Book · January 013 citation reads 419 1


BTTning asosiy g‘oyalari quyidagi strategik va dasturiy hujjatlarda o‘z aksini topgan



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə127/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   144
Ekologiyanazariyasi

BTTning asosiy g‘oyalari quyidagi strategik va dasturiy hujjatlarda o‘z aksini topgan:


xalqaro hamjamiyatning Nukus deklaratsiyasi» (5-sentabr 1995-yil);

  • «Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori saviyali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni (2011-yil 20-may);

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning BMT Bosh Assambleyasining «Mingyillik rivojlanish maqsadlari» bo‘yicha Oliy darajadagi yalpi majlisidagi ma’ruzasi (2010-yil 20-sentabr);

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» (2010-yil 12-noyabr);

  • YUNESKOning «Ta’lim barcha uchun» loyihasi doirasida 2003–2015 yillar uchun qabul qilingan Milliy harakat dasturi; atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha 2008–2012 yillarga mo‘ljallangan Milliy harakat dasturi.

  • BTTning asosiy maqsadi – barqaror taraqqiyotning g‘oyalari va tamoyillarini ta’limning barcha shakllari va bosqichlari bilan integratsiyalash va mustaqil dunyoqarashga ega, tanqidiy fikrlay oladigan, ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik yo‘naltirilgan va faol fuqarolik munosabatini bildira oladigan shaxslarni tayyorlash hisoblanadi. BTTning hal qiluvchi ahamiyatga ega g‘oyalari hozirgi zamon va kelajakdagi ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik muammolarni, shu jumladan Orol inqirozi muammolarini yechish va oldindan ko‘ra olishga yo‘naltirilgan bilim, ko‘nikma va qobiliyatlarni rivojlantirish hisoblanadi.

BTTning asosiy tamoyillari:


  • jamiyatning qadriyaviy yo‘nalishlari – adolat, kelajak avlodlar oldidagi javobgarlik etikasi (kelgusi avlodlar manfaatlarini hisobga olgan holda);

  • fanlararo yondashuv – ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik maqsadlarning o‘zaro bog‘liqligi;

  • tarmoqlararo yondashuv asosidagi hamkorlik – jamiyatning barcha a’zolari demokratik qaror qabul qilish jarayonida ishtirok etishi (davlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati, o‘quv va ilmiy-tekshirish muassasalari, xususiy tadbirkorlar va boshqalar);

  • hayot davomiyligidagi ta’lim – ta’lim tizimining barcha shakllari va darajalari.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə