostonlarda, "Podsho bilan donishmand chol" ertagida topishmoq namunalari bor. Topishmoq bilan bogʻliq masalalar folklorshunoslikda tadqiq etiladi.

  • Masalan, "Hammaga toʻn tikaman, oʻzim yalangʻoch" (igna). Topishmoqda metafora, oʻxshatish, mubolagʻa, sifatlash, takror kabi ifoda vositalari keng foydalaniladi. Masalan, "Oʻzi bir qarich, soqoli qirq qarich" (igna), "Yer tagida oltin qoziq" (sabzi), "Zilzil gilam, zil gilam, zildan ham ogʻir gilam" (yer) kabi. Topishmoq aytish, asosan, bolalarning soʻz boyligini oshirish, hayot va uning hodisalari haqidagi tushunchalari va tasavvurlarini, idroki va mulohaza qobiliyatini kengaytirishda tarbiya vositasi hisoblanadi. Topishmoqdan doston va ertaklarda keng foydalaniladi. "Oshiq Oydin", "Oshiq Alvand", "Xirmon Dali", "Yozi bilan Zebo", "Alpomish" va boshqa dostonlarda, "Podsho bilan donishmand chol" ertagida topishmoq namunalari bor. Topishmoq bilan bogʻliq masalalar folklorshunoslikda tadqiq etiladi.

Yüklə 499,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə