Shaxsning ijtimoiy ustanovkalari N. Ismoilova va D. Abdullayevalarning “Ijtimoiy psixologiya”



Yüklə 24,24 Kb.
səhifə1/5
tarix17.12.2023
ölçüsü24,24 Kb.
#149994
  1   2   3   4   5
Shaxsning ijtimoiy ustanovkalari N. Ismoilova va D. Abdullayeval-fayllar.org (1)


Shaxsning ijtimoiy ustanovkalari N. Ismoilova va D. Abdullayevalarning “Ijtimoiy psixologiya”

Shaxsning ijtimoiy ustanovkalari
N.Ismoilova va D.Abdullayevalarning “Ijtimoiy psixologiya” asarida shaxsning ijtimoiy ustanovkalariga quyidagicha ta’rif berilgan. Ustanovka inglizcha set so‘zidan olingan bo‘lib, ko‘rsatma berish, anglanilmagan mayllar, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish ma’nolarida qo‘llanib kelinadi
Ustanovka uzoq vaqt davomida shakllanadi va u insonning qadr-qimmati bilan uzviy bog‘liqdir. «MoyilHk», «yo‘nalganlik», «tayyorlik» kabi mazmunni anglatuvchi, bir-biriga o‘xshovchi «ustanovka» va «ijtimoiy ustanovka» tushunchalarini bir-biridan farqlash lozimligi ko'pchilik olimlar tomonidan qayd etilgan. Umumiy psixologiyada ustanovka tushunchasi ostida subyektning ma’lum bir faoliyatga nisbatan tayyorligi tushuniladi. Va bu ikki xil omilga bog‘liqligi ta’kidlanadi: birinchisi, subyektning ehtiyojlari bo‘lsa, ikkinchisi obyektiv vaziyatga mos kelishidir. Biz psixologiya sohasidagi barcha muammolarni ijtimoiy psixologik nuqtayi nazardan qarayotganligimiz bois ustanovkalarni emas, balki ijtimoiy ustanovkalarni o‘rganishga doir ma’lumotlarni tahlil qilamiz
Ijtimoiy ustanovkalarni o‘rganishdagi uch bosqich
Ijtimoiy psixologiyada ijtimoiy ustanovkalarning o‘rganilishi uch bosqichli jarayonni boshidan kechirgan. Birinchi bosqich — XX asrning boshlariga tegishli bo‘lib, bu davrda fanga ijtimoiy ustanovka tushunchasi kiritildi hamda olimlar ijtimoiy ustanovkalarning mazmunini tushunish uchun nazariy va eksperimental tadqiqotlarni boshlab yuborishdi. Bir-biriga ma’nodosh bo‘lgan ustanovka va attityud, bir vaqtning o‘zida ham bir xil, ham boshqa-boshqa xil ma’no va tushunchalarni anglatishi olimlarni bir qancha chalkashliklarga olib kelgan edi. Lekin amerikalik sotsiologlar U. Tomas va F. Znanetskiylarning «Polshalik dehqon Yevropa va Amerikada» deb nomlangan taniqli asari nashr (1918—1920-yillar) qilingandan boshlab, attityud kategoriyasiga ijtimoiy psixologiyaning asosiy komponenti va shaxsning tavsifi sifatida qaray boshlandi. Shuning uchun «Ijtimoiy ustanovka» tushunchasining fanga kiritilishi amerikalik sotsiologlar U. Tomas va F. Znanetskiylarning yuqorida qayd etilgan asari bilan bog‘liq, deb hisoblaniladi. Asarda Amerikaga muhojir bo‘lib borgan polshalik dehqonlarning psixologiyasi va xulq-atvoridagi o‘zgarishlar jamiyatda yuz berayotgan voqea-hodisalarga nisbatan ularning munosabatiga bog‘liq ekanligiga oid mulohazalar berilgan edi. Aynan mana shunday munosabatlar ijtimoiy ustanovkalar deb nomlandi. 1935- yilga kelib faqat amerika adabiyotlarining o‘zidagina ijtimoiy ustanovkalarning 20 ga yaqin ta’riflari vujudga kelgan edi. Ijtimoiy ustanovkalarni o‘rganishga yo'naltirilgan tadqiqotlar, ilmiy izlanishlar Birinchi Jahon urushi yillarida ham jadallik bilan rivojlandi. Chunki, «psixologik urush», ya’ni dushman tomonidagilarga psixologik ta’sir ko‘rsatish uchun olib boriladigan targ‘ibot va tashviqot ishlari aynan ijtimoiy ustanovka va uni o‘zgartirish bilan bog‘liq edi. Bunda dushmanga nisbatan qarama84 qarshi tomondan ko'rsatilayotgan psixologik ta’sirlar dushmanning ijtimoiy ustanovkalarini boshqacha yo‘nalishda shakllantirish, takomillashtirish va o‘zgartirishga qaratilgan edi. Demak, urush jarayonida insonning ijtimoiy ustanovkalaridan raqiblarni yengish maqsadida psixologik qurol sifatida foydalanilgan. Hozirgi kunda ham terroristik guruh a’zolari o‘zlarining qabih rejalarini amalga oshirish yo‘lida yoshlarning ongini zaharlashda ularning ijtimoiy ustanovkalaridan foydalanayotganligini hisobga olsak, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ham bu muammoning chuqur o‘rganilishi lozimligi ayon bo‘ladi. Ijtimoiy ustanovkaning o'rganilishida ikkinchi bosqich 1939— 1950-yillarni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi Jahon urushi boshlarida va u tugagandan so‘ng ham ijtimoiy ustanovkalarni o'rganish borasidagi tadqiqotlar deyarli o‘tkazilmagan. Faqat 1950-yillarning oxirlaridan boshlab bu ishlar yana rivojlanib ketgan. Ijtimoiy ustanovkaning o‘rganilishida uchinchi bosqich 1960- yildan hozirgacha davom etib kelmoqda. Hozirgi kunga kelib, ijtimoiy psixologiyaning ko‘pgina amaliy (masalan, reklama bilan bog'liq) sohalari insonning ijtimoiy ustanovkalarini o‘rganish bilan qiziqmoqdalar. Ijtimoiy ustanovkalar to‘g‘risidagi ilmiy bilimlarning bunday qo‘llanishi tadqiqotning uchinchi bosqichini tashkil etmoqda. D.N. Uznadze ham ustanovka va ijtimoiy ustanovka (attityud)ni bir-biridan ajratish lozimligini ta’kidlaydi. Ustanovka umumpsixologik jihatdan qaralib, ongning ma’lum bir reaksiyaga bo‘lgan tayyorgarligi, ongsiz fenomen deb ta’kidlanadi. Ijtimoiy ustanovka (attityud) esa quyidagini bildiradi: shaxs tomonidan ijtimoiy obyektlarning mazmun-mohiyatini psixologik boshdan kechirish. Ijtimoiy ustanovka shaxs xulq-atvorining ichki anglanilmagan yoki qisman anglangan motivlariga kiradi. Ustanovka (psixologiyada) shaxsning muayyan faolligi (idrok, tafakkur, maqsadga muvofiq harakatlar va h.k.)ga ko‘ra avvalgi tajribasi bilan belgilangan 85 tayyorgarligi; shaxsni muayyan tarzda harakatga undovchi tayyorgarlik shaklidir. Ijtimoiy ustanovka (attityud) atrof-olamni umumlashgan holda baholash qobiliyatidir. Tajribalarda aniqlanishicha, ustanovkada ko‘pincha reallikka mos kelmaydigan tasavvurlarning saqlanib qolishi kuzatiladi. «Ijtimoiy ustanovka» atamasi psixologiyada bir necha ma’nolarga ega. Dastlab ijtimoiy ustanovka deganda insonning biron-bir masalani hal qilishga bo‘lgan tayyorgarligi tushunilgan.

Yüklə 24,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə