Shaxsning ijtimoiy ustanovkalari N. Ismoilova va D. Abdullayevalarning “Ijtimoiy psixologiya”



Yüklə 24,24 Kb.
səhifə3/5
tarix17.12.2023
ölçüsü24,24 Kb.
#149994
1   2   3   4   5
Shaxsning ijtimoiy ustanovkalari N. Ismoilova va D. Abdullayeval-fayllar.org (1)

1. Bilish funksiyasi. Mazkur funksiya shaxsga ijtimoiy obyektlar haqidagi bilimlarni operativ qabul qilish imkonini beradi. ljtimoiy ustanovkaning bilish funksiyasi kognitiv tarkib orqali realizatsiya qilinadi (amalga oshiriladi).
2. Ifodalash funksiyasi. Bu funksiya shunda namoyon bo‘- ladiki, ijtimoiy ustanovkalar insonning jamiyat bilan munosabatlarida uni shaxs sifatida taqdim qiladi. Mazkur funksiya asosan ijtimoiy ustanovkaning emotsional komponenti orqali amalga oshiriladi.
3. Moslashtiruvchi funksiya. Bu funksiya quyidagilarda namoyon bo‘ladi: agarda ijtimoiy ustanovkalar jamiyatning (guruhning) real holatiga mos kelsa, u holda ular individga mazkur jamiyatga (mazkur ijtimoiy guruhga) moslashishiga imkon beradi. Ijtimoiy ustanovkaning bu funksiyasi asosan uning xulq-atvor komponenti orqali amalga oshiriladi.
Ustanovkalarning to’rt bosqichli tizimi
Ijtimoiy ustanovkaning yaxlitlilik g‘oyasi ilgari surilganidan so‘ng rus olimi V.A. Yadov bu borada o‘zining dispozitsion nazariyasini ishlab chiqdi. Bu nazariya «Shaxsning ijtimoiy xulqatvorini boshqarishning dispozitsion konsepsiyasi» deb nomlanadi. Bu nazariyaga ko‘ra turli dispozitsion hosilalarning darajalar ieararxiyasi quyidagicha yuzaga keladi: har bir dispozitsiyaga nisbatan ehtiyojlar darajasi bilan bu ehtiyojlarni qondirish jarayonidagi vaziyatlar darajasi kesishishi darkor. VA'Yadov o‘zining dispozitsion nazariyasida ustanovkalarni to‘rt bosqich va to‘rt tizimliligini tasavvur qilgan holda izohlaydi va o‘z ilmiy xulosalarini quyidagi darajada joylashtirib asoslab berdi: Birinchi daraja — bunday daraja g‘arb tadqiqotchilarida set termini bilan ma’lum va mashhur bo‘lib, oddiy vaziyatlarda namoyon boiuvchi ehtiyojlar ustanovkasi sifatida yuzaga chiqadi. Demak, elementar (sodda) ustanovkalar (set) — oddiy, elementar ehtiyojlar asosida ko‘pincha ongsiz tarzda hosil bo‘ladigan ustanovkalar. Ularni o‘zgartirish uchun moddiy shart-sharoitlarni va odamdagi ehtiyojlar tizimini o‘zgartirish kifoya. D.N. Uznadzening fikricha, bunday ustanovkalar eng sodda vaziyatlarda, oilaviy muhitning oddiy shart-sharoitlarida shakllanadi. 91 Ikkinchi daraja — biroz murakkabroqdir, chunki bunga kichik guruhlarda kechadigan muloqot bilan bog‘liq shaxs ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan faoliyat kechinmalari kiritiladi. Bu yerda shaxs faoliyati bilan bog‘liq ijtimoiy obyekt talabiga nisbatan ma’lum munosabatlarning tarkib topish jarayoni yotadi. Bu esa g‘arbda qabul qilingan «uch komponentli tuzilma» — «kognitiv», «affektiv», «xulq-atvor»lardan iborat ekanligi bilan alohida ajralib turadi. Demak, ijtimoiy ustanovkalar (attityud) — ijtimoiy vaziyat ta’sirida ijtimoiy obyektlarga nisbatan shakllanadigan ustanovkalar hisoblanadi. Ularni o‘zgartirish uchun ijtimoiy shart-sharoitlar va shaxsning ularga nisbatan baho va munosabatlari tizimini o‘zgartirish kerak bo‘ladi. Uchinchi daraja — ijtimoiy ustanovka manbai sifatida ijtimoiy faollikka nisbatan shaxsning umumiy qiziqishlar yo‘nalishini o‘z ichiga oladi. Bunda shaxs o‘z ehtiyojlarini qondirish bilan birga aniq faoliyat turiga nisbatan faollikni ham namoyon qilishi ko'zga tashlanadi. Albatta, bunda ham ijtimoiy qiymatga ega bo'lgan yuqoridagi 3 komponent tizimi ishtirok etadi. Demak, bazaviy ijtimoiy ustanovkalar shaxsning umumiy yo‘nalishini belgilaydi va ularni o'zgartirish e’tiqodlar va dunyoqarashlarni o‘zgartirish demakdir. To‘rtinchi (eng yuqori) daraja — shaxsning ijtimoiy faollik tizimidagi xulq-atvori va faoliyatini ma’lum me’yorda boshqarish bilan bog‘liq. Bunda shaxs faolligi jamiyat va uning iqtisodiy, siyosiy va g'oyaviy yo‘nalishdagi prinsiplari asosida tarkib topadi. Demak, qadriyatlar tizimi ustanovkasi avlodlararo muloqot jarayonining mahsuli sifatida jamiyatda qadr-qimmat topgan narsalarga nisbatan ustanovka. Masalan, sahih Hadislar islom dinidagilar uchun ana shunday qadriyatlardan biri sanaladi va bu dinga e’tiqod qiluvchi har bir kishi barcha hadislarni tanqidsiz, muhokamasiz qabul qiladi, chunki ular birinchidan, ilohiylik xususiyatiga ega bo‘Isa, ikkinchidan, buyuk allomalar tomonidan yaratilgandir. Shuning uchun ham qadriyatlar tizimi har doim avloddan avlodga o‘z qadrini yo‘qotmay o'tkazib kelinadi va bunga mos holda ustanovkalar shakllanadi. 92 V.A. Yadov tomonidan ishlab chiqilgan mazkur ierarxik tizim Bhaxs faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish bilan bog‘liq psixologik himoya ierarxiyasi tizimini tasavvur etishda ham ma’lum darajada asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Masalan, taqdim etilgan 1-daraja predmetga nisbatan shaxsning bevosita dastlabki harakatlarini ko‘rsatsa, 2-daraja esa shaxsning o‘z xatti-harakatlarini idora qila olishi bilan bog‘liqlikdan dalolat beradi, 3-daraja xatti-harakatlardagi vaziyatni hal qilish bilan bog‘liq kechinmalarni va nihoyat, 4-daraja esa xulq-atvorning bir butunligini yoki shaxs faoliyati bir butunligini ifodalovchi mezon sifatida yakunlanadi. Psixologik himoya va ustanovka uyg‘unligining metodologik asosini talqin qilishda, psixologiya fanida ma’lum va mashhur D.N. Uznadze maktabi tadqiqotchilari tomonidan ustanovka muammosining maxsus predmet sifatida ishlab chiqilib ilmiy xulosalar chiqarilganligini unutmaslik lozim. Ustanovka muammosi ijtimoiy psixologiya fanining eng muhim obyekti ekanligini, D.N. Uznadze tomonidan keltirilgan quyidagi ta’rifda ham ko'rish mumkin: 1. Ustanovka ma’lum faollik holatiga nisbatan tayyorgarlikdir. Ayni paytda, subyekt ehtiyoji va unga mos obyektiv vaziyatning yaratilishi bilan bog‘liq subyektning bir butun dinamik holatidir. Bu o‘rinda obyektiv vaziyat bilan bog‘liq psixologik himoyaning shaxs faolligiga ta’sir etuvchi ijtimoiy omillarning o‘rni va ahamiyati alohida o‘rin tutganligi ko‘rinib turibdi. Lekin D.N. Uznadze o‘z tadqiqotlarida shaxsning oddiy fiziologik ehtiyojlarini o‘rganish va tahlil qilish asosida ustanovka qonuniyatlarini ochib beradi va ilmiy xulosalar qila bildi.

Yüklə 24,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə