Savod o‘rgatish jarayoni bosqichlari. Savod o‘rgatishda tayyorlov davri, bu bosqichdagi o‘qish va yozuv darslarining mavzulari hamda ish turlari



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə1/6
tarix02.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#107972
  1   2   3   4   5   6
savod o\'rgatish jarayoni bosqichlari

Savod o‘rgatish jarayoni bosqichlari. Savod o‘rgatishda tayyorlov davri, bu bosqichdagi o‘qish va yozuv darslarining mavzulari hamda ish turlari

Reja:

1.Savod o‘rgatish jarayoni va uning davrlari.

2.Alifbogacha tayyorgarlik davri va bu davrda beriladigan bilimlar.

3.Alifbo davri, bu davrning maqsadi va vazifalari.

4.Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilarni bo‘g‘inlab o‘qishga o‘rgatish.

5.Savod o‘rgatish o‘qish darslarining turlari va tuzilishi.

6.Savod o‘rgatish davrida nutq o‘stirish usullari.

Savod o’rgatish jarayoni

Analitik-sintetik (tahlil-tarkib) tovush metodida savod o’rgatish jarayoni 4 oy davom etadi.

Bu jarayon quyidagi 2 davrga bo’linadi:

a) alifbogacha tayyorgarlik davri (1 hafta);

b) alifbo davri (31 dekabrgacha davom etadi).

Alifbogacha tayyorgarlik davri

Bu davrning asosiy vazifasi o’quvchilarni maktab, sinf, tartib-intizom qoidalari va o’quv qurollari bilan tanishtirish, nutq o’stirishga oid mashqlar o’tkazib, fonematik eshitishni o’stirishdan iboratdir.


Bu jarayonda maxsus nusxalar asosida o’quvchilarning bog‘lanishli nutqi ustida ishlanadi. Ularga “Alifbe”da berilgan rasmlar asosida hikoyalar tuzdirishdan tashqari, o’zlari bilgan she’r, ertak, hikoya, tez aytish, maqol, topishmoq, xalq ashulalari, alla, qo’shiqlar, latifalardan ayttiriladi.
Bu bosqichda o’quvchilarga og‘zaki va yozma nutq haqida, gap, so’z, bo’g‘in va tovushlar haqida, nutqning gaplardan, gaplarning so’zlardan tuzilishi, so’zlarning bo’g‘inlarga bo’linishi, bo’g‘inlarning tovushlardan tashkil topishi haqida ma’lumot beriladi, tovushlarning unli va undosh tovushlarga ajratilishi o’rgatiladi, ulardan amaliy foydalana bilish ko’nikmalari hosil qilinadi.

Tayanch so’zlar asosida gap tuzdirish, “Alifbe” sahifalaridagi so’zlarning talaffuzi, o’qilishi va ma’nolari ustida ishlash kabi ishlar uyushtiriladi


Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə